Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs


Nazariy ma’lumot . Muxammas


Download 1.6 Mb.
bet12/16
Sana04.12.2020
Hajmi1.6 Mb.
#159113
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
5-11 синф тест адабиет [uzsmart.uz]

Nazariy ma’lumot . Muxammas

1. O‘zbek mumtoz she’riyatida eng faol janr bo‘lgan muxammas necha misralik banddan iborat bo‘ladi?

A) to‘rtlik B) beshlik C) ikkilik D) oltilik

2. Qaysi qatorda muxammasning qofiyalanishi noto‘g‘ri berilgan?

A) a-a-a-a-a B) b-b-b-b-a C) v-v-v-a-a D) v-v-v-v-a

3. Boshqa biror shoir g‘azalidan ta’sirlanish, unga ergashish, unga o‘xshatma qilishga urinish natijasida yuzaga keladigan asarlar qanday ataladi?

A) tazmin B) mustaqil muxammas C) taxmis D) talmeh

4. Arabcha beshlik ma’nosini anglatadigan janrni aniqlang.

A) muxammas B) musaddas C) murabba D) muashshar

5. Muxammaslar necha asosda yoziladi?

A) 3 B) 4 C) 5 D) 2

6. Shoirning ta’bi istagi, ilhomi natijasida yuzaga keladigan muxammaslar qanday ataladi?

A) taqlidiy muxammaslar B) taxmisli muxammaslar C) mustaqil muxammaslar D) A, B, C

7. Taxmis haqida bildirilgan fikrlarning qaysi biri to‘g‘ri?

A) Taxmis bog‘lash shoirning ilhomi, ta’bidan kelib chiqadi. B) Boshqa shoirlarga o‘xshatma qilishga urinish asosida yoziladi. C) Muxammasning boshlanishi shoirga tegishli bo‘lmaydi. D) Taxmis olti yo‘llik band tartibida yoziladi.

2-DARS. MA'RIFATCHILIK ADABIYOTI (davomi). JADID ADABIYOTI. (51-102-betlar)

Reja:

1. Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat.



2. O'zbek jadid adabiyoti.

3. Abdirauf Fitrat.

4. Nazariy ma'lumot. Adabiy asar qahramoni.

5. Hamza Hakimzoda Niyoziy.

6. Nazariy ma'lumot. Dramatik tur.
Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat

1. O‘zbek mumtoz adabiyotidagi eng yaxshi an’analarni davom ettirish bilan birga, o‘zbek adabiyoti rivojini yangi bosqichga ko‘targan mashhur shoir va publitsistni aniqlang.

A) Zavqiy B) Furqat C) Fitrat D) Cho‘lpon

2. Sakkiz yoshida Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» dostonini yod oladi, sal o‘tib, Navoiy asarlarini o‘qishga tutinadi. Ushbu iste’dodli shoirni aniqlang.

A) Furqat B) Abdulla Qodiriy C) Zavqiy D) Cho‘lpon

3. Shartli ravishda «Furqatnoma» deb nomlanadigan nasriy asarida Furqat quyidagi baytlardan qaysi birini to‘qqiz yoshida yozganini qayd etadi?

A) Ba’zilar holim ko‘rib majnun dedi,

Bilmaganlar o‘xshatur hushyorg‘a.

B) Tushti savdoyi judolig‘ boshima,

Yurmisham rasvo bo‘lib bozorg‘a.

C) Bo‘lib shul asr hikmat ahli hadsiz,

Fatonat ahli donishmand adadsiz.

D) Mening maktabaro buldur murodim,

Xatimdek chiqsa imloyi savodim.

4. Furqat 1870- yilda Qur’on qiroatini kimdan o‘rganadi?

A) Muhammad Olimdan B) Ashur Muhammaddan C) Mirzo Buxoriydan D) To‘g‘ri javob yo‘q

5. Furqat 1871-1872- yillarda arab tilini kimdan o‘rganib, madrasa ta’limiga tayyorgarlik ko‘radi?

A) Muhammad Olimd B) Ashur Muhammad C) Poshshoxo‘ja eshonD) Mirzo Buxoriy

6. Zamon ahli shu boisdan taxallus Furqatiy derlar:

Necha yildur bir oshubi zamonidin adashganman. Qaysi adabiyotshunos olim ushbu baytlarga asoslanib Zokirjonning «Furqat» taxallusini qo‘llash sababini izohlagan?

A) N.Abdulhamid B) V.Rahmonov C) N.Karimov D) U.Normatov

7. «Chor darvesh» va «Nuh manzar» asarlarini fors tilidan o‘zbekchaga o‘girgan adibni aniqlang.

A) Fitrat B) Furqat C) Cho‘lpon D) Muqimiy

8. Mirzalik, xattotlik qilgan, hatto turmush taqozosi bilan choy do‘koni ochib kun kechirgan shoir qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Abdulla Qodiriy B) Zavqiy C) Muqimiy D) Furqat

9. Furqat «Turkiston viloyatining gazetasi» muharriri Nikolay Ostroumov bilan qayerda tanishadi?

A) Samarqand B) Qo‘qon C) Toshkent D) Istanbul

10. Istanbulda yozilgan «Sabog‘a xitob» she‘ri necha misradan iborat?

A) 280 B) 250 C) 230 D) 240

11. Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘lining taxallus tanlashida «Alloh jamolidan judolikni ko‘zda tutgan» deya fikr bildirgan shaxsni aniqlang.

A) V.Rahmonov B) N.Abduhakim C) N.Ostroumov D) H.A’zam

12. Furqatning N.Ostroumov bilan tanishuvidan keyin «Turkiston viloyatining gazeti»da chop etilgan she’rlarini aniqlang.

A) Gimnaziya, Ilm xosiyati B) Akt majlisi xususida, Suvorov C) Nag‘ma bazmi xususida, Vistavka D) Barcha javoblar to‘g‘ri

13. Furqat xat orqali tanishgan Samarqandlik savdogar va etnograf olimni aniqlang.

A) Hoji A’zam B) Zavqiy C) Mirzo Buxoriy D) N.Ostroumov

14. Furqat nechanchi yilgacha «Turkiston viloyatining gazeti» bilan aloqada bo‘lgan?

A) 1909- yilgacha B) 1905- yilgacha C) 1907- yilgacha D) 1906- yilgacha

15. Lirik asarlarida Lutfiy, Navoiy, Fuzuliy, Bobur, Mashrab, Ogahiy kabilarning tajribasiga suyangan holda o‘zbek lirikasining ifoda imkoniyatlarini kengaytirgan ijodkorni aniqlang.

A) Zavqiy B) Furqat C) Fitrat D) Muqimiy

16. Muqimiy Furqatning lirik merosidagi qaysi g‘azaliga taxmis bog‘lagan?

A) Qosido ayg‘il o‘shal dildorg‘a B) Ikkimiz C) Ko‘zlaring D) O‘lturg‘usi

17. Furqat qaysi g‘azalida o‘z muhabbati miqyosini buyuk Mansur Xalloj holatiga tenglashtiradi?

A) Qosido, ayg‘il o‘shal dildorg‘a B) Muncha zolim bo‘lmish ul xunrez tarso ko‘zlaring C) Ikkimiz D) Ne jafolar chekmadim bir bevafo dildor uchun

18. Qaysi ijodkor g‘azalida yorni tasvirlashda Yusuf alayhissalom ham tilga olib, uning husnini, shirin so‘zligi yorga qiyoslanadi va «hamma to‘g‘rida» Yusuf misriydan ham ortiq ekanini bildiradi?

A) Mashrab B) Zavqiy C) Furqat D) Muqimiy

19. «… ul vaqtlarda Rusiya xalqidin biror odamni bozorda ko‘rsam qochib yiroqdin o‘tib ketar edim. Hatto o‘rus birla so‘zlashgan odamni yomon ko‘rar edim». Ushbu tarjimai hol muallifi kim?

A) Cho‘lpon B) A.Qodiriy C) Fitrat D) Furqat
O'zbek jadid adabiyoti

1. Turkistonda jadidchilik harakatiga qaysi asrga kelib asos solindi?

A) XX asr boshlarida B) XX asr o‘rtalarida C) XIX asrning ikkinchi yarmida D) XIX asrning o‘rtalarida

2. Turkistonda ma’rifatchilik qarashlari shakllana boshlangan davrni toping.

A) XX asr boshlarida B) XX asr o‘rtalarida C) XIX asrning ikkinchi yarmida D) XIX asr o‘rtalarida

3. Turkistonda yangi usuldagi jadid maktablari qachon ochila boshlangan?

A) XX asr boshlarida B) XIX asr o‘rtalarida C) XIX asrning 70- yillarida D) XIX asrning 90- yillarida

4. O‘zbek matbuotining rivojlanishida bir qadar imkon yaratgan Rossiyada qabul qilingan so‘z va matbuot erkinligi haqidagi Manifest qachon qabul qilingan?

A) 1910- yil B) 1906- yil C) 1905- yil D) 1917- yil

5. O‘zbek tilidagi birinchi gazeta nechanchi yilda chop etilgan va u qanday nomlangan?

A) 1905- yildan «Sadoyi Farg‘ona» B) 1914-1915- yillarda «Sadoyi Turkiston» C) 1913- yilda «Oyna» D) 1870- yilda «Turkiston viloyatining gazeti»
Abdurauf Fitrat

1. «Hindistonda bir farangi ila buxorolik bir mudarrisning bir necha masalalar hamda usuli jadid xususida qilgan munozarasi» («Munozara») kabi asarlari bilan zamonning dolzarb muammolarini yoritgan, xalqni ma’rifat va ziyoga chorlagan adibni aniqlang.

A) Fitrat B) Abdulla Qodiriy C) Behbudiy D) Avloniy

2. Quyidagi adiblardan qaysi biri «Milliy uyg‘onish davri jarchisi va yalovbardori» degan nom olgan?

A) Munavvar Qori B) Behbudiy C) Hamza D) Fitrat

3. Tangri, shayton, malak, Odamato bilan bo‘lib o‘tgan o‘tkir munozara, bahslar orqali xalq uchun nihoyatda muhim bo‘lgan Vatan erki, shaxs erkinligi muammolari badiiy gavdalantirilgan asar va uning muallifini aniqlang.

A) Dante «Ilohiy komediya» B) Fitrat «Qiyomat» C) Erkin Vohidov «Ruhlar isyoni» D) Fitrat «Shaytonning tangriga isyoni»

4. «Qayg‘u tutunlari ichra yog‘dusiz qolgan ko‘zlaring u yosh yomg‘irlarin nechuk to‘kadur? Zulm zanjirlari bilan bog‘langan qo‘llaring nechun har yonga uzatiladur, nima tilaysan?» Ushbu jumlalar muallifini aniqlang.

A) Avloniy B) Behbudiy C) Cho‘lpon D) Fitrat

5. Fitratning qaysi she’ri inson ruhiyatidagi cheksiz tamannolarini, iztirob va evrilishlarni yoritishga bag‘ishlangan?

A) Kim deyay seni B) Nega bo‘yla C) Shoir D) Yana yondim

6. «Mamlakat va millat erki uchun kurash» qaysi shoir she’rlarining yetakchi g‘oyasi hisoblanadi?

A) Furqat B) Fitrat C) Cho‘lpon D) Avloniy

7. «… zamondosh va davradosh adiblardan farqli o‘laroq asarlarida arab, fors so‘zlarini imkon qadar kamroq qo‘llashga urindi. Fikr, hissiyot tushunchalarini asosan, turkiy so‘zlar bilan ifodalashga harakat qildi». Ushbu jumlalarda qaysi adib nazarda tutilgan?

A) Navoiy B) Zamaxshariy C) Fitrat D) Muqimiy

8. O‘zbek she’riyatiga faol ravishda barmoq vaznini olib kirgan shoirni aniqlang.

A) Cho‘lpon B) Avloniy C) Fitrat D) G‘.G‘ulom

9. O‘zbek she’riyatidagi qaysi vazn XX asrning 20-30- yillarida she’rni hayotga yaqinlashtirishda yetakchi vazn hisoblagan?

A) aruz B) barmoq C) sarbast D) oq she’r

10. Jahon talabi mezonlariga javob beradigan dramalar yaratgan o’zbek dramaturgini aniqlang.

A) Behbudiy B) Cho‘lpon C) Hamza D) Fitrat

11. O’tgan asrning 20- yillarida Hindiston hayotida yuz bergan voqealar asos qilib olingan dramani aniqlang.

A) Chin sevish B) Arslon C) Hind ixtilochilari D) Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari

12. Vatanini bosqinchilardan ozod qilishni hayotning bosh mazmuni deb bilgan Rahimbaxsh va sevgilisi Dilnovoz qaysi asar qahramonlari?

A) Chin sevish B) Arslon C) Hind ixtilochilari D) Abulfayzxon

13. Qaysi qatordagi asarning g‘oyaviy, badiiy maqsadi zo‘ravonlik, o‘zgalarni qullarcha itoatda tutush, taxt va mansab dunyosi barcha razilliklar manbaidir degan muammoni yoritishga qaratilgan?

A) M.Shayxzoda «Mirzo Ulug‘bek» B) O.Yoqubov «Ulug‘bek xazinasi» C) Fitrat «Abulfayzxon» D) Oybek «Navoiy»

14. «Abulfayzxon» tragediyasida Fitratning qanday g‘oyalari ilgari surilgan?

A) taxt va mansab dunyosi barcha razilliklarning manbai degan muammoni yoritmaslik B) Buxoro amirligidagi dehqonlarning og‘ir hayoti va qismati muammolari C) zo‘rovonlik va o‘zgalarni qullarcha itoatda tutishni qoralamaslik D) zulm va zo‘rovonlik asosiga qurilgan, bu yo‘lda istibdodning hech qanday manfurligidan qaytmaydigan tuzumini fosh etish

15. «Abulfayzxon» dramasidagi «Eng qop-qora saodat - sensan» deyilgan fikr kimga nisbatan aytilgan?

A) Rahimbiyga B) Ibrohimga C) Abulfayzxonga D) Ulfatga

16. «Abulfayzxon» tragediyasidagi uchraydigan «podsholik qon bilan sug‘oriladigan og‘ochdir» degan so‘zlar kimning tilidan aytilgan?

A) Farhod otaliq B) Davlat C) Ulfat D) qozi Nizom

17. Fitratning «Abulfayzxon» tragediyasidagi to‘qima obrazlarni aniqlang.

A) Davlat, qozi Nizom, B) Davlat, Ulfat, Nodirshoh C) Nodirshoh, Ulfat, Hakimbiy D) qozi Nizom, Farhod Otaliq, Ibrohimbiy

18. Buyuk ingliz dramaturgi Shekspir tajribalarining ta’siri sifatida ruh timsolidagi obrazlar yaratishni boshlab bergan adibni aniqlang.

A) M.Shayxzoda B) Abdulla Oripov C) Fitrat D) E.Vohidov

19. Fitrat «Abulfayzxon» tragediyasida shaxs va jamiyataro munosabat masalasidagi o‘z idealini qaysi obrazga ko‘proq singdirgan?

A) Abulfayzxon B) Rahimbiy C) Hakimbiy D) Ibrohimbiy

20. XVII asr Buxoro hayotidan olib yozilgan, tarixiy haqiqatga asoslangan birinchi tarixiy tragediyani aniqlang.

A) Abulfayzxon B) Arslon C) Maysaraning ishi D) Padarkush

21. O‘zbek publitsistikasining tamal toshini qo‘ygan adibni aniqlang.

A) Abdulla Qodiriy B) Avloniy C) Cho‘lpon D) Fitrat

22. Fitratning «Abulfayzxon» tragediyasida asar g‘oyasining cho‘qqisi, falsafiy mushohadalar zimmasiga qo‘yilgan obrazni aniqlang.

A) Xayol B) Ibrohimbiy C) Hakimbiy D) Abulfayzxon

23. «Fors shoiri Umar Xayyom», «Firdavsiy zamoni va muhiti», «Mashrab» singari ilmiy tadqiqot maqolalarining muallifini aniqlang.

A) Cho‘lpon B) Avloniy C) Munavvarqori D) Fitrat

24. Qaysi qatorda Fitratning maqolalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Ahmad Yassaviy, Tilimiz, O‘zbek shoiri Turdi B) Firdavsiy zamoni va muhiti, Hibatul haqoyiq, Munozara C) Shoir, Mashrab, Aruz haqida D) She’r va shoirlik, Hind ixtilochilari, Ahmad Yassaviy

25. Fitratning shahar dumasida saylov o‘tkazilish munosabati bilan yozilgan maqolasini aniqlang.

A) Sharq siyosati B) Musulmonlar, g‘ofil qolmang C) Turkistonda ruslar D) Muxtoriyat

26. Hali hikoyachilik janr sifatida yetarlicha to‘liq shakllanib ulgurmagan bir paytda «Qiyomat» singari asari bilan bu janrning qaror topishiga katta hissa qo‘shgan adibni ko‘rsating.

A) Ch.Aytmatov B) A.Qahhor C) Fitrat D) Qodiriy

27. Fitratning sho‘ro mafkurasi zug‘umining ta’siri tufayli cheklanishlarga uchragan maqolalarini aniqlang.

A) She’r va shoirlik, Ahmad Yassaviy B) O‘zbek shoiri Turdi, Mashrab C) Farhod va Shirin to‘g‘risida, Muxtoriyat D) Ahmad Yassaviy, Ahmad Yassaviy maktabi shoirlari to‘g‘risida tekshirishlar
Nazariy ma’lumot. Adabiy asar qahramoni

1. Badiiy adabiyotda aks ettirilgan inson obrazining muqobili sifatida ishlatiluvchi so'zni aniqlang.

A) adabiy obraz deyiladi. B) shaxs deyladi. C) qahramon deb ataladi. D) xarakter deyiladi.

2. «Qahramon» tushunchasining adabiyotda yana qanday muqobili uchraydi?

A) personaj B) detal C) xarakter D) tip
Hamza Hakimzoda Niyoziy

1. «Tajimon» gazetasi kim tamonidan chop etilgan?

A) Hamza B) Ismoilbek Gasprali C) Cho‘lpon D) Fitrat

2. «Tarjimon» gazetasi qayerda nashr etilgan?

A) Orenburg B) Qohira C) Boqchasaroy (Qrim) D) Samarqand

3. Uning otasi 16 yoshida Buxoraga borib, «xalq do‘xturi» bo‘lib qaytgan, o‘zbek va fors tillarini bilgan, shu tillardagi diniy va dunyoviy adabiyotdan xabardor kishi edi. Ushbu ta’rif qaysi shoirning otasiga tegishli?

A) Hamza B) Muqimiy C) Furqat D) Fitrat

4. Hamzaning qaysi komediyasi o‘zbek dramaturgiyasining eng yuksak namunalaridan biri sifatida uzoq vaqt, nafaqat mamlakatimiz, balki xorijiy teatrlarning ham e’tiborini o‘ziga jalb etib kelgan. Yuqoridagi fikr qaysi asar haqida bormoqda?

A) Zaharli hayot yohud Ish qurbonlari B) Maysaraning ishi C) Tobutdan tovush D) Paranji sirlari

5. … Abdulla To‘qmulin bilan uchrashganini shunday izohlaydi: «Ul … yuz sahifadan ortiqroq eski usuldagi she’riy yozishmalarimni ko‘rib, tarbiyalashga kirishdi». Ushbu fikr kim haqida?

A) Fitrat B) Furqat C) Muqimiy D) Hamza

6. «Ul … yuz sahifadan ortiqroq eski usuldagi she’riy yozishmalarimni ko‘rib, tarbiyalashga kirishdi» - deb yozgan edi, Hamza o‘zining tajimayi holida «she’riy yozishmalari»ni kimga ko‘rsatgani ta’kidlanadi?

A) Abdulla To‘qmullin B) Munavvar qori C) Saidnosir Mirjalilov D) Muqimiy

7. Hamza «eski podsholar turmushidan bir havosiz operalik ro‘mon» bugungi til bilan aytsak, libretto yozgan. Ushbu asarning nomini aniqlang.

A) Rabochiy B) Muxtoriyat yoki avtonomiya C) Burungi saylovlar D) Haqiqat kimda

8. 1910- yilda qaysi adib Toshkentning qashqar mahallasida birinchi marta jadid maktabini ochadi?

A) Furqat B) Cho‘lpon C) Hamza D) Fitrat

9. «G‘ayrat» kutubxonasi qaysi shoir tomonidan tashkil etilgan?

A) Hamza B) Fitrat C) Cho‘lpon D) Furqat

10. «Yengil adabiyot», «O‘qish kitobi», «Qiroat kitobi» asarlari muallifini aniqlang.

A) Abdulla Qodiriy B) Cho‘lpon C) Fitrat D) Hamza

11. Hamza qachon «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» unvoniga sazovor bo’ldi?

A) 1929- yilB) 1926- yil C) 1924- yil D) 1918- yil

12. «Shundoq qolurmu», «Istibdod qurbonlari», «Loshmon fojiasi» asarlari muallifini aniqlang.

A) Behbudiy B) Avloniy C) Fitrat D) Hamza

13. Hamzaning 1905-1914- yillarga oid qo‘lyozma devonida qanday janrlardagi she’rlari jamlangan?

A) g‘azal, muxammas, murabba, masnaviy B) ruboiy, muxammas, musaddas, g‘azal C) g‘azal, ruboiy, muashshar, masnaviy D) g‘azal, muxammas, musaddas, masnaviy

14. Hamza 1905-1914- yillarga oid qo‘lyozma devonida qanday taxallusdan foydalangan?

A) Nihoniy B) Niyoziy C) Ovsar D) Dumbul

15. Hamzaning 1915-1917- yillarda yozgan she’rlari jamlangan «Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi» nechata to‘plam holida e’lon qilingan?

A) 6 ta B) 9 ta C) 8 ta D) 10 ta

16. Behbudiy qaysi asari bilan yangi san’at turiga asos solib, ko‘plab shoir va yozuvchilarning dramaturgiyaga kirib kelishiga sababchi bo‘ldi?

A) Maorif B) Padarkush C) Buxoroda usuli jadid D) Ehtiyoji millat

17. Chiqdi haq uchun achig‘larimiz!

Qaroga yopishib sarig‘larimiz!

Qadimning rasmini tutib sunnat,

Bid’at o‘ldi hama qilig‘larimiz!.. Hamzaning ushbu she’ri birinchi marta qaysi gazetada chop etilgan?

A) Sadoyi Turkiston B) Sadoyi Farg‘ona C) Tarjimon D) Qizil bayroq

18. Quyidagi asarlardan qaysilari Hamza qalamiga mansub?

A) Ishchilar hayoti, Burungi saylovlar, Juvonboz B) Maysaraning ishi, Baxtsiz kuyov, Zaharli hayot C) Tuhmatchilar jazosi, Loshmon fojiasi, Burungi saylovlar D) O‘ch, Padarkush, Paranji sirlari

19. O‘zbek yozuvchilaridan qaysi biri «O‘zbek sovet adabiyoti va teatrining asoschisi» degan nom olgan?

A) Behbudiy B) Fitrat C) Cho‘lpon D) Hamza

20. Hamzaning 20- yillar dramaturgiya sohasidagi to‘rt qismdan iborat asarini toping.

A) Eshonlikka xiyonat B) Farg‘ona fojialari C) Burungi saylovlar D) El quzg‘unlari

21. Topsunmi taraqqiy yana bizlarda kamolat,

Ketsunmi taassuf elidan bug‘zu g‘adorat? Ushbu baytdagi «bug‘zu» so‘zining ma’nosini toping.

A) kek, dushmanlik B) bo‘g‘iz, halqum C) aldamchilik, xiyonatkorlik D) A va B

22. Sotti Husayinning aytishicha, shoir «eski qayg‘uli kuylarni jonlantirish uchun» yangi yo‘llar qidirgan, yangi ashulalar uchun «xushchaqchaq xalq kuylari» ni tanlagan. Uning shunday yo‘l bilan yozgan she’rlari «tor doiradagi o‘quvchilar o‘rtasidagina emas, ashulachilar o‘rtasida ham tarqala boshlagan». Ushbu ta’rif qaysi adib haqida?

A) Fitrat B) Cho‘lpon C) Hamza D) Avloniy

23. Hamzaning bu she’ri «Sadoyi Turkiston» gazetasining 1914- yil 15-iyul sonida bosilgan bo‘lishiga qaramay, muallif ismi tushib qolganligi sababli u Hamzaning birorta to‘plamiga kiritilmagan. Yuqorida fikr Hamzaning qaysi she’ri haqida?

A) Ko‘zni oching, qardoshlar B) Millat deganlarning oqar ko‘z yoshi C) Yig‘la, Turkiston D) Vatandoshlarima xitoba

24. Hamzaning «Vatandoshlarima xitoba» she’ri qanday misralar bilan boshlanadi?

A) Ey, ahli vatan! Bosdi seni muncha g‘afolat,

G‘arq ayladi muncha seni daryoyi jaholat?

B) Tushdi sening boshing uza har zillat-u razolat,

Boq! Holingga nelar bo‘lar, gar bo‘lsa basorat.

C) Qoplab keliyur millatingga zulmat-u g‘orat,

Inson sifating vor esa tur, ayla jasorat!

D) To‘g‘ri javob yo‘q.

25. Qaysi adabiyotshunos «Vatandoshlarima xitoba» she’ri Hamza qalamiga mansub ekanligini aniqlagan?

A) Begali Qosimov B) Boybo‘ta Do‘stqorayev C) Yusuf Sultonov D) Laziz Qayumov

26. Hamza she’rlarida «g‘orat» so‘zi uchraydi. Ushbu so‘zning lug`aviy ma’nosini aniqlang.

A) zolimlik B) ko‘z ochiqligi C) barbod qilish D) tubanlik

27. Hamzaning «Muhtarama onalarimiza xitob» she’ri nechanchi yilda yozilgan?

A) 1918- yilda B) 1927- yilda C) 1917- yilda D) 1914- yilda

28. Siz edingiz millati chin rahbari,

Turmush-u insonni butun sarvari,

Koni hidoyat biza siz edingiz,

Tarbiya dunyosini payg‘ambari. Yuqoridagi she’riy parcha Hamzaning qaysi she’ridan olingan?

A) Muhtarama onalarimiza xitob B) O‘zbek xotin-qizlariga C) Ozod xotin-qizlar qo‘shig‘i D) Vatandoshlarima xitoba

29. Hamzaning Muhammadsharif So‘fizoda qalamiga mansub «O‘qing onalar» she’riga bog‘lagan nazirasi qanday nomlanadi?

A) Vatandoshlarima xitoba B) Muhtarama onalarimiza xitob C) O‘zbek xotin-qizlariga D) Ozod xotin-qizlar qo‘shig‘i

30. Hamzaning «Muhtarama onalarimiza xitob» she’ri kimning qaysi she’riga nazira tarzida yozilgan?

A) Furqatning «Sabog‘a xitob» she’ri B) Zavqiyning «Zamona kimniki» she’ri C) Muhammadsharif So‘fizodaning «O‘qing onalar» she’ri D) To‘g‘ri javob yo‘q.

31. Jadid adabiyoti mahsuli bo‘lgan «Topmadim» radifli g‘azal muallifini ko‘rsating.

A) Abdulla Qodiriy B) Cho‘lpon C) Fitrat D) Hamza

32. Hamza Saidnosir Mirjalilovdan olgan xati tufayli, milliy ozodlik yo‘lida katta g‘alaba qo‘lga kiritilganini eshitib bir she’r yozadi. O‘sha she’r berilgan javobni aniqlang.

A) Turkiston muxtoriyatina B) Ko‘zni oching, qardoshlar C) Millat deganlarning oqar ko‘z yoshi D) Vatandoshlarima xitoba

33. Hamzaning bu komediyasi mamlakatimiz teatrlaridagina emas, ayni paytda Polsha, Bolgariya kabi xorijiy mamlakatlar teatrlarida ham katta muaffaqiyat bilan sahnalashtirildi. Yuqoridagi fikr Hamzaning qaysi asari haqida bormoqda?

A) Zaharli hayot B) Maysaraning ishi C) Boy ila xizmatchi D) Rabochiy

34. Hamza o‘zining qaysi asarini «Turkiston maishatidan olingan qiz-kuyov fojiasi» deb atagan?

A) Paranji sirlari B) Maysaraning ishi C) Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari D) Tuhmatchilar jazosi

35. Hamza qaysi asarida ma’rifatli insonning «jaholat va g‘aflat zindoni»dagi fojiali taqdirini tasvirlagan?

A) Paranji sirlari B) Maysaraning ishi C) Tuhmatchilar jazosi D) Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari

36. «Yangi saodat» qissasi muallifini aniqlang.

A) Abdulla Qodiriy B) Cho‘lpon C) Hamza D) Fitrat

37. «Maysaraning ishi» dramasida, «dehqonlar turmushidan olingan» uch pardali komediyada, voqea go‘yo qayerda bo‘lib o‘tadi?

A) Farg‘onaning So‘x shahrida B) Farg‘onaning Marg‘ilon shahrida C) Jizzaxning Baxmal shahrida D) Toshkentning Chirchiq shahrida

38. Yigirma olti yoshli cho‘pon va o‘n olti yoshli Oyxon qaysi asar qahramonlari?

A) Paranji sirlari B) Maysaraning ishi C) Padarkush D) Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari

39. Sovet davri adabiyotshunoslari tomonidan «Oktabrning kuychisi va jarchisi» deb talqin etilgan adibni ko‘rsating.

A) Furqat B) Fitrat C) Hamza D) Abdulla Qodiriy



Nazariy ma’lumot. Dramatik tur

1. Dramaning qanday ko‘rinishlari mavjud?

A) lirik drama B) ertak drama C) fantastik drama D) A, B va C

3-DARS. JADID ADABIYOTI (davomi). (104-145-betlar)

Reja:

1. Abdulla Qodiriy.



2. Nazariy ma 'lumot. Badiiy asar poetikasi haqida tushuncha.

3. Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon.

4. Nazariy ma'lumot. Badiiy adabiyotning vazifalari.
Abdulla Qodiriy

1. Oybek qaysi ijodkorni «tug‘ma epik yozuvchi, keng ko‘lamdagi master, yuksak ma’nodagi realist san’atkor» deya ta’riflaydi?

A) Abdulla Qodiriy B) Cho‘lpon C) G‘.G‘ulom D) Furqat

2. «A.Qodiriy… yangi davr adabiyoti, Yevropa adabiyoti gazi bilan o‘lchaganda ham to‘laqonli asarlar yozgan, o‘zbek romanchligini boshlab bergan ulkan adibdir». Ushbu ta’rif Qodiriyga kim tomonidan berilgan?

A) Abdulla Oripov B) A.Qahhor C) Erkin Vohidov D) Oybek

3. Oiladagi moddiy muhtojlik tufayli bir oz kechikib, 9-10 yoshlarida maktabga borgan adibimizni aniqlang.

A) Cho‘lpon B) Oybek C) Abdulla Qodiriy D) G‘.G‘ulom

4. «Sadoyi Turkiston» gazetasining 1914- yil 1-aprel sonida uning «Yangi masjid va maktab» sarlavhali xabari bosilgan. Yuqoridagi fikrlar qaysi adib to‘g‘risida?

A) Fitrat B) Hamza C) Cho‘lpon D) Qodiriy

5. «To‘y», «Millatimga», «Ahvolimiz» she’rlari kimning qalamiga mansub?

A) Abdulla Qodiriy B) Cho‘lpon C) Fitrat D) Hamza

6. «Yozuvchi bu asarda voqealar ustida muhokama qilmaydi, tushuntirmaydi, isbot qilmaydi, balki obrazlar bilan ko‘rsatadi. Bu hikoyada ham foydasiz odatlarni qoralaydigan ma’lum «axloq», «ibrat» bor, lekin bu axloq turtib chiqmaydi». Oybek tomonidan berilgan ushbu ta’rif Qodiriyning qaysi asari haqida?

A) Juvonboz B) Uloqda C) Kalvak Maxzumning xotira daftaridan D) Toshpo‘lat tajang nima deydir?

7. Qodiriyning qaysi hikoyasi faqat uning yutug‘i bo‘lib qolmay, Oktabr to‘ntarishigacha bo‘lgan o‘zbek adabiyotidagi realizmning cho‘qqisi, realistik hikoyaning eng yaxshi, yetuk namunasi hisoblanadi?

A) Juvonboz B) Uloqda C) Kalvak Maxzumning xotira daftaridan D) Toshpo‘lat tajang nima deydir?

8. Qodiriy 1919- yil qaysi gazetaga muharrir bo‘lib tayinlanadi?

A) Ro‘sta B) Ishtirokiyun C) Oziq ishlari D) Qizil bayroq

9. O‘zbekistonda yangi tipdagi matbuotning tug‘ilishi va shakllanishiga benihoya katta xizmat qilgan, ayniqsa, «Mushtum» jurnalining tug‘ilishi va oyoqqa turishda katta jonbozlik ko‘rsatgan adibni ko‘rsating.

A) Fitrat B) Cho‘lpon C) Hamza D) Abdulla Qodiriy

10. Qaysi adib matbuot, jurnalistika sohasidagi bilim va malakasini oshirish maqsadida 1924-1925- yillarda Moskvadagi oliy adabiyot institutida ta’lim oldi?

A) Fitrat B) Cho‘lpon C) Hamza D) A.Qodiriy

11. «1818- yil yodgori», «O‘tgan kunlar» tanqidi ustida ba’zi izohlar» maqolalari kimga tegishli?

A) Abdulla Qodiriy B) Cho‘lpon C) Hamza D) Fitrat

12. 1926- yili «Mushtum» jurnalida bosilgan «Yig‘indi gaplar» hajviyasi kimning qalamiga mansub?

A) G‘.G‘ulom B) A.Qodiriy C) A.Qahhor D) Cho‘lpon

13. Qodiriyni yozuvchi sifatida ilk bor elga tanitgan asarlarini ko‘rsating.

A) O‘tgan kunlar, Mehrobdan chayon B) Kalvak Maxzumning xotira daftaridan, Toshpo‘lat tajang nima deydir? C) Uloqda, Baxtsiz kuyov D) A va C

14. Qodiriyning qaysi asarida «Odamzotning aqli yetmaydur», «Bachi ma’ni?» boblari uchraydi?

A) Yig‘indi gaplar B) Obid ketmon C) Toshpo‘lat tajang nima deydir? D) Kalvak Maxzumning xotira daftaridan

15. «Qishloqqa yuzingni o‘gir», «Qishloqqa qopingni o’gir» boblari Qodiriyning qaysi asarida mavjud?

A) Kalvak Maxzumning xotira daftaridan B) Obid ketmon C) Yig‘indi gaplar D) Toshpo‘lat tajang nima deydir?

16. Qodiriyning hajviy asarlarida uchraydigan «Odamzod farzandining g‘aribi» kim?

A) Kalvak Maxzum B) Toshpo‘lat tajang C) Salim so‘tak D) Solih Maxdum

17. «O‘tgan kunlar» romanidan parchalar 1922- yilda qaysi jurnalda bosilgan?

A) «Oyna» jurnalida B) To‘g‘ri javob yo‘q C) «Inqilob» jurnalida D) «Kommunist yo‘ldoshi» jurnalida

18. Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romani qaysi tanqidchi tomonidan zararli asar deb baholangan?

A) M.Sheverdin B) Sotti Husayn C) Ozod Sharofiddinov D) A.Qahhor

19. Nihoyat, roman haqidagi haqiqat XX asrning 60-80- yillariga kelib yuzaga chiqa boshladi. Ammo hamon bu asar haqidagi haqiqat to‘laligicha kashf etilgani yo‘q. Roman xususida bahslar, tekshirishlar davom etmoqda. Gap qaysi roman haqida bormoqda?

A) Mehrobdan chayon B) O‘tkan kunlar C) Kecha va kunduz D) B va C

20. «Mehrobdan chayon» romani ilk bor qachon va qayerda bosilib chiqqan?

A) 1928- yil fevral, Samarqandda B) 1929- yil mart, Toshkentda C) 1928- yil may, Buxoroda D) 1929- yil mart, Samarqandda

21. 1926- yili Qodiriy boshiga tushgan savdolar qog‘ozga tushirilsa, zo‘r fojeiy asar paydo bo‘lishi mumkin edi. Go‘yo muallif o‘z boshidan kechirgan voqealarni o‘tgan asrga ko‘chirib saroydagi munshiylar orasidagi mojarolarga o‘rab, o‘zgacha ko‘rinishda gavdalantirayotganday tuyuladi. Ushbu jumlada Qodiriyning qaysi asari nazarda tutilgan?

A) Mehrobdan chayon B) O‘tkan kunlar C) Obid ketmon D) A va B

22. Qodiriy oqlanganidan keyin, uning asarlari qachondan boshlab xalqqa tarqatila boshlandi?

A) 1957- yildan B) 1958- yildan C) 1959- yildan D) 1956- yildan

23. «Ishq da’vosi avom o‘ylaganicha vasl emas – hajrdir. Zero, vasl ishq o‘tini so‘ndiruvchi, hajr esa kamolotga erishtiruvchidir». «Mehrobdan chayon» romanidan olingan ushbu fikrlar kimga tegishli?

A) Ra’noga B) Solih Maxdumga C) Anvarga D) Sultonaliga

24. Qaysi adib «Mehrobdan chayon»dagi Solih Maxdum obraziga quyidagi tarifni beradi? «…asardagi hamma personajlar orasidan eng jonli, eng yorqin, eng tipik figura».

A) A.Qahhor B) G‘.G‘ulom C) O.Sharafiddinov D) Oybek

25. Oybek tomonidan berilgan ushbu ta’rif «Merobdan chayon» romanidagi qaysi personajga tegishli? «…asardagi hamma personajlar orasida eng jonli, eng yorqin, eng tipik figura».

A) Ra’no B) Solih Maxdum C) Anvar D) Sultonali

26. «Anvar va Ra’noning tuprog‘i bir joydan olingan… ikkisi ham kam taom». «Mehrobdan chayon» romanidan olingan yuqoridagi jumla kimga tegishli?

A) Mulla Abdurahmon B) Sultonali C) Solih Maxdum D) Nigor oyim

27. Xudoyoroxon tarixi «Mehrobdan chayon» romanining qaysi bobida berilgan?

A) Qirq qizlar B) Nozik C) Xayrul – umuri avsatuho D) Zulm o‘chog‘i

28. Yengil kulgi, hazil-mutoyiba zamiridagi keskin drama, ziddiyatlarni ochish, quvnoq tarzdagi ifodaning mungli, og‘ir fojiiy ohang bilan almanishinishi – bunday sehrli san’at «Mehrobdan chayon» romanining qaysi boblarida alohida kuch bilan namayon bo‘lgan?

A) Zulm o‘chog‘i B) Nozik C) B va D D) Qirq qizlar

29. «Mehrobdan chayon» romanidagi qaysi qahramon o‘zini «onhazratning otgan o‘qlari» deb biladi?

A) Gulshan B) Roziya oyim C) Nozik D) Nigor oyim

30. Qaysi asar hayot haqiqatini orttirmay va kamsitmay, o‘z holicha, jamiyki qarralari, tovlanishlari bilan gavdalantirgan, xarakterlar olamini o‘ziga xos ohanglar, bo‘yoqlar vositasida kashf etib bergan o‘xshashi yo‘q badiiy obida hisoblanadi?

A) O‘tkan kunlar B) Mehrobdan chayon C) Qutlug‘ qon D) Kecha va kunduz

31. Qodiriyning hikoyalari berilgan qatorni toping.

A) Uloqda, Kalvak Maxzumning xotira daftaridan B) Jinlar bazmi, Toshpo‘lat tajang nima deydir? C) Yig‘indi gaplar, Baxtsiz kuyov D) Uloqda, Jinlar bazmi

32. Qodiriyning qaysi asari Behbudiyning «Padarkush» dramasiga taqlidan yozilgan?

A) Juvonboz B) Baxtsiz kuyov C) Uloqda D) Toshpo‘lat tajang nima diydir?

33. Qodiriy qaysi jurnalning tug‘ilishi va oyoqqa turishida katta jonbozlik ko‘rsatgan?

A) Sadoi Turkiston B) Qizil bayroq C) Mushtum D) Inqilob

34. Qodiriyning hayotdagi muhum tadbirlarni, yangiliklarni olqishlab, qo‘llab-quvvatlovchi, tashviq etivchi maqolalari berilgan qatorni aniqlang.

A) Ulug‘ ayyom, Matbuot kuni B) 1818- yil yodgori, Otam ham bolshevik C) Bizda teatr ishining borishi, Ulug‘ ayyom D) Yig‘indi gaplar, Matbuot kuni

35. «Xayrul-umuri avsatuho» bobi qaysi asarda uchraydi?

A) Mehrodan chayon B) O‘tkan kunlar C) Baxtsiz kuyov D) Toshpo‘lat tajang nima deydir?

36. Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romanida qanday tasvir usuli yetakchilik qiladi?

A) tahliliy-psixologik B) hajviy-yumoristik C) tarixiy-an’anaviy D) liro-romantik

37. Qodiriyning 1926- yilda «Mushtum» jurnalida bosilgan asarini toping.

A) Juvonboz B) Uloqda C) Yig‘indi gaplar D) Toshpo‘lat tajang nima deydir?


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling