Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 5.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Qosimova.M. Strategik marketing (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ixtiro
1.4.3. Faol marketing
Faol marketing bosqichida strategik marketing rivojlanadi va uning roli kuchayib boradi. Bu evolutsiyaning zamirida uchta omil yotadi: — Texnologik taraqqiyot tarqalish tezligining ortishi. — Bozorlaming yetukligi va asosiy bozor ehtiyojlarining pro- gressiv to‘yinishi. — Xalqaro savdo yoMidagi to ‘siqlarning birin-ketin bekor qilinishi oqibatida bozorlaming yanada baynalminallashuvi. 0 ‘zgarishlaming uchta omilini, shuningdek ulaming firmalar marketing funksiyasiga ta ’sirini, ko‘rib chiqamiz. Texnologik taraqqiyotga kelsak, bu davrni ixtirolar davridan ko'ra innovatsiyalar davri deyish to ‘g‘riroq bo‘ladi. Innovatsiya bi lan ixtiro o‘rtasidagi farqni ajratib olish muhimdir. Ixtiro — in- novatsiyaning zamirida yotuvchi ijodiy ishdir. Innovatsiya esa kon- sepsiya, kashfiyot yoki ixtironing ijodiy va m uvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarilishidir. Innovatsiya oddiy omadning kelishi emas, balki o‘zgarishlar, yashashga boMgan kuchli istakning natijasidir. Texnologiyalarning tarqalish tezligi ikkinchi jahon urushidan keyin o ‘tgan yigirma besh yil ichida keskin o ‘sganligiga qaramay, texnologiyaning o ‘zi awaldan belgilangan yo ld an bormoqda. 50- yillardan 70-yillarga qadar mavjud boMgan yangi texnologiya larning kom pyuterlar va antibiotiklardan tashqari barchasi, asosan birinchi jahon urushidan keyin olingan bilimlarga asoslan gan edi. Shunday qilib, texnologik jarayon bu davrda hali bugungi kunda kuzatilayotgan tarkibiy texnologik o‘zgarishlarga ta’sir qil- magan edi. 20 Texnologik taraqqiyotning tarqalishi ilmiy tadqiqotlarning tez- lashishi, kengayishi va tizimli yondashuv natijasidir. Texnologik taraqqiyotning tezlashishi deganda innovatsiya- larning tobora tezlashib borayotganligini hamda ishlab chiqishdan tijorat asosida keng miqyosda amalga oshirishgacha bo‘lgan mud- datlarning qisqarishini tushunamiz. Bunday evolutsiya tovarlar texnologik liayot siklining qisqa rishini hamda buning natijasida ITTK1 (ilmiy texnikaviy tajriba konstruktorlik ishlari) xarajatlarini qoplashga kctadigan vaqtning qisqarishini ko‘zda tutadi. Texnologik innovatsiya endi tasodifan yuz beradigan ixtirolarga bog‘liq emas. Endilikda u m a’lum bir nazariy tasavvurlar tomoni dan yo‘naltirilgan rejalashtirilgan va muvofiqlashtirilgan tadqiqot- lar natijasidir. Tovar va xizmatlami ishlab chiqarishda bevosita foydalanishi mumkin bo‘lgan nazariy vositalarni ishlab chiqish (bu faqat fundamental tadqiqotlargagina xos edi) hamda usullami ro‘yobga chiqarishda izchillik mavjud. Tadqiqotlarning o‘zi esa sinalgan usullarga, rejalashtiriladi va awaldan surilgan maqsad- larga mos keladi. Texnologik evolutsiya bevosita tovar siyosatiga ta’sir ko‘rsatadi va firmaning tovarlar qopchig'ining tizimini awalgidan ko‘ra tez- roq o‘zgartirib turishga undaydi. Texnologik muhitga bog‘liqlikning kuchayganligi bozorni tahlil qilish va muhitni kuzatib borishning ahamiyatini oshirishni taqozo etadi. Download 5.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling