101
Bunday ,,
0
‘rganish jarayoni“ning mavjudligini birinchi bor
Rayt va Boston konsalting guruhi (BKG, Boston consulting
group) tomonidan aniqlangan edi. 60-yillaming oxirida BKG
turli xil tovarlaming juda katta guruhiga nisbatan tajriba samara-
dorligining mavjudligini tasdiqladi va „tajriba qonuni“ deb atalgan
qonunni kiritdi. Bir qator firmalar tomonidan tanlab olingan
strategiyalarga katta ta’sir ko‘rsatgan ushbu qonun iqtisodchilar
umumlashgan holda o'rganadigan masalalarni — mehnat unum-
dorligini oshirish muammosini tasvirlaydi va shakllantiradi.
Tajriba qonunining ta’rifi. Tajriba qonunining strategik aha-
miyati shundaki, u firmaning o ‘z tovarlarigagina emas, balki
raqobatchilaming tovarlariga sarflanadigan xarajatlaming evolut-
siyasini ham oldindan bilishga imkon beradi. Tajriba qonuniga
ko‘ra, „standart tovardan qo‘shilgan qiymat olishda doimiy pul
birliklarida o ‘lchangan birlik mahsulotga sarflanadigan xarajatlar
mahsulot miqdori ikki baravarga oshganda m a’lum bir foiz
miqdorida kamayadi“.
Ushbu ta’rifga bir necha izohlar kiritamiz:
— ,,tajriba“ tushunchasining bu yerdagi ma’nosi tovaming
necha yildan buyon ishlab chiqarilayotganligini emas, balki ishlab
chiqarilgan barcha tovar birliklarining sonini anglatadi;
— shu sababli, ishlab chiqarish miqdorining m a’lum davr
ichidagi o ‘sishini tajribaning ortishi bilan adashtirib yubormaslik
kerak;
— tajriba qonuni tabiat qonunlari tarkibiga kirmaydi va u qayt-
mas jarayon emas, ya’ni u bir necha vaziyatlardagina (hamma
uchun bir xil emas) statistik jihatdan tasdiqlangan oddiy kuza-
Do'stlaringiz bilan baham: |