va uzoq ishlash xossasiga qarab aniqlanadi. Chunki mashinaning
ishlash muddati ta’mirlash davridagi ishlash muddati, unifikat-
106
siyalashish darajasi, chet el va ilg‘or korxonalarda ishlab chiqa-
rilgan tovarlarga nisbatan bo‘lgan sifat darajasi va hokazolar.
Tovar sifatini tahlil qilishda foydalaniladigan asosiy ko‘r-
satkichlar bilan bir qatorda, sifati yomon tovar uchun iste’mol
chilarga to ‘langan jarimalar, tovarni kafolatli ta’mirlash ustaxo-
nalariga sarflanadigan xarajatlar va birinchi ko'rsatishdayoq, top-
shirilgan tovaming salmog‘i kabi ko‘rsatkichlar ham qo‘llaniladi.
Tovar sifatini oshirish — milliy iqtisodiyotni rivojlantirish,
korxona raqobatbardoshligini oshirishning asosiy talabidir. Bu
vazifani hal qilish ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish,
umumdavlat boyligini ko‘paytirish va mehnatkashlarning ehtiyo-
jini qondirishga imkon beradi. Tovar sifatini oshirish har bir
tashkiliy korxona va uning bo‘limlarining muhim vazifasidir. Res-
publikamizda ishlab chiqarilayotgan tovarlar jahon standartlari
talablarini qondira olishi zarur. Mashina va mexanizmlarning
texnikaviy darajasini oshirish, mamlakatning ishlab chiqarish
kuchlarini rivojlantirish, milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqla-
rida fan va texnika yutuqlarini tobora kengroq qo'llashning aso-
sidir.
1. Raqobatning qanday turlarini bilasiz, ularni izohlab bcring.
2. Xususiy mulk sug‘urtasi yoki nashriyot mahsulotlari sohalaridagi
raqobat muhitiga nimalar tahdid solishi mumkinligini tahlil qilib
ko'ring.
3. Davlat monopoliyasi bilan novator monopoliyasi o'rtasidagi farq va
o ‘xshashliklami aytib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |