Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs
Download 1.6 Mb.
|
5-11 синф тест адабиет [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Omon Matjon sherlari haqida
- Ravshan (dostondan parcha)
- Ravshan dostoni haqida
- Sheriy sanatlar- gazal korki
- Millatni birlikka chorlagan shoir
- Tashbeh, tanosib, irsoli masal haqida
- Badiiy adabiyotning turlari
7-SINF 1-DARS. KOZIM QAROGIDASAN VATAN! (3-74-betlar) Reja: 1. Badiiy soz qudrati. 2. Hamza Hakimzoda Niyoziy. 3. Muhammad Ali. 4. Umar Sayfiddin. 5. Shavkat Rahmon. 6. Tabiat lirikasi.
1. Badiiy adabiyotning asosiy quroli nima? A) kitob B) so'z C) ohang D) muallif 2. San'atning asosiy turlari ko'rsatilgan qatorni belgilang. A) musiqa, tasviriy san'at, kino, badiiy adabiyot, teatr B) badiiy adabiyot, drama, komediya, fojia, lirika C) haykaltaroshlik, ilm-fan, kino, musiqa, satira D) musiqa, lof, kino, raqs, qo'shiqchilik, askiya. 3. Tushuntirish va «tasvirlash» so'zlariga berilgan to'g'ri izohni belgilang. A) tushuntirish fanga ham, adabiyotga ham xos B) tasvirlash fanga ham, adabiyotga ham xos C) fan tasvirlaydi, adabiyot tushuntiradi D) fan «nima bo'lganini» tushuntiradi, adabiyot «qanday bo'lganini» tasvirlaydi 4. «Adabiyot-hayotning in'ikosi». Ushbu fikrni mantiqan to'g'ri davom ettirgan jumlani belgilang. A) shuning uchun ham unda hamma narsa boricha aks etadi B) unda hayotdagi voqealar aynan ko'rsatib beriladi C) ammo uning suratga tushirilgan ayni nusxasi emas D) faqat unda hayotdagi ijobiy hodisalar tasvirlanadi
1. «Yig'la, Turkiston» she'ridagi «ruhsiz tanlar» iborasi kimlarga nisbatan qo'llangan? A) tarixda o'tgan erksevar ajdodlar ruhiga B) ozodlik va hurlik yo'lida shahid ketgan qahramonlarga C) ozligini, ajdodlarini unutgan, istiqbol uchun qayg'urmaydigan ma'rifatsiz xalqqa D) Umrini keraksiz mashg'ulotlar bilan o'tkazib, ilm qadriga yetmaydigan yoshlarga 2. Hamza qaysi she'rida boshqa xalqlarning taraqqiy etganiga havas qiladi va o'z illatining ko'zi ochilmasligidan iztirobga tushadi? A) «Yig'la, Turkiston B) «Yaxshi holin yo'qotgan oqibatsiz Turkiston» C) «Dardiga darmon istamas» D) «O'zbek xotin-qizlariga» 3. Hamzaning «Dardiga darmon istamas» she'rida qanday dard haqida so'z yuritmoqda? A) osha kezlarda yurtda keng tarqalgan yuqimli kasallik B) ichkilikbozlik va qimor C) mustamlakachilik va istilo D) ma'rifatsizlik, jaholat 4. «Ozbek xotin-qizlariga» she'ri qaysi janrda yozilgan? A) to'rtlik B) g'azal C) murabba' D) muxammas 5. «Yig'la, Turkiston» she'rida qanday fikr ifodalangan? A) ma'rifatsizlik tufayli qoloqlikda qolgan el ahvoliga achinish B) manfaatparast boylarni qoralash C) mutaasib dindorlarni qoralash D) rus imperatorlarini tanqid qilish Muhammad Ali 1. «Gumbazdagi nur» dostonidagi bosh fikr nimadan iborat? A) On ikki memor fidoyiligini korsatish B) Maqbara oldidagi bola xayolidan otgan voqealar bayoni C) Amir Temurning yaratuvchilik faoliyatini aks ettirish D) A , B javoblar togri 2. Dostondagi: «Asli ular mavzu men uchun, Asli ular dildagi matlab misralarida kimlar nazarda tutilyapti? A) Amir Temur va Muhammad Sultonni B) Gumbazdagi nurga mehr bilan qaraydigan avlodni C) Oz oquvchilarini D) On ikki memorni 3. Muhammad Ali ijodida qaysi mavzu yetakchilik qiladi? A) tarix mavzusi B) vatan mavzusi C) muhabbat mavzusi D) A va C javoblar togri. 4. Doston songidagi «Oldinda xayollar ortda maqbara» misralarini qanday izohlash mumkin? A) inson xayol bilan yurganda qabrlarni kormaydi B) faqat oldinga qarab intilish kerak, otmish unutiladi C) xayol kelajak avlod, maqbara unutilgan otmish D) xayol kelajak ramzi, maqbara esa otmish 5. Men izlab topishni yaxshi korardim. Bu sozlar muallifini aniqlang. A) Muhammd Yusuf B) Muhammad Ali C) Gafur Gulom D) Amir Umarxon 6. Quyidagi adiblardan qaysi biri birinchi sherini uchinchi sinfda oqiyotganida yozadi? A) Ozod Sharafiddinov B) Muhammad Ali C) Z.M.Bobur D) B va C 7. Bitta tushunchadir uy ila Vatan! Quyidagi sozlar muallifini aniqlang. A) Muhammd Yusuf B) Muhammad Yoqub C) Amir Umarxon D) Muhammad Ali 8. Muhmmad Alining ijodi qaysi tuyguni kuylashga bagishlangan? A) muhabbatni B) tabiatni C) vatan ruhiga yogrilgan D) tarixni 9. Muhammad Ali kimning tilidan vatanni sevishga topingiz bardosh, Sevaman! deb sotib yurmang gap, - deya xitob qiladi. A) Amir Temur B) Spitamin C) Robert Byorns D) vatanning tilidan 10. Kimning sherida Samarqand ertakdan ham qadimligi tasvirlangan? A) Muhammad Ali B) Muhammad Yusuf C) Bobur D) A.Navoiy 11. Muhammad Alining birinchi yirik asari qaysi javobda togri berilgan? A) Ulug saltanat B) Sarbadorlar C) Gumbazdagi nur D) Abadiy soginchlar 12. Muhammad Alining quyidagi kitoblaridan qaysi biri xalqimizga ozligini anglashda muhim bir ilmiy-marifiy vosita boldi? A) Oz-ozingni anglab yet B) Gumbazdagi nur C) Oshiq bolmay haq diydorini korsa bolmas D) Abadiy soginchlar 13. Vayron bolgan xotira olim! deb qaysi adib yozadi? A) Muhammad Yusuf B) G.Gulom C) Muhammadali Ahmedov D) Bobur 14. Muhammad Ali nima sababdan Vayron bolgan xotira olim! deb yozadi? A) Xotirasiz kelajak yoq ekanligini yana bir bor isbotlaydi. B) Vatanga bolgan muhabbati tufayli C) Milliy xotiraning yoqolishidan chochiydi. D) Tarixning qorongu sahifalariga nur bagishlagisi keladi. 15. Muhammad Alining tarjima asarlari qaysi qatorda togri berilgan? A) Ramayana B) Nil va Rim C) Pantachapra D) Maxabharat 16. Muhammad Ali hayoti va ijodi haqida keltirilgan quyidagi malumotlardan qaysi biri notogri keltirilgan? 1. Spitamen, Mashrab, Boqiy dunyo sheriy romanlar muallifi; 2. Nasrdagi birinchi yirik asari Sarbadorlar; 3. Amir Temur mavzusini badiiy tadqiq etgan 2005- yil Ulug saltanat romani chop etilgan; 4. Abadiy soginchlar nomli roman-eposini yaratdi. 5. Abadiy soginchlar nomli roman-xronikasini yaratadi. A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 5 D) 2, 4 17. Aylanadi Sirda portana, Gumburlaydi Farhod darasi Yuqoridagi misra kimning qalamiga mansub? A) Muhammad Ali B) Alisher Navoiy C) Muhammad Sulton D) Sh. Orif 18. Qarangiz, O! Fotih, jahongir! Bir mahallar dunyo edi tor Kichik qabr unga keng endi Yuqoridagi misralar orqali Muhammad Ali kimni xotirlamoqda? A) A.Temurni B) Boburni C) Ulugbekni D) Beknazarning ogli 19. Bevafo dunyo! deb yozgan adibni aniqlang? A) Ali Hamdam B) Muhammad Ali C) Muhammad Yusuf D) B va C
1. «Naqarot» hikoyasida bosh qahramon ruhiyatidagi qaysi tuyg'ular to'qnashuvi kuzatiladi? A) majburiyat va ko'ngilxushlk B) vatansevarlik va muhabbat C) qahramonlik va qo'rqoqlik D) diyonat va kufr 2. Yosh zobitning Babinaga ilk bora kelgandagi ruhiy holati aks etgan jumlani belgilang. A) Esim ham ketdi, g'amim ham ketdi B) Chiroq yo'q. Sassiq yog'li bir quum bosgan tunuka qandil sariq va so'nik nur tratadi C) Lekin bu na bir shikoyat, na bir oh bo'ladi! Toti, toza bir xotira... D) Ha, maydondagi qiz bilan ishni gullatib yubordik. 3. Fazilatli bo'lmoq insonning qo'lida emas Lekin istasa, nomusli bo'la oladi.Bu fikrlar kimga tegishli edi? A) yosh zobitga B) harbiy maktabdagi ustozga C) bulg'or qizi Radaga D) zobitning otasiga. 4. Rada kuylagan qo'shiq naqoatining haqiqiy ma'nosi nimaedi? A) Bulg'or yurti izniki va bizniki boiajak B) Seni juda sevaman. Bolqonlardan, Shipkadan oshib keldim yoningga C) Bizniki bo'lajak, Istanbul bizniki bo'lajak D) eni sevaman yosh zobit, lekin sen-la ketolmayman.
1. «Turkiylar» she'ridagi «Turkda bosh qolmadi... qolmadi dovlar» satrlarining ma'nosi qaysi javobda to'g'ri izohlangan? A) barcha turkiylar boshidan judo qilindi, o'ldirildilar B) o'z ona tilida so'zlaydigan o'ylaydiganturklar qolmadi C) yurt boshchilarining barchasi qatl qilindi D) xalqqa bosh bo'ladigan v yurtni o'ylaydiganar qolmadi. 2. «Bormi er yigitlar, bormi er qizlar» ifodasidagi «er qizlar» birikmasi haqidagi qaysi fikr to'g'ri? A) oga tik qaray oladigan, millat uchun kurashadigan B) turmushga chiqqan, oilali C) yosh, balog'atga yetgn D) yoshi o'tib qolga ayollar 3. «Tungi manzara» she'rida «...ora zindon naqadar chuqur» ifodasidagi «qora zindon nimani anglatadi? A) lirik qahramon tashlangan choh B) asir askar qamalgan joy C) lirik qahramonning tushkun, g'amgin holti D) tunda adashgan yo'lovchi iziroblari 4. «Tong ochar ko'zlarim... she'rida qays obrazga salbiy munosabat kuzatiladi? A) orgimchak B) xonqizi C) qurbaqa D) chigirtka.
1. Lirik turga mansub asarlarda qaysi xususiyat asosiy orin tutadi? A) shaxsning ichki tuygulari B) ruhiy kechinmalar C) ichki sezimlar D) barchasi 2. Badiiy asarlarda tabiat nechoglik keng tasvir etilmasin doimo u qanday daraja kasb etadi? A) vosita B) sabab C) kotarinki roh D) oquvchi diqqatini tortuvchi vosita 2-DARS. OYLARIMNING CHEKSIZ OSMONI. (75-132-betlar) Reja: 1. Shukur Xolmirzayev. 2. Ozbeklar. 3. Rauf Farfi. 4. Omon Matjon. 5. Omon Matjon sherlari haqida. 6. Umar Xayyom.
1. Sh.Xolmirzayevning dastlabki kitoblari qachon yozilgan? A) oquvchilik vaqtida B) talabalik yillarida C) harbiy hizmatda D) mehnat foliyati davomida 2. Sh.Xolmirzayevning dastlabki qissasi qanday nomlanadi? A) Qush tili B) Songgi bekat B) Tuproq kochalar D) Oq otli
1. Ergashning hali tanimagan cho'pon xonadoniga birdan ko'nikganligi sababi nimada edi? A) Ergashning bolalikdan chorvadorlik muhitida yashaganligi B) shamollab qolga nida dorilikka ituzum berganliklari C) uni o'rtoqlari bilan mehmonga chaqirishgani D) surxondaryoda qolgan ota-onasiga o'xshaganliklari 2. Hikoyachi Ergashning: «Lekin buni tan olmas edik. Qanday ablah ekanmiz!» tarzidagi iqroriga sabab nima? A) Botir cho'ponning qo'zisini o'g'irlaganlari B) odamlarning faqirona hayotini ko'rib, ko'rmaganga olganlari C) shundoq ham kambag'al oilaning nasibasiga sherik bo'lgan lari D) cho'ponga bor haqiqatni aytmaganlari 3. Hali bola Abduqodirning «Yo'q, Eshimboyning ordeni bor Lekin qo'yi kam...» so'zlarida uning qanday tuyg'ulari ifodalangan? A) hamqishlog'i Eshimboyni yomon ko'rishi B) bolaning Eshimboydan faxrlanishi C) shunday odamlarning qishloqda borligidan quvonishi D) jamiyatdagi adolatsiz likdan noroziligi 4. Paxtadan qaytayotgan Ergash avtobusda nima uchun yig'ladi? A) mehmondo'st oilaga xiyonat qilganlariga B) mashaqqatli og'ir kunlar ortda qolganiga C) qadrdon bo'lib qolgan qishloqdan ketgisi kelmayotganiga D) xalq orasida shunday bag'ri keng, olijanob insonlar borligidan quvonib
1. «Ishq so'zidan kuydi bulbul maskani, Til bilan kuylanmas on» Vatanim» misralari orqali qaysi tuyg'u ifodalangan? A) vatan ishqini yoniq yurak bilan kuylash istagi B) vatan bog'larida bulbul tilidan oshiqona so'z aytish xohishi C) vatan haqida sozsiz sher aytish D) til bilan she'r aytgandan ko'ra, yurakdan qo'shiq aytish tilagi 2.. «Tong otmoqda» she'rida tong o'z ma'nosidan tashqari yana qanday ramziy tushunchani ifodalaydi? A) yorqin kelajak B) ozod hayot C) erkin turmush D) barcha javoblar to'g'ri 3. Rauf Parfining qaysi she'rida tabiat hodisasi so'zlar shakldoshligi va tovushlar takrori vositasida go'zal ifoda etilgan? A) «Ona Turkiston» B) «Tong otmoqda» C) «Cho'lpon» D) «Yomg'ir yog'ar»
1. «Ko'rdim: Shukur Burhon...» she'rida daho shaxsga kimlar qarama-qarshi qo'yiladi? A) xalq B) san'atni tushunmaydigan tomoshabin C) faqat shaxsiy manfaat dardi bilan yashaydigan olomon D) teatrga kirmaydigan odamlar 2. Olomon so'ziga matnda ma'nodosh bo'lib kelayotgan so'z va iboralarni toping. A) parvosiz harakat B) tirsaklar, qorinlar, ko'krak, yelkalar C) fuqarodan battar fuqaro D) A, B javoblar to'g'ri. 3. Omon Matjonning qaysi she'ri ma'naviy va tabiiy ekologiya mavzusida? A) Qaysi yili ko'klamda... B) Qaysi yili koklamda C) Ochiq derazalar D) Seni yaxshi ko'ra man 4. Qaysi yil ko'klamda... she'ridagi markaziy obraz va uning ramziy ma'nosi berilgan javobni belgilang. A) Jayhun - ekologik falokat ramzi B) Oq bulut - go'zallik C) Xorazm - ko'hna Turon zamini D) Turnalar - ma'naviyat va ezgulik timsoli 5. Karvon qongirogi nomli asar yozgan ijodkorlar qaysi javobda berilgan? A) Usmon Azimov, Mirtemir B) Omon Matjon, Barot Boyqobilov C) Omon Matjon, Mirkarim Osim D) Mirmuhsin, Omon Matjon
1. Ozbek sahnasi yulduzlaridan Shukur Burhonov foliyatiga doir faktlar keltirilgan asar muallifi qaysi qatorda togri berilgan? A) O.Matjon B) R.Farfi C) Mirtemir D) Xayyom 2. O.Matjonning qaysi sherida yomonlarning adovati tufayli ayriliqqa duch kelgan oshiq holati ota mayin ifodalangan? A) Eng songgi xazina B) Qoshiq C) Kordim: Shukur Burhon D) Ochiq derazalar
1. Qaysi tushunchaning ramziy-tasavvufiy ma'nosi noto'g'ri berilgan? A) may - ilohiy ishq B) qadah - may quyiladigan idish C) soqiy - rahnamo, ma'naviy ustoz D) mayxona - sofiylar yig'iladigan joy 2. G'am chekib umrni zoye qilmaslik zarurligi Umar Xayyomning qaysi ruboiysida bayon etilgan? A) G'am behuda chekmagil... B) Loyimni o'zing qorgan esang... C) Ey charx, dilimni bo'yla... D) «Xayyom, gunohga bo'yla...» 3. Umar Xayyom she'rlarini o'zbek tiliga birinchi marta ruboiyning o'z vaznida tarjima qilgan shoir kim? A) Shoislom Shomuhamedov B) Erkin Vohidov C) Jamol Kamol D) Abdulla Oripov 4. «Ul yorki, dilim...» ruboiysida qaysi fikr o'z ifodasini topgan? A) olamdan shikoyat, norozilik B) oshiqning doimo sadoqatli borishi lozimligi C) ma'shuqaning oshiqni ko'p zor etganligi D) insonning savob-u gunohlari oldida hayronliklari 5. Sharqda devon yozish uchun quyidagi qaysi qoida va tartiblarga rioya qilingan? 1. Gazallar alifbo tartibida joylashtiriladi. 2. Alifboni belgilashda misraning boshidagi harf hisobga olinadi. 3. Alifboni belgilashda misra oxiridagi harf hisobga olinadi. 4. Barcha harflarga tugaydigan gazallar bolishi shart. 5. Debocha bolishi shart. 6. Har bir devonda 10 dan ortiq janrlar qollanishi shart. A) 1, 2, 5 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 3, 4 6. Umar Xayyom ruboiylarini birinchi marta «hazaj» bahrining «axrab va axram» tarmoqlariga ogirgan tarjimon qaysi javobda berilgan? A) Erkin Vohidov B) Shoislom Shomuhamedov C) Jamol Kamol D) Abdurauf Fitrat 7. Kongil shishasida mehring mayidir, Jafo birla anga tosh urmoging ne? Baytda qanday sheriy sanat qollangan? A) tarse B) ishtiqoq C) tazod D) mubolaga 3-DARS. MUQADDAS TUYGUNING JILVASI. (134-220-betlar) Reja: 1. Ravshan (dostondan parcha). 2. Ravshan dostoni haqida. 3. Badiiy obraz haqida. 4. Atoyi. 5. Sheriy sanatlar gazal korki. 6. Abdulla Qodiriy. 7. Hamid Olimjon. 8. Zulfiya. 9. Lirika haqida. Ravshan (dostondan parcha) 1. Xalq dostonlarida qahramonning harakati tezlashgan holatlar necha bo'g'inli barmoq vaznida kuylanadi? A) yetti hijoli vaznda B) to'qqiz bo'g'inli vaznda C) sakkiz bo'g'inli vaznda D) besh hijoli vaznda 2. Nima uchun Avazxon qizini Ravshanga berishni istamadi? A) manmanligi sababli Avazxon o'zini Hasanxondan ortiq hisoblardi B) Ravshanni u qadar o'ktam va ko'rkam yigit deb bilmasdi C) Gulanor boshqa yigitni sevardi E) Ravshanning Zulxumorni sevishini bilardi 3. Uzukni ko'rgan Zulxumor nima uchun Ravshanni huzuriga kiritib, qabul qildi? A) uzukning qimmatbaho ekanligini sezdi B) uzukning sehrliligini ko'rgach, qo'rqdi C) uzukdagi yozuvda o'z qismatini ko'rdi D) Ravshanni tushida ko'rib, sevib qolgandi 4. Aka-uka kallarga xos bo'lgan xarakter belgilarini ko'rsating. A) vatanparvarlik, o'z shohiga sadoqat B) sevgiga sadoqat, vafodorlik C) mardlik, haqiqatgo'ylik, o'z ishiga mohirlik D) o'z onalariga itoat, yumshoq tabiatlilik 5. «Shunday niginga qarasa, niginning yuzida xati bor, yer yuzida jami parini bandiga olgan bandi bor, olam mamlakatiga bermaydigan xosiyati bor, har yerda suluv barno qiz bolsa, oti bor » Ushbu tilsimli ashyo uchraydigan dostonni korsating. A) «Kuntugmish» dostoni B) «Ravshan» dostoni C) «Malika ayyor» dostoni D) «Alpomish»dostoni 6. Qaysi javobda «Ravshan» dostonining epizodik obrazlari korsatilgan? 1) Kampir ena; 2) Oqqiz; 3) aka-uka kallar; 4) Gulqiz; 5) Maston onasi; 6) 500 nafar mirboz A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 2, 5 7. «Gorogli» turkumidagi dostonda «sher haybatli, yolbars kelbatli, qoplon yurakli, arslon bilakli yigitlar» deb tariflangan qahramonlar nomini belgilang. A) Aynoq kal, Jaynoq kal, Ersak kal, Tersak kal B) Ravshan, Hasanxon C) Avazxon, Hasanxon D) Alpomish, Qorajon
1. Ravshan dostonidagi epizotik obrazlar qaysi qatorda togri berilgan? A) Zulxumor, Ravshan, Unsun B) shirvonlik kampir ena, aka-uka kallar C) Oqqiz, Maston ona D) Sohibjamol, Zulxumor, Ravshan 2. Obraz qanday xususiyatlar majmuidan iborat boladi? A) timsol va tushuncha majmuidan iborat boladi B) tor manoli tushunchalar majmuidan iborat boladi C) obrazda hayot manzarasi mavjud boladi D) A, B 3. Soz sanatkorlari hayotni nimalar vositasida tasvirlaydi? A) epizotik timsollar yordamida tasvirlaydi B) badiiy timsollar vositasida C) orzu armonlar orqali tasvirlaydi D) manzaralar tasviri orqali
1. Badiiy obraz haqida bildirilgan qaysi fikr togri? A) badiiy adabiyotdagi insonning alohida shakli B) obraz ayni paytda umumlashma xususiyatga aloqador boladi C) hissiy tasir kuchiga ega bolgan surat D) barcha javoblar togri 2. Adabiyotning tasvir mavzusi haqida qaysi qatorda togri izoh berilgan? A) obraz B) badiiy soz C) inson D) narsa va hodisalar tasviri 3. Obrazlarning oziga xos bolinishi qaysi qatorda togri berilgan? A) bosh obraz B) epizotik obraz C) togri javob berilmagan D) A, B 4. Adabiyotshunoslik ilmida markaziy tushuncha nima? A) inson B) obraz C) narsa va hodisa D) tasvir
1. Atoyi g'azallarining asosiy mavzusi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan? A) pand-nasihat B) tabiat go'zalliklari tasviri C) dinni targ'ib qilish D) inson go'zalligi va ilohiy muhabbat tasviri 2. «Tamanno qilg'ali la'lingni ko'nglum, kishi bilmas onikim qoldi qanda» bayti orqali anglashiladigan ma'noni toping. A) og'iz torligi va labning qizilligi B) la'lni topish orzusi C) kishilarning la'lning qayerdaligini bilmasliklari D) ko'ngilda boylikka zarracha ishtiyoq yo'qligi 3. G'azallarda ishi zulmkorlik, sitamgarlik sifatida ta'riflanadigan obraz qaysi? A) oshiq B) ma'shuqa C) raqib D) gul
1. Adabiyotshunoslikda juda borttirish yoki ota kuchaytirib tasvirlash A) mubolaga B) tajnis C) tarse D) talmeh
1. Anvarning: «...zero, zulmi naqadar kuchaysa, uning umri shuncha qisqa bolishi tajribalar bilan sobitdir», - sozlari kimga nima maqsadda aytilgan? A) Xudoyorxonga Sultonalini ozod qilishini sorab B) Ranoga sabr qilish zarurligini tushuntirish uchun C) Abdurahmon domlaga tanbeh berish maqsadida D) Sultonaliga qochish togrisida maslahat sorab 2. Anvarni oz ixtiyori bilan xon huzuriga borishdan qaytarolmagan Qobilboy nima uchun ukasining xayrlashuviga javob bermay chiqib ketadi? A) maslahatlashmoq uchun dostlarining oldiga ketgandi B) oz jonini qutqazish uchun tez ketib qoladi C) nima qilishini bilmay gangib qolgan edi D) dostlari bilan ahdlashganday ukasini qutqarish haqida oylagandi 3. Xon tomonidan Anvar olimga buyurilgan lavhada kimning xatti-harakatini jasorat sifatida baholash mumkin? A) Muhammad Niyoz B) Sultonali C) Jallod D) Xudaychi 4. Qobilboy va uning ikki dosti qanday qilib Anvarni qutqarishga muvaffaq bolishdi? A) jazo maydonida yasovullar oz edi B) yasovullar ham Anvarning qatlini xohlashmas edi C) tahorat olish bahonasida Anvar ular bilan qochishga muvaffaq boldi D) xalq ularga yordam berdi 5. A.Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romanida yozilishicha, «Raqibni bu qadar jaso ratda korgan Xudoyorxonning kiprik ostlari uchib, soqol tuklari silkindi va bir oz soz topolmagandek tamshanib turdi». Keyin Anvarga qarata nima dedi? A) Tuzumni unutding! B) Chiqar buni, jallod!!! C) Sen bizga xiyonat qilding, it uvli! D) Pusulmonchilik qigonsan-da! Hamid Olimjon 1. «Holbuki tun» she'rining ilk satrlaridagi qaysi so'z muayyan kayfiyat va musiqiy ohangni yuzaga keltirishga xizmat qilmoq-da? A) shag'irlaydi B) vodiy C) vahm D) qorong'u 2. Soyga tushdim, ko'kka chiqdi oy» misrasida qaysi she'riy san'at qollangan? A) ishtiqoq B) tajnis C) mubolag'a D)tazod 3. «Holbuki tun» she'rida qanday holat tasvirlangan? A) tunda butun borliqning uxlashi B) tunda ham to'xtamaydigan hayot C) shoirning yarim kechada ijod qilishi D) kechaning oydinligi, go'zalligi 4. «G'azalning ikkinchi baytidagi «gulg'uncha so'zining ma'nosi nima? A) qosh B) ko'z C) koz D) lab 5. Qaysi javobda «Bolsam» radifli gazal muallifi berilgan? A) Navoiy B) H.Olimjon C) Erkin Vohidov D) Bobur
1. «Sen qaydasan, yuragim» she'rining lirik qahramoni kim? A) ayriliq iztiroblarida o'rtanayotgan ayol B) hayot zarbalariga dosh berolmagan ojiz inson C) farzandini yo'qotgan mushtipar ona D) yorining visoliga yetisholmagan oshiq 2. Nahot, shuncha ma'sum, shuncha pok, Sevishmoqda alam bor shuncha («Ne balo ga etding mubtalo») misralarida «shuncha» so'zining takrori orqali nima ta'kidlanadi? A) sevgining pokiza tuyg'u ekanligi B) muhabbatning oxiri alam bilan yakunlanishi C) sevgining nima ekanligini tushunmaslik D) ayriliqning og'irlig va g'amning cheksiz ligi 3. «Sensiz» she'rida shoira o'lim tufayli ayrilishdan ko'ra bohqa og'ir qismatni afzal bilishi qaysi misrada ifodalangan? A) Birovning azasida yiglayman qon-qon B) Tirik ekan, nega tashlab ketmading? C) Har necha qalqon, Baxtga, bahorga ham, qishga, qayg'uga D Mushkul bo'layotgan shodlik yaratmoq 4. Shoira Zulfiyaning fikricha, sherlar qachon poeziyaga aylanadi? A) matbuotda elon qilinganda B) shaklan va mazmunan gozallashganda C) sherlar ustida qunt va chidam bilan ishlaganda D) minglarcha kishilar oz qalbi va dili bilan his etganda Lirika haqida 1. Lirik turdagi asarlar ham voqiylikning inikosi sifatida yaratilgan bolsada ular boshqa turdagi asarlardan qaysi xususiyati bilan ajralib turadi? A) hayot manzaralari batafsil tasvirlanmaydi B) voqealar tasvirlanmaydi C) tuygular rang-barang boladi D) A, B 4-DARS. SOZ-HIKMAT, SOZ- QUROL. (222-278-betlar) Reja: 1. Turdi Farogiy. 2. Millatni birlikka chorlagan shoir. 3. Abdulla Qahhor. 4. Maxmur. 5. Maxmur hajviyoti haqida. 6. Jahon otin Uvaysiy. 7. Mirtemir. 8. Rasul Hamzatov.
1. «Tor ko'ngullik beklar» g'azalida qaysi fikr ilgari suriladi? A) beklarni o'zaro ahillikka undash B) ozbek xalqini turli urug'larga ajratishdan voz kechish C) milliy birlik, o'zaro totuvlik D) qo'shni davlatlar bilan tinchlikda yashash. 2. Turdi muxammasida shoirning yaxshi zamonlar deb eslayotgan kunlarini qanday izohlash mumkin? A) ma'naviy kamolot, iymon-e'tiqodga doir B) qo'zg'olonchilar bilan birga bolgan paytlari C) yuz urug'ida yuqori nufuzga erishgan damlari D) qo'zg'olon bostirilgach, Xo'janddagi hayoti to'g'risida.
1. Tor kongullik beklar man-man demang deb boshlanuvchi gazal muallifi qaysi qastorda togri berilgan? A) Maxmur B) A.Navoiy C) Farogiy D) H.Olimjon 2. Turdi Farogiyning Tor kongillik beklar man-man demang deb boshlanuvchi gazali qaysi janrda yozilgan? A) tuyuq, qita B) gazal C) muhammas D) fard 3. Turdining qaysi sheri birinchi sher sifatida alohida etiborga molik hisoblanadi? A) Yod mandin kim berur yaxshi zamonlar kordimam B) Bir sarvi azim ayla joyi musulmondir bu mulk C) Tor kongillik beklar man-man demang D) Boshima bir kohi gam 4. Turdining quyida keltirilgan gazallaridan qaysi biri hasbi xol tarzida yaratilgan? A) Tor kongillik beklar man-man demang B) Turdiman C) Yod mandin kim berur yaxshi zamonlar kordimam D) Bir sarvi azim ayla joyi musulmondir bu mulk 5. Keltirar amvojga bahri talotim Turdiman deya faxrlangan shoir qaysi qatorda togri berilgan? A) Turdi B) H.Olimjon C) Maxmur D) A.Novoiy 6. Turdi Farogiy nima sababdan ozini Baxti qaro deb ataydi? A) asarlari elga manzur bolgani uchun B) asarlaridagi diniy qarashlari xalq tafakkurini ozgartirishga xizmat qilganidan C) millatni birlikka chaqiruvchi qarashlarini xalq qollab quvvatlamaganidan D) A, B 7. Quyida keltirilgan adiblardan qaysi birining tirikchiligi igna tishigida\n otayotgan ip kabi qiyin kechgan? A) Fitrat B) Turdi C) O.Matjon D) Cholpon 8. Turdining quyida keltirilgan gazallaridan qaysi birida Bir paytlar yaxshi azmonlar korganini takidlaydi? A) Turdiman B) Yod mandin
C) Tor kongillik beklar
D) A,B javoblar
1. Ellikboshining og'ilga kirib qilgan harakatlaridan maqsad nima edi? A) tasalli berish B) yordam ko'rsatish C) og'rini aniqlash D) tamagirlik 2. Amin Qobil boboga «Yo'qolmasdan ilgari bormidi?», «Qanaqa ho'kiz edi?», «Yaxshi ho'kiz birov yetaklasa keta beradimi?» kabi savollarni nima uchun beradi? A) pristavga xabar yetkazish maqsadida B) Qobil boboning rost gapirayotganini aniqlash uchun C) ellikboshi bergan ma'lumotlarni tekshirish maqsadida D) Qobil boboning ustidan kulish uchun 3. Inson qadri, shaxs erkinligi barcha narsadan ustun ekanligi «Dahshat» hikoyasidagi qaysi jumlada aks etgan? A) hozir kim go'ristonga borib, Asqarponsotning qabriga pichoq sanchib keladi? B) bitta qo'yni nazarlari ilmaydi C) Unsin nokas odam ekan, bitta qo'yni deb... Koshki arziydigan narsa bolsa! D) tag'in nima qilasan Ganjiravonda... 4. «Dahshat» hikoyasida qanday fikr ilgari surilgan? A) erning o'z xotiniga zulm qilishi dahshatli illat ekanligi B) ayolning eriga isyon qilishi fojiaga olib kelishi C) inson erki, shaxs hurligini ulug'lash D) insonning o'zi qodir boimagan ishga qo'l urmasligi 5. A.Qahhorning «Dahshat» nomli hikoyasi qahramoni Unsinga bir odamchalik yordam bergan jumla qaysi qatorda berilgan? A) ganjiravonga jonash umidi B) «Olikning joni yoq» C) «Bismillohir rahmonir rohim» kalimasi D) erining «javob beraman» degani 6. A.Qahhorning qaysi asarida holat va kechinmalar uchun «sovuq ter chimoq», «bir qarich chokkanday bolmoq», «tizzasi qaltiramoq», «tildan qolmoq», «yerga qapishib ketmoq», «lafzdan qaytmaslik», «yuragiga rahna solmoq», «dami ichiga tushmoq», «koz oldiga kelmoq», «kozlari javdiramoq», «kopi ketib ozi qolmoq», «ozini yerga tashlamoq», «yerning qariga yubormoq» kabi xalqona ibora va ifodalar ota mahorat bilan qollangan? A) «Otmishdan ertaklar»da B) «Dahshat»da C) «Sinchalak»da D) «Ogriq tishlar»da 7. Ola hokiz mojarosi qaysi asarda badiiy aks etgan? A) «Otmishdan ertaklar»da B) «Shum bola»da C) «Ogri»da D) «Susambil»da
1. «Hapalak» she'rining deyarli barcha baytlarida qo'llangan she'riy san'atni belgilang. A) tazod B) mubolag'a C) ishtiqoq D) takrir 2. «Hapalak» g'azalida shoir kimga murojaat qiladi? A) allohga B) qishloq oqsoqoliga C) hukmdorga D) xalqning o'ziga 3. Suv topilmaganda tahorat uchun qum, guvalak kabilardan foydalanish islom shariatida nima deyiladi va bu tasvir she'rda nima uchun keltirilgan? A) tayammum - ilojsizlik ifodasi B) g'usl - pokdomonlikni ko'rsatish uchun C) sunnat - pok e'tiqod nishonasi D) farz - taqvodorlikni ko'rsatish maqsadida. 4. Hakim Turobiyning qaysi illatlari she'rda aks etgan? A) mohir tabib bo'lishiga qaramay yolg'onchiligi B) rahmsizligi, yo'lto'sar qaroqchiligi C) xon saroyida jallod vazifasini bajarishi D) tuvak va sumaklar bilan savdo qilishi
1. Sozda sehr bor, sherda esa hikmat bor sheri qaysi asardan olingan? A) Hapalak sheridan B) Yana sherimga sheridan C) Karvon qongirogi sheridan D) muqaddas hadislarning birida 2. Maxmurning Hapalak sheri qaysi janrda yozilgan? A) gazal B) masnaviy C) fard D) tuyuq 3. Maxmurning Hapalak sherida tilla puli qanday manoda qollangan? A) tanga pul B) laqab manosida C) soliq manosida D) togri jovob yoq
1. Uvaysiy g'azalidagi «Vujudim dardga to'ldi, emdi darmonimni sog'indim» misrasidan anglashiladigan ma'noni belgilang. A) dard - kasallik, darmon - dori B) dard -musofirlik, darmon - vatanga qaytish C) dard - zulm, darmon - qasos D) dard - sog'inch, darmon - diydor 2. Shoiraning kecha-yu kunduz o'g'iining nomini takrorlab, uni o'ylab yurishi qaysi ifodada aks etgan? A) Uyimning ziynati, ko'z ravshani... B) Tilimning zikri-yu ko'nglimning fikri... C) Qorong'u bo'ldi olam ko'zima... D) Vujudim dardga to'ldi... 3. Uvaysiy g'azallaridan tashqari yana qaysi she'riy janrda shuhrat qozongan? A) ruboiy B) muxammas C) tuyuq D) chiston Mirtemir 1. «Onaginam» she'rida qaysi tuyg'u izhori berilgan? A) ona oldidagi burchni ado etolmagan farzand armoni B) onasini ko'rgani borolmayotgan o'g'il sog'inchi C) el xizmatida bo'lib, onadan xabar ololmayotgan o'g'il o'tinchi D) umrida onasini ko'rmagan farzand iztiroblari 2. «Onaginam» she'ridagi lirik qahramon onasiga qilolmagan xizmatni elga qay yo'l bilan baxshida etmoqchi boladi? A) dushmanlarga qarshi kurashi B) ijodi C) tinimsiz mehnati D) muhabbati 3. «Burmalik kuylak ham nimcha-yu g'ijim, Sirg'alar sandiqqa tushdi. Bardosh bu...» satrlari orqali anglatilgan ma'noni toping. A) Toshbuning ayol sifatidagi achchiq iztiroblari B) urush sharoitida bezak, kiyimlar ko'ziga yomon ko'ringanligi C) Toshbuning mavjud sharoitdan noroziligi D) qiyinchilik yillari ularni sotib yubormoqchi bo'lganligi.
1. «Ko'ksimda qo'rg'oshin, quyosh tog'ida, Toglar orasida yotibman bejo» misralaridagi «tog'lar» so'zi qaysi tushunchaga ishora qilmoqda? A) shoirning vatani Dog'istonga B) mavhum bir makon C) ilohiy maskan D) yer sayyorasi 2. «Ona tilim» she'ri qaysi o'zbek shoirining shu mavzudagi she'riga mazmunan va ruhan yaqin? A) Cho'lpon B) Shavkat Rahmon C) Muhammad Ali D) Rauf Parfi 3. «Shu ham erkakmi?» she'rida quyidagi ta'kidlarning qaysi biri uchramaydi? A) subutsizlikni qoralash B) vatan sotqinlariga nafrat C) nodonlikni qoralash D) uzoq safarga chiqish majburiyligi 5-DARS. HAQIQATDIR MENING YULDUZIM! (280-366-betlar) Reja: 1. Alisher Navoiy. 2. Tashbeh, tanosib, irsoli masal haqida. 3. Cholpon. 4. Kochim haqida. 5. Usmon Nosir. 6. Usmon Nosir sherlari haqida. 7. Badiiy adabiyotning turlari. Alisher Navoiy 1. A.Navoiy Yaratganning qaysi amrini birlamchi bilib, «Barchasi bir yon-u, bu bir yon» deb hukmdorga uqtiradi? A) Ilm olishni B) Xalq g'amini yeyishni C) Obodonchilik qilishni D) Ibodat qilishni 2. «Zulm o'zunga fisqdur, ey hushyor, Gum qil ani, bo'lsa sanga hush yor» baytida qo'llanilgan she'riy san'atni toping. A) mubolag'a B) tazod C) tashxis D) tajnis 3. Navoiyning adabiyotshunoslikka oid asarlarini ko'rsating. A) Muhokamat ul-lug'atayn», «Sab'atu abhur» B) Xazoyin ul-maoniy», «Xamsat ul-mutahayyirin» C) «Tarixi muluki ajam», «Xamsat ul-mutahayyirin» D) «Majolis un-nafois», «Me'zon ul-avzon» 4. Navoiy shoh G'oziy orqali kimning timsolini yaratgan? A) Amir Temur B) Temuriy hukmdorlar C) Orzusidagi hukmdor D) Husayn Boyqaro 5. Kampir nima uchun o'z da'vosidan kechib, uzr so'radi? A) Shoh adolatiga iqror bo'lib B) Qo'rqqanligi uchun C) Yanglishganini bilib D) Shohni jazolash mumkin emasligini tushungach 6. Qozining talabiga ko'ra kampir keltirgan ikki guvoh ko'rsatil-gan javobni belgilang. A) Ikki qo'shnisi B) Tasodifiy guvohlar C) Shohning qahri va mehri D) Shohning adolati va insofi 7. Jobir dengizda kemalar ko'ringanidan qanday xabar topardi? A) Diydabonlar orqali B) O'zi kuzatib yotardi C) Nogoh ko'rib qolardi D) Kemadagi josuslar orqali 8. «Mehr» so'zi qizning ismini bildirish bilan birga yana qanday ma'noni anglatardi? A) yulduz B) oy C) shamol D) quyosh 9. Mas'uliyatli damda shaxsiy ishtiyoqi tufayli asirga tushgan obrazni ko'rsating. A) Navdar B) Nu'mon C) Suhayl D) Diydabon 10. «Mehr va Suhayl» hikoyasida qahramonlar ruhiy holati va tashqi tasvirini berishda asosan qaysi rangdan foydalanilgan? A) oq rang B) qora rang C) sariq rang D) qizil rang
1. Unda narsa, belgi va harakat boshqasiga oxshatish orqali tasvirlanadi? A) oxshamish B) vosita C) tashbeh D) tanasub
1. «Go'zal» she'rida lirik qahramon nima uchun o'zini «yo'qsul» deb ataydi? A) Go'zal uni tashlab uzoqqa ketib qolgani uchun B) Yorining visoliga yetolmaganidan C) Go'zalning husni va fazilatlari oldida o'zini qusurli bilganidan D) U istagan go'zalning bu dunyoda yo'qligini bilgandan so'ng. 2. Cholpon qanday yurtni buzilgan o'lka deb ataydi? A) Odamlari o'z o'tmishi va tilini yo'qotgan yurtni B) Amaldorlari manfaatparast bo'lgan mamlakatni C) Mustamlaka asoratiga tushib qolgan va shunga ko'nikkan o'lkani D) Yoshlari boshqa mamlakatga ketishga majbur bo'lgan davlatni 3. «Nega sening qalin tovushing «ket» demaydi ularga» satridagi «qalin» so'zi qaysi ma'noni bildiradi? A) qat'iyatli, isyonkor B) hayiqqan, qo'rquvli C) ehtiyotkor, baland D) kelishuvchan, andishali Kochim haqida 1. Adabiyotshunoslik nazariyasi ilmidagi kochimning turlari qaysi qatorda togri berilgan? A) majoz B) istiora C) ramz D) barchasi 2. Binafsha sherida qaysi adib binafsha sen uchun kokragim erk yeri deya tarif uchradi? A) Gafur Gulom B) U.Nosir C) Asqat Muxtor D) Cholpon
1. Usmon Nosir qaysi tuyg'uni «selday keluvchi», qalbni «jalloddek tiluvchi» deb ta'riflagan? A) nafrat B) ilhom C umidsizlik D) quvonch 2. «Tilim charchar, ajab, gohi Seni tarjima qilmoqdan» satrlarida ifodalangan yurakni tarjima qilishning ma'nosini toping. A) Badiiy ijod B) Tarjima bilan shug'ullanish C) Ilmiy asarlar yozish D) Ko'nglini birovga yozish 3. «Yana she'rimga» she'rining birinchi bandi qaysi shoirning satrlarini yodga tushiradi? A) Navoiy dostonidan parchani B) Zulfiyaning «Oydinda» she'rini C) Cholponning «Go'zal» she'rini D) Atoyi g'azalini 4. Quyidagi misralardan qaysi birida Nasimaga deganim she'ridagi lirik qahramon xarakterini to'laroq ochadi? A) Oldimda kutadir imtihon... B) Baxtliman, janglarga yarasam... C) Silligim bezarar, hech gapmas...D) O'ylanib ko'zingga qarasam...
1. Badiiy asarlar necha turga bolinadi? A) 1 B) 2 C 6 D) 3 2. Bir yoki bir necha odamning hayoti, tagdiri ularning boshqa odamlar bilan munosabati haqida hikoya qiluvchi asrlar A) dramatik asarlar B) lirik asarlar C) epik asarlar D) fantastik asarlar
Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling