raqobatning aniq shaklidir. Daromad potensiali juda yuqori
bo‘lgan ikkinchi holat uchun esa vaziyat mutlaqo teskari bo‘ladi:
— yangi raqobatchilaming kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaydigan
qudratli to‘siqlar mavjud bo‘ladi;
— raqobatchilar bo‘lmaydi yoki ular juda kam va kuchsiz
bo‘ladi;
— xaridorlar o ‘rinbosar tovarlarga murojaat qila olmaydilar;
— xaridorlar bosim ko‘rsata olmaydilar va narxning pasay-
tirilishiga erisha olmaydilar;
— yetkazib beruvchilar yuqori xarajatlaming tan olinishiga
erishish uchun bosim ko‘rsata olmaydilar.
Firma uchun ideal bo‘lgan ushbu vaziyatda firma bozorda o ‘ta
yuqori mavqega ega bo‘ladi. Hayotiy voqelikda uchraydigan aniq
bozor vaziyatlari esa ushbu ikki holatning oralig‘ida joylashadi va
raqobatchi kuchlaming o ‘zaro ta’siri goh u, goh bu vaziyatga
tomon yaqinlashib turadi.
5.4. Xarajatlar bo‘yicha ustunlik
Raqobatli ustunlikka erishishning yo‘llaridan biri — tovarni
muvaffaqiyatli differensiatsiyalash b o ‘lsa, ikkinchi y o ‘l —
unumdorlikni yaxshilash va xarajatlami to ‘g‘ri boshqarish vo-
sitasida xarajatlar bo‘yicha ustunlikka erishishdir. Xarajatlami
kamaytirishning bir necha yo‘llari bor bo‘lib, ulardan biri shuki,
qo‘l mehnatidan ko‘p foydalaniladigan sohalarda, ya’ni qo‘-
shilgan qiymat jami xarajatlaming katta qismini tashkil qilgan
tarmoqlarda tovami ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba oshgan sari,
xarajatlami kamaytirish imkoniyati vujudga keladi. Bunda xara-
jatlarning kamayishiga ishchilarning o ‘z ish usullarini tinimsiz
takomillashtirib borishi, firmaning yangi ishlab chiqarish jara-
yonlarini o ‘zlashtirishi, tovar konsepsiyasini takomillashtirishi
sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |