Наргис косимова


Parkinson kasalligi


Download 0.72 Mb.
bet30/49
Sana05.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1427513
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49
Bog'liq
BMI 23

5.

Parkinson kasalligi
(qaltirovchi shol, ideopatik parkinsonizm)

Markaziy asab tizimining surunkali rivojlanib boruvchi kasalligi bo’lib, harakat sohasidagi buzilishlarda namoyon bo’ladi; miyaga jarohat yetishi va unda shishlar paydo bo’lishi, zaharlanish, ensefalit oqibatida yuzaga keladi; odatdagi belgilari: qo’l va oyoqlarning qaltirashi, mushaklar tonusining ortiqchaligi, so’lak oqishi, harakat va nutqning susayishi.

6.

Vaqtinchalik nogironlik




Kasallik, shikastlanish yoki rivojlanishdagi kamchiliklar oqibatida yuzaga keladigan organizm funksiyalarining barqaror patalogik buzilishlari keltirib chiqaradigan uzoq muddatga ishga yaroqlilik qobiliyatining to’liq yoki qisman yo’qotilishi.

O’zbekistonda vaqtinchalik nogironlik ma’lum bir vaqtga belgilanadi. Ma’lum bir ijtimoiy omillar ta’siri ostida buzilgan ishga yaroqlilik qobiliyati tiklanishi yoki yanada chuqurlashishi mumkin deb hisoblanadi.

7.

Gerontopsixiatriya markazi


Ijtimoiy xizmat muassasasi bo’lib, surunkali ruhiy kasalliklarga chalingan keksa fuqarolar, shu jumladan nogironlarning doimiy yoki vaqtincha yashashi hamda ularga yoshi va sog’lig’ining holatiga mos keladigan hayot kechirish tarzini yaratib berish maqsadida zarur ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatish uchun mo’ljallangan.

8.

Kar-soqovlik


Eshitish qobiliyatidagi og’ir ko’rinishdagi buzilish va uning oqibatida kelib chiqqan nutqning yo’qligi; aksariyat hollarda tug’ma yoki bolalikda orttirilgan eshitish qobiliyatidagi buzilish oqibatida kelib chiqadi. Bunda maxsus o’qitishsiz (xatto nutq-harakat apparati saqlanib qolgan bo’lsa ham), bola og’zaki nutqni o’zlashtira olmaydi (atrofdagilarning gaplarini eshitmagach, bola ularga taqlid qila olmaydi).

9.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling