Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Muvaffaqiyatli differensiatsiya shartlari deganda nimani tushunasiz?


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

4. Muvaffaqiyatli differensiatsiya shartlari deganda nimani tushunasiz?
5. Raqobatlashuvning kengaytirilgan konsepsiyasini kirn kiritgan va 
uning ma’nosi qanday?
6. Differensiallangan oligopoliya bilan monopolistik raqobat o'r­
tasidagi farq nimadan iborat?
7. Tajriba qonunining mazmuni va ahamiyati nimadan iborat?
8. Raqobat ustunligining qanday ko‘rinishlarini bilasiz?
V
107


V
j X J l
6- §. MARKETING STRATEGIYASINI
TANLASH
6.1. Faoliyat yo‘nalishi portfelining imkoniyatlarini 
tahlil qilish
Portfel tahlili — bu strategik marketing jarayonlarini aniqlash- 
tirish va yakunlanishidir. Qaysi usul qo‘llanishidan qat’iy nazar, 
tahlil quyidagilarga asoslanadi:
• tovar bozori yoki segmentlar b o ‘yicha faoliyat yo‘nalishi- 
ning aniq taqsimlanishi;
• turli yo‘nalishdagi strategik qadriyatni solishtirishga olib ke- 
luvchi jalb etuvchanlik va raqobatbardoshlik ko'rsatkichlari;
• strategik holat bilan iqtisodiy va moliyaviy ko‘ rsatkichlar 
o'rtasidagi aloqalar (ayniqsa, BKG uslubida).
0 ‘z portfelining imkoniyatlarini tahlil qilish ko‘p yo‘nalishli 
firmaga cheklangan resurslami o ‘zi faoliyat olib borayotgan turli 
bozorlar o ‘rtasida taqsimlashda yordam beradi. Umuman olganda
vazifa har bir ко‘rib chiqilayotgan tovar bozorini ikki mustaqil 
mezon b o ‘yicha: asosiy bozorning jalb qiluvchanligi va firmaning 
raqobatchilik kuchi bo‘yicha tasniflashdan iboratdir.
Bu maqsad uchun tahlilning matritsalar qo‘llaniladigan va jalb 
qiluvchanlik hamda raqobatbardoshlikning turli xil ko‘rsatkichla- 
ridan foydalaniladigan turli usullari ishlab chiqilgan. Biz ikki eng 
ommabop usulni ko‘rib chiqish bilan kifoyalanamiz: bu Boston 
konsalting guruhining (BKG) ,,0 ‘ sish — bozor ulushi“ matrit- 
sasi“ deb ataluvchi usuli va „Jeneral elektrik“ va „М ак kinzi“ 
firmalarining „jalb qiluvchanlik-raqobatbardoshlik matritsasi“ 
usulidir. Bu usullar o ‘xshash b o ‘lsa ham, ular turli sabablarga 
asoslangan va u yoki bu usulning tanlanishi olinadigan natijalarga 
bog‘liqdir.
,, 0 ‘sish — bozor ulushi“ matritsasi. BKG matrisatsida ikki 
mezondan foydalaniladi: birinchi mezon jalb qiluvchanlik indika- 
tori sifatidagi maqsadli segmentning o ‘sish sur’ati bo‘lsa, ikkin- 
chisi raqobatbardoshlik indikatori sifatidagi eng xavfli raqobatchi- 
ga nisbatan bozor ulushidir. Bunda bo‘lish chiziqlari bilan to‘rt 
kvadrantga ajratilgan ikki kirishli jadval hosil b o ‘ladi.

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling