Na‘muna o’zbekistonda kapital bozorini rivojlantirish reja: Kirish


Respublika iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy investitsiya va kreditlar


Download 0.49 Mb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1571380
1   2   3
Bog'liq
Kurs ishi na‘muna 3

Respublika iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy investitsiya va kreditlar
( viloyatlar kesimida, 2018- yil)6
1-jadval




Jami investitsiya va kreditlar:

Investitsiya

Kreditlar

To‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa investitsiya va kreditlar:

Investitsiya

Kreditlar

O‘zbekiston Respublikasi

31350

13085

18165

14660,4

13085

1575,4

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1512,1

444,3

1067,8

444,3

444,3




viloyatlar:



















Andijon

878,6

579,4

299,2

758,7

579,4

179,3

Buxoro

4190,1

3845,5

344,6

3845,4

3845,4




Jizzax

392,3

317,6

74,7

317,6

317,6




Qashqadaryo

8339,2

1503,7

6835,5

1503,7

1503,7




Navoiy

3662,1

90,3

3571,8

123,7

90,3

33,4

Namangan

2822,6

453,6

2369

453,6

453,6




Samarqand

384,1

236,4

147,7

242,6

236,4

6,2

Surxondaryo

1788,7

728,8

1059,9

728,8

728,8




Sirdaryo

261,1

140,3

120,8

144

140,3

3,7

Toshkent

1760

1250,4

509,6

1299

1250,4

48,6

Farg‘ona

1250,3

1030,9

219,4

1136

1031

105

Xorazm

355,5

152,7

202,8

152,7

152,7




Toshkent sh.

3753,3

2311,1

1442,2

3510,3

2311,1

1199,2

Joriy yilda asosiy kapitalga investitsiyalarning yuqori o‘sish sur’atlariga erishilishiga katta hissa qo‘shgan Davlat rivojlanish dasturiga kiritilgan yirik investitsiya loyihalari quyidagilar:



  • Tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarishga mo‘ljallangan Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi qurilishi;

  • Buxoro viloyatida: Kandim konlar guruhini ishlab chiqarishga tayyorlash va gazni qayta ishlovchi zavodning qurilishi, Xauzak va Shadi konlarini ishlab chiqarishga tayyorlash, shuningdek Quvachi-Olot konlarini kengaytirish;

  • Qashqadaryo viloyatida: Xisor investitsiya bloki va Ustyurt hududida mahsulotni taqsimlash bo‘yicha bitim asosida konlar bilan ishlash va uglevodorod qazib chiqarishni tashkil etish;

  • Namangan viloyatida To‘raqo‘rg‘on tumanida quvvati 450 MVt dan bo‘lgan ikki bug‘-gaz qurilmasidan tarkib topgan jami quvvati 900 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stantsiyasi qurilishi;

  • Taxiatosh issiqlik elektr stantsiyasida 230-280 MVt quvvatli ikkita bug‘ gaz qurilmasi qurilishi;

  • Navoiy issiqlik elektr stantsiyasida 450 MVt quvvatli 2 bug‘-gaz qurilmasini kengaytirish bo‘yicha qurilish ishlari.

3-rasm

O`sish suratlarini hududlar kesimida ko`radigan bo`lsak, eng yuqori ko`rsatkich Navoiy viloyatida qayd etilganini ko`rish mumkin. Ushbu hududda xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar o`tgan yilning mos davriga nisbatan 5,6 martaga ko`paygan. Eng past o`sish surati Buxoro viloyatida kuzatilib, u o`tgan yilning mos davriga nisbatan bor yo`g`i 36,6 foizni tashkil etdi.(3-rasm)



4-rasm. Jami xorijiy investitsiya va kreditlarda tarmoqlarning ulushi7

Elektr, gaz bilan ta`minlash faoliyati bo`yicha jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 34,2 foizi yoki 10 731,7 mlrd. so`m xorijiy investitsiya va kreditlar o`zlashtirilgan bo`lib, ular asosan yuqorida keltirib o`tilganidek 450 MVt quvvatli 2 bug`-gaz qurilmasini kengaytirish bo`yicha qurilish ishlari, Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumanida umumiy quvvati 900 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektrostantsiyasi qurilishi kabi yirik investitsiya loyihalari bilan bog`liqdir.(4-rasm) Qayta ishlash sanoatida ham katta hajmda xorijiy investitsiya va kreditlar o`zlashtirilib, jami 8352,1 mlrd.so`m yoki jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 26,6foizi o`zlashtirildi. Tog`-kon sanoatida esa u 6159,3 mlrd. so`mni yoki jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida 19,6 foizni tashkil etdi. Bu Sho`rtan gaz-kimyo majmuasida tozalangan metan asosida sintetik suyultirilgan yoqilg`i ishlab chiqarishni tashkil etish, Kandim konlar guruhini ishlab chiqarishga tayyorlash va gazni qayta ishlash zavodining qurilishi va boshqa investitsiyalari bilan bog`liq.




O’zbekistonda kapital bozorni takomillashtirish masalalari.
Iqtisodiyotni modernizasiya va diversifikasiya qilish jarayonlarini chuqurlashtirish, investisiyalarni, avvalambor iqtisodiyotning bazaviy va tarkibiy asosini tashkil etuvchi sohalarga jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunda, iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish, fond bozorini rivojlantirish va sog‘lom raqobat muhitini yaratish faol investisiya siyosatini olib borish, jamiyat va davlat faoliyatining barcha sohalarini jadal va barqaror rivojlantirish uchun asos hisoblanadi.
Shu bilan birga, bir davlat organi doirasida davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi hamda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish funksiyalarining jamlanishi tizimli muammolarning to‘planishiga olib keldi, shu jumladan:
birinchidan, ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning kundalik xo‘jalik faoliyatiga davlat organlari aralashuvining yuqori darajadaligi, bozor tendensiyalariga moslashuvchanlik va sezuvchanlikning yo‘qligi, davlat ishtirokidagi korxonalarning soliq va bojxona, shu jumladan yakka tartibdagi xususiyatga ega bo‘lgan imtiyozlarga haddan tashqari bog‘liqligi;
ikkinchidan, strategik rejalashtirish, xavf-xatarlarni tahlil qilish va boshqarish tizimining yo‘qligi, shu jumladan ishlab chiqarishning past texnik darajasi, ko‘plab ixtisoslikka kirmaydigan aktivlar mavjudligi, moliyaviy resurslarning ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lmagan maqsadlarga yo‘naltirilishi sababli davlat ishtirokidagi korxonalarning investisiyaviy jozibadorligi pastligi;
uchinchidan, davlat aktivlarini hisobga olishning tartibli tizimi yo‘qligi, xususiylashtirish jarayonlarini boshqarish samaradorligining pastligi, faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar va bo‘sh yotgan ob’yektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash uchun institusional salohiyatning sustligi;
to‘rtinchidan, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishi holatlari bo‘yicha o‘z vaqtida va samarali tekshiruvlar o‘tkazish uchun vakolatli organda huquqlar va institusional potensialning yetarli emasligi;
beshinchidan, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning xalqaro standartlar va bugungi kun talablariga javob bermasligi, qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash tizimining yo‘qligi hamda tovar va moliya bozorlarini tahlil qilish usullarining eskirganligi;
oltinchidan, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishining oldini olishga doir korporativ standartlarni (monopoliyaga qarshi komplayens) joriy etish bo‘yicha tizimli ishlarning, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat huquqi va siyosati, shuningdek iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida kadrlarni tayyorlashning barqaror tizimi yo‘qligi;
yettinchidan, mamlakat kapital bozorining hozirgi holati iqtisodiyotning real sektoriga uzoq muddatli va to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shu jumladan xorijiy investisiyalarni jalb etish bo‘yicha mavjud imkoniyat va salohiyatdan foydalanishga imkon bermayapti, ko‘zlangan islohotlarni samarali amalga oshirish va respublikani jadallik bilan innovasion rivojlantirishga to‘siq bo‘lmoqda.
Institusional va tarkibiy islohotlarni jadallik bilan amalga oshirish, davlat aktivlarini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, kapital bozorining ishonchli ishlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4127-son qarori qabul qilindi. Bu esa O’zbekiston Respublikasida Kapital bozorni takomillashtirishning asosiy masalalaridan biri bo’ldi.
Agentlik qimmatli qog‘ozlar bozori va lotereyalar tashkil etish faoliyatini tartibga solish, shuningdek, korporativ boshqaruvni rivojlantirish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi. Agentlik o‘z vakolatlarini mustaqil ravishda hamda barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil holda olib boradi va o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga bo‘ysunadi va hisobot beradi.
Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, ushbu Nizomga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik subyektlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi majburiydir. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, banklarda hisob-kitob va, shu jumladan, valyuta hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida: to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, qisqartirilgan nomi — Kapital bozori agentligi;
b) ingliz tilida: to‘liq nomi — The Capital Markets Development Agency of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — CMDA;
v) rus tilida: to‘liq nomi — Agentstvo po razvitiyu rinka kapitala Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agentstvo rinka kapitala.
Agentlik tuzilmasiga: Agentlikning markaziy apparati; “Fond bozorining Axborot-resurs markazi” DUK; Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari kiradi.
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: qimmatli qog‘ozlar bozori va korporativ boshqaruvni shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash; qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirayotgan investorlar, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash; qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi hamda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; mamlakat kapital bozorining holati va uning professional ishtirokchilari to‘g‘risida investorlarni va jamoatchilikni keng xabardor qilishni tashkil etish; investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun zarur resurslarni jalb etishga imkon beruvchi moliyaviy vositalarning yangi turlarini tatbiq etishga ko‘maklashish; fond birjalarining faoliyati, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat va lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash; kapital bozorini rivojlantirish va tartibga solish masalalari bo‘yicha xorijiy va xalqaro institutlar bilan samarali hamkorlik o‘rnatish.
Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) qimmatli qog‘ozlar bozori va korporativ boshqaruvni shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash sohasida: kapital bozorini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi; ushbu sohada yagona davlat siyosati yo‘nalishlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozori nazorat qilinishi va tartibga solinishini amalga oshiradi; aksiyadorlik jamiyatlarida, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar emitentlari faoliyatida korporativ boshqaruv standartlarining rivojlanishi va oshishini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi hududida milliy va xorijiy emitentlarning qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va samarali muomalada bo‘lishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlovchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi; milliy emitentlar qimmatli qog‘ozlarining, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalari bundan mustasno, chet elda va xorijiy emitentlar qimmatli qog‘ozlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lishi shartlari va ruxsat berish tartibini belgilaydi; qimmatli qog‘ozlar va ular hosilalarining chiqarilishi, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy emitentlar amalga oshiradigan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini amalga oshiradi; respublikada ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarishlarning, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari sifatida faoliyatga litsenziya olgan yuridik va jismoniy shaxslarning Yagona davlat reyestrini yuritadi hamda ularning ro‘yxatlarini e’lon qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Markaziy depozitariy xizmatlari uchun tariflar miqdorini tasdiqlaydi; qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni amalga oshirish qoidalarini, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish hisobi va hisoboti standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazilishining to‘g‘riligini nazorat qiladi hamda qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari faoliyati ustidan, xorijiy emitentlarning qimmatli qog‘ozlari O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlar bozoriga muomalaga qo‘yilishi qoidalari hamda kvotalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va ushbu qoidalar va kvotalarni buzuvchilarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni qo‘llaydi; davlat ro‘yxati tartibotidan o‘tgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga identifikatsiya tartib raqamlarini beradi; qimmatli qog‘ozlar muomalada bo‘lishini hisobga olish va hisobot berish, tartibga solish bo‘yicha talablarni ishlab chiqadi va belgilaydi; emissiyali qimmatli qog‘ozlarni (davlat qimmatli qog‘ozlaridan tashqari) muomalaga chiqarish qoidalarini, qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazishni hisobga olish va hisobot berish standartlarini, qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrlarini va qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni hisobga olish registrini yuritish tartibini tasdiqlaydi; o‘z mablag‘lari yetarliligining majburiy normativlarini va qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bo‘yicha tavakkalchiliklarni cheklaydigan boshqa ko‘rsatkichlarni, shuningdek, davlat qimmatli qog‘ozlaridan tashqari qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bo‘yicha hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilaydi; depozitli sertifikatlar, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish tartibini kelishadi; tegishli davlat organlari bilan birgalikda qimmatli qog‘ozlar bozorining samarali infratuzilmasini tashkil etishda ko‘maklashadi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari, ularning birlashmalari (uyushmalari)ning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
b) qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirayotgan investorlar, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash sohasida: investorlar va qimmatli qog‘ozlar egalarining korxonani (aksiyadorlik jamiyatini) boshqarishda qatnashishdagi, dividendlar olishdagi huquq va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radi; aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun buzilishlari aniqlanganda qonunchilikka muvofiq chora-tadbirlarni qo‘llaydi; aholi moliyaviy savodxonligining darajasi oshishiga har tomonlama ko‘maklashadi;
v) qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi hamda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida: qimmatli qog‘ozlar bozori va uning ishtirokchilari faoliyatini shakllantirish va tartibga solish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini xabardor qilib, qimmatli qog‘ozlar bozorida tijorat banklarining professional faoliyati doirasida ular ustidan nazorat qilishni amalga oshiradi; qimmatli qog‘ozlar bozorida sug‘urta kompaniyalarining professional faoliyati doirasida ular ustidan nazorat qilishni amalga oshiradi; ilg‘or xorijiy tajriba asosida korporativ boshqaruvni qurish va takomillashtirishning metodologik prinsiplarini ishlab chiqadi; qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi hamda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan hollarda ular bo‘yicha ijro etish majburiy bo‘lgan xulosalar va ko‘rsatmalar beradi, qonunni buzuvchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq jarimalarni va boshqa ta’sir choralarini qo‘llaydi; g) mamlakat kapital bozorining holati va uning professional ishtirokchilari to‘g‘risida investorlarni va jamoatchilikni keng xabardor qilishni tashkil etish sohasida: qimmatli qog‘ozlar va ularning emitentlari to‘g‘risidagi axborotning to‘liq ochilishi va uning tushunarli bo‘lishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; axborot tizimini tashkil etish, qimmatli qog‘ozlar bilan ishlashni avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi; ommaviy axborot vositalari va (yoki) o‘zining rasmiy veb-saytida quyidagi axborotni o‘z ichiga olgan har yillik hisobotlarni chop etadi: ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi to‘g‘risida va ularning chiqarilishi, joylashtirilishi va muomalada bo‘lishi to‘xtatib turilgan hamda qayta tiklangan, amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi to‘g‘risida; qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyani berish, uning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida; emitentlar, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, mansabdor shaxslarning qimmatli qog‘ozlar bozorida yo‘l qo‘yilgan qonunni buzishlar munosabati bilan ularga nisbatan qo‘llanilgan javobgarlik choralari va qo‘llanilgan javobgarlik choralarining turlari to‘g‘risida; uning da’volari bo‘yicha chiqarilgan sudning qarorlari to‘g‘risida;
d) investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun zarur resurslarni jalb etishga imkon beruvchi moliyaviy vositalarning yangi turlarini tatbiq etishga ko‘maklashish sohasida: qimmatli qog‘ozlar bozorining samarali infratuzilmasini tashkil etishda ko‘maklashadi; shu jumladan, jahon tajribasi asosida qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishiga xizmat qiluvchi mexanizmlarni ishlab chiqadi va joriy qiladi; kapital bozorida yangi qarz, hosila va boshqa moliya vositalarini tatbiq etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi; qimmatli qog‘ozlar bozori va boshqa moliya vositalarining konyunkturaviy tahlili va nazoratini o‘tkazadi;
e) fond birjalarining faoliyati, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat va lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash sohasida: fond birjalari va qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatga, shuningdek, lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatga litsenziya beradi; qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining reyestrini yuritadi; qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyati masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi; qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtiradi, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirishga yagona talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari mutaxassislariga nisbatan malaka talablarini belgilaydi, ularni attestatsiyadan o‘tkazadi, malaka attestatlarini beradi; qimmatli qog‘ozlar egalari reyestri va hisobga olish registri yuritilishiga talablarni belgilaydi, ularga rioya etilishini nazorat qiladi; qonun hujjatlari va normativ hujjatlarning ijro etilishini ta’minlash, qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi, bozorga qo‘yilishi, muomalada bo‘lishi va saqlanishini birxillashtirish, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazishning hisobi va hisoboti, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari faoliyatini nazorat qilish uchun qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari birlashmalari (uyushmalari) faoliyatini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi; qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olgan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari mansabdor shaxslariga nisbatan malaka talablarini belgilaydi; qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun buzilishlari aniqlaganda qonunchilikka muvofiq choralarni qo‘llaydi; lotereyalarni tashkil etish va o‘tkazish shartlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi; lotereyalarni amalga oshirish va o‘tkazish bo‘yicha talablarning rioya qilinishini nazorat qiladi; lotereyalarni o‘tkazish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi; maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda lotereyalarni o‘tkazuvchi tashkilotlar uchun jinoiy faoliyat, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda monitoring olib boradi va ushbu qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi; maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirayotgan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari (banklar va sug‘urta kompaniyalari bundan mustasno) va yuridik shaxslarning jinoiy faoliyat, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga rioya etishlari tekshiruvini o‘tkazadi; olingan materiallar asosida huquqni muhofaza qilish organlari uchun belgilangan tartibda qaror qabul qilish uchun qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, lotereyalar tashkilotchilari tomonidan tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan noqonuniy harakatlar to‘g‘risida axborot tayyorlaydi;
j) kapital bozorini rivojlantirish va tartibga solish masalalari bo‘yicha xorijiy va xalqaro institutlar bilan samarali hamkorlikni o‘rnatish sohasida: kapital bozorini tartibga solishning xalqaro va xorijiy organlari va xalqaro moliya institutlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish yo‘li bilan xalqaro tajribani hisobga olgan holda kapital bozori rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi; qimmatli qog‘ozlarga oid qonunlar va normativ hujjatlar ijrosini nazorat qilish, qimmatli qog‘ozlar ichki va tashqi bozorlarida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazishni birxillashtirish, ular qatnashchilari faoliyatini nazorat qilish, shuningdek, korporativ boshqaruv tizimi bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni muvofiqlashtirish sohasida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solishning xalqaro va xorijiy organlari bilan hamkorlik qiladi.
“Qimmatli qog’ozlarning Markaziy depozitariysi” davlat korxonasining 2019 yildagi faoliyati yakunlari

“Qimmati qog’ozlarning markaziy depozitariysi” davlat korxonasi “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qog’ozlar Markaziy depozitariysi faoliyatini tashkil etish masalalari to’g’risida” gi Qarorida ko’zda tutilgan faoliyatning asosiy yo’nalishlari bo’yicha hisobot davrida quyidagi vazifalarni amalgaoshirdi. 01.01.2020 yil holatiga ko’ra, Markaziy depozitariyda 593 aksiyadorlik jamiyatining 99 209,77 mlrd.so’m nominal qiymatga ega 9 309,53 mlrd.dona qimmatli qog’ozlar chiqarishlari hisobi yuritiladi.


(01.01.2019 yil holatiga: 603 aksiyadorlik jamiyatining 59 439,42 mlrd.so’m nominal qiymatga ega 6 296,97 mlrd.dona qimmatli qog’ozlari). O’tgan yilning shu davriga nisbatan aksiyadorlik jamiyatlari soni 10 taga kamaygan bo’lsada, qimmatli qog’ozlar chiqarishlari hajmi 39 770,35 mlrd.so’mga va tegishli tarzda 3012,56 mlrd.dona aksiyaga ortgan. Markaziy depozitariyda shuningdek, 488,06 mlrd.so’m umumiy miqdorga ega 785,6 ming dona korporativ obligatsiyalar hisobi yuritiladi. Ularning 483,06 mlrd.so’m umumiy miqdorga ega 735,6 ming donasi tijorat banklari tomonidan chiqarilgan.
Investitsiya vositachilari bilan hamkorlik yuritish. Markaziy depozitariy, shuningdek 43 investitisiya vositachilari va ularning mijozlarining qimmatli qog’ozlarga bo’lgan huquqlari hisobini yuritadi.

Investitsiya vositachilari (nominal saqlovchilar) tomonidan xizmat ko’rsatiladigan depo hisobvaraqlari soni ( ming dona)8




01.01.2020 yil holatiga ko’ra, investitsiya vositachilarining depo hisobvaraqlarini ochgan mijozlar soni 725,5 mingni, shu jumladan 60,4 ming yuridik va 665,1 ming jismoniy shaxslarni tashkil etdi. O’tgan yilning ayni shu davriga qiyoslaganda, depo hisobvaraqlari soni 1,8 % ga ko’paygan. (01.01.2019 yil holatiga deponentlar soni 712,8 mingni, shu jumladan 58,7 ming yuridik shaxsni va 654,2 ming jismoniy shaxsni tashkil etgan).01.01.2020 holatiga ko’ra, investitsiya vositachilari tomonidan hisobi yurtiladigan qimmatli qog’ozlarning umumiy hajmi 5 728,7 mlrd.so’m miqdordagi 2 381,6 mlrd.dona qimmatli qog’ozni tashkil etdi.
Investitsiya vositachilari ( nominal saqlovchilar ) tomonidan hisobi yuritiladigan qimmatli qog’ozlar hajmi9



O’tgan yilning ayni shu davriga nisbatan investitsiya vositachilari tomonidan hisobi yuritiladigan qimmatli qog’ozlar hajmi 18,4 % ga ortdi. ( 01.010.2019 yil holatiga qimmatli qog’ozlar hajmi 4 836,8 mlrd.so’m miqdordagi 2 366,9 mlrd.donani tashkil etgan ). Markaziy depozitariy tomonidan hisobot davrida 462,9 mlrd.dona qimmatli qog’ozlar bo’yicha 124 ta birjadan tashqari bitimlar ro’yxatga olingan. Ro’yxatga olingan birjadan tashqari bitimlar bo’yicha depo hisobvaraqlariga 279 ta o’tkazmalar amalga oshirilgan.
Xalqaro hamkorlik
2019 yilning fevralida “Mosaic” axborot-texnologik kompaniyasi (AQSH) vakillari kompaniya tomonidan qimmatli qog’ozlar hisobi bo’yicha ko’rsatiladigan xizmatlar va qimmatli qog’ozlar portfelini boshqarish bo’yicha ishlab chiqilgan dastur mahsuloti taqdimotini namoyish etish maqsadida Markaziy depozitariyga tashrif buyurdilar.
Shuningdek, Markaziy depozitariyda O’zbekiston moliya bozorining rivojlanishiga doir muammolarni muhokama qilish hamda capital bozorini tadqiq qilish uchun texnik vazifa ishab chiqish maqsadida O’zbekistonga tashrif buyurgan Osiyo taraqqiyot bankining maslahat missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
2019 yilning iyul oyida Markaziy depozitariy vakillari AQSH ning Nyu York shahrida Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va O’zbekistonning AQSH dagi elchixonasi tashkilochiligida o’tkazilgan “ O’zbekiston Kapital bozorining imkoniyatlari” mavzusida investitsiya forumida ishtirok etdilar.
Avgust oyining birinchi dekadasida O’zbekiston kapital bozorini rivojlantirish agentligida Markaziy depozitariy bilan hamkorlikda “Klirstrim tizimi bilan tanishuv” mavzusida seminar bo’lib o’tdi. Seminar doirasida markaziy depozitariy hamda “Klirstrim” vakili bilan o’tkazilgan uchrashuvda vakillik hisobvaraqlarini ochish shartlari xususida so’z yuritildi. Markaziy depozitariyda shuningdek, Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki (YTTB) hamda VTA Consulting kompaniyasi ekspertlari bilan Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan 2020-2025 yillarga mo’ljallangan Kapital bozori strategiyasi va “Yo’l xaritasi” ni ishlab chiqishda amaliy yordam ko’rsatish doirasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Xulosa.



Bugungi kun iqtisodiyotida real sektor singari moliyaviy sektor ham alohida dolzarblik kasb etadi. Rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy-iqtisodiy taraqqiyotida va bugungi darajaga erishishlarida moliya bozori shak-shubhasiz muhim ahamiyat kasb etgan. Bunda real sektorni moliyaviy taʼminlash, boʻsh pul mablagʻlarini ishlab chiqarishga yoʻnaltirish, yangi sohalarni oʻzlashtirish, davlat byudjeti defitsitini noinflyatsion yoʻllar bilan mablagʻ jalb qilish orqali qoplash, aholi daromadlarini moliyaviy aktivlar orqali oshirish kabilar alohida ahamiyat kasb etadi.
2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida ham moliya bozorini rivojlantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilganligi ham yuqoridagilar bilan bevosita bogʻliq.
Oʻtgan yili Prezidentimiz tashabbusi bilan Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etilgan edi. Uning asosiy vazifalari ushbu yoʻnalishda tartibni oʻrnatish, mahalliy sarmoyador va investorlarga imkoniyat berib, aksiyalarni sotib olish evaziga iqtisodiyotda qoʻshimcha moliyalashtirish manbalarini shakllantirishdan iborat. Kapital bozori orqali rivojlangan davlatlarning iqtisodiy koʻrsatkichlari koʻtarilayotgani isbotlangan. Taraqqiy topgan davlatlarda nafaqat bank sektori, balki kapital bozori iqtisodiyot ravnaqini taʼminlash va uni moliyalashtirishning asosiy negizi boʻlib xizmat qiladi. Bundan tashqari, xalqning boyligi shu bozorda toʻplanadi, yaʼni aholi, tadbirkorlarning boʻsh pul mablagʻlarini yigʻish orqali ularning daromadini oshirish omili hisoblanadi. Agentlik tashkil etilgunga qadar Davlat raqobat qoʻmitasi huzurida Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi faoliyat yuritib kelgan. Qoʻmita tugatilib, uning negizida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurash davlat qoʻmitasi va Kapital bozorini rivojlantirish agentligi kabi uchta mustaqil organ tuzildi.
Mamlakatimiz qariyb oʻttiz yil mobaynida rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyoti tomon bosqichma-bosqich oʻtish jarayonini boshidan kechirdi. Bozor iqtisodiyotining eng muhim institutlaridan biri boʻlgan kapital bozori esa shakllanish bosqichida qoldi. Oʻzbekiston bugungi kunda kapital bozorining rivojlanganlik darajasini belgilovchi xalqaro reytinglar boʻyicha eng pastki pogʻonada turibdi. Soha mutaxassislarining fikricha, izchil va samarali islohotlar boʻlganda dastlabki bosqichdan rivojlangan bosqichgacha oʻrtacha 20-25 yil talab etiladi.
Kapital bozori holatini tahlil etsak, Oʻzbekiston iqtisodiyoti, asosan, kreditlar orqali moliyalashtirilgan. Bizning birinchi vazifamiz shuki, kapital bozorni bank kapitalizatsiyasining yarmiga teng boʻlgan darajada rivojlantirib, uning sifatini oshirmoqchimiz. Dunyoda kapital bozorni rivojlantirish boʻyicha har xil modellar mavjud. Bular orasida anglo-sakson tizimi juda mashhur hisoblanadi. Nyu-York, London, Hongkong kabi kapital bozorlari ushbu modelda faoliyat olib borayotgan ilgʻorlar sanaladi. Bu modelga muvofiq, iqtisodiyotni moliyalashtirish manbalarining deyarli yarmi shu bozorlarda shakllanadi. Misol uchun, AQSHda qimmatli qogʻozlar bozorida kapitalizatsiya 30 trillion AQSH dollariga yaqin boʻlib, bu mamlakat YAIM (taxminan 19 trillion dollar) summasidan ancha baland. Oʻzbekistonda esa YAIM taxminan 400 trillion soʻm yoki 50 milliard AQSH dollariga yaqin. Kapital bozoridagi erkin mablagʻ aylanmasi YAIMning 0,5 foiziga ham teng emas. Mamlakatda bu borada juda katta salohiyat mavjudligini isbotlaydi. Yaʼni investitsiyalarni aksiyalar, obligatsiya orqali jamlashga imkoniyatimiz bor.
Tasavvur qiling, bir korxona shartli balansga (aktiv va passivlari) ega, deylik. Har bir tadbirkor ishini rivojlantirish yo boshlash uchun qoʻshimcha pul jalb etishi kerak. Koʻpincha bu pul korxona rahbari, biznes egasining puli boʻladi, boshqa holatlarda pul qarzga olinadi. Kredit liniyalari orqali moliyalashtirish manbasini topish yaxshi rivojlanyapti, ammo biznesda sherikchilik jamiyatimizda ommalashmadi. Hamkorlar orqali shaxsiy biznesga koʻproq mablagʻ jalb etish masalasi yaxshi rivojlanmagan. Bundan tashqari, bozorda professional oʻrtakashlar, agentlar faoliyati talab etiladi. Afsuski, biz kabi rivojlanayotgan davlatlarda shunday imkoniyatlar hali keng emas.
Kapital bozori oʻzi bir nechta tarkibiy qismdan iborat boʻlib, ularning biriga koʻra, korxonalar korporativ obligatsiyalar chiqarib, shu bozor orqali oʻzini rivojlantirish uchun pul jalb qilishi mumkin. Hozirda eng dolzarb masalalardan biri odamlarni ushbu bozorga ishontira olishdir. Bunga amaliy ishlar orqaligina erishish mumkin. Bugungi kunda agentlikning nazorat boshqarmasi tomonidan bevosita aholi, aksiyadorlar bilan muloqotda boʻlib, ularning muammolarini oʻrganishga eʼtibor kuchaytirilgan. 2019 yilda agentlikka 500 dan ziyod murojaat kelib tushgan. Murojaatlar tahlili shuni koʻrsatadiki, arizalarning 70 foiz aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarga dividendlar toʻlanmasligi, 13 foizida esa aksiyadorlarning huquqlarini buzilishi kuzatilmoqda.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash kerakki, bozor qanchalik katta boʻlsa, hamma oʻz mahsulotini oʻsha yerda sotishga qiziqadi. Misol uchun, roʻzgʻorni toʻldirishga otlangan uy bekasi ham kichkina bozorga bormaydi. Imkoniyat boʻyicha katta bozorni afzal koʻradi. U yerda talab va taklif shartlari qulay boʻlishi mumkin. Kapital bozori xarakteri ham shunday rivojlanadi. Biz bozorni rivojlantirmoqchi boʻlsak, muvofiq keladigan modelni tanlash zarur. Bunda global va tayyor infratuzilmaga qoʻshilib, kirishib ketish mumkin. Ikkinchi yoʻlni tanlasak, mahalliy va milliy bozorni rivojlantirish ustida ish olib borish kerak. Bulardan farqli ravishda, uchinchi yoʻl ham mavjud: dunyo infratuzilmasiga qoʻshilib, bir vaqtning oʻzida mahalliy sharoitlarni soddalashtirib borish orqali mahalliy investitsiya oqimini paydo qilish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

I O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
II O’zbekiston Respublikasi Qonunlari. O’zbekiston respublikasi Prezidenti Qarorlari va Farmonlari. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari.

  1. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF 4947-sonli Farmoni.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmoni.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4127-son qarori.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fond bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 19-martdagi PQ-1727-son qarori.

  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son Farmoni.

  6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzurida qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazini tashkil etish to‘g‘risida» 1996 yil 26 martdagi PF-1414-son Farmoni;

  7. Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni.

  8. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojatnomasi. www.prezident.uz.

III Maxsus iqtisodiy adabiyotlar





  1. Malikov T.S. Moliya. O’quv qo’llanma. T. “Iqtisod-moliya” , 2018 y

  2. Sultonov Sh. N, Fozilchayev Sh. Q. “Biznes moliyasi” fanidan O’quv-uslubiy majmua. T: TMI, 2018 y.

  3. Shoxa’zamiy Sh.Sh. “Moliya bozori va qimmatli qog’ozlar”. Darslik,-T: “Fan va texnoligiya”, 2012 y.

  4. Elmirzayev S,Tursunova N va boshqalar. “Moliya bozori”.Darslik –T: “Iqtisod-moliya”, 2019 y.

IV Internet saytlari.





  1. www.lex.uz- O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasi.

  2. www.uzse.uz- O’zbekiston Respublikasi Fond birjasi.

  3. www.stat.uz- O’zbekiston Republikasi Davlat Statistika Qo’mitasi rasmiy sayti.

  4. www.kun.uz- O’zbekiston Respublikasi rasmiy sayti.

  5. https://review.uz

  6. https://Uza.uz


1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida.

2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida.



3O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida.

4 Manba: http://www.stat.uz (O’zbekiston Respublikasi Statistika qo’mitasi rasmiy sayti).



5 Manba: http://www.stat.uz (O’zbekiston Respublikasi Statistika qo’mitasi rasmiy sayti).



6 Manba: http://www.stat.uz (O’zbekiston Respublikasi Statistika qo’mitasi rasmiy sayti).



7 Manba: http://www.stat.uz (O’zbekiston Respublikasi Statistika qo’mitasi rasmiy sayti)



8 “Qimmatli qog’ozlar Markaziy depozitariysi” davlat korxonasining 2019 yildagi faoliyati yakunlari.

9 “Qimmatli qog’ozlar Markaziy depozitariysi” davlat korxonasining 2019 yildagi faoliyati yakunlari.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling