Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs


Download 1.6 Mb.
bet3/16
Sana04.12.2020
Hajmi1.6 Mb.
#159113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
5-11 синф тест адабиет [uzsmart.uz]


8-SINF

1-DARS. KIRISH. XALQ OG’ZAKI IJODI. “KUNTUG’MISH DOSTONI”. (3-48-betlar)

Reja:

1. O’zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi.



2. Kirish.

3. “Kuntug’mish” dostoni.

4. “Kuntug’mish” dostonining bayoni.

5. Nazariy ma’lumot. Ishqiy-qahramonlik dostonlari.


O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi

1. O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi qaysi band bilan boshlanadi?

A) Serquyosh hur o’lkam senda tole mo’l… B) Oltin bu vodiylar, jon O’zbekiston C) Serquyosh, hur o’lkam senga baxt najot D) Serquyosh hur o’lkam elga baxt najot

2. O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasining nechanchi bandida erkin va yosh avlodlarning o’zbek xalqiga zo’r qanot bo’lajagi ta’kidlanadi?

A) birinchi bandida B) to’rtinchi bandida C) uchinchi bandida D) naqoratida
Kirish

1. XX asr boshlariga kelib baxshilarimiz ijodiy bisotida qancha xalq dostonlari mavjud bo’lgan?

A) ikki yuzdan ortiq B) ikki yuzi ellikga yaqin C) bir yuzi ellikdan ortiq D) ikki yuzga yaqin

2. “Oltovlon va yettinchi” nomli afsona kimning qaysi asarida keltirilgan?

A) Ch.Aytmatov “Qiyomat” B) Yu.X.Hojib “Qutadg’u bilig” C) Navoiy “Sab’ai Sayyor” D) Navoiy “Farhod va Shirin”
“Kuntug’mish” dostoni

1. “Alpomish” dostonining 1000 yilligi jahon miqyosida keng nishonlangan sanani aniqlang.

A) 2000- yil B) 1999- yil C) 2001- yil D) 1998- yil

2. “Kuntug’mish” dostonida Xolbeka bilan Kuntug’mish bir birlarini qanday ko’rib qoladilar?

A) ov paytida B) tushlarida C) nard o’yinida D) ziyofatda

3. “Kuntug’mish” dostonidagi Kuntug’mishning yurti to’g’ri berilgan qatorni aniqlang.

A) Zangar B) Chanbil C) No’g’ay D) Qalmoq

4. “Kuntug’mish” dostonida Qilichxon laqabli shaxs uchraydi. U aslida kim edi?

A) Zangar podshosi B) Azbarxo’ja C) Nugay podshosi D) Xolmo’min yasovulboshi

5. 1) Ergash Jumanbulbul o’g’li; 2) Fozil Yo’ldosh o’g’li; 3) Bekmurod Jo’raboy o’g’li; 4) No’rmon Abduvoy o’g’li; 5) Egamberdi Ollomurod o’g’li; 6) Xodi Zaripov; 7) Po’lkan Shoir; 8) Qodir Baxshi. Yuqorida keltirilgan baxshilardan qaysilarida “Kuntug’mish” dostonining yozib olingan variantlari mavjud?

A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4, 6 C) 1, 3, 4, 7 D) 1, 3, 4, 5

6. “Bizlarga farzand bersa, o’g’il bo’lsa qo’l-qanot bo’lsin, qiz bo’lsa do’st bo’lsin” degan fikrlar qaysi dostonda keltirilgan?

A) “Kuntug’mish” B) “Alpomish” C) “Malika ayyor” D) “Ravshan”

7. “Har kim meni olaman desa, oldiga nard o’yinini qo’yaman, o’ynayman, utsa tegaman, utdirsa so’yaman” deb shart qo’ygan malika kim va u qaysi doston qahramoni?

A) “Kuntug’mish” Xolbeka B) “Ravshan” Zulxumor C) “Malika ayyor” Gulqiz D) “Alpomish” Barchin

8. «Kuntug‘mish» dostonidagi Mohiboy bilan Gurkiboy Zangar shahrida onalarini birinchi marta qayerda ko‘radilar?

A) Xolmo‘min yasovulboshinikida B) Buvraxon podshonikida C) Olim sayyodning uyida D) Kampirning uyida

9. Qadimgi urf-odatlarga ko‘ra, kimning boshiga saroydan uchirilgan qush uch marta qo‘nsa, o‘sha odamni oq kigizga chiqarib, saroy ayonlari chir tevaragidan ko‘tarib, taxtga o‘tqazish va jarchilarning; - zamon kimning zamoni, qalandarxonning zamoni, - deb ko‘chalarda jar solish marosimi qaysi dostonda berilgan?

A) «Alibek va Bolibek»da B) «Malika ayyor»da C) «Kuntug‘mishda D) «Sanobar»da

10. «Haqiqat izlagan senga osildi,

Assalomu alaykum, dorning og‘ochi», – degan nola kimga tegishli?

A) Barchin B) Kuntug‘mish C) Xolbeka D) Alpomish

11. «Kuntug‘mish» dostonida Kuntug‘mishni halokatdan saqlab qolgan timsol kim?

A) Qilichxon laqabli podsho B) Xolmo‘min yasovulboshi C) Qosim qabilaboshi D) Qatag‘anlik Olim sayyod

12. «Kuntug‘mush» dostonining qaysi xalq baxshilaridan yozib olingan variantlari mavjud?

A) Egamberdi Ollomurod o‘g‘li, Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Nurmon Abduvoy o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li B) Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Islom shoir, Nurmon Abduvoy o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, C) Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Po‘lkan shoir, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Bo‘ron shoir D) Saidmurod Panoh o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Umir baxshi shoir, Berdi baxshi

13. «Kuntug‘mish» dostonidagi Kuntug‘mish va Xolbeka taqdirini qaysi timsollarsiz tasavvur etish qiyin?

A) Xolmo‘min, Qilichxon, Azbarxo‘ja B) Mullavachcha, Zamonqul, Qosim C) Xolmo‘min, Toxir vazir, Zamonqul D) Shoir vazir, Avliyoyi Qoraxon, Mullavachcha


“Kuntug’mish” dostonining bayoni

1. Sovchilarga “Har kim meni olaman deb kelsa oldiga naru o’yinini qo’yaman o’ynayman yo’tsa tegaman, yo’ttirsa so’yaman” deya shart qo’ygan malika obrazi qaysi dostonda uchraydi?

A) “Kuntug’mish” B) “Alpomish” C) “Ravshan” D) “Rustamxon”

2. Qaysi dostonda chiltonlar va mardon g’oyiblar obrazi mavjud?

A) “Alpomish” B) “Ravshan” C) “Malika ayyor” D) “Kuntug’mish”

3. Qaysi dostonda ota o’z farzandiga safar oldida “Musofirchilikda yo zar yarar, yo zo’r yarar kuningga” degan hikmatomuz maslahat beradi.

A) “Ravshan” B) “Kuntug’mish” C) “Malika ayyor” D) “Alpomish”

4. “Kuntug’mish” dostonida Kuntug’mishni sotqin Azbarxo’ja ziyofatda mast qilib, kigizga o’rab, ikki o’g’li bilan birga sahroga qoldirib, Xolbekani asir qilib Zangor yurtiga olib ketadi. Shunda kim Kuntug’mishning joniga oro kiradi?

A) Qosim B) Zamonqul C) Mullavachcha D) Xolmo’min

5. Nomus bilan orim ketdi,

Qatorimda norim ketdi,

Shu karvonda yorim ketdi,

Do’st karvonim – dushman bo’ldi. Ushbu parcha qaysi dostondan olingan?

A) “Alpomish” B) “Suxayl va Guldursin” C) “Kuntug’mish” D) “Malika ayyor”

6. Qaysi dostonda bo’rining “gurk” deb nomlanish holati uchraydi?

A) “Kuntug’mish” B) “Malika ayyor” C) “Alpomish” D) “Ravshan”

7. “U vaqtda podsholarga rasm shu edi: davlatqush degan qushini uchirar edi, kimning boshiga qo’nsa, podsho qilar edi”. Parcha qaysi dostondan olingan?

A) “Ravshan” B) “Kuntug’mish” C) “Alpomish” D) “Malika ayyor”

8. “Kuntug’mish” dostonida Mohiboy va Gurkiboy Zangor shahriga kelishganida Xolmo’min yasovulboshi ularni o’z uyiga xizmatkor qilib olib ketadi. Aslida Xolmo’minga ular kim bo’ladi?

A) amakisi B) hech kimi bo’lmaydi C) tog’asi D) otasi

9. “Kuntug’mish” dostonida Kuntug’mish Mohiboy va Gurkiboyning o’z o’g’li ekanligini qanday bilib qoladi?

A) Mohiboyning jallodlarga aytgan so’zlaridan so’ng B) Xolmo’minning gaplaridan so’ng C) Xolbekaning jallodlarga aytgan so’zlaridan so’ng D) Gurkiboyning otasiga aytgan so’zlaridan so’ng

10. “Kuntug’mish” dostonida Azbarxo’ja bir kosa suv va bir non evaziga Kuntug’mishga qanday shart qo’yadi?

A) Ajdarhoni o’ldirish B) unga qul bo’lish C) farzandlaridan birini berish D) yorini berish

11. Kuntug’mishning daryoga cho’kkan bolasini kim qutqarib qolgan edi?

A) cho’pon ota B) Olim C) Mo’lton D) Kuntug’mishning o‘zi

12. Kuntug’mishning o’g’illariga kim ism qo’ygan?

A) Gurkiboyga baliqchi, Mohiboyga cho’ponlar B) Mohiboyga baliqchi, Gurkiboyga cho’ponlar C) Kuntug’mishning o’zi D) Xolbekaning maslahati bilan Buvraxon

13. “Kuntug’mish” dostonida Mohiboy bilan Gurkiboy balog’atga yetganlaridan so‘ng ilk bor qayerda uchrashadi?

A) bozorda B) daryoning bo’yida C) tog’da D) ziyofatda

14.”Qilichdan seskanmas botirning tani” “Kamlikning kamoli bordir, Manmanning zavoli bordir” “O’zingni er bilsang, birovni she’r bil” kabi ibratli so’zlar qaysi dostonda uchraydi?

A) “Alpomish” B) “Malika ayyor” C) “Ravshan” D) “Kuntug’mish”

15. Dastlab, Kuntug’mish bilan do’stlashib, so’ng o’z manfaati deb unga xiyonat qilgan qahramonning ismi berilgan qatorni toping?

A) Zamonqul B) Xolmo’min C) Azbarxo’ja D) Mullavachcha

16. Xolbeka Kuntug’mish bilan tanishish uchun, sandiqqa nimalarni solib, daryoga oqizib yuboradi?

A) soch, surat, uzuk B) tilla, uzuk, surat C) uzuk, soch, tilla D) soch, surat, tilla

17. Kuntug’mish o’z oilasini topganidan so’ng, taxtni kimga topshiradi?

A) Mohiboyga B) Azbarxo’jaga C) Gurkiboyga D) Xolmo’minga

18. Qaysi dostondagi bosh qahramonning hayoti qahramonlik bilan kechadi?

A) “Alpomish” B) “Ravshan” C) “Malika ayyor” D) “Kuntug’mish”

19. “Kuntug’mish” dostoni “Suxayl va Guldursun”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” kabi dostonlardan nimasi bilan farq qiladi?

A) fantaziya ko’lami bilan B) ko’z ko’rib, quloq eshitmagan voqealar bilan C) aql bovar qilmaydigan qahramonlar bilan D) barcha javoblar to’g’ri

20. “Kuntug’mish” dostonida Beklik mustahkam bo’lishi uchun to’rt narsaga ega bo’lishi kerak! Quyida keltirilgan fikrlarning qaysilari o’sha fikrlarga to’g’ri keladi?

1) kuchli lashkar; 2) unumdor yerlar va keng yaylovzor; 3) ko’p boylik; 4) badavlat xalq; 5) dono vazir; 6) adolatli siyosat.

A) 1, 2, 3, 6 B) 1, 3, 4, 6 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 3, 4, 5

21. Ushbu ta’rif qaysi dostonga berilgan? “U yaxlit kompozitsiyaga ega, asarda kishini asosiy voqealardan chalg’itadigan o’rinlar uchramaydi, aksincha har bir voqea, har bir epizod dostonni to’ldiradi”.

A) “Malikai ayyor” B) “Kuntug’mish” C) “Ravshan” D) “Alpomish”
Nazariy ma’lumot. Ishqiy-qahramonlik dostonlari

1. Xalq dostonlarining ko’pchiligiga xos xususiyat – …

A) aql bovar qilmaydigan qahramonliklar tasvirining mavjudligi B) ham nasr, ham nazm usulida yozilishi C) ularda ishq muhabbat mavzusining ustunligi D) ularda sehrli tilsimlardan ko’p uchrashi

2. Folklorshunoslarning ma’lumotlariga ko‘ra nechanchi asrda yirik dostonchilik maktablari paydo bo‘lgan?

A) XV – XVI asrlarda B) XI – XII asrlarda C) XX asr boshlarida D) XVI – XIX asrlarda

2-DARS. O’ZBEK ADABIYOTI TARIXIDAN. (51-105-betlar)

Reja:

1. Yusuf Xos Hojib Bolasog’uniy.



2. “Qutadg’u bilig”.

3. Nazariy ma’lumot. Didaktik adabiyot haqida tushuncha.

4. Xorazmiy.

5. “Muhabbatnoma”.

6. Nazariy ma’lumot. Noma.
Yusuf Xos Hojib Bolosog’uniy

1. “Qutadg’u bilig” dostonining hajmi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) 4 ming 609 bayt B) 5 ming 409 bayt C) 6 ming 204 bayt D) 6 ming 409 bayt

2. 1823- yili fransuz sharqshunosi Jaubert Amedee bu buyuk asar haqida ma’lumot chop etib, uni ilm ahliga tanishtiradi. Bu qaysi asar edi?

A) Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asari B) Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug’atit turk” asari C) Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari D) Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” asari

3. 1439- yili Hirotda uyg’ur yozuvi bilan ko’chirilgan asarni toping.

A) Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug’atit turk” asari B) Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asari C) Ahmad Yugnakiyning “Hibat-ul haqoyiq” asari D) Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari

4. Buyuk o’zbek olimi Abdurauf Fitrat 1924- yili Muhammad hoji Eshon Lolareshdan shu qo’lyozmani olishga muyassar bo’ladi. Bu qaysi asar qo’lyozmasi edi?

A) A.Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari B) Haydar Xorazmiyning “Gul va navro’z” dostoni C) Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostoni D) Durbekning “Yusuf va Zulayho” dostoni

5. Qaysi qatordagi dostonlar mutaqoribi musammani mahzuf vaznida yozilgan?

A) “Qutadg’u bilig”, “Shohnoma” B) “Qutadg’u bilig”, “Saddi Iskandariy” C) “Ziynat ul-umaro”, “Shohnomayi turkiy” D) “Adab ul-muluk”

6. “Qutadg’u bilig”ni chinliklar qanday nomlashgan?

A) “Aminul mamlakat” B) “Ziynat ul-umaro” C) “Shohnomayi turkiy” D) “Adab ul-muluk”

7. Eronliklar “Qutadg’u bilig”ni qanday nomlashgan?

A) “Shohnomayi turkiy” B) “Pandnomayi muluk” C) “Ziynat ul-umaro” D) “Amin ul-mamlakat”

8. Qaysi qatorda “Qutadg’u bilig” dostonining turli xalqlarda nomlanish muqobili to’g’ri berilgan?

A) Chinliklar “Ziynat ul-umaro” B) Sharq elining ulug’lari “Qutadg’u bilig” C) Eronliklar “Pandnomayi muluk” D) Mochinliklar “Amin ul-mamlakat”

9. Turkiy va forsiy mumtoz adabiyotda shohlar haqidagi asarlar asosan qaysi vaznda bitilgan?

A) Hazaji musammani mahzuf B) Mutaqoribi musammani mahzuf C) Ramali musaddasi solim D) Rajazi musaddasi solim

10. Bizgacha yetib kelgan ilk turkiy doston…

A) “Hibat ul-haqoyiq” B) “Gul va navro’z” C) “Qutadg’u bilig” D) “Yusuf va Zulayho”

11. Qaysi adib “Qutadg’u bilig” dostonini “Baxtliklanish bilimi” deb atagan?

A) Abdurauf Fitrat B) Mirkarim Osim C) Abdulla Avloniy D) Izzat Sulton

12. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostonida adolat ramzi kim edi?

A) Oyto’ldi B) O’zg’urmish C) Kuntug’di D) O’gdulmish

13. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostonida baxt ramzi bo’lgan qahramonni aniqlang.

A) Kuntug’di B) Oyto’ldi C) dostonda bunday ramz mavjud emas D) O’zg’urmish
“Qutadg’u bilig”

1. «Qutadg‘u bilig» dostonining muqaddimasi qanday yo‘l bilan bitilgan?

A) faqat she’riy B) she’riy hamda nasriy C) savol-javob, munozara shaklida D) faqat nasriy

2. Turkiy va forsiy mumtoz adabiyotda shohlar haqidagi asarlar asosan aruzning qaysi vaznida bitilgan?

A) hazaji musaddasi mahzuf B) mutaqoribi musammani mahzuf C) mutaqorib musammani maqzuf D) ramali musammani mahzuf

3. Kim “Qutadg’u bilig” asarining Namangan nusxasi ham borligi haqida ma’lumot beradi?

A) Jaubert Alidee B) Eshon Lolaresh C) A.Fitrat D) Valizoda

4. “Qutadg’u-bilig” dostonining qaysi nusxasi arab yozuvi asosidagi turkiy alifboda ko’chirilgan?

A) Qohira B) Vena C) Namangan D) bunday nusxa yo’q.

5. Hozirgacha bizga etib kelgan ilk turkiy doston bu…

A) “Devoni lug’atit turk” B) “Hibbatul-haqoyiq” C) “Qutadg’u bilig” D) “Devoni hikmat”.

6. Eronliklar “Qutadg’u bilig” asarini nima deb atashgan?

A) “Shohnoma Turkiy” B) “Podshohlar pandnomasi” C) “Mamlakat omonliklari” D) “Amirlar ziynati”

7. “Qutadg’u bilig” dostoni qaysi vaznda yozilgan?

A) Mutaqoribi musammani mahzuf yoki maqsur B) Mutaqoribiu musaddasi solim C) Mutaqoribi musaddasi maqsur D) Mutaqoribi musammani solim

8. “Qutadg’u bilig” dostoni necha bobdan iborat?

A) 74 bob B) 73 bob C) 72 bob D) 71 bob

9. Asarning tub mohiyatida markazlashgan davlatni idora qilish, mustahkamlash, turli xon va beklar o’rtasida birlikka erishish, adolatli va oqilona siyosat yuritish, umrning o’tkinchiligini, ma’naviyat, yashash qoidalari bilan bog’liq g’oyalar badiiy tarzdagi bir qomusiy dastur sifatida ilgari surilgan asarni belgilang?

A) “Qutadg’u bilig” B) “Shohnoma” C) “Boburnoma” D) “Qobusnoma”

10. “Qutadg’u bilig”da “Beklikka loyiq bek qanday bo’lishini aytadi” qismi asarning nechanchi qismi bo’lib kelgan?

A) 30-bobi B) 31-bobi C) 32-bobi D) 33-bobi

11. “Qutadg’u bilig” dostonida “Agar arslon itlarga bosh bo’lsa, itlar arslonga aylanadi, lekin it arslonlarga yetakchilik qilsa, arslonlar itlar kabi bo’lib qolishi mumkin” degan fikrni kim aytgan?

A) Kuntug’di B) Oyto’ldi C) O’gdulmish D) O’zg’urmish

12. Kim “Qutadg’u bilig” dostonnini she’riy yo’l bilan ommabop qilib o’zbekchalashtirgan?

A) Boqijon To’xliyev B) Laziz Qayumov C) Qayum Karimov D) Rahmon

13. Nasriy didaktik asar berilgan qatorni toping.

A) “Kalila va Dimna” B) “Mahbub ul-qulub” C) “Guliston” D) “Zarbulmasal”

14. Nasriy-she’riy didaktik asar berilgan qatorni toping.

A) “Qutadg’u bilig” B) “Guliston” C) “Gulshan ul-asror” D) “Maxzanul asror”

15. “Qutadg’u bilig” dostonining hajmi qancha?

A) 6 ming 409 bayt B) 5 ming 733 bayt C) 6 ming 863 bayt D) 6 ming 221 bayt

16. Kimlar “Qutadg’u bilig” dostonini “Amin ul Mamlakat” (“Mamlakat omonliklari”) deb ataganlar?

A) Eronliklar B) Mochinliklar C) Turonliklar D) Hindlar
Nazariy ma’lumot. Didaktik adabiyot haqida tushuncha

1. “Sharqqa she’riyatni o’rgatib bo’lmaydi:” Sharq she’riyatiga yuqori baho berib aytilgan ushbu jumla kimga tegishli?

A) Sakkokiy B) Abdulla Oripov C) Erkin Vohidov D) Fitrat

2. Qaysi qatorda nasriy didaktik asarlar berilgan?

A) “Kalila va Dimna”, “Guliston”, “Hayrat ul-abror” B) “Mahbub ul-qulub”, “Ming bir kecha”, “Qobusnoma” C) “Pantachatra”, “Qobusnoma”, “Miftoh ul-adl” D) “Guliston”, “Zarbulmasal”, “Gulshan ul-asror”

3. Sa’diy Sheroziyning “Guliston”i ta’sirida dunyoga kelgan asarlarni aniqlang..

A) “Mahbub ul-qulub”, “Gulshan ul-asror” B) “Gulzor”, “Miftoh ul-adl” C) “Maxzan ul-asror”, “Zarbulmasal” D) “Gulshan ul-asror”, “Gulzor”

4. Nasriy-she’riy (usulda yozilgan) didaktik asar berilgan qatorni toping.

A) Sa’diy Sheroziy “Guliston” B) Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” C) Gulxaniy “Zarbulmasal” D) barcha javoblar to’g’ri

5. Faqat she’riy-didaktik asarlar berilgan qatorni toping.

A) “Qobusnoma”, “Guliston” B) “Qutadg’u bilig”, “Gulshan ul-asror” C) “Mahbub ul-qulub”, “Guliston” D) “Hayrat ul-abror”, “Zarbulmasal”

6. Lirik merosimizning qaysi dostonida “ma’naviy fazilatlarning hayotiy hikoya-tasvirlar, mantiqiy tahlil-xulosalar, orqali berilishi, birinchidan, muallif nuqtai nazarini tiniqlashtiradi, uning aynan qanday g’oyani ilgari surayotganligini aniq bilib turasiz…”, kabi fikrlar ilgari surilgan?

A) “Qutadg’u bilig” B) “Devoni hikmat” C) “Devoni lug’atit turk” D) “Hibat-ul haqoyiq”

7. “Didaktik” so’zining ma’nosini aniqlang.

A) ibratli B) xalq olqishi C) o’tmish siri D) meros siri

Xorazmiy

1. Zamonaviy o’zbek adabiyotida didaktik ruhdagi nasriy yo’lda yozilgan “Javohirlar sandig’i” kimning qalamiga mansub?

A) Mirmuhsin B) Xayriddin Sultonov C) Shukrullo D) Xurshid Muhammad Do’st

2. Oltin O’rda xoni Jonibekxonning Sirdaryo muzofatidagi hukmdorlaridan biri Muhammad Xo’jabek iltimosi bilan yozilgan asarni toping.

A) “Muhabbatnoma” B) “Miftoh ul-adl” C) “Zarbulmasal” D) “Hibat ul-haqoyiq”

3. Xorazmiyning tojik tilidagi to’plamlari el orasida qaysi nom bilan mashhur bo’lgan?

A) “Shakartek til” B) “Xushro’y til” C) “Mohi til” D) “Ravshan til”

4. Xorazmiy «Muhabbatnoma» ning nechanchi nomasida «tong nasimi»ga murojaatning go‘zal holatini bera olgan?

A) 2-nomada B) 8-nomada C) 10-nomada D) 4-nomada

5. XIV asr o‘zbek adabiyotida Xorazmiy qaysi janrlarning dastlabki namunalarini yaratdi?

A) noma, g‘azal, tuyuq B) noma, ruboiy, tuyuq C) g‘azal, tuyuq, qit’a D) g‘azal, qit’a, fard

6. «Muhabbatnoma»ning qaysi qismida Xorazmiy asar o‘n bir nomadan tarkib topganini aytadi?

A) qit’ada B) «Xotimat ul-kitob»da C) munojotda D) masnaviyda
“Muhabbatnoma”

1. Tun oqshomkim, ko’rundi bayram oyi … – davlat xumoyi. Nuqtalar o’rniga qaysi hukmdor ismi qo’yilishini aniqlang.

A) Jonibekxon B) Muhammad Xojabek C) Shayboniyxon D) Shoh Muzaffar

2. Kitobat boshladim anjoma yetgay … Misru Shoma yetgay. Gap qaysi asar haqida ketmoqda?

A) “Muhabbatnoma” B) “Shayboniynoma” C) “Shohnoma” D) “Zarbulmasal”

3. Qiloyin ikki bobin porsiy ham, – kim atlas to’n yarashur bo’lsa mu’lam. Bayt qaysi asardan olingan?

A) “Miftoh ul-adl” B) “Mahbub ul-qulub” C) “Muhabbatnoma” D) “Gulzor”

4. Niyozim bu turur sendin, nigoro,

Unutma bandani bahri Xudoro. Ushbu bayt janrini aniqlang.

A) fard B) qit’a C) masnaviy D) to’g’ri javob berilmagan

5. 1432- yili Yazd shahrida Mir Jaloliddin degan kishi taklifi bilan Boqi mansur degan xattot uyg’ur yozuvida ko’chirgan asar qaysi asar edi?

A) “Qutadg’u bilig” B) “Shohnoma” C) “Muhabbatnoma” D) “Hibat ul-haqoyiq”

6. Xorazmiyning “Muhabbatnoma”si qaysi janrlardagi she’rlardan tashkil topgan?

A) g’azal, masnaviy, soqiynoma B) ruboiy, qit’a, fard C) ruboiy, masnaviy, g’azal D) g’azal, masnaviy, fard

7. Xorazmiy “Muabbatnoma”sining qaysi boblari forsiy tilda yozilgan?

A) birinchi va beshinchi boblari B) ikkinchi va to’qqizinchi boblari C) to’rtinchi va sakkizinchi bobolari D) uchinchi va o’ninchi boblari

8. Navoiy “Xamsa”sidan o’rin olgan “Farhod va Shirin” dostoni 17-bobi boshlanmasi bevosita qaysi asar boshlanmasi ta’sirida bitilgan?

A) “Muhabbatnoma” B) “Xusrav va Shirin” (Jomiy) C) “Shohnoma” D) “Qutadg’u bilig”

9. “Muhabbatnoma”ning arab yozuvi asosidagi turkiy alifboda ko’chirilgan nusxasi necha baytdan iborat?

A) 456 bayt B) 493 bayt C) 483 bayt D) 473 bayt

10. “Bo’yi birla sochini teng yaratdi” birikmasini turkiy she’riyatga kim qo’shgan?

A) Mahmud Qoshg’ariy B) Lutfiy C) Yusuf Xos Hojib D) Xorazmiy

11. “Muhabbatnoma” asarining necha nusxasi bizgacha yetib kelgan?

A) yetti nusxasi B) uch nusxasi C) to’rt nusxasi D) ikki nusxasi

12. “Muhabbatnoma”ning bizgacha qaysi alifbolarda ko’chirilgan nusxalari yetib kelgan?

A) uyg’ur va arab B) turk va arab C) arab va fors D) uyg’ur va arab alifbosidagi turkiy alifbo

13. “Muhabbatnoma”da uchraydigan janrlarni belgilang.

A) noma, g’azal, soqiynoma, masnaviy, qit’a, fard B) noma, g’azal, soqiynoma, masnaviy, murabba C) noma, g’azal, soqiynoma, murabba, masnaviy, tuyuq D) noma, g’azal, soqiynoma, masnaviy, tuyuq, qit’a, fard

14. “Muhabbatnoma”da qancha noma keltirilgan?

A) o’n besh noma B) o’n uch noma C) o’n ikki noma D) o’n bir noma

15. “Noma” janri asosida yaratilgan asarlarni belgilang.

A) “Dahnoma”, “Muhabbatnoma”, “Latofatnoma”, “Humoyunnoma” B) “Dahnoma”, “Taashshuqnoma”, “Latofatnoma” C) “Humoyunnoma”, “Muhabbatnoma”, “Dahnoma” D) “Dahnoma”, “Humoyunnoma”, “Muhabbatnoma”, “Taashshuqnoma”


Nazariy ma’lumot. Noma

1. Xorazmiyning nomanavislik an’anasini davom ettirib “Latofatnoma” asarini yozgan adibni aniqlang.

A) Yusuf Amiriy B) Said Ahmad C) Xo’jandiy D) Sayyid Qosimiy

2. “Taashshuqnoma” asari kimning qalamiga mansub?

A) Yusuf Amiriy B) Xo’jandiy C) Said Ahmad D) Sayyid Qosimiy

3. Qaysi qatorda masnaviy shaklida yaratilishi shart va mumkin bo‘lgan janrlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

1. doston 2. she‘riy noma 3. qasida 4. hikmat

A) 1 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 3 D) 1, 2,3

4. Qaysi qatorda Sharq mumtoz adabiyotida maktub, xat tarzida yozilgan badiiy asar ma’nosini ifodalovchi istiloh to‘g‘ri berilgan?

A) munshaot B) noma C) qasida D) bag‘ishlov

5. Mumtoz she’riyatda ko‘p qo‘llanadigan «shisha», «ko‘za», «ayog‘», «kosa» kabi timsollar zamirida qanday tushuncha yashiringan?

A) mehr va muhabbat B) qalb va yurak C) ko‘z va yuz D) oshiq va raqib

3-DARS. O’ZBEK ADABIYOTI TARIXIDAN (davomi). XX ASR O’ZBEK ADABIYOTIDAN. (105-146-betlar)

Reja:


1. Lutfiy.

2. G’azallar.

3. Tuyuqlar.

4. Nazariy ma’lumot. Tuyuq.

5. Alisher Navoiy.

6. Nodira.

7. Firoqnoma.

8. Nazariy ma’lumot. Musamman va muashshar.

9. Abdurauf Fitrat.
Lutfiy

1. Zamonasining ahli adabi va ahli fuzalosi uni “malik ul-kalom”, ya’ni “so’z podshosi” deb e’zozlagan. Gap qaysi adib haqida bormoqda?

A) A.Navoiy B) Lutfiy C) Jomiy D) Nizomiy

2. “Mavlona Lutfiy o’z zamonasining malik ul kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo’q erdi va turkcha devoni mashhurdir”. Lutfiyga ushbu ta’rif kim tamonidan berilgan?

A) Jomiy B) Alisher Navoiy C) Bobur D) Sakkokiy

3. “…To’qson to’qqiz yoshida olamdan o’tdi. Qabri Dehikanordadur, o’z maskani erdi”. Lutfiy to’g’risidagi ushbu fikr kimning qaysi asaridan olingan?

A) Navoiy “Xazoyin ul-moniy” B) Xondamir “Makorim ul-axloq” C) Bobur “Boburnoma” D) Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat”

4. Lutfiy «Devoni» qanday janrlarda yozilgan she‘rlardan tashkil topgan?

A) g‘azal, ruboiy, tuyuq, qit‘a, fard B) g‘azal, ruboiy, qasida, mustazod C) 10 dan ortiq janrlardagi she‘rlardan D) qit‘a, g‘azal, ruboiy, muashshar

5. O‘zbek adabiyoti tarixida masnaviy yo‘li bilan yaratilib, bizgacha to‘liq holda saqlanib qolgan asarni belgilang.

A) «Devonu lug‘otut turk» B) «Qutadg‘u bilig» C) «Ogohnoma» D) «Muhabbatnoma»

6. Lutfiyning «Xoh inon, xoh inonma» radifli g‘azaliga qaysi shoir nazira bitgan?

A) Husayniy B) Navoiy C) Mashrab D) Bobur

7. Lutfiyni o’z zamonasining ahli adabi va ahli fizolasi nima deb e’zozlagan?

A) “malik ush-shuoro” B) “nuran - mahdum” C) “fozil ul-fuzolo” D) “malik ul-kalom”

8. Lutfiyning “Xoh inon, xoh inonma…” g’azali qofiyasi to’g’ri ketma-ketlikda berilgan qatorni toping.

A) sevarim – jigarim – saharim – guzarim – xabarim – nazarim – siymbarim – basarim B) sevarim – saharim – nazarim – jigarim – guzarim – xabarim – nazarim – basarim – siymbarim C) sevarim – jigarim – saharim – guzarim – xabarim – basarim – nazarim – siymbarim D) sevarim – siymbarim – basarim – guzarim – jigarim – xabarim – saharim – nazarim

9. O’zbek xalq og’zaki ijodi namunasi Lutfiyning qaysi g’azalida aks etgan?

A) “Ne bo’lursan” B) “Ayoqingg’a tushar…” C) “Bu ko’nguldir, bu ko’ngul” D) “Hoh inon, hoh inonma…”

10. Lutfiy “Ayoqingg’a tushar har lahza gisu” matla’ g’azalida boshdan oyoq qaysi badiiy san’atdan mahorat bilan foydalanilgan?

A) irsoli masal B) kalome – jome’ C) tajnis D) tarse’

11. Kimning lirik qahramoni o’z ma’shuqasidan “Pariga, yangi gul-bargga kim bo’lasan” deb so’roqlaydi?

A) Atoyi B) Xorazmiy C) Lutfiy D) Nodira


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling