Наргис косимова


Nutqida muammosi bor kishilar100


Download 0.72 Mb.
bet27/49
Sana05.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1427513
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49
Bog'liq
BMI 23

Nutqida muammosi bor kishilar100

  1. Nutqida muammosi bor kishilarga e’tiborsiz munosabatda bo’lmang, ularni tushunish sizga ko’proq kerak.

  2. Nutqida muammosi bor kishilar bilan suhbatlashganda ularning gapini bo’lmang. U gapini tugatganiga ishonch hosil qilganingizdan keyingina gap boshlang.

  3. Suhbatni tezlashtirishga harakat qilmang. Nutqida muammosi bor kishilar bilan muloqot odatdagidan ko’ra qo’proq vaqtingizni olishiga tayyor turing.

  4. Suhbatdoshingizning yuziga qarab, vizual aloqani ham ushlab turing. Ushbu muloqotga butun diqqatingizni qarating.

  5. Nutqida muammosi bor kishilarning yonida kimdir kuzatuvchi bo’lib yurgan bo’lsa, savollaringiz, fikrlaringiz va e’tiboringizni o’sha odamga qaratmang.

  6. Suhbatdoshingizning gaplarini tushunmagan bo’lsangiz, o’zingizni tushunganga solib ko’rsatmang.

Jurnalist nogironligi bor kishilar bilan muloqot qilayotganida diqqatni muammoga, nogironlikka emas, balki odamga, uning imkoniyatlari va uni o’rab turgan ijtimoiy muhitga, uning yutuqlariga qaratish kerak. Nogironligi bor kishilar bilan ularni kamsitmagan holda muloqot qilish aynan ana shu prinsiplarga asoslanadi.
Nogironligi bor kishilar bilan muloqot qilish qoidalari
(Mazkur qoidalar AQSh ijtimoiy xizmat xodimlari tomonidan faoliyatlarida qo’llaniladi. Ular AQShning Hammaboplik milliy markazi mutaxassisi Karen Mayer tomonidan ishlab chiqilgan)

  1. Nogironligi bor kishi bilan muloqot qilganingizda uning kuzatuvchisiga yoki surdo tarjimonga emas, balki bevosita o’ziga murojaat qiling.

  2. Nogironligi bor kishi bilan tanishtirishganda uning qo’lini siqib qo’ying. Xatto qo’lida muammosi bor yoki protez qo’ldan foydalanadiganlar o’ng yoki chap qo’lni siqib qo’yishlari mumkin.

  3. Yaxshi ko’rmaydigan odam bilan uchrashganda o’zingizni va siz bilan birga kelgan kishilarni tanishtiring. Agar siz bir guruh odamlar bilan muloqot qilayotgan bo’lsangiz, har safar savolingiz yoki fikrlaringiz aynan kimga qaratilganini aytib o’tishni unutmang.

  4. Agar siz yordam taklif qilsangiz, uni qabul qilishguncha kutib turing, so’ngra qanday yo’l tutsangiz to’g’ri bo’lishini so’rab oling.

  5. Katta yoshlilar bilan xuddi kattalardek muomala qiling. Davradagi boshqa kishilarga ismi sharifini aytib murojaat qilayotgan bo’lsangiz, nogironligi bor kishi bilan ham xuddi shunday yo’l tuting. Nogironlik aravachasidan foydalanayotgan kishilarga alohida e’tibor qaratmang, ularning boshiga yoki yelkasiga qo’lingizni qo’ymang, ismlarini kichraytirib aytmang.

  6. Kimningdir nogironlik aravachasiga suyanib turish aslida uning egasiga suyanib turishni bildiradi, bu esa uning asabiga tegishi mumkin. Aravacha, o’rindiq undan foydalanayotgan kishining daxlsiz hududidir.

  7. Muloqotda muammosi bor kishi bilan gaplashganda uni diqqat bilan eshiting. Sabrli bo’ling, u gapini tugatishini kuting. Uning gaplarini tuzatishga yoki uning o’rniga gapirishga urinmang. Zarurat bo’lganda javobi ham qisqa yoki bosh irg’ab qo’yish yoxud biror bir harakat bilan qaytariladigan savollarni bering. Agar suhbatdoshingizni tushunmagan bo’lsangiz, o’zingizni tushungandek qilib ko’rsatmang.

  8. Agar siz nogironlik aravachasi yoki qo’ltiqtayoqdan foydalanayotgan kishi bilan suhbatlashayotgan bo’lsangiz, ko’zingiz uning ko’ziga tushib turadigan tarzda joylashing, shunda muloqotingiz oson kechadi.

  9. Yaxshi eshitmaydigan kishining diqqatini tortish uchun qo’l silkib qo’ying yoki yelkasiga ohista turting. To’g’ri uning ko’ziga qarab aniq va ravon gapiring. Yaxshi eshitmaydigan odamlarning hammasi ham labdan o’qib olish qobiliyatiga ega bo’lmaydi. Labdan o’qiy oladigan kishi bilan suhbatlashganda, yuzingiz aniq ko’rinadigan, sizga yorug’lik tushib turgan joyga o’rnashing va sizga sigareta, ovqat, qo’llar halaqit bermasligiga e’tibor qarating.

  10. O’zingizni erkin tuting. Bexosdan noto’g’ri gapirib qo’ysangiz xijolat bo’lmang.

  11. Har qanday yordamchi vosita (hassa, nogironlar aravachasi, qo’ltiqtayoq) kimningdir mulki va buni hurmat qilish kerak. Ruxsatsiz ularga tegmang, joyidan olib boshqa yerga qo’ymang.

  12. Nogironligi bor kishi bilan muloqotda garchi uning kuzatuvchisi bo’lsa ham, bevosita o’ziga murojaat qilib gaplashing.

  13. Insonning nogironligiga emas, balki uning shaxsiga yoxud muhokama etilayotgan muammoga e’tibor qarating.

  14. Agar nima qilishni, qanday yo’l tutishni bilmasangiz, buni suhbatdoshingizdan so’rang. Ko’pgina kishilar noqluay ahvolda qolishdan ko’ra savollarga javob berishni afzal qo’rishadi.

  15. Nogironligi bor kishi bilan muloqotga kirishayotganingizda hayajonlanmang. Nogironligi bor va nogiron bo’lmagan kishilarning ham ismi sharifi bor.

  16. Nogironligi bor kishilar ham xuddi nogiron bo’lmagan insonlarni qiziqtirgan mavzu va masalalarga qiziqishlarini yodda tuting.

  17. Odatdagi balandlikda va aniq gapiring. Agar balandroq ovozda gapirishingizni istshsa, o’zlari buni so’rashadi.

  18. Nogironligi bor kishilar o’zlariga nima keragu, nima kerak emasligini, nima yoqishiyu, nima yoqmasligini, nimani uddalay olishlariyu, nimani eplay olmasliklarini yaxshi bilishadi.

  19. Nogironligi bor kishilar jamiyat hayotida ishtirok etishni xohlashadi. Sizning yondoshuvingiz bunga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qiling.

  20. Agar xatoga yo’l qo’ygan bo’lsangiz, odob doirasida uzr so’rang, xatoyingizni to’g’rilang, xulosa chiqaring va muloqtda davom eting.

Jamiyatda nogironligi bor kishining ijobiy va har tomonlama timsolini shakllantirish BMTning «Nogironlar huquqlari to’g’risida» Konvensiyasi talablaridan biri hisoblanadi. Jumladan, Konvensiyaning 8-moddasida shunday deyilgan: «Davlatlar nogironlar haqidagi ijobiy tasavvurlarni va jamiyat tomonidan ularning chuqurroq tushunilishini; nogironlar va ularning huquqlariga bag’ishlangan tarbiyaviy-tanishtiruv dasturlari o’tkazilishini rag’batlantirish majburiyatini oladi».
Nogironligi bor kishilarning iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan qonun va qoidalarni ishlab chiqish ularning jamiyatga integratsiyalashuvining muhim sharti hisoblansada, ammo u yetarli emas. Nogironligi bor kishining ijobiy timsolini yaratmay, stereotip va noto’g’ri qarashlarga qarshi kurashmay turib, nogironligi bor kishilarning jamiyat hayotining barcha jabhalariga to’liq integratsiyasiga va jalb etilishiga erishib bo’lmaydi.
OAV va kinoda nogironligi bor kishining ijobiy timsolini yaratish quyidagilarni anglatadi:
1. Nogironligi bor kishilarning barcha sohalarda teng huquqliligi;
2. E’tibor nogironligi bor kishilarning kamchimligiga emas, ularning qobiliyat va imkoniyatlariga qaratiladi;
3. Nogironligi bor kishilarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtiroki jamiyatning kuchli va xilma xil bo’lishini ta’minlaydi;
4. Nogironligi bor kishi ham xuddi atrofidagilar kabi hayot kechirish, xatto buning uchun maxsus vositlaardan foydalanish talab etilgan holatlarda ham ular bajargan ishlarni bajarish huquqiga ega101.

XULOSA
1. Qayd etish kerakki, nogironligi bor kishilarning jamiyatga integratsiyalashuvi muammosi ommaviy axborot vositalari bilan uzviy ravishda bog’liq. Integratsiya butun jamiyatda insonparvarlikni kuchaytiradi, sarflangan kuchlar esa jamiyatning o’ziga hayotning turli jabhalarida insonlar o’rtasidagi munosabatlarning sifat jihatidan yaxshilanishi tarzida qaytib keladi. Gazetalar, radio, televidenie, Internet nashrlar orqali nogironligi bor kishilarning ijobiy timsolini shakllantirar ekan, jurnalistlar nafaqat jamoatchilik fikrini, balki jamiyatning qadriyatli yo’nalishlarini, jumladan nogironligi bor kishilar hayotining turli tomonlari, ularning imkoniyat va yutuqlari borasidagi qarashlarni ham shakllantirishadi. Nogironligi bor kishilar mavzusini yoritishda «bag’rikenglik jurnalistikasi»ning asosiy qoidalariga tayanish zarur102:
- yetkazib berilayotgan axborotdan/xabardan nogironligi bor kishilar haqidagi noto’g’ri qarashlarni, stereotiplarni, «biz» va «ular» tarzidagi ajratishlarni yo’qotish zarur;
- barchaga taalluqli bo’lgan masalalarga alohida e’tibor qaratish, masalan: me’moriy muhitni o’zgartirish ana shu muhitda yashovchi barchaga birdek taalluqlidir. Shaharsozlikda universal dizayn konsepsiyasini joriy etishga alohida e’tibor qaratish zarur. Binolar nogironligi bor kishilar uchun imkon qadar moslashtirilishi kerak. To’siqlarsiz muhit nafaqat nogironlar aravachasidagi kishilar, balki velosipedchilar, aravachada bolasini olib yurgan onalar, rolik va skeytda uchayotgan bolalar uchun ham harakatlanishni osonlashtiradi. Birgalikda o’qish nogironligi bo’lmagan o’quvchi va talabalarga ta’sir ko’rsatadi, o’quv muassasasi o’qituvchilari va rahbariyatining malakasi haqidagi masalani kun tartibiga olib chiqadi. Ishga joylashtirish masalasi ish beruvchilar va mehnat bozorining boshqa sub’ektlari manfaatlarini aks ettiradi.
- nogironlikni shaxsiy muammo sifatida ko’rsatmaslik kerak: to’siqlar tashqi muhitda mavjud (nogironlik bir kishining kasalligi emas, balki imkoniyatlarini amalga oshirish uchun sharoit yo’qligi bilan bog’liq tashqi muhit effektidir);
- achinish va qahramonlashtirish bitta medalning ikki tomoni («bechora nogiron»ni emas, balki ko’plab iqtidorli kishilarni bor kuchini yaratuvchilikka, ijodga emas, balki shunchaki kun kechirishga sarflashga majbur etayotgan jamiyatga achinish kerak);
- insonni homiylikka olishga chaqirish kerak emas, urg’uni unga imkoniyatlar yaratib berishga qaratish kerak (bu odamlar uchun o’z extiyojlarini qondira oladigan muhit yaratish kerak);
- material kasal tana emas, balki inson haqida bo’lishi kerak («materialda inson bo’lishi, uning tarixi nogironlik tarixini emas, balki insonning tarixini aks ettirishi zarur»).
- foyda keltirish nuqtai nazaridan yondoshuv xavfli. Ko’plab kamchiligi bor kishilar, mental kamchiligi bor kattalar va bolalar tashhisi bois ham jamiyatga foyda keltira olishmaydi. Shu bois foyda haqida emas, balki insonning to’laqonli hayot kechirish huquqi to’g’risida gapirish kerak va bunda urg’uni nogironlik sof ijtimoiy hodisa bo’lib, tashqi muhitning moslashmaganligi, ta’lim olish, ishga joylashishdagi to’siqlar, zamonaviy tibbiyot va iqtisodiyotdagi cheklovlar bilan bog’liqligiga qaratish zarur103.
Nogironlik mavzusidagi munozaralardan shaxsiy munosabatlar masalasi deyarli chiqib ketgan. Hozirda e’lon qilinayotgan materiallardan nogironligi bor kishilar maqbul ijtimoiy darajada bidim olishlari, ishga joylashishlari va sog’lom kishilar bilan muloqot qilishlari kerak, degan xulosa chiqadi.
2. Nogironligi bor kishilarning hayotini, kasbiy faoliyatini, erishgan natijalarini yoritishda OAV birinchi galda nogironligi bor kishilarning o’zlari hamda ularning manfaatlarini aks ettiruvchi jamota tashkilotlari bilan hamkorlik qilishi kerak. Mazkur hamkorlik, nogironligi bor kishilarning fikricha, axborot bilan ishlashning quyidagi prinsiplariga asoslanishi kerak: bir xillik, ishonchlilik, buzib ko’rsatmaslik; to’liqlik; to’g’rilik; ommaboplik; axboriylik; asoslilik; qayta aloqaning mavjudligi.
3. Nogironligi bor kishilar mavzusini yoritish chuqur yondoshuvni hamda jamiyatda qaror topgan noto’g’ri qarash va ijtimoiy stereotiplardan voz kechishni talab qiladi. Ishlatilayotgan so’z va jumlalarga ayniqsa alohida e’tibor qaratish kerak. Zarur bo’lganda so’zlarni nafsoniyatga tegmaydigan, kamsitmaydigan jumlalar bilan almashtirish kerak.
4. OAV sohasi vakillaridan nogironlik mavzusida bilimlarga ega bo’lgan hamda OAV vakillarini uchun mavzu yuzasidan o’qita oladigan va OAVdan nogironligi bor kishilar haqida kelib tushayotgan xabarlarga ekspert sifatida xulosa bera oladigan maxsus guruh tuzish kerak104.
OAVda ishlaydigan mutaxassislar uchun nogironlik mavzusida seminarlar o’tkazilishi ularning bilim va malakalarini oshirishning samarali usullaridan biri hisoblanadi. Butun dunyodagi o’nlab mamlakatlarda ushbu amaliyot keng qo’llaniladi. Bunday yondoshuvni asoslovchi dalillardan biri sifatida aksariyat hollarda aynan ana shunday seminarlarda ilk marotaba OAV jurnalistlari va turli shakldagi nogironligi bor faol kishilar o’rtasida shaxslararo muloqot o’rnatilishi mumkinligi keltiriladi. Shuning o’zi ham odamlarning nogironlikka va nogironlarga bo’lgan munosabatiga ta’sir ko’rsatishning eng yaxshi va eng to’g’ri yo’llaridan biri hisoblanadi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling