Namoz Rasulov
Download 305.64 Kb. Pdf ko'rish
|
8999 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yig`larimning shiddatin
- Quyosh oltin buloqdir, qaynar, oshar...
9. Mubolag`a – (giperbola), (lof urish, bo`rttirish) – tasvirlanayotgan narsa, shaxs va voqea-hodisalarning muayyan jihatlarini bo`rttirib, kuchaytirib tasvirlash usuli. Sharq klassik she`riyatida mubolag`a san`atiga she`r ziynati sifatida qarab, “Ahsanohu akzabahu” (eng yaxshi she`r – eng yolg`on she`rdir) degan naqlga amal qilganlar. Mubolag`a quyidagi turlarga bo`linadi: a) Tablig` - tasavvur qilish mumkin-u, amalga oshirish qiyin bo`lgan bo`rttirilgan tasvir usuli: Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg`a ayt, Yig`larimning shiddatin gulbargi xandonimg`a ayt. (Navoiy) Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro` kelmadi, Ko`zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi. (Navoiy) b) Ig`roq – tasavvur qilish qiyin, amalda mutlaqo bo`lmaydigan bo`rttirilgan tasvir usuli: Otlar kishnar, qizlar kuylar, tinmay ishlar dehqonlar, Quyosh oltin buloqdir, qaynar, oshar... Ko`k tiniq. (Oybek) c) G`uluvv – tasavvur qilish juda qiyin bo`lgan, amalda bo`lishi sira mumkin bo`lmagan bo`rttirilgan tasvir usuli: Vah muhabbat ko`yida qon yig`ladim. Yetti iqlim g`arq bo`ldi yoshima. (Mashrab) Har qizil gulkim, yuzing shavqida olib isladim, Yetkach ohim shu`lasi oni sarig` gul ayladim. (Navoiy) 6 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n Xalq og`zaki ijodi va mumtoz adabiyotimizda ba`zan orttirilgan mubolag`alar ham uchraydiki, ular adabiyotshunoslikda bulug` yoki ifrot deb yuritiladi: Tikilsam quriydi daryoning gumi Na`ra tortsam qolar qo`rg`onning timi. (“Alpomish”dan) Turfa qishloqi g`azabkarda, ki parrandalari – Tovuqi ignachi-yu, o`rdag-u go`zi kapalak (Maxmur “Hapalak”) Janobi shahg`a keldim bu jihatdin, Ko`zim yoshig`a toya-toya navro`z (Ogahiy) Download 305.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling