Narzulaaev Uluғbek ilmiy raxbar
Download 250.86 Kb.
|
3-т
Abul Vafo Buzjoniy 940- yili Xuroson viloyatining Hirot va Nishopur shaharlari orasidagi Buzjon shahrida (hozirgi Turkmanistonning Kushka shahri atrofida) tuғilgan. U Boғdodda o’qigan va ijod qilgan.
Abul Vafo Buzjoniyning «Hunardmandlar geometrik yasashlardan nimalarni bilishlari zarur» degan kitobining birinchi va ikkinchi boblari chizғich va sirkul yordamida yasashlarga baғishlangan. Biz sizga Abul Vafoning aylananing markazini topish masalasini keltiramiz. «Agar "Aylananing markazi qanday topiladi?» deb so’ralsa, uning aylanasida AvaB nuqtalarni belgilab va AB masofa bilan A va B nuqtalarni markaz qilib ikkita teng aylana yasaymiz, ular C va D nuqtalarda kesishadi (163- rasm). CD chiziqni otkazamiz va uni aylana bilan E va F nuqtalarda kesishguncha davom ettiramiz, so’ngra EF chiziqni O nuqtada teng ikkiga bo’lamiz. U holda O nuqta aylananing markazi bo’ladi». Abul Vafoning bu usuli A va B nuqtalarni markaz qilib yoy chizilganda ularning kesishgan nuqtalarini tutashtiruvchi CD to’ғri chiziq berilgan aylananing markazidan o’tib, uning AB vatariga perpendikular bo’lishiga asoslangan. Hozir bu masala quyidagicha yechiladi: faraz qilaylik, bizga markazi belgi-lanmagan aylana berilgan va uning markazini aniqlash talab qilingan (164- rasm).
SHu bilan bir qatorda Abul Vafo ushbu asarida yana yoyiq yoyni to’liq aylanaga to’ldirish, aylanaga uning tashqarisidagi nuqtadan urinma o’tkazish, aylanaga uning aylanasida yotgan nuqtadan urinma o’tkazish kabi yasash usullarini bergan. Download 250.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling