Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


siyosati doirasida o‘zining muayyan ifodasini topadi. Bu o‘rinda  J. J. Lamben


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

siyosati doirasida o‘zining muayyan ifodasini topadi. Bu o‘rinda 
J. J. Lamben marketingga quyidagicha ta’rif beradi:
„Marketing — bu kishilar va tashkilotlaming ehtiyojlari va 
istak-xohishlarini xaridor uchun qiymatli bo‘lgan tovarlar va xiz- 
matlami erkin raqobatli ayirboshlash bilan qondirishga qaratil- 
gan ijtimoiy jarayondir“.
Bu ta ’rifda e’tibor uch asosiy tushuncha — ehtiyoj, tovar va 
ayirboshlashga qaratiladi. Ehtiyoj tushunchasi xaridoming xulq- 
atvori va uni bir tovar yoki xizmatni sotib olishga undagan sabab- 
ni ifodalaydi; tovar konsepsiyasi harakat usullari, ishlab chiqa­
rish va ishlab chiqaruvchilaming tashkiloti bilan bog‘liq; ayir­
boshlash e’tibomi bozorga hamda talab va taklifning o ‘zaro ta ’sir- 
lashuvini ta’minlovchi mexanizmlarga jalb qiladi.
S T RATE GI K MA R K E T I N G
OPERATSION MARKETING
(tahlil jarayoni) 
(faoljarayon)
1.1- rasm. Marketingning ikki qiyofasi.
8


1.2. Kompaniyada marketingning roli
„Marketing" atamasi tom ma’noda bozor sari harakatlanish 
jarayoni m a’nosini beradi, bu atama jarayonning ichki ikkiyoq- 
lamalik xossasini to ‘la ochib bera olmaydi va marketingning ,,tah- 
liliy“ jihatiga nisbatan uning ,,faolroq“ tomoniga ko‘proq urg‘u 
beradi. Bu ikkiyoqlamalikni xarakterlash uchun ,,strategik“ va 
,,operatsion“ marketing atamalaridan foydalaniladi.
1.2.1. Operatsion marketing
Operatsion marketing — bu qisqa muddatga m o‘ljallangan re­
jalashtirishning mavjud bozorlarga qaratilgan faol jarayonidir. Bu 
tovar, sotish, narx va kommunikatsiyalarga oid taktik vositalardan 
foydalanish yo‘li bilan kerakli savdo hajmiga erishishning klassik 
tijorat jarayonidir.
Marketingning firmaning iqtisodiy operatsiyalarida o‘ynaydi- 
gan roli 1.2-rasmda ko‘rsatilgan. Bu yerda boshqaruvning to ‘rt 
asosiy funksiyasi (tadqiqot va ishlab chiqish, ishlab chiqarish, 
marketing va moliya) o‘rtasidagi asosiy moliyaviy aloqalar kel- 
tirilgan.
Operatsion marketingning asosiy maqsadi — tovar sotishdan 
daromadlar qilish, ya’ni maqsadli aylanmalardir. Bu sotishning 
eng samarali usullaridan foydalangan holda xarid uchun buyurt- 
malarni „sotish“ hamda qabul qilish va, ayni paytda, xarajatlami 
kam aytirishni anglatadi. M a’lum darajadagi savdo hajmiga 
erishishdan iborat bo'lgan maqsad operatsiyalar bo'limi uchun 
ishlab chiqarish dasturiga va savdo bo‘limi uchun, tovarlarni 
saqlash va bevosita o‘tkazish dasturiga aylanib ketadi. Bundan kel­
ib chiqadiki, operatsion marketing firmaning qisqa muddatli 
rentabelligiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi hal qiluvchi elementdir.
Operatsion marketingning faolligi — firma faoliyatidagi, ayniq­
sa, raqobat kuchaygan bozordagi hal qiluvchi omildir. Har qan­
day tovar, hatto uning sifati eng yuqori b o ‘lsa ham, bozor 
uchun maqbul narxga ega bo‘lishi, sotish tarmog‘i ko‘taradigan, 
mo‘ljaldagi iste’molchilaming odatlariga moslashgan bo‘lishi ker­
ak, hamda tovarning bozordagi sotilishini ta ’minlovchi va uning 
o ‘ziga xos xususiyatlarini ta’kidlovchi kommunikatsiya yordamiga 
ega bo‘lishi lozim. Bozorda talab taklifdan ko‘p bo‘lgan, firma 
xaridorlarga yaxshi tanish bo‘lgan va raqobat bo‘lmagan hollar 
kam uchraydi.
9


B
oz
or
■*
--
----
---
► 
L
ab
o
ra
to
ri
y
a
о


Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling