Наргис косимова


Download 0.72 Mb.
bet34/49
Sana05.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1427513
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49
Bog'liq
BMI 23

Depressiya


Salbiy hissiy fon, asoslantiruvchi muhitning, kognitiv tasavvurlarning o’zgarishlari va xatti-harakatlarning umumiy passivligi bilan xarakterlanadigan affektiv holat; sub’ektiv jihatdan inson og’ir, azobli hissiyot va tashvishlarni boshdan kechiradi, intilish, iroda, faollik keskin susayadi; anomal bolalar va nogironlarda defekt bilan bog’liq og’ir hayotiy vaziyatga aks ta’sir sifatida yuzaga kelishi mumkin.

20.

Nuqson



Ruhiy, fiziologik, yoki anatomik tuzilish, yoxud funksiyaning har qanday shakldagi yo’qotilishi yoki undan chetga chiqish.
Defektlar, nogironlik va mehnatga layoqatsizlikning Xalqaro tasnifi, Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Jeneva, 1980 yil

21.

Nogironlik guruhi


Nogironlikning tibbiy-idtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan mehnatga layoqaptni yo’qotganlik darajasiga qarab aniqlanadigan uchta guruhidan biri.
Nogironlikning I-guruhi odatiy sharoitda muntazam mehnat qilish qobiliyatini to’liq yo’qotgan va doimiy parvarishga muxtoj bo’lgan shaxslarga beriladi.
II-guruh nogironligi ham mehnat qilish qobiliyatini to’liq yo’qotgan, lekin o’zganing parvarishiga muxtoj bo’lmagan shaxslarga beriladi.
III-guruh nogironlik mehnatga layoqatini qisman yo’qotgan shaxslarga beriladi.

22.

Nogiron



Jismoniy yoki aqliy kamchiligi bo’lgani bois hayotiy faolligi cheklangan va ijtimoiy himoya hamda yordamga muxtoj bo’lgan shaxs. Shaxsning hayotiy faolligining cheklanganligi uning o’z o’ziga xizmat qilish, harakatlanish, yo’nalish olish, muloqot qilish, o’z xatti-harakatini nazorat qilish, shuningdek mehnat faoliyati bilan shug’ullanish qobiliyatini qisman yoki to’liq yo’qotishida namoyon bo’ladi.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling