Namoz Rasulov


Download 305.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana11.10.2023
Hajmi305.64 Kb.
#1697346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8999 (1)

 
7. Talmeh (arabcha — nazar solmoq, ko‘z qirini tashlash)
san’atida „shoir qahramon siymosini gavdalantirishda uni 
o‘tmishdagi mashhur adabiy, diniy yoki tarixiy qahramonlar bilan 
qiyoslaydi, o‘xshatadi; goho o‘sha o‘tmish qahramonlari ism-
shariflari aytilmay, ular bilan bog’liq voqealar esga olinishi ham 
mumkin. Har ikki holda ham talmeh san’ati sodir bo‘ladi“ (V. 
Rahmonov): 
 
Ko‘p o‘qurdum Vomiq-u Farhod-u Majnun qissasin, 
O‘z ishimdin bul ajabroq dostone topmadim.


5 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n
8. Tajnis (arabcha o‘xshash bo’lmoq)
deb, yozilishi bir 
xil, ammo ma’nolari har xil bo’lgan — jinsdosh so‘zlarning 
baytda ikki yoki undan ortiqroq takrorlanishiga aytiladi. 
 
Qo’lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, 
Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot. 
Nasihatim yod qilib ol, yolg’izim, 
Yolg’iz yursa, chang chiqarmas yaxshi ot. 
Ushbu tuyuqning birinchi misrasidagi „Ot“ so‘zi shuhrat, 
yaxshi nom ma’nosida, ikkinchi misrasidagi „ot“ so‘zi tashla, voz 
kech, uloqtir ma’nolarida, to‘rtinchi misradagi „ot“ so‘zi hayvon 
— ot ma’nosida qo’llanilgan. 
Ushbu misoldagidek, jinsdosh so‘zlar talaffuz jihatidan 
to’liq bir-biriga muvofiq bo’lsalar („ot“, „ot“, „ot“ kabi) tajnisi 
tom (mutloq tajnis), harf tartibi bir xil, lekin biri yozuvda ajralib 
tursa („Otoyim“, „ot oyim“) tajnisi mafruq (ajratilgan tajnis) 
deb yuritiladi. Bundan tashqari, uning murakkab tajnis, tajnisi 
zoyid, tajnisi xat, tajnisi noqis, mukarrar tajnis, mutarraf tajnis, 
tajnisi aks, tajnisi muzayyal ko‘rinishlari ham mavjud. 

Download 305.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling