Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

funksional muvozanatsizlik — marketing tashkiliy tizimida 
operatsiyalar, moliya va kadrlar kabi boshqa funksiyalar kabi 
iyerarxik darajani egallamaydi;
— marketingning birinchi darajasi tijorat xizmati bo‘lib, bu 
xizm at savdo-sotiqni boshqarishga javob beradi va sotish 
tarmog‘ida faqat pirovard iste’molchi bilan emas, balki birinchi 
xaridor bilan o ‘zaro munosabatda bo‘ladi;
— tovar bo‘yicha qarorlar ishlab chiqarish xizmati tomoni­
dan qabul qilinadi, narxning shakllanishi va tovami sotish is- 
tiqbollarini belgilashga esa moliya bo iim i javob beradi. Bu yerda 
marketing vositalari nuqtayi nazaridan qaraganda javobgarlikning 
tarqalib ketishi kuzatiladi.
Bunday ko‘rinishdagi tashkilot ishlab chiqarishga yo‘nal- 
tirilganlikning rivojlanishini rag‘batlantiradi, bunday qarash fir­
ma iste’molchi uchun nima afzalligini yaxshi biladi, iste’molchi 
esa bu fikmi tasdiqlaydi, degan mavhum fikiga asoslangan. Buning 
ustiga, bunday firmalaming menejerlari ko‘pincha ajoyib tovar 
ishlab chiqaryapmiz, deb hisoblaydi va xaridorlar bundan keyin 
ham ularning tovarlarini afzal ko'rishi tabiiydir, deb o‘ylaydilar. 
Bunday qarash iste’molchi talab qilgan yoki kutayotgan jihatlarga 
emas, balki ichki masalalarga qaratilgandir. Bunday nuqtayi 
nazar xaridor tovarga muammoning yechimi sifatida qaraydi, de­
gan g‘oyaga mutlaqo ziddir.
Bunday fikrlash talabning taklifdan ustunligi bilan xarakterla- 
nadigan, xaridorlar o‘zlari topa olgan har qanday tovami sotib 
olishga tayyor bo‘lgan muhit uchun xosdir. Aslida bunday bozor 
sharoitlari favqulodda vaziyatlardagina mavjud bo‘ladi va shunday 
vaziyat hukm sursa ham, vaqtincha davom etadi. Tovar kon- 
sepsiyasining xavfliligi shundan iboratki, u firmaning uzoqni 
ko‘ra olmasligiga sabab bo'ladi va faol xatti-harakatlarga, ya’ni 
muhitda o‘zgarishlar yuz berishini kutishni va ularga yarasha tay- 
yorgarlik ko‘rishni ko‘zda tutuvchi xatti-harakatlarga undamaydi.
Passiv marketing bugungi kunda sanoati rivojlangan mam- 
lakatlardagi ko‘pchilik firmalar uchun xos bo‘lgan muhitga to ‘g‘ri 
kelmay qoldi. Shunga qaramay, tovar konsepsiyasi, asosan, sa-
18


noat firmalari yoki sug‘urta kompaniyalari kabi moliyaviy insti- 
tutlarda saqlanib qolmoqda. Ko‘plab bankrotlik hollarining asosiy 
sababi bozorga yo‘naltirishning yo‘qligidir.
So‘nggi paytlargacha tovar konsepsiyasi rivojlanayotgan mam- 
lakatlarda ustunlik qilib keldi. Ammo marketing bu — mamlakat- 
larda ham faol rol o‘ynashi va iqtisodiy taraqqiyotga o‘z hissasini 
qo‘shishi m um kin, am m o buning uchun uning usullari bu 
yerdagi rivojlangan mamlakatlardagidan mutlaqo farq qiluvchi 
vaziyatlarga moslashgan bo‘lishi shart.

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling