Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


raqobatning aniq shaklidir. Daromad potensiali juda yuqori


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

raqobatning aniq shaklidir. Daromad potensiali juda yuqori 
bo‘lgan ikkinchi holat uchun esa vaziyat mutlaqo teskari bo‘ladi:
— yangi raqobatchilaming kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaydigan 
qudratli to‘siqlar mavjud bo‘ladi;
— raqobatchilar bo‘lmaydi yoki ular juda kam va kuchsiz 
bo‘ladi;
— xaridorlar o ‘rinbosar tovarlarga murojaat qila olmaydilar;
— xaridorlar bosim ko‘rsata olmaydilar va narxning pasay- 
tirilishiga erisha olmaydilar;
— yetkazib beruvchilar yuqori xarajatlaming tan olinishiga 
erishish uchun bosim ko‘rsata olmaydilar.
Firma uchun ideal bo‘lgan ushbu vaziyatda firma bozorda o ‘ta 
yuqori mavqega ega bo‘ladi. Hayotiy voqelikda uchraydigan aniq 
bozor vaziyatlari esa ushbu ikki holatning oralig‘ida joylashadi va 
raqobatchi kuchlaming o ‘zaro ta’siri goh u, goh bu vaziyatga 
tomon yaqinlashib turadi.
5.4. Xarajatlar bo‘yicha ustunlik
Raqobatli ustunlikka erishishning yo‘llaridan biri — tovarni 
muvaffaqiyatli differensiatsiyalash b o ‘lsa, ikkinchi y o ‘l — 
unumdorlikni yaxshilash va xarajatlami to ‘g‘ri boshqarish vo- 
sitasida xarajatlar bo‘yicha ustunlikka erishishdir. Xarajatlami 
kamaytirishning bir necha yo‘llari bor bo‘lib, ulardan biri shuki, 
qo‘l mehnatidan ko‘p foydalaniladigan sohalarda, ya’ni qo‘- 
shilgan qiymat jami xarajatlaming katta qismini tashkil qilgan 
tarmoqlarda tovami ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba oshgan sari, 
xarajatlami kamaytirish imkoniyati vujudga keladi. Bunda xara- 
jatlarning kamayishiga ishchilarning o ‘z ish usullarini tinimsiz 
takomillashtirib borishi, firmaning yangi ishlab chiqarish jara- 
yonlarini o ‘zlashtirishi, tovar konsepsiyasini takomillashtirishi 
sabab bo‘ladi.

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling