Наргис косимова


Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza


Download 0.72 Mb.
bet40/49
Sana05.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1427513
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49
Bog'liq
BMI 23

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza


Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza fuqarolarning nogironlik sababi va darajasini, mehnatga layoqatning yo’qolganlik darajasini aniqlovchi, ularning reabilitatsiyasi turlari, hajmi, muddatlarini va ijtimoiy himoya choralarini belgilab beruvchi ekspertiza. Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza fuqarolarning bandligini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar beradi.

44.

Nogironlar va bemorlarni sug’urtalash bo’yicha Xalqaro uyushma


1927 yilda tashkil etilgan Nogironlar va bemorlarni sug’urtalash bo’yicha Xalqaro uyushma. Bir qator Yevropa mamlakatlari sug’urta kompaniyalarining xalqaro assotsiatsiyasi. Assotsiatsiyaning maqsadi sog’lig’i yomonlashgan va bemor kishilar hayotini sug’urta qilish masalalarida statistik va moliyaviy tajriba almashishdan iborat.

45.

Nogironlik nafaqasi



Qonunchilikda o’rnatilgan tartibda I va II-guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.
Nogironlik sabablari va guruhi, nogironlik boshlangan vaqt va nogironlik belgilanayotgan muddat tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi. Kasbiy mehnatga layoqatni yo’qotganlik darajasini tekshirish va aniqlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalari tomonidan fuqarolarni tekshirish, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqatni yo’qotganlik darajasini aniqlash tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida» 2011 yil 1 iyuldagi 195-son qarori bilan belgilab qo’yilgan.
Ish jarayonida shikastlanganlik yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik uchun nafaqa ish stajidan qat’iy nazar tayinlanadi.
Umumiy kasallik oqibatidagi nogironlik uchun nafaqa «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasi 2-qismi bilan o’rnatilgan talab asosida nogironlik kelib chiqqan vaqtdagi ish stajiga qarab belgilanadi.

46.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling