Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)


>
2
>>
о
s
10
1.
2-
ra
sm

M
ar
k
et
in
gn
in

fir
m

op
er
at
si
ya
la
ri
d
ag

ro
li
.


Operatsion marketing — marketingning eng ko‘zga ko‘rinarli 
jihatidir, bunga asosiy sabab shuki, reklama va tovarlarni siljitish 
faoliyatining roli g‘oyatda muhimdir. Ba’zi firmalar — masalan, 
banklar marketingga reklama orqali kirib kelganlar. Boshqa firma­
lar, masalan, sanoat tovarlari ishlab chiqaruvchilarning ko‘p- 
chiligi esa aksincha, marketingni reklama bilan uzviy bog‘liq deb 
tushunib, uzoq vaqtgacha marketing bizning biznesga to ‘g‘ri kel- 
maydi, deb hisoblab keldilar.
Demak, marketing — bu firmaning tijorat dastagi bo‘lib, usiz 
hatto eng yaxshi strategik reja ham yaxshi natijalarga olib kela ol- 
maydi. Ammo ko‘rinib turibdiki, yetarlicha katta strategik bazasiz, 
mutlaqo rentabelli operatsion marketing ham bo‘lishi mumkin 
emas. Fikrsiz dinamizm — asossiz tavakkaldir, xolos. Operatsion 
marketing rejasi har qancha kuchli boim asin, u ehtiyoj yo‘q 
bo‘lgan joyda talabni yuzaga keltira olmaydi va yo‘qolib ketishi 
muqarrar bo‘lgan faoliyat yo‘nalishini saqlab qola olmaydi. Bino- 
barin, rentabellikni ta ’m inlash uchun operatsion m arketing 
strategik fikrlashga asoslangan bo‘lishi kerak, u esa, o ‘z navbati­
da, bozordagi ehtiyojga va uning kutilayotgan evolutsiyasiga taya- 
nadi.
1.2.2. Strategik marketing
Strategik marketing — bu, avvalo, jism oniy shaxslar va 
tashkilotlar ehtiyojlarining tahlilidir. Marketing nuqtayi nazari­
dan qaraganda xaridor tovarning o'ziga emas, balki shu tovar 
yordamida yechiladigan muammoning hal qilinishiga muhtojdir. 
Yechimga turli texnologiyalar yordamida erishiladi, texnologiya- 
larning o ‘zi esa tinimsiz o‘zgarib turadi. Strategik marketingning 
roli — berilgan bozorning evolutsiyasini kuzatib borish va 
qondirishga muhtoj ehtiyojlarni tahlil qilish asosida turli mavjud 
yoki kutilayotgan bozorlarni yoki ulaming segmentlarini aniq- 
lashdan iboratdir.
Aniqlangan tovar bozorlari iqtisodiy imkoniyatlami ifodalay- 
di, endi ulaming jalb qiluvchanligini baholash kerak. Tovar bo- 
zorining jalb qiluvchanligi miqdoriy jihatdan bozor salohiyati 
tushunchasi bilan o ‘lchanadi, dinamik jihatdan esa p'zining 
mavjud bo‘lish muddati bilan yoki hayot sikli bilan xarakterlana- 
di. Muayyan firma uchun tovar bozorining jalb etuvchanligi 
uning raqobatbardoshligiga, boshqacha qilib aytganda, xaridor­
larning ehtiyojlarini raqiblariga qaraganda yaxshiroq qondira olish


qobiliyatiga bog‘liq. Firmaning raqobatbardoshligi uning raqobatli 
ustunlikka ega bo'lishi yoki uning raqiblaridan ajralib turuvchi 
sifatlari tufayli yoxud xarajatlar bo‘yicha afzallik beruvchi yuqori 
ishlab chiqarish samaradorligi tufayli mavjud bo‘ladi.
1.2- 
rasmda strategik marketingning firmaning boshqa asosiy 
funksiyalariga nisbatan olingan turli bosqichlari ko‘rsatilgan. To­
vami bozorning o‘z-o‘ziga ,,tortayotganligi“ yoki tovarning bo­
zorga texnologik jihatdan „kiritilayotganligidan“ qat’iy nazar, to­
var o ‘zining iqtisodiy va tijorat ahamiyatini baholash maqsadida 
strategik marketing nazoratidan o‘tishi kerak. Tadqiqotlar va ish- 
lanmalar xizmatlari (ITTKI), ishlab chiqarish va strategik mar­
keting o‘rtasidagi muvofiqlik bu o‘rinda hal qiluvchi rol o ‘ynaydi. 
Tovar uchun bozor tanlash shu muvofiqlikning natijasi bo‘lib, 
ishlab chiqarish quwatlarini belgilash va investitsion qarorlar 
qabul qilish uchun zamin yaratadi va binobarin, firmaning butun 
moliyaviy tuzilmasining muvozanatda bo‘lishini ta ’minlashda 
g‘oyatda muhimdir.
Shunday qilib, strategik marketingning roli firmani manfaatli 
iqtisodiy imkoniyatlarga yo‘naltirish, ya’ni uning ,,nou-xau“ va 
resurslariga mos keladigan, rentabellikning o‘sish salohiyatini 
ta’minlovchi imkoniyatlarga yo‘naltirishdan iborat. Strategik mar­
keting jarayoni o ‘rta va uzoq muddatli istiqbollarga egadir. Uning 
vazifasi firmaning missiyasini aniqlash, maqsadlarni belgilash, 
o'sish strategiyasini ishlab chiqish va tovar qopchig‘ining muvo- 
zanatlangan tuzilmasini ta ’minlashdan iboratdir.

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling