1.
| Reabilitatsiya |
Nogiron bola organizmi va qobiliyatlarining jahorat, kasallik yoki boshqa kamchilik tufayli tabiiy rivojlanishi qiyin bo’lgan mavjud funksional tizimlarini rivojlantirish, hamda yangilarini shakllantirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar kompleksi bo’lib, ulardan maqsad muvaffaqiyatli ijtimoiy integratsiyani amalga oshirish.
|
2.
| Afaziya |
Artikulyatsiya apparati va eshitish funksiyalari saqlanib qolgani holda til vositalari va yozuvdan foydalanish qobiliyatining to’liq yoki qisman yo’qotilishida namoyon bo’ladigan nutq faoliyatining tizimli buzilishi; Boshdan kechirilgan kasalliklar va jarohatlar, shishlar, yallig’lanish jarayonlari natijasida bosh miya qobig’ining nutqqa javob beradigan bo’limlarinig lokal shikastlanishi oqibatida yuzaga keladi.
|
3.
|
Ijtimoiy autizm
|
Majburiy ijtimoiy ajratib, yakkalab qo’yish natijasida nogiron turmush tarzining stereotipli usulda kechishida va tegishli ruhiy shikastlanishlar hamda shaxsiy o’zgarishlarda ko’zga tashlanadi.
|
4.
|
Littl kasalligi (spastik diplegiya)
|
Bolalikdan serebral sholning eng ko’p tarqalgan shakllaridan biri bo’lib, qo’l-oyoqlarning, aksariyat hollarda oyoqning shol bo’lib qolishida namoyon bo’ladi, hamda ba’zi hollarda nutqiy hamda aqliy shikastlanishlar bilan birga kechadi; tug’ma jarohatlar, chaqaloqning asfiksiyasi va boshqalar oqibatida kelib chiqadi.
|
|