Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

7 — Strategik marketing
97


— Ular kelgusida qanday strategiyalarni ilgari surishlari mum­
kin?
Dastlabki uchta savolning javobi kelgusi strategiyalarni av- 
valdan bashorat qilishga imkon beradi. To'rtta savolning barchasi 
bo‘yicha to ‘plangan m a’lumotlarni tahlil qilish natijasida ra- 
qiblaming faoliyati to‘g‘risida to‘liq tasawurga ega bo‘lish mumkin. 
Ko‘plab yirik firma va kompaniyalar raqobatni kuzatishga katta 
e ’tibor berib, kerakli ma’lumotlami to‘plash uchun katta mab- 
lag‘larni sarflaydilar. Bunga bir necha misollar keltirishimiz 
mumkin:
— IBM korporatsiyasi tarkibida tijoriy tahlil bo‘linmasi tashkil 
etilgan bo‘lib, u raqobatga oid ma’lumotlami to'plash va taqdim 
etish bilan shug‘ullanadi;
— „Texas Instruments'4 raqobatchilar bilan hukumat o ‘rtasi- 
da tuzilgan shartnomalami muntazam ravishda o ‘rganib borib, 
ulaming texnologik afzallik darajasini baholab boradi;
— „Citicorp“ kompaniyasida esa „raqobatli razvedka bo‘yicha 
menejer-“ lavozimi kiritilgan;
— McDonalds o ‘z restoran boshqaruvchilariga AQSHdagi eng 
kuchli raqobatchilar — „Burger King“ va „Wendy'“ firmala- 
rining reklama materiallari va takliflarini yuborib turadi.
Monopolistik yoki nomukammal raqobat. Monopolistik raqo­
bat sof raqobat bilan monopoliya o ‘rtasidagi holat bo‘lib, u diffe- 
rensiatsiya strategiyasi tashqi raqobatli afzallikka asoslanadi. Buning 
ma’nosi shuki, raqobatchilar juda ko‘p bo‘lib, ularning tovarlari 
differensiyalangan, ya’ni xaridorlar nuqtayi nazaridan ular ajra- 
lib turuvchi sifatlarga egadir.
Muvaffaqiyatli differensiatsiya shartlari. Differensiatsiya stra­

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling