Наргис косимова


Stigma va stigmatizatsiya


Download 0.72 Mb.
bet5/49
Sana05.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1427513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
BMI 23

1.4. Stigma va stigmatizatsiya
Insonning mehnatga layoqatsizligi, yoki bir shaklda boshqa insonlardan farq qilishi uning atrofdagilar bilan munosabatiga, hayotining turli vaziyatlariga albatta ta’sir ko’rsatadi, u haqda noto’g’ri fikrlar shakllanishiga ham olib kelishi mumkin. Bunday kishilarga «noraso», «noqis» kabi yorliqlar yopishtiriladi va ular stigmatizatsiya ob’ektiga aylanishadi. Stigmatizatsiyaga uchragan kishilarda esa o’ziga ishonch susayadi, jamiyatga, atrofidagi boshqa kishilarga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi, o’zini kamsitilgan, xo’rlangan his etadi, depressiyaga tushib qoladi, kelajakka, hayotda nimagadir erishishga bo’lgan ishonch va intilish pasayib ketadi.
«Nogironlar» degan so’z aksariyat hollarda himoyasizlik, o’zgalarning yordamiga muxtojlik, hayotda o’z o’rnini topa olmaslik, o’ziga ishonchsizlik, baxtsizlik, ojizlik sifatida tushuniladi48. Oqibatda, nogironlar ojiz va omadsiz kimsalar sifatida ijtimoiy hayotning ko’plab soha va yo’nalishlaridan chetga surib qo’yiladi. Shaxsga ana shunday baho berilishi uning stigmatizatsiyasiga olib kelishi mumkin.
Nogironlik jamiyat tomonidan kasallik sifatida qabul qilinmasligi hamda inson uchun o’z imkoniyatlarini amalga oshirish yo’lida to’siqqa aylanmasligi kerak. Stigmatizatsiya muammosining mohiyati ana shunda. Stigmatizatsiya (yunon tilidan tarjimada yorliq, tamg’a degan ma’no anglatadi) individlarni ajratib qo’yish, yoki ularga «tamg’a bosish», tashqi belgilariga qarab «tuzalmas», «noqis» kabi ijtimoiy yorliqlarni yopishtirish. Stigmatizatsiya natijasida inson boshqalardan ajratib ko’rsatiladi va jamiyatning boshqa a’zolariga qarama qarshi qo’yiladi. Natijada inson rasmiy yoki norasmiy tashkiliy tuzilmadan tushib qolishi va marginallar safini to’ldirishi mumkin. Agar stigma individ tomonidan qabul qilinsa, u individ xatti-harakatlarini dasturlashtirish va o’zini o’zi dasturlashga ta’sir ko’rsatuvchi omilga aylanadi49.
Stigmatizatsii tushunchasini fanga I. Gofman kiritgan. Goffmanning tahlili jismoniy kamchiligi bor kishilardan boshlanib, keyinchalik asta-sekin boshqa farqlarga o’tadi. Natijada Goffman stigmaning mavjudligi jismoniy va ruhiy jihtdan kamchiligi bo’lgan tor doiradagi odamlarga xos biror bir noodatiy narsa emasligini, balki «oddiy fuqarolar» orasida ham anchagina keng tarqalgan hodisa ekanini qayd etadi. U shunday deydi: «... odatiy odamlarning nisbatan omadliroqlari o’zlarining yarim yashirin kamchiligiga ega bo’ladi, har bir kichik kamchilik uchun ijtimoiy vaziyat mavjud bo’lib, shuning oqibatida u katta kamchilikka aylanib ketishi mumkin»50.
Har qanday, xatto juda arzimas tabiiy yoki ijtimoiy sifat ham stigma uchun sabab bo’lishi mumkin, lekin aksariyat hollarda u xarakter, tashqi ko’rinish va maqomning salbiy qabul qilinadigan xususiyatidir. Shunday qilib, stigma birinchi galda, inson(guruh)ning voqelik yuz beradigan tashqi ijtimoiy muhitda shakllanadigan ijtimoiy belgisidir51.
Stigmatizatsiya muammosi bag’rikenglik muammolari bilan uzviy bog’liqdir. «Bag’rikenglik» atamasi lotin tilidan tarjimada (tolerantia) chidam, sabrlilik degan ma’nolarni anglatadi52. Mazkur tushuncha ijtimoiy va gumanitar fanlarga tibbiyotdan kirib kelgan hamda u tibbiyotda biror bir antigen kiritilganda unga qarshi antijismlarni sintezlay olmaslik (immunologik bag’rikenlik), yoki moddaning qayta kiritilishiga reaksiyaning susayishi, organizmning moslashuvi (ruhiy faol moddalarga bag’rikenlik)ni bildirgan. Aksariyat hollarda «bag’rikenglik» atamasi millatlararo va dinlararo munosabatlarni tartibga solishda qo’llaniladi53. Agar nogironlik ijtimoiy jihatdan jamiyatdagi ijtimoiy kommunikatsiyaning buzilishi sifatida qaraladigan bo’lsa, tabiiyki, nogironlarga aholi toifasi sifatida kamsituvchi ijtimoiy stereotiplarda aks etadigan munosabat yuzaga keladi. Ko’plab ijtimoiy hodisalarning belgili xususiyati haqida gap ketganda, ijtimoiy yorliqlar yopishtirish hodisasini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Bu hodisa bilan kundalik hayotda, mehnat munosabatlarida, siyosatda, san’atda, fanda, xullas, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar murakkab tarzda kesishadigan biror bir jamoa mavjud har qanday joyda to’qnash kelish mumkin.
Nogironlar haqida aholining o’ziga xos toifasi sifatida so’z yuritganda, nogironlarga nisbatan qo’llaniladigan ijtimoiy yorliq odatda salbiy ma’noda bo’lishini qayd etish kerak. Ta’kidlash kerakki, eng keng tarqalgan stigmatizatsiyalovchi mulohazalar orasida «saraton» (34%), «imkoniyati cheklangan odamlar» (10%), «aravaga mixlanib qolganlar» (7%) ko’proq uchraydi. Psixologlrning fikricha, «saraton» atamasi «onkologiya»ga solishtirganda yoqimsizroq va qo’rqinchliroq hisoblanar ekan54. Aksariyat hollarda nogironligi bor insonlarni «imkoniyati cheklangan kishilar» deb atashadi. Garchi bunda aniq bir kishi nazarda tutilsa ham, o’zida sog’lig’ida biror bir kamchilik bo’lgan kishilarning imkoniyati cheklanganini anglatuvchi ma’noni tashiydi. Bunda nogironligi bor kishilarning manfaatlarini inobatga olmaydigan ijtimoiy munosabatlarning mavjud shakli emas, balki sog’liqning o’zi cheklovni keltirib chiqaradi.
Hech o’ylab ko’rganmisiz, nima uchun nogiron ayol, masalan, bolalikdan serebral shol ayolning farzand ko’rishi sog’lom kishilar tomonidan qahramonlik sifatida baholanadi? Yoki umuman ko’rmaydigan kishining parashyutdan sakrashida qahramonlik belgilari mavjudmi? Yoxud avtomashina rulidan nogironlar aravayaasiga o’tirayotgan kishini ko’rganimizda nega uning boshqalar singari avtomobil boshqarish huquqi borligi haqida o’ylamaymiz, balki bunga hayron bo’lib qaraymiz. Nega ana shunday narsalar imkoniyati cheklangan kishilar hayotida ro’y bersa, bunga hayron qolamiz? Axir imkoniyati cheklangan degani imkoniyat umuman yo’qligini anglatmaydiku! Bizningcha, hamma gap jamiyatning sog’lom vakillarining aksariyatida shakllangan nogironmi, demak ishlay, oila qura, farzand ko’ra olmaydi, chunki uning o’zi yordamga muxtoj, degan fikrda55.
Bugungi kunda nogironlar orasida OAV va san’at asarlarida nogironlar timsolining mehribonlik, g’amxo’rlik va homiylik ko’rsatish ob’ekti sifatida aks ettirilishiga qarshilik ko’rsatishga urinish kuchayib bormoqda. Nogironlar yil sayin faol ijtimoiy sub’ektlarga aylanib borishmoqda, nafaqat ta’lim va bandlik sohalarida sog’lom kishilar bilan bir xildagi imkoniyatlarni, balki o’z taqdirlarini o’zlari belgilash huquqini talab qilishmoqda. Nogironlar haqida ijobiy jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun OAVdan foydalanish kerak. Atrofimizdagi boshqalarni ko’rishni va ularga yordam berishni istamaydigan, yoki xatto o’zlarining bepisandliklarini ochiqchasiga namoyon etadigan kishilarning qarashlarini, munosabati o’zgartirish juda ham muhim.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling