Narx va Daromadning iste’molga ta’siri


“Daromad-iste′mol chizig`i” tahlili


Download 0.93 Mb.
bet2/5
Sana13.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1000459
1   2   3   4   5
Bog'liq
narx va daromadning iste\'molga ta\'siri

“Daromad-iste′mol chizig`i” tahlili


Engel egri chiziqlari
Gorizontal o`q bo`ylab iste′molchi daromadini (R) va ordinata o`qi bo`ylab xarid qilinadigan tovarlar miqdorini (Q) belgilangan. Iste′molchi ehtiyoji birinchi navbatda kundalik zaruriy ehtiyoj tovarlari (Q1), ikkinchi navbatda standart sifatli sanoat mahsulotlari (Q2) va nihoyat, keyinchalik oliy kategoriyali tovarlar (Q2) bilan to`yinadi. Yana shu holataniqlanganki, oliy sifatli tovarlar va xizmatlarga talab oshganda ham,kundalik hayotda foydalaniladigan standart sifatli sanoat mahsulotlariga talabning kuchayishi qonuniyati kuzatilgan.

“Daromad-iste′mol chizig`i” tahlili

  • XIX asrdayoq real daromad oshishi bilan birlamchi ehtiyoj ne′matlariga talab qisqarib borib, ikkilamchi ehtiyoj ne′matlariga talab oshib borishi isbotlangan. Nemis olimi Ernest Engel (1821-1896) birinchi bo`lib daromad o`zgarishining iste′mol tarkibiga ta′sirini tadqiq qilgan. Tovarlar tarkibining daromadga nisbatan o`zgarishini ifodalovchi chiziqlar, Engel egri chiziqlari deyiladi

“Narx-iste′mol” chizig`i tahlili


Yuqorida ―daromad-iste′moli chizig`i tahlil qilinganda, ne′matlar narxi o`zgarmaydi deb faraz qilingan edik. Endi daromadni o`zgarmas deb qabul qilgan holda, ne′matlardan birini, masalan, X ne′matning narxini o`zgaruvchan, Y ne′matnikini esa o`zgarmas deb qaraymiz. Faraz qilaylik, X ne′matning narxi (P) pasayib bormoqda, ya′ni P >P1> P2> P3 . Grafikda narxning bunday o`zgarishi, byudjet chizig`ini AB holatdan AB1, AB2 va AB3 holatlarga siljitadi (rasm). Masalan, X tovar olma, Y tovar apelsin bo`lsin. (a) rasmda apelsin narxi o`zgarmaydi, olma narxi pasayib bormoqda. Natijada byudjet chizig`ining Y o`q bilan kesishgan nuqtasi o`zgarmaydi, X o`q bilan kesishgan nuqtasi o`ng tomonga surilib boradi. Olma narxini tushishi real daromadni oshiradi, natijada iste′molchi olma narxi oshmasdan oldin xarid qilolmagan apelsin va olma majmualarini endi sotib olishi mumkin bo`ladi.

Xabibullayev Behzod

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling