Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs


Download 1.6 Mb.
bet8/16
Sana04.12.2020
Hajmi1.6 Mb.
#159113
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
5-11 синф тест адабиет [uzsmart.uz]


10-SINF

1-DARS. MA’NAVIYAT KO‘ZGUSI. XALQ OG‘ZAKI IJODIDAN. ISLOMGACHA BO‘LGAN DAVRDAGI TURKIY ADABIYOT. (1-49-betlar)

Reja:

1. Ma’naviyat ko‘zgusi.



2. “Malika ayyor” dostoni.

3. Xalq dostonlari haqida.

4. Xalq qo‘shiqlari.

5. Qadimgi adabiy yodgorliklar.


Ma’naviyat ko‘zgusi

1. Qanday so‘z badiiy adabiyotga daxldor hisoblanadi?

A) estetik vazifa bajargan so‘z B) so‘zning har qanday shakli C) so‘z adabiyotning asosiy manbasi D) to‘g‘ri javob yo‘q

2. O‘zbek dramaturgiyasining asoschisini ko‘rsating.

A) Hamza B) Behbudiy C) Fitrat D) Avloniy

3. Saqalar davlati va ularning sarkardasiga bag‘ishlangan yo‘qlov madhiyasi qaysi asarda keltirilgan?

A) “As-sahih” B) “Qutadg‘u bilig” C) “Avesto” D) “Devoni lug‘otit turk”

4. Didaktik dostonchilik qachon yuzaga kelgan?

A) XV-XVII asrlarda B) IX-X asrlarda C) X-XV asrlarda D) X-XII asrlarda

5. Qaysi davrdan boshlab mumtoz adabiyotimizning ilk bosqichi boshlangan?

A) XIV asr o‘rtalari B) IX asr C) XII asr o‘rtalari D) XVI asr

6. Qachon adabiyotimizda nisbatan pasayish davri yuz bergan?

A) XIX asr oxiri B) XVII-XIX asrlar C) IX asr D) XII asr

7. 1400 yillik tarixga ega bo‘lgan durdona asar qaysi javobda to‘g‘ri berilgan.

A) “Alp Er To‘nga” B) “O‘rxun Enasoy” C) “Avesto” D) “Devoni lug‘otit turk”

8. Turkiy adabiyot tarixi necha davrga bo‘linadi?

A) 4 B) 3 C) 2 D) 5

9. Adabiyotdagi “Milliy birlikka chaqiruvchi bong” deb ta’riflangan adabiy merosni aniqlang.

A) “O‘rxun Enasoy” B) “Qutadg‘u bilig” C) “Hikmatlar” D) “Avesto”

10. Sharq Renessansining buyuk vakilini ko‘rsating.

A) Amir Temur B) Yassaviy C) Navoiy D) Atoyi
“Malika ayyor” dostoni

1. “Malika ayyor” dostoni qaysi turkum dostonlariga mansub.

A) “Go‘ro‘g‘li” B) “Alpomish” C) Qahramonlik D) Fantastik

2. Badiiy jihatdan yetuk bo‘lgan “Malika ayyor” dostonining ijrochisini ko‘rsating.

A) Ergash Jumanbulbul B) Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li C) Nodim hofiz D) Ismoil baxshi

3. “Malika ayyor” dostonidagi qahri qattiq, aytganini qiladigan, bir so‘zli obraz qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan.

A) Hasan B) Shoqalandar C) Malika D) Tilla qiz

4. “Sayis” so‘zining ma’nosi to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.

A) o‘lchov B) tuya C) otboqar D) sarbon

5. O‘z o‘g‘lini 60 yillik safarga jo‘natish voqeasi tasvirlangan doston qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan.

A) “Alpomish” B) “Kuntug‘mish” C) “Malika ayyor” D) “Go‘ro‘g‘li”

6. “Malika ayyor” dostonida istasa, yumronqoziqqa aylanishga, istasa, devlarning tilsimlarini barbod qilishga, istasa, G‘irko‘kdan ortda qolmay chopa olishga qodir obrazni aniqlang.

A) Shozargar B) Qizildev C) A va B D) Shoqalandar

7. “Malika ayyor” dostonidan olingan “Mana bu kelayotgan Shoqalandar, unga barobar kelib bo‘lmaydi” ushbu so‘zlar qaysi obrazga tegishli.

A) Yaproqdev B) Baymoqdev C) Qizildev D) Gulqiz

8. “Malika ayyor” dostonida Ko‘klam tog‘da qanday voqea ro‘y beradi?

A) buloqlar zaharlandi B) katta urush bo‘ldi C) Avaz va Maqotil uchrashadi D) Avaz malikani ilk bor shu joyda uchratadi.

9. “Malika ayyor” dostonidagi “Soqijon men oshirib gapiraveraman bu fe’limga tavba qilibman”. Ushbu jumla muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Alpomish B) Avaz C) Go‘ro‘g‘li D) Mahmudjon

10. “Malika ayyor” dostonidagi ishonuvchan, oriyatli, qaysar obrazni aniqlang.

A) Go‘ro‘g‘li B) Mahmudjon C) Hasan D) Avaz

11. “Malika ayyor” dostonida Avaz qaysi dev lashkari bilan urushishni istamaydi?

A) Boymoqdev B) Oqshohdev C) Qizildev D) Yaproqdev

12. “Malika ayyor” dostonida Avaz qaysi devning huzuriga bormaydi?

A) Boymoqdev B) Oqshohdev C) Qizildev D) Hasan

13. “Malika ayyor” dostonidagi Avazga xushomad qilgan kanizak qizni aniqlang.

A) Gulqiz B) Gulzamon C) Guljamol D) Gulzoda

14. “Malika ayyor” dostonida o‘zbek yigitlariga xos eng olijanob fazilatlar kimning timsolida gavdalanadi?

A) Go‘ro‘g‘li B) Hasan C) Avaz D) Mahmudjon

15. “Malika ayyor” dostonida Avaz sahrodagi yolg‘iz chinor tagida kimni ko‘rib qoladi?

A) Shozargar B) Asad C) Shodmon D) Shoqalandar

16. “Malika ayyor” dostonidagi Shozargarning qudrati nimada edi?

A) jodu B) ishq C) qashshoqlik D) sabr

17. “Malika ayyor” dostonida Shozargar qanday buyum va hayvonlarga aylana olardi?

A) uzuk, sichqon, ilon B) kabutar, toj C) ilon, kabutar D) sichqon, uzuk, xurmo

18. “Malika ayyor” dostonida “Ko‘zlangan maqsadga astoydil intilgan kishi o‘z maqsadiga yetadi” degan fikrlarni isbotlovchi timsol qaysi qatorda berilgan.

A) Asad B) Hasan C) Shozargar D) Gulqiz

19. “Malika ayyor” dostonida Malika o‘z oshiqlariga nega e’tibor bermaydi?

A) manmanligidan B) Go‘ro‘g‘lini sevganidan C) andishadan D) otasidan qo‘rqqanidan

20. “Malika ayyor” dostonida Malikaning Avazda ko‘ngli borligining yorqin ifodasi qanday namoyon bo‘ladi?

A) otiga minib olishi B) uning ortidan kelishi C) kanizidan ayttirishi D) A va B

21. “Malika ayyor” dostonida Malika qaysi siymolarda inson qudratini anglaydi?

A) Go‘ro‘g‘li, Avaz, Shozargar B) Qizildev, Gulqiz C) Oq shohdev, Qizildev D) Avaz, Gulqiz, Yaproqdev

22. “Malika ayyor” dostonidagi o‘ziga ishonchi baland mag‘rur obraz qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) Malika B) Gulqiz C) Avaz D) Yaproqdev

23. “Malika ayyor” dostoni adog‘ida Gulqiz bilan taqdirini birlashtirgan shahzodani ko‘rsating.

A) Mahmudjon B) Hasan C) Shodmon D) Asad

24. “Malika ayyor” dostonida Tillaqiz kimlarning qismatini oldindan bashorat qiladi?

A) Shodmon va Asad B) Avaz va Malika C) Hasan D) Go‘ro‘g‘li

25. “Malika ayyor” dostonidagi bir qator hajviy yumoristik obrazlar mavjud ular qaysi javobda berilgan?

A) Yaproqdev, Asad B) Asad va Shodmon C) Asad va Shodmon D) Ahmad Sardor, Asad

26. “Malika ayyor” dostonida takidlanishicha, Yaratganning adolatini kimlar ko‘proq his qiladi?

A) merganlar B) parilar C) baxshilar D) zargarlar

27. “Malika ayyor” dostonida “Yigirma uch kecha-kunduz yugurib, Korsonidan erib tushdi tuyog‘i”, deya ta’riflangan joyni ko‘rsating.

A) Qoraqum B) Qizilqum C) Chanbil D) Tortiston

28. Otga soldik arpa bilan iyirni- misrasidagi iyir so‘zining ma’nosini aniqlang.

A) so‘li B) arpa C) chigit D) g‘alla-don

29 “Malika ayyor” dostonida “kuchuk bosmas yo‘lbars, sherning izini” ushbu jumla dostondagi qaysi obraz tilidan aytilgan?

A) Asad B) Hasan C) Go‘ro‘g‘li D) Avaz

30. “Malika ayyor” dostonida “Endi bu devning keladigan vaqti bo‘ldi. Qor yomg‘irlar shabiri keldi”. jumlasida qaysi devning keladigan vaqti tasvirlangan?

A) Qizildev B) Yaproqdev C) Oqshohdev D) Hasan

31. “Malika ayyor” dostonida Avaz malikani olib kelishga ketayotib qancha muddatda qaytishini aytadi?

A) 16 oy B) 8 oy C) 4 yil D) 15 yil
Xalq dostonlari haqida

1. Ilk badiiy asarlar bizga qadar qanday holatda saqlanib qolgan?

A) xalq xotirasida, og‘izdan-og‘izga ko‘chgan holda B) yozma bitiklarda C) tosh haykallarda D) “Avesto”da

2. XIX-XX asrlarda o‘zbek baxshilari tomonidan qancha doston kuylangan?

A) 150 yaqin B) 600 ta C) 250 ortiq D) 40 yaqin

3. Qaysi turkumdagi dostonlar soni 100 dan ortiqroqni tashkil qiladi.

A) “Malika ayyor” B) “Kuntug‘mish” C) “Go‘ro‘g‘li” D) “Alpomish”

4. Qaysi adabiy janr forscha hikoya, qissa ma’nolarini anglatadi?

A) matal B) doston C) afsona D) g‘azal

5. Dostonlardagi personajlarning tezkor harakatlari, shiddati aks etgan o‘rinlar barmoq vaznining necha bo‘g‘inli she’rlarida namoyon bo‘ladi?

A) 11 bo‘g‘inli B) 5 bo‘g‘inli C) 7-8 bo‘g‘inli D) 9 bo‘g‘inli

6. Xalq dostonlarining deyarli barchasida uchraydigan ifodalar, tasvirlar folklorshunoslikda qanday ataladi?

A) poetik tasvir B) epigraf C) epik qoliplar (klishelar) D) sujet

7. O‘zbek xalq dostonlari aytilish yo‘llariga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi?

A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 6 ta

8. Do‘mbira bilan ochiq ovozda kuylash qaysi dostonchilik maktabiga xos uslub sanaladi?

A) Qashqadaryo B) Samarqand C) Farg‘ona D) Xorazm
Xalq qo‘shiqlari

1. Yer yuzidagi birinchi qo‘shiq kim tomonidan kuylangan?

A) Odamato B) Hobil ota C) Momo Havo D) Baxshi

2. Uzuk meni qumutti

Soqinch manga yumutti. “Devonu lug‘otit turk”dagi ushbu misraning mavzusini aniqlang?

A) sevgi B) do‘stlik C) mehnat D) adolat

3. “Go‘shvoringni ko‘tar qiz” misrasidagi go‘shvoring so‘zining ma’nosini aniqlang.

A) sirg‘a B) quloq C) qovog‘ D) qo‘l


Qadimgi adabiy yodgorliklar

1. O‘rxun-Enasoy yodgorliklari nechanchi asr voqealarini o‘z ichiga oladi?

A) VI-VIII asr B) VII-XIV asr C) VIII-IX asr D) VI-VII asr

2. Kultegin bitiktoshi qancha vaqt davomida yozilgan?

A) 1 oy B) 20 kun C) 1 yil D) 2 yil

3. Birinchi turk xoqonligi davri nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi?

A) 476-342-- yillar B) 335-473- yillar C) 535-630- yillar D) 720-756- yillar

4. “Avesto” yaratilgan til hozirda qanday til hisoblanadi?

A) o‘lik til B) fors tili C) yunon tili D) turk tili

5. Zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra “yo‘qlikdan borlikka birinchi qadam qo‘ygan zot” qaysi javobda to‘g‘ri berilgan.

A) Zardusht B) Axriman C) Zirvon D) Hurmuz

6. Urganchda tiklangan obida peshtoqiga avesto talimotiga mansub so’zlar yozilgan ushbu so’zlar qaysi qatorda to’g’ri berlgan?

A) Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu amal B) Rosti-rust, ezgu amal C) Hur fikr, rost so‘z D) Ezgu amal, rosti-rust

7. “Kultegin” bitiktoshi nimaga chekib yozilgan?

A) marmarga B) toshga C) yog‘ochga D) ustunga

8. “Kultegin” yodgorligi voqealari kim tomonidan hikoya qilingan?

A) Yo‘llug‘tegin B) To‘nyuquq C) Eltarish xoqon D) Bilga xoqon

9. “684- yilda tug‘ilgan, 18- yil xoqonlik qilgan, 734- yil zaharlab o‘ldirilgan”. Gap qaysi turk xoqoni haqida bormoqda?

A) Bilga xoqon B) To‘nyuquq C) Eltarish D) Yo‘llug‘tegin

10. Qaysi bitiktosh hukmdorning o‘z xalqiga, beklariga xitobi bilan boshlanadi?

A) “To‘nyuquq” B) “Bilga xoqon” C) “Kultegin” D) “Irq bitigi”

11. “O‘ng tutuq yo‘lboshchisining yaroqli qo‘lini tutdi. U lashkarni o‘shanda yo‘q qildik” ushbu jumla qaysi manbada uchraydi?

A) “Kultegin” B) “Bilga xoqon” C) “To‘nyuquq” D) “Eltarish”

12. O‘rxun-Enasoy bitiktoshlari qanday adabiy shaklda yozilgan?

A) yuqoridan pastga B) aralash C) she’riy D) nasriy

13. O‘rxun-Enasoy yodgorliklardagi oltin, tuya, kumush kabilarga qo‘llangan epitetlarni aniqlang.

A) oltin, oq, egri B) qizil, oq, egri C) sariq, oq, egri D) oq, tilla, egri

14. Turk qaysi mashhur nuh payg‘ambarining o‘g‘li hisoblanadi?

A) Som B) Idris C) Turk D) Yofas

15. Yevropada saklarni qanday nom bilan atashgan?

A) iskit B) massaget C) saqa D) skif

16. “O‘rxun-Enasoy” yodgorligida “turk” atamasi qaysi shaklda uchraydi?

A) turay B) turon C) tukyu D) turuk

17. Turkiy xalqlar yashayotgan joyni forslar qanday atashgan?

A) Turonzamin B) Movarounnahr C) O‘rta Osiyo D) Dengiz oralig‘i

2-DARS. ISLOM TA’SIRI DAVRIDAGI TURKIY ADABIYOT. (50-106-betlar)

Reja:

1. Ilk uyg‘onish davridagi turkiy adabiyot



2. Yusuf xos Hojib.

3. Didaktik doston.

4. Ahmad Yugnakiy.

5. Ahmad Yassaviy.

6. Hikmatlar.
Ilk uyg‘onish davridagi turkiy adabiyot

1. Turkistonga islom dinining kirib kelishi qachondan boshlandi?

A) VII-VIII asr boshlarida B) IX-XII asrlar C) III-IV asrlar D) XIV asrning birinchi yarmi

2. … suvi oqa turur,

Qoya tubi qaqa turur,

Baliq telim baqa turur,

Ko‘lung taqi kusharur. Ushbu baytdagi tushirib qoldirilgan daryo nomini aniqlang.

A) Etil B) Amu C) Sir D) Oks

3. Islom dini asosini tashkil qilgan Qur’oni Karim qaysi xattot tomonidan qog‘ozga tushirilgan?

A) Sultonali Mashhadiy B) Xalifa Abu Bakr C) Zayd ibn Sobit D) Xalifa Ali

4. Imom al-Buxoriyning ilk asari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) “Al Jome’ as-sahih” B) “Nahj ul-farodis” C) “Jome’ ut-tavorix” D) “At-tarix al-kabir”

5. Qomusiy olimlarga qaysi qatorda to‘g‘ri izoh berilgan?

A) islom dini bilan shug‘ullanuvchi kishilar B) huquqiy bilimlar, huquqiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi kishilar C) ilmda katta yutuqlarga erishgan olimlar D) ilmning bir-necha sohasida baravar kashfiyot qila olgan kishilar

6. Ilk bor yer meridianini o‘lchashda ishtirok etgan olimni aniqlang.

A) Abu Nasr al-Forobiy B) Ahmad Farg‘oniy C) Al Xorazmiy D) Abu Rayhon Beruniy

7. “She’rda asosiy o‘rinni tashbeh egallaydi” deya fikr bildirgan olimni ko‘rsating.

A) Mahmud Koshg‘ariy B) Ibn Sino C) Yusuf Xos Hojib D) Abu Rayhon Beruniy

8. Etil suvi oqa turur,

Qoya tubi qaqa turur,

Baliq telim baqa turur,

Ko‘lung taqi kusharur. Ushbu to‘rtlik muallifini aniqlang.

A) Mahmud Koshg‘ariy B) Yusuf Xos Hojib C) Ahmad Yugnakiy D) Yassaviy

9. XII asrdayoq lotin tiliga, XIII asrda esa boshqa Yevropa tillariga tarjima qilingan asarni ko‘rsating.

A) Al Xorazmiyning “Kitobu surat al-ard” asari B) Ahmad Farg‘oniyning “Javomi ilm an-nujum val-harakot as-samoviya” asari C) Forobiyning “Fozil shahar kishilari” asari D) A va B

10. “Ko‘nglim ichin o‘rtadi,

Yetmish bashig‘ qartadi,

Kechmish uzug irtadi,

Tun-kun kechib irtilur.” Ushbu baytdagi bashig‘ so‘zning ma’nosini aniqlang.

A) boshliq B) boshlar C) xalq-qabila D) yara

11. “Kitob ul-musiqa al-kabir” (Musiqa haqida kitob) asari muallifini aniqlang.

A) Ahmad Farg‘oniy B) Abu Nasr Forobiy C) Al-Xorazmiy D) Ibn Sino

12. U 152 ta asar yozgan, shundan 28 tasi bizgacha yetib kelgan. Gap qaysi qomusiy olim haqida bormoqda?

A) Al-Xorazmiy B) Ibn Sino C) Abu Rayhon Beruniy D) Forobiy

13. O‘z asarlarida yunon shoiri Homerning “Iliada” asaridan misollar keltirgan buyuk bobokalonimiz qaysi qatorda berilgan?

A) Forobiy B) Ibn Sino C) A.Farg‘oniy D) Beruniy

14. Ibn Sinoning “Al-manzuma fi-t-tibb” asari yana qanday nom bilan yuritilgan?

A) O‘rjo‘za B) “Iliada” C) Tibda nazmiy asar D) A, B, C

15. Fors tilida ruboiy janrini boshlab bergan shoirni aniqlang.

A) Lutfiy B) Mahmud Koshg‘ariy C) Ibn Sino D) Umar Xayyom

16. Qaysi adibning fikricha she’r uch xil yo‘l bilan yoziladi? Ya’ni lahn – garmoniya, kalom – so‘z va vazn.

A) Mahmud Koshg‘ariy B) Ibn Sino C) Lutfiy D) Navoiy

17. Qaysi qatorda Ibn Sinoning falsafiy asari berilgan?

A) “Yusuf” B) “Risolat at-tayr” C) “Salomon va Ibsol” D) “Al-manzuma fi-t-tibb”

18. Uqlidus chiqishda kim deb ataladi?

A) Platon B) Batlimus C) Yevklid D) Ptolemey

19. Kimni sharqda Batlimus deb atgan?

A) Ptolemey B) Aflotun C) Platon D) Forobiy

20. 1) metrika; 2) shloka; 3) aruz; 4) arab; 5) yunon; 6) hind. Ushbu janrlarning bir-biriga mantiqiy tushgan variantini aniqlang.

A) 1 – 4, 2 – 3, 3 – 6 B) 1 – 5, 2 – 6, 3 – 4 C) 1 – 3, 2 – 3, 3 – 6 D) 1 – 6, 2 – 6, 3 – 4

21. She’riyat ilmida uch, ya’ni ilmi aruz, ilmi qofiya, ilmi bade yo‘nalishlarini qo‘llab turkiy tilda ilk asar yaratgan adibni aniqlang.

A) Ahmad Donish B) Ahmad Taroziy C) Rashididdin Vatvot D) Alisher Navoiy


Yusuf Xos Hojib

1. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonidagi aql obrazini aniqlang.

A) O‘gdulmish B) O‘zg‘urmish C) Kuntug‘di D) Oyto‘ldi

2. “Qutadg‘u bilig” dostonida asosiy vaqealar nechanchi bobdan boshlanadi?

A) 13-bob B) 9-bob C) 12-bob D) 5-bob

3. Yusuf Xos Hojib haqiqat ustunlari deb kimlarni nazarda tutgan?

A) shoirlarni B) qozilarni C) shohlarni D) olimlarni

4. “Qutadg‘u bilig”da ta’riflangan Kuntug‘di o‘tirgan uch oyoqli kursi nimaning ramzi?

A) o‘limning B) adolatning C) aqlning D) salomatlikning

5. Quyidagi asarlarning qaysi birida odil shoh obrazi kuchliroq aks etgan?

A) “Qutadg‘u bilig” B) “Devoni lug‘otit turk” C) “Majolis un-nafois” D) “Hibat ul-haqoyiq”

6. XI asr turkiy xalqlar ma’naviyatining o‘ziga xos qomusi bo‘lgan “Qutadg‘u bilig” dostoni ayrim jihatlari bilan qaysi asarlarni esga soladi?

A) Nizomulmulk “Siyosatnoma”, Qobus ibn Vushmgir “Qobusnoma” B) Nizomulmulk “Siyosatnoma”, Kaykovus “Qobusnoma” C) Firdavsiy “Shohnoma”, Said Ahmad “Taashshuqnoma” D) Xo‘jandiy “Latofatnoma”, Nizomulmulk “Siyosatnoma”

7. “Qutadg‘u bilig” dostoni haqida ilk ma’lumot bergan shaxsni aniqlang.

A) Fransuz sharqshunosi J.Amediy B) S.Mutallibov C) Fitrat D) daniyalik olim V.Tomsen
Didaktik doston

1. Turkiy tildagi ilk badiiy dostonni aniqlang.

A) “Hibat ul-haqoyiq” B) “Tazkirat ush-shuaro” C) “Devoni lug‘otit turk” D) “Qutadg‘u bilig”

2. “Suyakning qimmati ichida, iligi borligidadir,

Odamning qimmati bilimdadir.” Ushbu fikr muallifini aniqlang.

A) Yusuf Xos Hojib B) Ahmad Yugnakiy C) Navoiy D) Ibn Sino

3. “Ko‘ni so‘z asaltik, bu yolg‘on basal”. Baytdagi basal so‘zining ma’nosini aniqlang.

A) zahar B) sharbat C) tuz D) sarimsoq piyoz

4. “Qutadg‘u bilig” asarida arabcha va forscha so‘zlar necha foizni tashkil qiladi?

A) 10-15 % B) 20 % C) 4-5 % D) 12 %

5. Yusuf xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostoni aruzning qaysi bahrida yozilgan?

A) mutaqorib B) sari C) hazaj D) rajaz

6. Hozirgi paytda butun dunyoda foydalanilayotgan o‘nlik tizimining yaratilishida qaysi asar muhim ahamiyat kasb etadi?

A) “Al Jabr val-muqobala” B) “Hisob al-hind” C) “Javomi ilm an-nujum val harakat as-samoviya” D) A, B

7. “Adabiyotga oid “Fann ash-she’r” asarining muallifini aniqlang.

A) Koshg‘ariy B) Tarobiy C) Ibn Sino D) Yugnakiy

8. “Qutadg‘u bilig” dostonidagi qanoatni ifodalovchi obraz qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) Kuntug‘di B) O‘zg‘urmish C) Oyto‘ldi D) O‘gdulmish

9. Qavoq solib osmon ko‘zi yosh sochar,

Chechak maysa quvnoq kulib yuz ochar.

Ushbu baytda qo‘llangan she’riy san’atni aniqlang.

A) tashbeh, talmeh B) jonlantirish, tazod C) o‘xshatish, tarse’ D) tashbeh, mubolag‘a


Ahmad Yugnakiy

1. “Hibat ul-haqoyiq” asarini o‘rganishda qaysi o‘zbek olimlarining xizmati katta bo‘lgan?

A) Q.Karimov, Q.Mahmudov B) L.Qayumov, Q.Karimov C) Q.Mahmudov, L.Qayumov D) E.Rustamov, G‘.Abdurahmonov

2. Ahmad Yugnakiyning fikricha, baxtga yetishishning yo‘li bitta , u ham bo‘lsa …

A) odob-axloq B) to‘g‘rilik C) boylik D) ilm

3. Ahmad Yugnakiyning fikricha odob nimadan boshlanadi?

A) to‘g‘ri so‘zlikdan B) tilni tiymoqdan C) ilmdan D) xolislikdan

4. Ahmad Yugnakiy o‘z she’rlarida to‘g‘ri so‘z va yolg‘on so‘zni nimaga qiyoslaydi?

A) shakar, piyoz B) asal, sarimsoq C) asal, qalampir D) shakar, qalampir

5. Ahmad Yugnakiy “dunyo bir qo‘li bilan…tutsa, ikkinchi qo‘li bilan… tutadi. Bu dunyo – …” deydi?

A) mol-dunyo, zahar, ilon B) asal, zahar, ilon C) shakar, zahar, zulmat D) shakar, zahar, ilon

6. Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” dostoni aruzning qaysi bahrida yozilgan?

A) mutaqorib bahri B) ramal bahri C) ramal bahri D) mutaqorib bahri

7. Aning boshidan bulut uptanur (uning marhamatidan bulut uyaladi). Ushbu baytda qanday she’riy san’at qo‘llangan?

A) tazod B) tashxis C) irsoli masal D) istiora

8. Baholiq dinor ul biliklik kishi,

Bu johil biliksiz bahosiz bishi.

Biliklik biliksiz qachon teng bo‘lur,

Biliklik tishi er, johil er – tishi. (Ahmad Yugnakiy) Ushbu to‘rtlikda qo‘llangan she’riy san’atni aniqlang.

A) tashxis B) ta’did C) tazod D) tajnis

9. Navoiy qaysi asarida Ahmad Yugnakiy haqida ma’lumot beradi?

A) “Nasoyim ul-muhabbat” B) “Majolis un-nafois” C) “Maxzan ul-asror” D) “Muhokamat ul-lug‘atayn”

10. Ahmad Yugnakiy “bir qo‘li bilan asal, bu qo‘li bilan zahar tutadi” deb nimani nazarda tutadi?

A) shohlarni B) haqiqatni C) dunyoni D) odamni

11. Alisher Navoiy: «Haq subhonahu taolo, agarchi zohir ko‘zin yopuq yaratqondur, ammo ko‘ngil ko‘zin bag‘oyat yoruq qilg‘ondur», – deb kimga baho bergan?

A) Ahmad Yugnakiy B) Ahmad Yassaviy C) Yusuf Xos Hojib D) Atoyi


Ahmad Yassaviy

1. Qaysi adib Yassaviyni “Piri Turkistoniy” deb atagan?

A) Navoiy B) Bobur C) Boqirg‘oniy D) Fariduddin Attor

2. Qaysi adibYassaviyni “Shayxul mashoyix” deb ta’riflaydi?

A) Navoiy B) Xizr ibn Ilyos C) Avliyo Chalabiy D) Attor

3. Qaysi olim Yassaviy haqida ilk bor ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan?

A) Fitrat B) E.Rustamov C) F. Ko‘pruluzoda D) A va C

4. Rivoyatlarga ko‘ra, Ahmad Yassaviyga bolaligida Arslonbob degan shayx unga Muhammad payg‘ambarning omonatini topshiradi. Ushbu omonot nima edi?

A) anor B) anjir C) xurmo D) uzum

5. Ibrohim, Mansur, Gavhari Shahnoz qaysi adibning farzandlari hisoblanadi?

A) Yassaviy B) Ahmad Yugnakiy C) Atoyi D) Pahlavon Mahmud

6. Rus turkologi V.A.Gordlovskiy va Ko‘pruluzoda Yassaviyning necha yil umr ko‘rgan deb taxmin qilishadi?

A) 123 va 122 yil B) 125 va 120 yil C) 126 va 120 yil D) 125 va 119 yil

7. Yaldo kechasini shami shabiston etgan,

Bir lahzada olamni guliston etgan,

Bir mushkil ishim tushubdir, oson etgin,

Ey, barchani mushkulin oson etgin. Amir Temur “Anqara jangi” oldidan ushbu to‘rtlikni necha marta takrorlagan edi?

A) 68 B) 73 C) 70 D) 69

8. Yassaviy qanday ta’limot asoschisi sanaladi?

A) Naqshbandiya B) Zohidlik C) Yassaviya D) Ava B

9. Kimning ma’lumotiga ko‘ra, Yassaviy o‘z masjidi tepasiga “Talabul ilm farizatun ala kulli muslimin va muslimatin” hadisini yozib qo‘ygan?

A) E.Rustamov B) I.Sultonov C) L.Qayumov D) Q.Karimov

10. Tasavvufda faqir nega 4 bosqichni o‘tashi lozim.

A) Olloh visoliga yetish uchun B) Pirning tilagi uchun C) Ollohga yaqin bo‘lish uchun D) A va B

11. Yassaviy 63 yoshida yer ostiga uzlatga chekinadi. Adib buning sababini nima bilan izohlaydi?

A) nafsni davolash B) yer yuzida nodonlar ko‘pligi C) payg‘ambardan ortiq yashamaslik D) B va C

12. Qadim sharq falsafasiga ko‘ra inson nimalardan yaratilgan?

A) havo, yaxshilik, nafs B) shamol, aql, olov C) tuproq, suv, shamol D) yaxshilik, shamol, nafs

13. Yassaviy hikmatlarida tuproq nimaning ramzi hisoblanadi?

A) nafs, kibr B) quvonch, g‘ayrat C) sabr-toqat D) aql, ilm

14. Tariqatning asosiy unsurlaridan hisoblangan tafrid so‘zining ma’nosini aniqlang.

A) uzlatga chekinish B) umid C) qo‘rquv D) nodonlikdan xalos bo‘lish

15. “Ilmsiz tirik o‘likdir,

O‘zi hayot bo‘lsa ham

Nomi o‘likdir”. Ushbu hikmat muallifini aniqlang.

A) Yassaviy B) Buxoriy C) Ahmad Yugnakiy D) Koshg‘ariy

16. “Ko‘ni bo‘l, ko‘nilik qil, atan ko‘ni,

Ko‘ni tiyu bilsun xaloyiq seni”. (Ahmad Yugnakiy) Ushbu misradagi ko‘ni so‘zining ma’nosini izohlang.

A) ezgulik B) to‘g‘ri C) rostgo‘y D) bilimli

17. … mol-dunyoga quldir,

…-ga mol dunyo quldir. Tushirib qoldirigan so‘zlarni aniqlang?

A) insofli, insofsiz B) bilimli – bilimsiz C) halol, nohalol D) baxil, saxiy

18. Aruzning “mutaqorib” bahrida yaratilgan asarni ko‘rsating.

A) “Hibat ul-haqoyiq” B) “Qutadg‘u bilig” C) A va B D) “Devoni lug‘otit-turk”

19. Yassaviyning ilk ustozi kim edi?

A) Sulaymon Buxoriy B) Arslonbob C) Hasan Andoqiy D) G‘ijdivoniy

20. Yassaviy haqida ikki kitobdan iborat roman yozgan adibni aniqlang.

A) Abdulla Qodiriy B) B.Boyqobilov C) Sa’dulla Sayoyev D) Mirkarim Osim

21. Jadid adabiyoti vakillaridan qaysi biri Yassaviy va uning ijodiy qiyofasi haqida maqola yozgan?

A) Fitrat B) E.Rustamov C) Muhammad Fuod Ko‘pruluzoda D) Cho‘lpon

22. Qaysi shahar “Madinat ul-bayzo” nomi bilan mashhur bo‘lgan?

A) Koshg‘ar B) Buxoro C) Samarqand D) Sayram

23. Turkiy xalqlar orasidan yetishib chiqqan birinchi so‘fiy, tasavvufning buyuk vakilini aniqlang.

A) Ahmad Yugnakiy B) Navoiy C) Yassaviy D) Yusuf Xos Hojib

24. Yassaviy hikmatlari asosan qaysi vaznda yozilgan?

A) aruz B) barmoq C) aruzning mutoqorib bahrida D) sarbast

25. Tasavvufda soim deb kimni atashadi?

A) yil bo‘yi ro‘za tutuvchi kishini B) alloh yo‘lida jon bergan kishini C) zakot beruvchini D) A va B

26. Tariqat so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.

A) yo‘l, usul B) chiziq, chegara C) ustoz, pir D) umid, ishonch



Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling