Наргис косимова


Nogironlar tashkilotlari


Download 0.72 Mb.
bet35/49
Sana05.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1427513
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
Bog'liq
BMI 23

23.

Nogironlar tashkilotlari

Nogironlar, ularning oila a’zolari, ularning do’stlari, qarindoshlari, hamda ularga xayrixoh bo’lgan boshqa fuqarolar a’zo bo’lgan, faoliyati nogironlarning hayotini yaxshilashga yo’naltirilgan tashkilotlar.

24.

Nogironlar sporti (invasport)

Jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi, nogironlar uchun jismoniy tarbiyaning uslub va vositasi, nogironlarning jamiyatga to’laroq ijtimoiy moslashuvi va integratsiyasiga xizmat qiladi.




Inklyuziv ta’lim, inklyuziya.

YuNESKO inklyuziv ta’limni o’quvchilarning turli tumanligiga ijobiy reaksiya hamda ulardagi individual farqlarni muammo sifatida emas, balki bilimlarni boyitish imkoniyati sifatida qabul qilish deb tushunadi. Inklyuzatsiya – bolalarning jinsi, millati, irqi, dini, o’qishda erishgan ilgarigi yutuqlari, sog’lig’i, rivojlanish darajasi, ota-onasining ijtimoiy-iqtisodiy maqomi, va boshqa farqlardan qat’iy nazar umumiy ta’lim jarayoniga integratsiyasi jarayonidir. Inklyuziv ta’lim barcha bolalarning turli tuman extiyojlariga mos keladigan ta’lim makoni yaratish orqali birgalikda o’qitish hamda hamma uchun sifatli ta’limni nazarda tutadi. Xalqaro amaliyotda ruhiy-jismoniy rivojlanishida o’ziga xosligi mavjud bolalarga nisbatan qo’llanilgan «integratsiyalashgan ta’lim» atamasi bu jarayoni barcha bolalarga nisbatan qo’llashni nazarda tutadigan «inklyuziv ta’lim» atamasi bilan almashtirildi. Inklyuziv ta’lim markazida bola va uning turli tuman ta’limiy extiyojlari turgan metodologiyani rivojlantirishga qaratilgan yondoshuvdir.

25.

Integratsiyalangan ta’lim

Nogiron bolalar, rivojlanishida ozgina cheklanish bo’lgan bolalarning sog’lom bolalar bilan integratsiyasi va sotsializatsiyasi jarayonini osonlashtirish maqsadida, ularning birgalikda o’qitilishi. Integratsiyalangan ta’lim kombinatsiyalangan (o’quvchi sog’lom bolalar bilan bir sinfda/guruhda o’qiydi va muntazam ravishda defektolog o’qituvchidan yordam olib turadi), qismli (ba’zi bolalar kunning bir qismini maxsus guruhda, qolgan vaqtlarini esa odatiy guruhda o’tkazishadi), vaqtli (maxsus guruhlarda o’qiydigan bolalar va odatiy sinflarning o’quvchilari birgalikda sayr qilish, bayramlarni nishonlash, musobaqalar o’tkazish uchun birlashadilar), to’liq (rivojlanishida cheklanish bo’lgan 1-2 nafar bola bolalar bog’chasidagi odatiy guruhlarga, sinflarga, maktablarga qo’shiladi, ota-onalar mutaxassislar yordamida ularga tuzatish bo’yicha yordam ko’rsatishadi).


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling