Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

101


Bunday ,,
0
‘rganish jarayoni“ning mavjudligini birinchi bor 
Rayt va Boston konsalting guruhi (BKG, Boston consulting 
group) tomonidan aniqlangan edi. 60-yillaming oxirida BKG 
turli xil tovarlaming juda katta guruhiga nisbatan tajriba samara- 
dorligining mavjudligini tasdiqladi va „tajriba qonuni“ deb atalgan 
qonunni kiritdi. Bir qator firmalar tomonidan tanlab olingan 
strategiyalarga katta ta’sir ko‘rsatgan ushbu qonun iqtisodchilar 
umumlashgan holda o'rganadigan masalalarni — mehnat unum- 
dorligini oshirish muammosini tasvirlaydi va shakllantiradi.
Tajriba qonunining ta’rifi. Tajriba qonunining strategik aha- 
miyati shundaki, u firmaning o ‘z tovarlarigagina emas, balki 
raqobatchilaming tovarlariga sarflanadigan xarajatlaming evolut- 
siyasini ham oldindan bilishga imkon beradi. Tajriba qonuniga 
ko‘ra, „standart tovardan qo‘shilgan qiymat olishda doimiy pul 
birliklarida o ‘lchangan birlik mahsulotga sarflanadigan xarajatlar 
mahsulot miqdori ikki baravarga oshganda m a’lum bir foiz 
miqdorida kamayadi“.
Ushbu ta’rifga bir necha izohlar kiritamiz:
— ,,tajriba“ tushunchasining bu yerdagi ma’nosi tovaming 
necha yildan buyon ishlab chiqarilayotganligini emas, balki ishlab 
chiqarilgan barcha tovar birliklarining sonini anglatadi;
— shu sababli, ishlab chiqarish miqdorining m a’lum davr 
ichidagi o ‘sishini tajribaning ortishi bilan adashtirib yubormaslik 
kerak;
— tajriba qonuni tabiat qonunlari tarkibiga kirmaydi va u qayt- 
mas jarayon emas, ya’ni u bir necha vaziyatlardagina (hamma 
uchun bir xil emas) statistik jihatdan tasdiqlangan oddiy kuza- 

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling