Narmativ shartnomalar huquqning maxsus manbai sifatida Reja


Download 27.72 Kb.
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi27.72 Kb.
#1526203
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Narmativ shartnomalar

HUQUQ MANBALARI.
Huquq manbasi davlat irodasini muayyan huquqiy normativ hujjatlar, qonun aktlarida ifodalash, bayon qilish usuli va shaklidir. Huquqshunoslik fanida huquq manbalarini quyidagi 4 shakli qabul qilingan:
1. huquqiy odat;
2. sud pretsedenti;
3. normativ huquqiy hujjat;
4. xalqaro shartnoma.
5. Huquqiy odat - bu jamiyat a’zolari tomonidan uzoq vaqt qo’llanilishi, doimiy takrorlanishi natijasida jamiyat tomonidan qabul qilingan xulq-atvor normasiga aylangan va keyinchalik davlat tomonidan tasdiklangan qoidaga aytiladi. Huquqiy odat insoniyat jamiyati rivojlanishining qadimgi va o’rta asr davlatlarida faol qo’llanilgan huquqning eng qadimgi shakli bo’lib, hozirgi vaqtga kelib amalda o’z kuchini yo’qotgan. Lekin odat normalari huquqning rivojlanishiga va uning qo’llanish amaliyotiga ma’lum ta’sir ko’rsatadi.
Har bir davlat, jumladan O’zbekiston davlati ham qonunlar, kodekslar qabul qilishda milliy xususiyatlarni hisobga oladi.
Oila kodeksi bo’yicha nikoh yoshi belgilanayotganda xalqning urf-odatlari, shaxsning rivojlanish darajasi hisobga olindi.
YUridik pretsedent sudning umummajburiy ahamiyatga ega bo’lgan aniq bir ish bo’yicha qaroridir.
Normativ huquqiy akt - hozirgi kunda eng muhim bo’lgan huquq shaklidir. Normativ huquqiy akt vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan yuridik huquqiy hujjati bo’lib, umummajburiy xulq-atvor qoidalarini o’z ichiga oladi. Normativ hujjatlar huquqiy normalarni belgilab beradi, o’zgartiradi va bekor qiladi. Ularda belgilangan qoidalarning mazmuni bayon etiladi. Belgilangan normalarga umummajburiy tus beradi yoki ilgari belgilangan normalarning amalda bo’lishini bekor qiladi.
Normativ huquqiy hujjatlarning turlari davlatning qaysi organi tomonidan qabul qilinganligiga qarab belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasida huquq manbalari. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlariga asosan har bir vakolatli davlat organi qat’iy belgilangan huquqiy normativ hujjatlarni chiqarish huquqiga ega.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Konstitutsiyaning 84-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunlar Qonunchilik palata tomonidan qabul qiladi, Senat tomonidan ma’qullanadi. Qonun Respublika Prezidenti tomonidan imzolngach, qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e’lon qilinadi va kuchga kiradi. Bu esa qonun qo’llanilishining majburiy shartidir. Qonunlar o’z ahamiyati va maqsadiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
Ø Asosiy qonun - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
Ø Konstitutsiyaviy qonunlar, ya’ni Konstitutsiyaga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish kuchiga ega bo’lgan qonunlar;
Ø Joriy qonunlar - hozirgi kunda amalda bo’lgan, hayotning eng muhim sohalarini tartibga soluvchi va o’z kuchiga ko’ra Konstitutsiyadan keyingi o’rinda turadigan  huquqiy hujjatlardir.
Ø O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qaror va farmoyishlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasiga asosan, Prezident tomonidan chiqariladigan umummajburiy kuchga ega bo’lgan normativ huquqiy hujjatdir.
Ø Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari O’zbekiston Respublikasi ijro etuvchi hokimiyat oliy organi o’z vakolatlari doirasida chiqaradigan normativ  huquqiy hujjatdir.
Ø O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat ko’mitalari va davlat idoralarining normativ  huquqiy hujjatlari Konstitutsiya asosida qabul qilinib, O’zbekiston qonunlari, Prezident farmonlari hamda hukumat qarorlarini bajarishga qaratilgan.
Ø Qoraqalpog’iston Respublikasining normativ huquqiy hujjatlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlar, Prezident va hukumat tomonidan qabul qilingan huquqiy hujjatlarning Qoraqalpog’iston Respublikasi hududida ijrosini ta’minlashga qaratilgan.
Ø Davlat hokimiyati mahalliy ijroiya organlarining qarorlari.
Ø Mustaqil O’zbekiston davlatining  huquq manbalari ichida xalqaro huquqning umum e’tirof etgan prinsiplari va normalari asosiy manba sifatida ustundir. Xalqaro huquqning umume’tirof etgan prinsiplari va normalari xalqaro  huquqning asosiy qoidalari bo’lib, xalqaro huquqning barcha sub’ektlari tomonidan tan olingan va bajarmaslikka yo’l qo’yilmaydi.

Download 27.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling