Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Bozor tomonidan boshqariladigan tashkilot


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

Bozor tomonidan boshqariladigan tashkilot.
Ko‘rib chiqilgan uchta passiv marketing, tashkiliy marketing, 
faol marketingdagi o ‘zgarishlar guruhining barchasi firmada 
strategik marketing rolining kuchayishini ko‘zda tutadi. Firmaning 
„faol marketing“ga qaratilgan tashkiliy tuzilishiga kelsak, bu yerda 
katta o‘zgarishlar tovarga oid qarorlarga taalluqli bo'ladi. Bu 
qarorlar tadqiqot va ishlab chiqarish bo‘linmalari bilan yaqin 
hamkorlikdagi marketing bo‘limining vakolatiga ega bo‘ladi. Bu esa 
strategik marketing amaldagi tovar sohasidagi siyosatni belgi- 
lashini va tovarlarning iqtisodiy layoqati masalasini hal qilishini 
anglatadi. Yangi tovarlar g'oyasi istalgan joyda — ishlab chiqa­
rish, ITTKI va boshqa manbalardan kelib chiqish i mumkin, biroq 
odatda u 1.4- rasmda ko‘rsatilganidek qabul qilinib, ishlab chi- 
qarishga o ‘tkazilishdan aw al strategik marketing nazoratidan 
o‘tishi kerak.
21


G ‘oyaning paydo bo‘lishi
1.4- rasm. Marketing-ITTKI — ishlab chiqarish zanjiri.
Marketing konsepsiyasiga rioya qiladigan firmalarda marketing 
direksiyasi mavjud bo‘lib, uning funksiyalari strategik va operat­
sion marketingni, shu jumladan, tovar bozorlarini tanlash kabi 
vazifalami hal qilishni o‘z ichiga oladi.
Tez o‘zgaruvchan bozor sharoitida uzoq muddatli marketing 
faoliyatiga oid bo‘lgan qarorlar qabul qilish yetakchi o‘ringa kiradi. 
Bu marketing xarajatlari kapital xarajat sifatida va uzoq muddatda 
o‘z samarasini berayotgan vaqtda bozorga yondashuv global yon- 
dashuv zaruriyatidan kelib chiqadi.
Eng muhimi, korxona maqsadli bozorning vujudga kelgan 
tarkibi sharoitida korxona uchun ham, iste’molchi uchun ham 
sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish xarajatlarining bir texnolo- 
giyasini ishlab chiqarishdir. Iste’molchi mahsulotni sotib olish va 
ekspluatatsiya qilishni to ‘liq xarajatlar qiymatini bilishi zarur 
bo‘Isa, korxona uzoq muddatga m o‘ljallangan marketing xarajati- 
ni to ‘liq o ‘z-o‘zini qoplashini bilish zarurdir.
Marketing strategiyasini tashkil qiluvchi qaror qabul qilish- 
ning maqsadi — iste’mol talabiga ta’sir qilishdir. Uning vositalari 
esa tovarning sifati va assortimenti, baholar, ustama va chegirma- 
lar, xizmatlar to ‘plamlari, yetkazib berish tizimi va boshqalardir.
Yangi tovarlar ishlab chiqarishga qo‘yiladigan asosiy talab- 
lardan biri, ulami ekologiyaga, atrof-muhitga va inson salomatli- 
giga ziyon yetjcazmaydigan bo‘lishidir. Bunday tovarlar ishlab 
chiqarish yuzasidan butun dunyoda marketing tadqiqotlari olib 
boriladi. Rivojlangan mamlakatlarda bu tadqiqotlar katta kom- 
paniyalar, korporatsiyalar va firmalar homiyligida o ‘tkaziladi va 
ularning natijalari korxonalar tom onidan qo‘llaniladi. Ilmiy 
izlanishlar ham mehnat unumdorligini ancha oshirishga xizmat 
qilsa, jamiyat va alohida iste’molchilaming talablariga har tom on- 
lama javob beradigan tovarlar miqdori va sifatini oshiradi.
Marketing ham butun bozor iqtisodiyoti kabi har bir aniq 
sharoit, har bir firma, har bir mahsulot tori yoki xizmat so- 
hasiga alohida yondashishni, ijodiy izlanishni talab qiladi.
22



Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling