• tovar bozorida global talab kengaymasligi sababli, narxlar-
ning pasayishi bozor umumiy hajmining o'sishiga olib kelmaydi.
Raqobat xulq-atvori variantlari. Raqobat xulq-atvori tushun-
chasi ostida firma qaror qabul qilish jarayonida o ‘z raqobatchila-
riga nisbatan egallaydigan vaziyat tushuniladi. Ularni qoyidagicha
guruhlash mumkin:
• mustaqil atvor;
• kooperativ atvor;
• moslashuvchanlik atvori;
• ilgarilovchi atvor;
• agressiv atvor.
Kurashuvchi marketing. Rivojlangan iqtisodiy davlatlarda oli-
gopoliya ko‘p uchraydi va sanoatning ko‘pgina sektorlarida firma
lar to ‘yingan bozorlarda bir-biriga qarshilik ko'rsatadilar. Bunday
vaziyatlarda muvaffaqiyatning muhim omili bo‘lib, raqobatchilar
faolligini bostirish hisoblanadi. „Kurashuvchi" marketing raqobat
kuchlarining tahlilini tizimli tarzda o ‘tkazishni va raqobatchilarga
qarshilik ko'rsatish strategiyasini ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Raqiblarga nisbatan munosabat har qanday strategiyaning
markazini tashkil qiladi. Bunday pozitsiya batafsil tahlilga asoslan
gan bo‘lishi kerak.
Porter raqobatni tahlil qilish vazifalarini quyidagicha tavsif-
laydi: „Raqiblami tahlil qilishdan maqsad har bir raqobatchi olib
borishi mumkin bo‘lgan strategiyadagi o'zgarishlarning xarakte-
rini va muvaffaqiyat qozonish ehtimolini bilishdan iboratdir...“
Raqobatni kuzatib borish tizimi quyidagi to'rtta asosiy savolga
javob topishga asoslanadi:
— Raqobatchining asosiy maqsadlari nimadan iborat?
— Ushbu maqsadlarga erishish uchun ayni paytdagi joriy
strategiya qanday?
— Raqiblar o ‘z strategiyasini amalga oshirish uchun qanday
vositalarga egalar?
Do'stlaringiz bilan baham: |