Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs


Download 1.6 Mb.
bet4/16
Sana04.12.2020
Hajmi1.6 Mb.
#159113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
5-11 синф тест адабиет [uzsmart.uz]

G’azallar

1. Ya’qub bikin ko’p yig’idin qolmadi sensiz

Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma. Lutfiy qalamiga mansub ushbu baytda qanday badiiy san’at qo’llangan?

A) tashxis B) talme’ C) istiora D) talmeh

2. Mumtoz she’riyatda ko’p uchraydigan “siym” so’zi qanday ma’noni anglatadi?

A) oltin B) qimmatbaho tosh C) kumush D) jannatda uchraydigan nur sochib turuvchi yashil tusli tosh

3. Lutfiyning o’zbek xalq maqollari asosida yozilgan g’azalini anilang.

A) Xoh inon, xoh inonma B) Xaq ul kunkim, jamoling bor etibdur C) Bu ko’nguldur, bu ko’ngul D) Ayoqingg’a tushar har lahza gisu

4. Lutfiyning boshdan oxirigacha irsoli masal san’atidan foydalanib yozgan g’azalini ko’rsating.

A) Haq ul kunkim, jamoling bor etibdur B) Ayoqingg’a tushar har lahza gisu C) Ne bo’lursan D) Bu ko’nguldur,bu ko’ngul

5. Raftor ila bir yo’li muningdek dog’i o’xshash,

Ey sarvi sihi, kabki dariyg’a ne bo’lursan? Ushbu baytda qo’llangan “kabki dariy” so’zi qanday ma’noni anglatadi?

A) tog’ kakligi B) tongdagi shabnam C) yetti olam sohibi D) suv parisi

6. Lutfiyning “Bu ko’nguldur, bu ko’ngul” g’azali qaysi mavzuda?

A) Ollohning ishqi B) vatan sog’inchi C) an’anaviy ishq D) farzand va ona munosabati
Tuyuqlar

1. … bir shari shuki, shu ikki yoki undan ortiq ma’noning biri aniq yuzaga chiqib turadi-yu, asl maqsad ana o’sha yashirinibroq yotgan ma’no bo’ladi. Ushbu ta’rif qaysi badiiy san’at haqida berilgan?

A) iyhom B) muashshax C) ta’rix D) muammo

2. Sof turkiy tildagi badiiy san’atni belgilang.

A) qit’a B) tuyuq C) fard D) ruboiy

3. “Parcha”, “bo’lak” degan ma’noni anglatgan badiiy san’at turini aniqlang.

A) qit’a B) tuyuq C) fard D) musammat
Nazariy ma’lumot. Tuyuq

1. Faqat turkiy she’riyatgagina xos bo’lgan janrni aniqlang.

A) qit’a B) lug’z C) tuyuq D) ta’rix

2. Tuyuq janrining asosiy qoidasiga aylangan xususiyat noto’g’ri berilgan qatorni toping.

A) tuyuq albatta to’rt misradan iborat bo’lishi kerak B) tuyuq albatta ramali musammani mahzuf vaznida yozilishi shart C) tuyuq misralari a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanishi zarur D) tuyuqda qofiyaga olingan so’zlar, albatta, tajnisli bo’lishi lozim

3. Tuyuq janri uchun keyinchalik yuzaga kelgan xususiyat (shart) qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) tuyuq misralari , xuddi ruboiydagi kabi, a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanadi B) tuyuq, albatta, to’rt misradan iborat bo’lishi kerak C) tuyuq, albatta, ramali musaddasi mahzuf vaznida yozilgan bo’lishi shart D) tuyuqda qofiyaga olingan so’zlar, albatta, tajnisli bo’lishi darkor

4. Tuyuq qaysi vaznda yozilishini aniqlang.

A) ramali musaddasi mahzuf B) hazaji musammani mahzuf C) ramali murabbai solim D) hazaji musaddasi mahzuf

5. Bir necha adabiy-badiiy talab tuyuq janrining asosi qoidasiga aylangan. Quyida keltirilgan fikrlarning qaysilari tuyuqning 4 ta qoidalariga misol bo’la oladi?

1) tuyuq – to’rt misradan iborat bo’ladi; 2) tuyuq – sochma she’r tarzida bo’lishi kerak; 3) a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanadi; 4) tuyuq – ramali musaddasi mahfuz vaznida yozilishi kerak; 5) tuyuqda qofiyaga olingan so’zlar, omonim (tajnisli) bo’lishi kerak; 6) tuyuq – masnaviy tarzida yozilishi kerak; 7) tuyuq – besh misradan oshmasligi kerak.

A) 1, 3, 4, 7 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 3, 4, 6 D) 1, 2, 5, 6,


Alisher Navoiy

1. Qaysi yillarda Navoiy Samarqand shahridagi madrasalarda ta’lim oladi?

A) 1467-1469- yillar B) 1469-1472- yillar C) 1466-1469- yillar D) 1472-1474- yillar

2. “Muqarrabi shohiy” unvoniga sazovor bo’lgan adibni aniqlang.

A) Muhammad Solih B) Firdavsiy C) Bobur D) Navoiy

3. Qaysi adibning haykali ustida bino qilingan baland toq girdiga uning bir g’azalidan olingan “Olam ahli bilingizkim, ish emas dushmanlig’, Yor o’lung, bir-biringizgaki, erur yorlig’ ish,” – degan misralari yozib qo’yilgan?

A) Ahmad Yassaviy B) A.Navoiy C) Bobur D) Jaloliddin Rumiy

4. Navoiyning har bir baytida kamida bir tazod (zidlanish) san’ati qo’llangan g’azalni toping.

A) “Kelmadi” B) “Qilg’il” C) “Bo’ldum sanga” D) “Deyin…”

5. Mumtoz she’riyatimizda uchraydigan “begona bayt” tushunchasini izohlang.

A) biror shoir g’azaliga nazira bog’laganda uning aynan ko’chitirib olingan birinchi bayti B) maqta’dan olingan bayt C) lirik chekinish ya’ni she’r mavzusidan bir oz chetlashilgan bayt D) g’azalning oxirgi bayti

6. “Bu baytda shoir kimni maqtagisi kelsa – maqtaydi, kimni yomon ko’rsa, undan alamini oladi, g’azal umumyo’nalishiga u qadar bog’lanmaydiganroq gapi bo’lsa ham, shu yerda aytib qoladi”. Ushbu jumla kimga tegishli va gap qanday bayt haqida ketmoqda?

A) Abdulla Oripov, g’azal maqta’si haqida B) Shavkat Rahmon, “begona bayt” C) Erkin Vohidov, g’azal maqta’si haqida D) Abdulla Oripov, maqta’dan oldingi bayt

7. “Holoti Sayyid Hasan Ardasher” asarining muallifini aniqlang.

A) Bobur B) Lutfiy C) Jomiy D) Navoiy

8. “Muqarribi shohiy” unvonini olgan ijodkorni aniqlang.

A) Husayn Bayqoro B) Lutfiy C) Navoiy D) Bobur

9. Davlatimiz poytaxtidagi “O’zbekiston milliy bog’i”da barpo etilgan Alisher Navoiy haykali ustida bino qilingan baland toq girdiga uning bir g’azalidan olingan misra bitilgan. Ushbu misralarni belgilang.

A) Oz-oz o’rganib, dono bo’lur,

Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.

B) Orazin yopqach ko’zimdin sochilur har lahza yosh,

O’ylakim paydo bo’lur yulduz nihon bo’lgach quyosh.

C) Haq yo’lida kim sanga bir harf o’qitmish ranj ila,

Aylamoq bo’lmas ado oning haqqin yuz ganj ila.

D) Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig’,

Yor o’lung bir-biringizgaki erur yorlig’ ish, –

10. Qofiyasidagi sakkizta so’zdan 6 tasi o’zbekcha, 2 tasi tojikcha bo’lgan Navoiyning g’azalini belgilang.

A) “Kelmadi” B) “Qaro ko’zim…” C) “Orazin yopqach ko’zimdin” D) “Deyin”

11. Navoiyning “Kelmadi” radifli g’azalining har bir baytida bittadan bo’lsa ham qaysi badiiy san’at qo’llangan va bu badiiy san’at g’azalida asosiy ifoda va tasvir vositasiga aylangan?

A) tajnis B) talmeh C) tarse’ D) tazod

12. Navoiyning “Kelmadi” radifli g’azalidagi yo’l so’zi nimaga nisbatan qo’llanilgan?

A) tasavvufga B) allohga C) yor yo’liga D) A va B

13. Navoiy Muhammad Payg’ambar so’zlari bilan o’z fikrini mustahkamlab, “umm ul-xabois” (“yaramasliklar onasi”) deb nimani ta’riflaydi?

A) ichkilikbozlik B) chog’irni C) dunyo D) shayton

14. Mumtoz she’riyatimizning asosiy tasvir manbai bu …

A) ko’ngil B) ishq C) yor vasli D) boda (may)

15. Qaysi adib ijodida navro’z “Arusi dahr” ya’ni “dunyo kelinchagi” deb ta’riflangan?

A) Xorazmiy B) Bobur C) Lutfiy D) Navoiy

16. Mumtoz adabiyotimizda go’zallik ramzi hisoblangan payg’ambarni aniqlang.

A) Yaqub B) Nuh C) Muhammad D) Yusuf


Nodira

1. Siyodat xonadoni, shohi Bobur nasli pokimen,

Xudoyo, rahmat ayla barcha ajdodi izomimni. Bayt muallifi qaysi javobda berilgan?

A) Gulbadanbegim B) Komron Mirzo C) Uvaysiy D) Nodira

2. Kim Nodiraning asarlariga ayrim she’rlarini nazira (o’xshatma) tarzida yozgan?

A) Muqimiy B) Komil Xorazmiy C) Mahtumquli D) Furqat

3. Nodira ota-onasining kelib chiqishi, nasl-nasabi qaysi buyuk kishiga borib taqaladi?

A) Amir Temur B) Bobur C) Bahouddin Naqshbandiy D) Yusuf Xos Hojib

4. Nodiraning nisbatan to’la deb hisoblangan turkiy devonida nechta g’azal bor?

A) 289 ta B) 200 dan ortiq C) 189 ta D) 175 ta

5. Nodira o’zining forsiy asarlariga qanday taxallus tanlagan?

A) Mohlaroyim B) Komila C) Maknuna D) Nodira

6. XIX asrning birinchi yarmida Nodira Lutfiyning qaysi g’azaliga o’xshatma yozgan?

A) “Bu ko’nguldir, bu ko’ngul” B) “Xoh inon, xoh inonma…” C) “Ne bo’lursan” D) “Haq ul kunkim, jamoling bor etibdur”

7. “Muhabbatsiz kishi odam emasdur,

Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et”. Ushbu misralarning muallifi bu yerda nimani nazarga tutayapti?

A) Muhabbat oliy tuyg’u B) “Ishqsiz eshak – dardsiz kesak” C) Inson – faqat muhabbat bilan yashashi kerak D) Muhabbat bilan umr – egizak

8. Lutfiyning “Bu ko’nguldur, bu ko’ngul” g’azaliga kim o’xshatma yozgan?

A) Mashrab B) Navoiy C) Furqat D) Nodira

9. “Muhabbatsiz kishi odam emasdur,

Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et”. Deya ta’kidlagan adibni aniqlang.

A) A.Navoiy B) Xorazmiy C) Lutfiy D) Nodira

10. Kim zamonaviy o’zbek adabiyotida ham didaktik ruhdagi asar yaratdi?

A) Mirmuhsin B) Shukrullo C) O’lmas O’marbekov D) Tohir Malik

11. “Musammat”ning lug’aviy jihatdan ma’nosi berilgan qatorni toping.

A) so’zdan so’zni ajratmoq B) tuymoq C) ipga terilgan marvarid D) bir-biriga munosib

12. O’zbek mumtoz adabiyotida to’qqiz misradan iborat she’riy san’at nima deb ataladi?

A) Mustasne’ B) Murabba’ C) Muxammas D) Muashshar

13. Ul zamon erdi bu nuqsonlar menga auni kamol… Ushbu misrada qanday badiiy san’at qo’llangan?

A) ta’rix B) tanosib C) tajnis D) tazod


“Firoqnoma”

1. Nodiraning “Firoqnoma” muashsharining oxirgi – o’ninchi bandi nima bilan boshlanadi?

A) An’anaviy hayotdan yozg’urishbilan B) An’anaviy oshiqqa murojaat bilan C) An’anaviy ollohga murojaat bilan D) An’anaviy mug’anniyga murojaat bilan

2. Nodira “Firoqnoma” asariga qanday taxallus tanlagan?

A) Komila B) Mohlaroyim C) Maknuna D) Nodira

3. Tasavvufiy adabiyotda nima ishqning komil bo’lganligiga ishora hisoblanadi?

A) o’zlikni anglash B) oliy zodga talpinish C) uzlatga chekinish D) ohu-nola chekish

4. Nodiraning “Firoqnoma” asari hozirgi o’zbek adabiyotida kimning qaysi she’ri o’rtasida bog’liqlik bor?

A) Erkin Vohidov B) Abdulla Oripov “Ayol” C) Abdulla Oripov “Alisherning onasi” D) To’ra Suloymon “Iltijo”

5. Nodiraning qaysi g’azalida bir yo’la ham Amir Umarxon, hamYaratganga ishora borligini sezish qiyin emas?

A) “Firoqnoma” B) “Eshit” C) “Fig’onkim…” D) “Na gul sayr et”
Nazariy ma’lumot. Musamman va muashshar

1. She’riy shakllar ko’p hollarda nimalarga bog’liq bo’ladi?

A) bandlarning necha misradan iboratligiga B) qofiya tizimiga C) bandlarning mazmuniga bo’gliq bo’ladi D) A, B

2. Qit’a ham baytlardan tashkil topadi. Lekin uning g’azaldan farqi nimada?

A) parcha, bo’lak ma’nosini anglatishida B) g’azaldan yulib olinganga o’xshashida C) ma’tlaning yo’qligida D) barchasi

3. «Bu baytda shoir kimni maqtagisi kelsa – maqtaydi, kimni yomon ko‘rsa, undan alamini oladi, g‘azal umumyo‘nalishiga u qadar bog‘lanmaydiganroq gapi bo‘lsa ham, shu yerda aytib qoladi» Mumtoz she’riyatdagi «begona bayt» haqida aytilgan yuqoridagi fikr kimga tegishli?

A) Erkin Vohidov B) Alisher Navoiy C) Abdulla Oripov D) Bobur

4. Mumtoz adabiyotda «begona bayt» tushunchasi nimani anglatadi?

A) tazmin san’ati qo‘llangan bayt B) oshiqona g‘azalning maqta’si C) raddul-matla’ san’ati qo‘llangan bayt D) maqta’dan oldingi bayt
Abdurauf Fitrat

1. Abdurauf Fitratning otasi qanday kasb bilan sho’g’illangan?

A) bazzoz B) sarrof C) savdogar D) bo’zchi

2. Fitratning dastlabki e’lon qilingan yirik kitobi va u qayerda chop etilgan?

A) “Sayha”, Buxoro B) “Munozara”, Samarqand C) “Munozara”, Istanbul D) “Sayha”, Istanbul

3. Fitratning “Munozara” asarining to’liq nomi keltirilgan qatorni ko’rsating.

A) “Bayonoti sayyohi hind” B) “Na’ra” C) “Mavludi sharif” D) “Hindistonda bir farangi ila buxorolik mudarrisning jadid maktablari xususinda qilg’on munozarasi”

4. Fitrat o’z safdoshlari, ma’rifatparvarlari bilan qayerlarda yangi usul – jadid maktablari ochadi, bolalarga zamonaviy ta’lim berishni joriy qiladi?

A) Buxoro va Samarqand B) Turkiya va Qrimda C) Qrim va Karkida D) Shahrisabz va Karkida

5. Fitrat dramalari to’g’ri berilgan qatorni toping.

A) “Chin sevish”, “Shaytonning tangriga isyoni”, “O’guzxon” B) “Bedil”, “Chin sevish”, “Sayha” C) “Yurt qayg’usi”, “Begijon”, “Mavludi Sharif” D) “Muxtasar islom tarixi”, “Oila”, “Arslon”

6. “Bedil” ilmiy – ommabop ocherkining muallifini aniqlang?

A) Niyoziy B) Avloniy C) Behbudiy D) Fitrat

7. Vatanimizdagi Fitratshunos olimlar berilgan qatorni toping.

A) H.Boltaboyev, B.Qosimov B) I.G’aniyev, B.Ergashev C) Hamidulla Ne’matov, B.Qosimov D) A va B

8. 1920- yil oxirlarida Fitrat o’zining sadoqatli do’sti kimning taklifi bilan Buxoroga qaytgan?

A) Fayzulla Xo’jayev B) Ismoil Gasprinskiy C) Sadriddin Ayniy D) Mahmudxo’ja Behbudiy

9. Fitrat murojaat qilgan “Mirrix – Mars” yulduzi qaysi xalq urush xudosi hisoblanadi?

A) Xitoy B) Turkiya C) Rim D) Yunon

10. Fitratning “Mirrix yulduziga” nomli she’ridagi “Mirrix – Mars” yulduzi Hamal oyining homiysi hisoblanadi. Bu oyning unsuri – xos belgisi nima?

A) Quyosh B) Olov C) Nur D) Ko’klam

11. G’.G’ulomning “Yigitlarga” she’ri Fitratning qaysi she’ri asosida yozilgan?

A) “Go’zalim,bevafo Gulistonim” B) “Sayha” C) “Mirrix yulduziga” D) “O’git”

12. Fitratning “Go’zalim, bevafo Gulistonim” she’ri kimning ishqiy mavzudagi asarlariga hamohang yaratilgani ma’lum?

A) Usmon Nosir B) Cho’lpon C) Hamid Olimjon D) G’.G’ulom

4-DARS. XX ASR O’ZBEK ADABIYOTIDAN (davomi). (146-217-betlar)

Reja:

1. Abdurauf Fitrat (davomi).



2. Hamza Hakimzoda Niyoziy.

3. “Zaharli hayot yohud Ishq qurbonlari”.

4. G’afur G’ulom.

5. Nazariy ma’lumot. Qofiya.

6. Maqsud Shayxzoda.

7. “Mirzo Ulug’bek”.

8. “Mirzo Ulug’bek” tragediyasi haqida.
Abdurauf Fitrat

1. Qanday xayrli yordam bilan besh nafar iste‘dodli yoshlar, jumladan Fitrat Turkiyada tahsil olishga muvaffaq bo‘ldi?

A) «Tarbiyati atfol» xayriya jamiyati yordamida B) Buxoro amiri yordamida C) «Yosh buxoroliklar»

partiyasi yordamida D) Davlatmand oilalar yordamida

2. Fitratning qaysi she’ri quyidagi misralar bilan tugaydi? “Bormi senda qorin — qursoq yo‘lida Elin, yurtin, borin — yo‘g‘in sotqonlar?”

A) «Mirrix yulduziga» B) «O‘git» C) «Go‘zalim, bevafo gulistonim» D) «Yana yondim»

3. Fitrat adolatsiz jamiyat qurbonlarini «yo‘qsul» timsolida badiiy talqin etadi. Bu obraz qo‘llangan she‘rlarni belgilang.

1) «Mirrix yulduziga» ; 2) «Yana yondim» ; 3) «O‘git»; 4) «Go‘zalim»; 5) «Yurt qayg‘usi»

A) 1, 2 B) 1, 2, 4 C) 3, 4 D) 5

4. Fitrat «Mirrix yulduziga» she‘rida nima uchun aynan shu yulduzga murojaat qiladi?

A) jang-u jadal timsoli B) shoirlar homiysi C) yaxshilik timsoli D) najot timsoli
Hamza Hakimzoda Niyoziy

1. Hamza qaysi jurnallarda maharrir bo’lib ishladi?

A) “Kengash” B) “Hurruyat” C) “Oyna” D) “Qizil bayroq”

2. Hamzaning “Mukamal asarlar to’plami” necha jilddan iborat?

A) 6 jild B) 5 jild C) 4 jild D) 2jild

3. Hamza tavalludining 100 yilligi munosabati bilan uning necha jildlik asarlari chop etidi?

A) 4 jildlik B) 3 jildlik C) 5 jildlik D) 6 jildlik

4. Ayol ozodligi masalalarini yuqori badiiy pardada kuylay olgan ijodkor qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) G’afur G’ulom B) S.Ahmad C) Hamza D) T.Suloymon

5. Hamzaning “Milliy ashulalar uchun milliy she’riy” majmuasi necha turkumdan iborat?

A) 5 turkumdan B) 6 turkumdan C) 8 turkumdan D) 9 turkumdan
“Zaharli hayot yohud Ishq qurbonlari”

1. Hamzaning “Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari” dramasida kim Mahmudxonga muhabbatlik birozgina zamondan xabardor kishi sifatida ta’riflangan?

A) Abduqodirboy B) Maryamxonim C) Mavsum D) Eshon

2. Hamzaning “Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari” asarida uchraydigan Hamshiralarimiz so’zining ma’nosini aniqlang.

A) o’z asl ma’nosida qo’llangan B) qizlarimiz C) ayollarimiz D) B, C

3. “Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari” asarida Mahmudxon Maryamxonimga uylanmoqchi ekanligini otasiga kim orqali yetkazadi?

A) Mavsum B) Zaynab C) Abduqodirboy D) Qosimjon

4. “Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari” dramasida Mirzo Hamdamboy sahnada umuman qatnashmasdan uning voqealarga munosabatini kim orqali bilib olamiz?

A) Mahmudxon orqali B) Abduqodirboy orqali C) Hidoyatxon orqali D) A va B

5. Mirzo Hamdamboy Maryamxonimni eshonga nazr qilinganini kimdan eshitadi?

A) Abduqodirboydan B) Mavsumdan C) Qosimjondan D) Zaynabdan

6. Mirzo Hamdamboy o’g’liga Maryamxonimni olib bermaslik uchun nimani vaj qilib ko’rsatadi?

A) hovlisining kichkinaligini B) kabbag’alning qizi bo’lganligini C) eshonga nazr qilinganligi D) barchasi to’g’ri

7. Maryamxonimning Mahmudxonga yo’llagan birinchi maktubi qanday so’zlar bilan boshlanadi?

A) yusuf savdosida beqaror Zulayho B) ardoqli millatim, g’uncha muhabbatim C) suyukli afandim, millatim chirog’i D) ushbu maktubim yetib borib sizga ma’lum bo’lsinkim
G’afur G’ulom

1. G’.G’ulomning “Shum bola” qissasida o’lgudek injiq, ziqna, ezma Sariboyni mot qoldirgan aslida Shum bola emas, balki …

A) omon B) Qoravoy C) adibning ijodiy kuchi D) asar sujeti

2. E, o‘g‘lim jonginang salomat bo‘lsin,

O‘z bog‘ing, o‘z mevang danagin saqla.

Shu meros bog‘ingni, o‘z qo‘lingga ol,

Menga topshirilgan merosiy haq-la. Ushbu misralar G‘afur G‘ulomning qaysi asaridan olingan?

A) “Sog‘inch” B) “Vaqt” C) “Alisher” D) “Sen yetim emassan”

3. Shuhratparastlikka intilib ibodatxonani yoqib yuborgan xudbin Gerostrat kimning she’rida qoralanadi?

A) Usmon Nosir B) Hamid Olimjon C) Rauf Parfi D) G‘afur G‘ulom


Nazariy ma’lumot. Qofiya

1. Boshing egib, ta’zim ayla, shukrona ayt

Seni guldek erkalagan chaman uchun. Ushbu bayt muallifi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) G’.Gulom B) I.Mirzo C) Faxriyor D) Abdulla Oripov

2. Adabiyotning asosi bo’lmish she’riy nutqning necha ko’rinishi mavjud va ular qaysilar?

A) 2 shakli och va to’q qofiya B) 2 shakli she’riy va nasriy C) 2 shakl badiiy va she’riy D) 2 shakl lirik va dramatik

3. Ritm so’zining ma’nosini aniqlang.

A) tuyg’ular sirjiloligi B) bir xil takrorlanuvchi ohang C) mazmun va ohang uyg’unligi D) lirik qahramon kayfiyati


Maqsud Shayxzoda

1. M.Shayxzodaning “O’rtoq mulk”, “Tuproq haq” asarlari qaysi janrda yozilgan?

A) lirik B) epik C) liro-epik D) dramatik

2. M.Shayxzodaning urushdan so’nggi tinch qurilish yillarini yana qaytadan nohaq qatag’on qilinganiga qaramay bunyotkorlik zavqini tarannum etuvchi asarlari qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) “O’n besh yilning daftari” B) “Ovchi qissasi” C) “Oqsoqol” D) “Jenya”

3. M.Shayxzodaning badiiy asarlar yozibgina qolmay yana qaysi sohalarda ham barakali ijod qilgan?

A) adabiyotshunoslik B) adabiy tanqid C) romannavislik D) A,B

4. Hali savodi chiqmasdan she’rlar yarata boshlagan adibni aniqlang.

A) Said Ahmad B) Asqad Muxtor C) Usmon Nosir D) M.Shayxzoda

5. M.Shayxzodaning dostonlari berilgan qatorni aniqlang.

A) “Uchinchi o’g’il” B) “Nurmat otaning tushi” C) “Ahmadjonning hikmatlari” D) A, B, C

6. M.Shayxzodaning jahon adabiyoti vakillaridan kimlarning asarlarini o’zbekchalashtirdi?

A) Bayron B) Gyote C) Esxil D) A,B,C
“Mirzo Ulug’bek”

1. “Mirzo Ulug’bek” dramasida Abdulatif necha yoshda tasvirlanadi?

A) 23 yosh B) 40 yosh C) 30 yosh D) 31 yosh

2. Ota Murod “Mirzo Ulug’bek” dramasida qanday kasb egasi sifatida tasvirlanadi?

A) kulol B) etikdo’z C) dehqon D) elchi

3. Ma’lumingiz, shu huzurda turgan elchilar

Jannatmakon padaringiz Shohrux Mirxoning

Vafotida taziyaga kelgan vakillar. “Mirzo Ulug’bek” dramasidan olingan ushbu parcha kimlar tilidan aytilgan?

A) Ulug’bek B) Abdulatif C) Chin elchisi D) Hind elchisi

4. “Mirzo Ulug’bek” tarixiy dramasida Piri Zindoniy kim sifatida tasvirlanadi?

A) mahran B) soqchi C) mahbus D) elchi

5. “Mirzo Ulug’bek” dramasidagi 35 yoshli mashhur tarixchini aniqlang.

A) Berdiyor B) Bek Asrlon C) Piri Zindoniy D) Abdurazzoq Samarqandiy

6. “Mirzo Ulug’bek” dramasida jami nechta davlat elchilari nomi qayt etiladi?

A) 5 B) 6 C) 4 D) 3
“Mirzo Ulug’bek” fojiasi haqida

1. “Marifatni hukumatga qilib rahnamo, Bu o’lkaning yerida ham yulduzlar yoqdim”. Mirzo Ulug’bek” dramasidan olingan ushbu parcha kimning tilidan aytilgan?

A) Ulug’bek B) Bek Asrlon C) Piri Zindoniy D) Abdurazzoq Samarqandiy

2. “Mirzo Ulug’bek” dramasida Ulug’bekning qiyofasi qaysi obrazlar vositasida ochib beriladi?

A) Ali Qushchi B) Sakkokiy C) Abbos D) A, B

3. “Ulug’bek yulduzi” kinofilmi rejissorini aniqlang.

A) Latif Fayziyev B) G’.Toshmatov C) A.Xudoyberdiyev D) J.Xoliqov
5-DARS. XX ASR O’ZBEK ADABIYOTIDAN (davomi). (217-259-betlar)

Reja:


1. Nazariy ma’lumot. Tragediya (fojia).

2. Usmon Nosir.

3. Nil va Rim.

4. Asqad Muxtor.

5. “Chinor” romani.

6. Said Ahmad.



Nazariy ma’lumot. Tragediya (fojia)

1. Yunonchada echki qo’shig’i ma’nosi anglatuvchi dramatik turni aniqlang.

A) tragediya B) komediya C) satira D) A,B

2. Tragediya dramaturgiyaning boshqa janrlaridan nimasi bilan farq qiladi?

A) fojealiligi bilan B) kulgililigi bilan C) tanqidga boyligi bilan D) manzaralarning ko’rimliligi bilan

3. Tragik asarlar boshqa sahna asarlaridan qaysi xususiyatiga ko’ra ajralib turadi?

A) fojialiligi bilan B) ziddiyatliligi bilan C) qahramonlar taqdirining fojealiligi bilan D) A, B
Usmon Nosir

1. “Quyosh bilan suhbat”, “Safarbar satrlar”, “Yurak” kabi she’riy to’plamlar muallifi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) G’afur G’ulom B) U.Nosir C) A.Muxtor D) H.Olimjon

2. Usmon Nosirning doston tipidagi asarlarini belgilang?

A) “So’nggi kun”, “Norbo’ta” B) “Nahshon”, “So’nggi kun” C) “Nahshon”, “Norbo’ta” D) “So’nggi kun”, “Atlas”

3. Qaysi qatorda U.Nosir dramalari berilgan?

A) “Zafar”, “Dushman”, “So’nggi kun” B) “Yurak”, “Zafar”, “Atlas” C) “Yorqinoy”, “So’nggi kun”, “Zafar” D) “Yurak”, “Atlas”, “Yorqinoy”

4. U.Nosirning badiiy tarjimalaridan bo’lgan “Ulug’ kun” dramasining muallifini aniqlang.

A) Tolstoy B) N.A.Dobzalyubov C) A.S.Pushkin D) V.I.Kirshon

5. O’zbekning “Lermontovi”, “Sharq Pushkini” ta’rifiga sazovar bo’lganshoirni aniqlang.

A) M.Shayxzoda B) U.Nosir C) H.Olimjon D) T.To’la

6. Kim “U.Nosirni she’riyatimizga bo’ronday kirib kelib uncha muncha she’riy uslub va ijodni to’s-to’s qilib yubordi” deb ta’riflaydi?

A) T.To’la B) M.Shayxzoda C) S.Ahmad D) O.Sharafiddinov

7. Usmon Nosir «Monolog» she’rida «guldan yaralgan pari», «tosh ko‘ngilli» deb kimni ta’riflagan?

A) Biatriche B) Leonora C) Dezdemona D) Ofeliya
Nil va Rim

1. To Minisdan Ramzesgacha, Ramzesdan nari

“Malika qiz” – Kleopatra hukmron davri. Ushbu misralar Nil va Rimning qaysi bandidan olingan?

A) 2 band B) 3 band C) 5 band D) 7 band

2. Nil va Rimda nomi keltirilgan Vergiliy kim edi?

A) qadimgi yunon faylasufi B) rim imperiyasini boshqargan hukmdor C) qadimgi yunon lirik shoiri D) rim quldorlik tuzumiga qarshi bosh ko’targan qo’zg’alonchi

3. Nil va Rimda sud so’zi qanday ma’no anglatadi?

A) quldor B) hukmdor C) ma’no, mohiyat D) dunyo olam


Asqad Muxtor

1. A.Muxtorning qissalarini aniqlang.

A) “Tug’ulish”, “Kumish tola” B) “Buxoroning jin ko’chalari”, “Amu” C) “Kumish tola”, “Buxoroning jin ko’chalari” D) “Kumish tola”, “Amu”

2. Qaysi qatorda A.Muxtorning bolalarga bag‘ishlangan hikoyalar to‘plami nomi keltirilgan?

A) «Hayotga chaqiriq» B) «Chin yurakdan» C) «Sizga aytar so‘zim» D) «Quyosh belanchagi»

3. Ota kasbi temiryo’lchi bo’lgan adibni aniqlang.

A) A.Qahhor B) H.Olimjon C) M.Shayxzoda D) A.Muxtor

4. A.Muxtorning ilk she’riy asarlari berilgan asarni aniqlang?

A) “Totli damlar” B) “Tilak” “Tong edi” C) “She’rlar” “Tilak” D) A,B

5. Qaysi qatorda A.Muxtorning urush davri o’zbek poeziyasiga oid she’rlari berilgan?

A) “Tug’ishganlar qaytdi”, “Sog’inish” B) “G’alaba ishonchi”, “Jangchining bayram kechasi” C) A,B D) faqat B

6. A.Muxtorning o’zdavri adabiyoti piligining sezilarli darajada ko’tarilishiga sababchi bo’l

gan she’riy to’plamini belgilang?

A) “99 miniatura”, “Karvon qo’ng’irog’i” B) “Quyosh belanchagi”, “She’rlar” C) “Chin yurakdan”, “Po’lat quyuvchi” D) “Karvon qo’ng’irog’i”, “Quyosh belanchagi”

7. A.Muxtor qachondan boshlab prozaik janrda ijod qila boshladi?

A) 1953- yil B) 1949- yil C) 1951- yil D) 1950- yil

8. Qaysi qatorda A.Muxtorning tarjimasi berilgan?

A) “Iblis” B) “Shoh Edip” C) “Ulug’ kun” D) “Bog’chasaroy fontani”


“Chinor” romani

1. Asqad Muxtorning «Chinor» romani qahramonlari qaysi javobda berilgan?

A) Ochil buva, Azimjon, Akbarali, Bektemir B) Bektemir, A’zamjon, Ochil buva, Akbarali C) Azimjon, Bektemir, Ochil buva, To‘lanboy D) A’zamjon, To‘lanboy, Bektemir, Akbarali

2. “Chinor” romani bosh qahromonini aniqlang.

A) Ochil bobo B) Akbarali C) Azimjon D) Bektemir

3. “Chinor” romanidagi mo’rt bir barg deb ta’riflangan qahramonni aniqlang.

A) Ochil buva B) Akbarali C) To‘lanboy D) A’zamjon

4. “…1942- yili Mazdak yaqinidagi qurshovda qolib uch oy jang qilgandan keyin ochlikdan sulaygan o’q dorisiz qolgan 17-yarador bilan birga dushmabnga asr tushdi”. Ushbu parchada qaysi qahramon hayoti yoritilgan?

A) Azimjon B) Akbarali C) Ochil bobo D) Bektemer

5. Bu taqdirlar bir-biri bilan kim orqali bog’lanib yagona shajara azim Chinorni vujudga keltiradi?

A) Akbarali B) Ochil bobo C) Azimjon D) Bektemir
Said Ahmad

1. «Tortiq» nomli dastlabki hikoyalar to‘plamini xalqqa qaysi adib tortiq qilgan?

A) Xudoyberdi To’xtaboyev B) S.Ahmad C) O.Yoqubov D) M.Osim

2. S.Ahmadning ilk hikkoyalar to’plami qanday nomlanadi?

A) “Tortiq” B) “Cho’l burguti” C) “Er yurak” D) “Farg’ona hikoyalari”

3. S.Ahmadning “Tortiq” hikoyalar to’plami qachon nashr etilgan?

A) 1950 B) 1939 C) 1940 D) 1949

4. Kimlarning ta’siri S.Ahmadning ijodiy foliyati uchun ulkan mahorat maktabi bo’ldi?

A) Oybek, G’.G’ulom, A.Qahhor B) Asqat M, Oybek, G’afur G’ulom C) M.Shayxzoda, G’.G’ulom, A.Qahhor D) M.Shayxzoda, Oybek, G’.G’ulom

5. S.Ahmadning tanlangan asarlari necha jilddan iborat?

A) 3 jild B) 4 jild C) 2 jild D) 5 jild

6. S.Ahmadning istiqlol yillarida yaratilgan hajviy to’plamini belgilang.

A) “Xandon pista”, “Kelinlar qo’zg’aloni” B) “Bir o’pichning bahosi”, “Kelinlar qo’zg’aloni” C) “Kiprikdagi tong”, “Xandon pista” D) A,C

7. S.Ahmadning istiqlol yillarida yaratilgan kitoblarini belgilang.

A) “Kiprikdagi tong”, “Kelinlar qo’zg’aloni” B) “Yo’qotganlarim va topganlarim”, “Kiprikdagi tong” C) A,B D) “Kiprikdagi tong”, “Yo’qotganlarim va topganlarim”

8. S.Ahmadning 1988- yilda yaratilgan nasriy asarni belgilang.

A) “Cho’l burguti” B) “Yo’qotganlarim va topganlarim” C) “Er yurak” D) “Farg’ona hikoyalari”

9. S.Ahmadning qaysi asari qizil imperiyaning rang-barang nayranglari tufayli hayoti fojeali kechgan ikshilar taqdiri bayon qilinadi?

A) “Qirq besh kun” B) “Hijron kunlarida” C) “Ufq bo’sag’asida” D) “Jimjitlik”

10. S.Ahmadning xalqimiz ikkinchi jahon urushigacha, urush davri urushdan so’ngi yillaridagi qismati aks etgan romanni aniqlang.

A) “Er yurak” B) “Ufq” C) “Yo’qotganlarim va topganlarim” D) “Farg’ona hikoyalari”
6-DARS. XX ASR O’ZBEK ADABIYOTIDAN (davomi). (259-310-betlar)

Reja:


1. “Qochoq”.

2. “Ufq” romani haqida.

3. Nazariy ma’lumot. Roman shakllari haqida.

4. Ozod Sharafiddinov.

5. “O’lsam ayrilmasman quchoqlaringdan”.

6. To’ra Suloymon.

7. Muhammad Yusuf.
“Qochoq”

1.“Qochoq” deb nomlanuvchi parcha “Ufq” romaning qaysi kitobida mavjud?

A) “Qirq besh kun” B) “Ufq bo’sag’asida” C) “Hijron kunlarida” D) A,B

2. Kim S.Ahmadning qaysi asariga odamga quvvat beradigan umid, uning boshini toshdan qiladiga haqiqiy hayot manzarasidir deb yuksak baho beradi?

A) G’afur G’ulom “Ufq” B) A.Qahhor “Er yurak” C) Oybek “Yo’qotganlarim va topganlarim” D) A.Qahhor “Ufq”

3. Qaysi ustoz adib S.Ahmadning «Ufq» romanidagi mahoratini «haqiqiy hayot manzarasi» deb ta’riflaydi?

A) Oybek B) G‘.G‘ulom C) A.Qahhor D) M.Osim

4. “Ufq” romaning qahramoni Tursunboy romanda qanday tasvirlanadi?

A) mehribon o’gil qiyofasida tasvirlanadi B) erka xudbin o’g’il qiyofasida tasvirlanadi C) vatanparvar, adolatparvar kishi sifatida D) A,B

“Ufq” romani haqida

1. “Bitta-yu bitta bolasi qochoq bo’lib o’tirsa-ya. Voy, mening bolam shunaqa qilsa, shartta kallasini uzib tashlardim”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan?

A) “Cho’l burguti” B) “Qaroko’z majnun” C) “Ufq” D) “Kiprikdagi tong”

2. “Ufq” romanida Tursunboy qamish kapa oldida qay holda tasvirlanadi?

A) tizzasini quchoqlagan darvish qiyofasida B) yig’lagan holda C) allohga iltijo qilgan holatda D) bunday holat asarda uchramaydi

3. “Ufq” romanining qaysi qahramonlarida milliylik qiyofasi aks etadi?

A) Ikromjon, Jannat xola, Nizomjon B) Tursunboy, Zebi, Jannat xola C) Aziz, Tursunboy, Zebi D) Zebi, Ikromjon, Aziz

4. “Ufq” romanida Tursunboyni kim “Xoin! Qochoq! Nomard!” deb lan’atlaydi?

A) Zebi B) Nizomjon C) Ikromjon D) Aziz

5. “Bu xilda yashab bo’lmaydi, endi bas! Tursunboyni insofga keltirish kerak. Egilgan boshni qilich kesmaydi”. Ushbu gap qaysi shaxs tamonidan aytilgan?

A) Ikromjon B) Jannat xola C) Zebi D) Nizomjon
Nazariy ma’lumot. Roman shakllari haqida

1. Uchdan ortiq kitobdan iborat bo‘lgan romanlar...

A) tetralogiya B) trilogiya C) memuar D) epopeya

2. Inson hayotini jamiyat bilan bo’g’lab, keng tasvirlovchi yirik hajmli epik asar…

A) qissa B) roman C) hikoya D) novella

3. Roman boshqa nasriy asarlardan qaysi xususiyatiga ko’ra farqlanadi?

A) o’zida ko’p personajlarning taqdirini aks ettirishi bilan B) katta hajmdagi voqea hodisalarni o’zida aks ettirgani bilan C) mavzu jihatdan yirikligi bilan D) A,B

4. Roman hajm va shakllariga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?

A) Dilogiya B) Trilogiya C) Tetrologiya D) A,B,C

5. Najib Mahfuzning “Xan al-Xalili” asari romanning qaysi turiga mansub?

A) trilogiya B) dilogiya C) pentologiya D) tetrogiya

6. To’rt kitobdan iborat roman qanday nomlanadi?

A) trilogiya B) dilogiya C) pentologiya D) tetrogiya

7. Romin Rollanning “Jon Kristob” romani necha jilddan iborat?

A) 8 jild B) 6 jild C) 10 jild D) 9 jild

8. Oybekning “Navoiy”, S.Ayniyning “Qullar” romani roman shakllarining qaysi turiga mansub?

A) trilogiya B) roman C) pentologiya D) tetrogiya

9. S.Ahmadning «Ufq» romani, roman shakllaridan qaysiga mansuf hisoblanadi?

A) trilogiya B) dilogiya C) pentologiya D) tetrogiya
Ozod Sharafiddinov

1. O.Sharafiddinov mehnat faoliyatining salmoqli qismini qayerda o’tkazgan?

A) “Tafakkur” jurnalida bosh muxarriri lavozimida B) o’zi o’qigan universitetda C) “Jahon adabiyoti” jurnalida bosh muxarriri lavozimida D) faqat A javob to’g’ri

2. O.Sharafiddinovning dastlabki kitobi qanday nomlanadi?

A) “Adabiy etudlar” B) “Zamon. Qalb. Beziya” C) “Go’zallik izlab” D) “Birinchi mo’jiza”

3. Milliy mustaqillik yo’lda kurashgan yirik tarixiy shaxslar o’zbekning zabardast adiblariga bag’ishlangan O.Sharafiddinovning asarlari to’g’ri berilgan qatorni toping.

A) “Bir tilda gaplashaylik”, “Zaharxanda qahqaha” B) “Sardaftar sahifalari”, “Davondagi o’ylar” C) “Tirik satrlar”, “Yo’lovchi” D) “Go’zallik izlab”, “Adabiy etudlar”

4. L.Tolstoyning “Iqrornoma”, A.Savelaning “To’xtating samolyotni, tushib qolaman” kabi yirik asarlarni o’zbek tiliga kim tarjima qilgan?

A) Erkin Vohidov B) Ozod Sharafiddinov C) Abdulla Oripov D) G’afur G’ulom

5. O.Sharafiddinov o’z xalqining e’tibori va e’zozini qozongan Prezident farmoni bilan qanday unvonlar berilgan?

A) “Mehnat shuhrati” B) “Buyuk xizmatlari uchun” C) “O’zbekiston Qahramoni” D) barcha javoblar to’g’ri
“O’lsam ayrilmasman quchoqlaringdan”

1. Qaysi shoir yetmishga kirib “bir mehribon qo’l peshonamni silaganini ko’rdim” deb aytgan?

A) Said Ahmad B) O.Sharafiddinov C) Oybek D) A va B

2. “Vatan tuyg’usi insonni o’zi bilan birga o’sib ulg’ayotgan tuyg’u bo’lar ekan” deya ta’rif bergan shoirni aniqlang.

A) Alisher Navoiy B) Fitrat C) To’ra Suloymon D) O.Sharafiddinov

3. Prezdentimiz takror-takror aytgan bir iborasi qaysi qatorda berilgan?

A) “Savob ishni jar kim qilmog’i, har kuni qilmog’i lozim” B) “Biz albatta baxtli bo’lishimiz kerak” C) barcha javoblar to’g’ri D) “Vatanni sevmoq iymondandur”

4. “O’lsam ayrilmasman quchoqlaringdan” maqolasining muallifi kim?

A) Hamza B) Maqsud Shayxzoda C) O.Sharafiddinov D) Asqad Muxtor

5. Jadidlarni yoqtirmagan tabaqa vakillarini aniqlang.

A) mahalliy ulamolar B) mahalliy boylar C) din peshvolari D) A va C

6. Kofirlarni mahalliy ulamolar nimada ayblashgan?

A) kofirlikda B) islomning dushmani C) barcha javoblar to’g’ri D) dindan qaytganlikda

7. O.Sharafiddinov bir mehribon qo’l bilan peshonamni silaganini ko’rtdim deb kimni nazarda tutgan?

A) Umr yo’ldoshini B) Vatanni C) Do’stini D) barcha javoblar to’g’ri
To’ra Suloymon

1. T.Suloymon qaysi she’rida «Maysadagi shudringlar – kimning ko‘z yoshlari» degan falsafiy ifoda yaratgan?

A) «Iltijo» B) «Tavallo» C) «Gul bir yon, chaman bir yon» D) «Armon»

2. T.Suloymon davlatimiz tomonidan qanday yuksak unvon bilan taqdirlangan?

A) “Buyuk xizmatlari uchun” B) “O’zbekiston xalq shoiri” C) Hech qanday unvon bilan taqdirlanmagan D) “Do’stlik ordini” bilan mukofatlangan

3. “Istar ko’ngil” nomli kitob kimning qalamiga mansub?

A) S.Ahmad B) U.Nosr C) T.Suloymon D) G’.G’ulom

4. Ko’nglimda armon yotar

Terskaydagi qor misol. Ushbu misrada terskay so’zi qanday ma’no anglatadi?

A) tuya ma’nosini B) soya joy ma’nosini C) kenglik ma’nosini D) arqon ma’nosini

5. T.Suloymon “Iltijo” she’rida qaysi faslni tarannum etadi?

A) qishni B) bahorni C) kuzni D) yozni

6. Yig’latmagin mushfiq onamni,

Volidayi muxtaramamni. Ushbu parcha T.Suloymonning qaysi she’ridan keltirilgan?

A) “Armon” B) “Tavollo” C) “Vatan” D) “Gul bir yon chaman bir yon”

7. T.Suloymonning dostonini aniqlang.

A) “Intizor” B) “Alhazar” C) “Qorasoch” D) “Men qayga borar bo’lsam”

8. Uningdek hech kim menga bo’lmasa sirdosh tanho,

G’o’ro’g’li sulton bir yon, To’ra Suloymon bir yon. Ekanligi T.Suloymonning qaysi she’rining yakunlanuvchi bandida qayt etib o’tladi?

A) “Armon” B) “Tavollo” C) “Vatan” D) “Gul bir yon chaman bir yon”

9. T.Suloymonning onalar to’g’risida kuylangan, ularning mutabar va buyukligini alohida takidlangan she’ri qaysi qato’rda to’g’ri berilgan?

A) “Armon” B) “Tavollo” C) “Vatan” D) “Gul bir yon chaman bir yon”

10. T.Suloymonning qaysi she’rining har bir misrasida ruhiyatga oziq beruvchi ma’nolarni ko’plab topish mumkin?

A) “Intizor” B) “Alhazar” C) “Armon” D) “Men qayga borar bo’lsam”



Muhammad Yusuf

1. Suyukli yorni «kipriklari uzun kokillaridan», «barcha farishtalar sening qalbingda ijarada turgan qizlar men uchun», – deya ta’riflagan shoir nomini belgilang.

A) Muhammad Yusuf B) Abdulla Oripov C) Shavkat Rahmon D) Rauf Parfi

2. Muhammad Yusufning «Mehr qolur, muhabbat qolur» nomli she’ri qaysi shaklda yozilgan?

A) murabba (to‘rtlik) B) muxammas (beshlik) C) barmoq vaznida, 8 bo‘g‘inli she’r D) masnaviy (ikkilik)

3. Muhammad Yusuf dostoni qaysi javobda berilgan?

A) “Uyqudagi qiz” B) “Mehr qolur” C) “Ishq kemasi” D) “Osmonimga olib ketaman”

4. Mehr muhabbat qachon “dunyoni tor ayladi”? Shunday ekan kimlarga dunyo tor ko’rinadi?

A) mehrdan yiroq kishilarga B) ochko’z kishilarga C) go’zallikdan yiroq kishilarga D) A,B,C

5. Tilimizda “nekbin tuyg’ular” degan ibora bor. Ushbu ibora ma’nosini aniqlang.

A) toza, pok B) samimiy tuyg’u C) A,B D) rang-barang kayfiyat

6. Muhammad Yusuf o’zining qaysi she’rida suvlarda Tohirning oqib ketganini va Zuhroning bag’ri qon bo’lib yig’lab qolganini takidlaydi?

A) “Uyqudagi qiz” B) “Mehr qolur” C) “Ishq kemasi” D) “Osmonimga olib ketaman”

7. Muhammad Yusuf o’zining qaysi she’rida “Olislarda qolgan Usmonlar borligi va jayrondek termulguchi Cho’lponlar haqida so’z yuritadi?

A) «Yurtim ado bo’lmas armonlaring bor…» B) «Osmonning oxiri» C) «Iqror» D) «Osmonimga olib ketaman»

8. “Guruch kurmaksiz bo’lmaganidek, yov kelganda o’zini chetga olgan, jon shirinlik qilib sha’nidan kechgan, hatto do’stlarini sotgan kimsalar haqida”. Muhammad Yusuf o’zining qaysi she’rida so’z yuritadi?

A) « Osmonimga olib ketaman » B) «Osmonning oxiri» C) «Iqror» D) « Yurtim ado bo’lmas armonlaring bor… »

9. “Iymanib yashama xayol pinjida

Yoyil yayra jonim o’rtanma g’amda” Yuqoridagi satrlar Muhammad Yusufning qaysi she’ridan keltirilgan?

A) “Uyqudagi qiz” B) “Biz baxtli bo’lamiz” C) “Ishq kemasi” D) “Osmonimga olib ketaman”

10. “Kiprigi ko’ksiga soya solgan qiz” ta’rifi kimning qaysi asarida uchraydi?

A) M.Yusufning “Uyqudagi qiz” B) E.Vohidovning “Uzum” she’rida C) M.Yusufning “Biz baxtli bo’lamiz” D) U.Nosirning “Nahshon” dostonida

11. Yurtning “Yulduzini yig’latgan dostonlardan xabardormisiz” aynan shunday dostonlar haqida Muhammad Yusufning qaysi she’rida so’z boradi?

A) “Uyqudagi qiz” B) “Yurtim ado bo’lmas armonlaring bor…” C) “Ishq kemasi” D) “Osmonimga olib ketaman”

7-DARS. XX ASR O’ZBEK ADABIYOTI. JAHON ADABIYOTIDAN. (310-381-betlar)

Reja:


1. Muhammad Yusuf. (davomi).

2. Abulqosim Firdavsiy.

3. Siyovish qissasi.

4. Robindranath Thokur.

5. “Nur va soyalar.”

6. Sergey Yesenin.


Muhammad Yusuf. (davomi)

1. Muhammad Yusufning daslabki she’rlaridan namunalar qaysi gazetada e’lon qilingan?

A) “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” B) “O’zbek tili va adabiyoti” C) “Toshkint oqshomi” D) “O’zbekiston ovozi”

2. 1978-1980- yillarda respublika “Kitobsevarlar” jamiyatida ishlab foliyat olib borgan adib qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Muhammad Yusuf B) Xurshid Davron C) U.Azim D) X.Do’stmuhammad

3. Muhammad Yusuf G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida xizmat qilgan paytlarda nashriyot rahbarligi lavozimida foliyat olib borgan shaxs nomi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) O’.Umarbekov B) O’.Hoshimov C) Abdulla Oripov D) E.Vohidov

4. Muhammad Yusufning dastlabki she’ri e’lon qilingan dan qancha vaqt o’tib uning dastlabki she’ri e’lon qilindi?

A) 9- yil B) 8- yil C) 5- yil D) 6- yil

5. “Iltijo”, “Ishq kemasi” she’riy to’plamlari muallifi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) O.Sharafiddinov B) M.Ali C) Erkin Vohidov D) Muhammad Yusuf

6. Muhammad Yusufning 1992- yilda nashr etilga she’riy to’plamlari qaysi qator to’g’ri berilgan?

A) “Bevafo ko’p ekan”, “Erka kiyik” B) “Osmonning oxiri”, “Qora quyosh” C) “Yolg’onchi yor”, “Erka kiyik” D) barcha javoblar to’g’ri

7. Muhammad Yusufning dostonlari qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) “Iltijo”, “Ishq kemasi” B) “Uyqudagi qiz”, “Erka kiyik” C) “Dunyo”, “O’zbekmomo”

D) “Osmonning oxiri”, “Qora qosh”

8. Muhammad Yusuf 1998- yilda qanday unvon bilan mukofatlandi?

A) “O’zbekiston qahramoni” B) “O’zbekiston xalq yozuvchisi” C) “O’zbekiston faxriysi” D) “O’zbekiston xalq shoiri”

9. 47- yil umir ko’rgan adiblar qatorini aniqlang.

A) M.Ali, M.Yusuf, Bobur B) Sh.Rahmon, Sh.Xolmirzayev, Bobur C) Usmon Nosir, T.Murod, Muhammad Yusuf D) Sh.Rahmon, Bobur, M.Yusuf

10. Tilimizda “nekbin tuyg’ular” degan ibora qanday ma’no ifodalaydi?

A) alamli tuyg’ular B) shukuhli, shodlik tuyg’ulari C) xudbin tuyg’ular D) toza, pok tuyg’ular

11. Shoir shunday ko’pki, ularga yer tor, Hammasi mashhur va hammasi nomdor. Ushbu satrlar M.Yusufning qaysi she’ridan olingan?

A) “Vatanim” B) “Mehr qolur” C) “Yurtim, ado bo’lmas armonlarin bor” D) “Manida”

12. Oy mening yelkamga

O’tirib olgan,

Oftob g’avg’o solar

Yurgan yo’limga. Ushbu misralar muallifini aniqlang.

A) Sh.Rahmon B) Faxriyor C) Muhammad Yusuf D) Zulfiya

13. Ozarbayjon shoiri Samad Vurg’un “Yiqilsin mehvari olam va tubdan tor-mor o’lsin” misralari hamohang M.Yusufga tegishli bo’lgan misrani aniqlang.

A) Men olovga otarman endi

Yuragimni qiyma-qiymalab…

B) Yonib ketsin chirsillab qalbim,

Sevish kerak… yashash shart emas!

C) Qoldim kulko’rpada,

To’shagim – tuproq.

D) barcha javoblar to’g’ri

14. M.Yusufning qaysi she’ri qahramoni, umrini ko’ngliga topshirib qo’ygan deb tasvirlanadi?

A) “Madina” B) “Tilak” C) “Dunyo” D) “Surat”

15. “Muhabbat dardidan dardman qalblarmiz, Kasal bo’lsak ne tong sog’lar o’rtasida. Ushbu iste’hzoli misra muallifini toping.

A) Muhammad Yusuf B) M.Ali C) Amir Xudayberdi D) Abdulla Oripov

16. Ko’zimning yoshini keladi ichgim, Tilimni chaynagim kelar gohida. Misralar muallifini aniqlang.

A) Abdulla Oripov B) R.Parfi C) Muhammad Yusuf D) T.Suloymon
Abulqosim Firdavsiy

1. Firdavsiy hayotining asosiy qismi qaysi sulolaning gullab yashnagan davriga to’g’ri keldi?

A) somoniylar B) abbosiylar C) qoraxoniylar D) arab xalifaligi

2. Qaysi hukmdorlar topshirig’i bilan Turon-u eronda ming –ming yillik shonli tarixni tiklash afsona va rivoyatlarni to’plash avj oldi?

A) ummaviylar B) somoniylar C) qoraxoniylar D) arab xalifaligi

3. Dastlab shohnoma yozish kimga topshirilgan edi?

A) Firdavsiyga B) Abul Muayyad Balhiyga C) Abu Mansur Daqiqiyga D) to’g’ri javob yo’q

4. Firdavsiyga “Shohnoma”ni tugatishini buyirgan hukmdor qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Nuh ibn Ahmad B) Nuh ibn Mansur C) Abul Muayyad D) barchasi

5. Firdavsiy qalamiga mansub “Shohnoma”ning qancha bayti Daqiqiyga tegishli?

A) 500 bayt B) 1000 bayt C) 1500 bayt D) 2000 bayt

6. Eron va Turonning qariyib 4 ming yillik tarixi qalamga olingan asar qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) “Xudoynoma” B) “Shohnomayi Mansuriy” C) “Ming bir kecha” D) “Shohnoma”

7. Pishodiylar, Kayoniylar davriga oid voqialar bayon qilingan asarni aniqlang.

A) “Xudoynoma” B) “Shohnomayi Mansuriy” C) “Ming bir kecha” D) “Shohnoma”

8. “Xudoynoma” nomli maxsus kitob qaysi tilda yozilgan?

A) arab B) fors C) pahlaviy D) sug’d

9. Arab tiliga 9 marta tarjima qilingan, ammo asli ham bizgacha yitib kelmagan asarni aniqlang.

A) “Shohnomayi turkiy” B) “Shohnomayi Mansuriy” C) “Ming bir kecha” D) “Shohnoma”

10. “Shohnomayi Mansuriy” asarining muallifini aniqlang.

A) Abu Mansur Daqqiy B) Firdavsiy C) xos Xojib D) Abul Muayad Balxiy

11. X asrda nasriy yo’l bilan shohlar tarixini bitgan alloma qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Mas’ud Mauvaziy B) Firdavsiy C) Abu Mansur Daqqiy D) Abul Muayad Balxiy

12. She’riy “Shohnoma” yozgan adiblar qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Firdavsiy, Abul Muayad Balxiy B) Abul Muayad Balxiy, Mas’ud Mauvaziy C) barcha javoblar to’g’ri D) Firdavsiy, Abul Muayad Balxiy

13. “Shohnoma” necha baytdan iborat?

A) 50 ming B) 60 ming C) 70 ming D) 80 ming

14. “Shohnoma” XVIII asrda o’zbek tiliga tarjima qilgan adiblar qaysi javobda to’g’ri berilgan?

A) Muhammad Buxoriy B) Shoislom Shomuhamedov C) Shoh Hijron D) Hamid G’ulom

15. “Shohnoma”ni XIX asrda o’zbekchaga o’girgan adiblarni aniqlang.

A) Shoh Hijron Xomush B) Nurmuhammad Buxoriy C) Miriy D) Jumaniyoz Jabborov

16. “Xamsa” dostonining qaysi biri “Shohnoma” vazni va yo’nalishida ekani bilan ajralib turadi?

A) “Hayrat ul-abror” B) “Layli va Majnun” C) “Sabai sayyor” D) “Saddi Iskandariy”

17. “Shohnoma”da tilga olingan Garsevaz kim?

A) Siyovushning ukasi B) Siyovushning akasi C) Afrosiyobning o’g’li D) Afrosiyobning ukasi

18. Bir taxt edi undan past kelardi moh

Unda o’tirardi gurd Kovus shoh. Ushbu satrdagi gurd so’zining ma’nosi qaysi javobda berilgan?

A) ulug’ B) shoxi bor C) pahlavon D) zolim


Siyovush qissasi

1. Bu noma yitishgach shohi Eronga,

Toj-u taxti boshi yetdi Kayvonga: Ushbu maktub kimning kimga yo’llagan maktubi edi?

A) Kaykovusning Siyovushga yo’llagan maktubi B) Afrosiyobning Siyovushga yo’llagan maktubi C) Kaykovusning Afrosiyobga yo’llagan maktubi D) Siyovush maktubiga Kaykovusning javobi

2. Siyovushning buvisi asli qayerlik bo’lgan?

A) eronlik B) turonlik C) misrlik D) kavkazlik

3. “Shohnoma” asrining bugungi kungacha yetib kelishi va o’lmasligining sababini aniqlang.

A) asarda ko’plab yaxshilikka yo’naltirilgan o’rinlar borligida B) asarning yuksak badiiy qiymatga ega ekanida C) barchasi D) asarning pandnoma tipida ekanligi uchun


Robindranath Thokur

1. Ilk tragediyanavislar berilgan qatorni belgilang.

A) Esxil, Sofokl, Evripid B) Esxil, Dionis C) Evripid, Arastu, Ezop D) Sofokl, Dionis, Arastu

2. «Alximik» va «Beshinchi tog‘» romanlarining muallifi kim?

A) Xans Kristian Andersen B) Paulo Koelo C) Frans Kafka D) Antuan De Sent-Ekzyuperi

3. R.Thokurning dastlabki she’riy to’plami qanday nomlangan?

A) “Tonggi qo’shiqlar” B) “Suratlar va qo’shiqlar” C) “Oqshom qo’shiqlari” D) “Bibha sohili”

4. R.Thokur romanlar berilgan qatorni toping.

A) “Bibha sohili”, “Roja va Rani” B) “Qurbonlik”, “Chitrangoda” C) “Hisob-kitob”, “Jazo” D) “Donishmand Roja”, “Bibha sohili”

5. 1913- yilda Xalqaro Nobel mukofotiga ega bo’lgan va mukofot puliga esa bolalarga bepul maktab ochib bergan adib kim edi?

A) Sergey Yesenin B) R.Thokur C) Kamyu D) F.Kafka

6. Hindiston Respublikasining milliy madhiyasi qanday nomlangan?

A) “Mening oltin Bengaliyam” B) “Xalq qalbi” C) “Gitanjali” D) “Ko’zga tushgan cho’p”

7. “Ko’zga tushgan cho’p”, “Halokat” asarlari muallifini toping.

A) Ch.Aytmatov B) U.Hamdamov C) R.Thokur D) Rasul Hamzatov
“Nur va soyalar”

1. Qayt, sultonim, qayt!

Qayt,intizor, chaqmoq qalbimga! Ushbu misralar “Nur va soyalar” asarida kimning tilidan aytilgan qo’shiq edi?

A) Shoshibushon B) Girabala C) vishnuit qalandari D) advakat

2. Gupijontira ushbu so’z “Nur va soyalar” asarida qanday ma’no kasb etadi va u anglatgan ma’no to’g’ri berilga qatorni aniqlang.

A) qalandar B) diniy mazhab C) musiqa asbobi D) qavm nomini ifodalaydi

3. Shoshibushon harakteriga xos xususiyatlar qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) osoyishtalik va tinchlikni sevuvchi kishi B) jamiyat va uning oqimiga bo’y sunadiga uning izmiga yuradigan qiyofa C) barcha javoblar to’g’ri D) yangilikni yoqtirmaydigan unga qarshi chiqadigan kishi



Sergey Yesenin

1. S.Yesenin «Ona ibodati» she’rida ona va o‘g‘il munosabati orqali qanday mavzuni yoritgan?

A) iltijo mavzusi B) oila mavzusi C) hijron mavzusi D) vatan mavzusi

2. “Endi qaytmam uyimga”, “Singlimga xat” she’rlari muallifi kim?

A) Pushkin B) S.Yesenin C) Thokur D) R.Hamzatov

3. Sergey Yeseninning aksar she’rlarini kim o’zbek tiliga tarjima qilgan?

A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov C) Mirtemir D) Oybek

4. “Fors taronalari” she’riy to’plamining muallifini toping.

A) Thokur B) S.Yesenin C) R.Parfi D) Pushkin

5. Xurosonda bir darvoza bor,

Ostonasi gulga ko’milgan,

Unda yashar bir pari ruxsor. Misralar muallifini aniqlang.

A) Muhammad Yusuf B) Tilak Jo’ra C) Ma’ruf Jalil D) S.Yesenin


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling