26.
|
Reabilitatsiyada musiqiy terapiya
|
Ijtimoiy-madaniy reabilitatsiya texnologiyasi bo’lib, unda nogiron shaxsiga ruhiy-pedagogik va davolash-sog’lomlashtirish tuzatishlarini kiritish, uning ijodiy qobilityatlarini o’stirish, dunyoqarashini kengaytirish, ijtimoiy-moslashuv qobiliyatlarini faollashtirish maqsadida turli musiqiy vositalardan foydalaniladi.
|
27.
|
Mutizm
|
Nutq apparati faoliyati saqlanib qolgan bo’lsada, faol muloqotdan voz kechish, atrofdagilar bilan nutqiy muloqotning bo’lmasligi; nutqning funksional kelib chiqishga ega buzilishidan iborat: bemor o’ziga qaratilgan nutqni to’liq tushunadi, ammo mutlaqo gapirmaydi, yozuv yoki imo-ishoralar vositasida muloqotga kirishadi. Mushak distrofiyasi asab-mushak tizimining irsiy kasalligi bo’lib, dastlab mushaklarning zaralanishi va kasallikning zo’rayishi bilan kechadi.
|
28.
|
Nogiron emas
|
Nogiron bo’lmagan kishi. Bu atamadan aksariyat hollarda «sog’lom odam» degan birikmani qo’llashdan qochish uchun foydalaniladi.
|
29.
|
Mehnatga layoqatsizlik
|
Jamiyat hayotida boshqalar bilan birdek ishtirok etish qobiliyatining yo’qolishi yoki cheklanishi. Bu atama nogiron va uning atrofidagilar o’rtasidagi munosabatni aks ettiradi. U nogironlarning jamiyat hayotida boshqalar bilan tengma teng ishtirok etishlarini cheklovchi, jumladan axborot, aloqa, ta’lim sohalaridagi atrofdagi kamchiliklar va jamiyat faoliyatining ko’plab xususiyatlarini aks ettirish uchun qo’llaniladi.
Nogironlar uchun teng imkoniyatlarni yaratish bo’yicha standart qoidalar
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |