tegiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi shartlar
bajarilishi kerak:
— har qanday differensiatsiya xaridor uchun „ qiymat “ga ega
bo‘lishi kerak;
— ushbu qiymat foydalanish samarasini oshirishdan (kuchli
qoniqish) yoki iste’mol xarajatlarini kamaytirishdan iborat bo‘-
lishi lozim;
— ushbu qiymat shu darajada yuqori bo‘lishi kerakki, xaridor
uning uchun ko‘proq narxni to‘lashga rozi bo‘lishi kerak;
— firma o ‘zining differensiatsiya elementini raqiblar undan
darhol nusxa ko‘chirib olmasligi uchun himoya qila olishi kerak;
98
— xaridorga maqbul bo‘lgan narxning ko‘tarilishi firma diffe-
rensiatsiya elementini ishlab chiqarishga sarflagan xarajatlarning
ortishidan ko‘proq bo‘lishi kerak;
— nihoyat, agar differensiatsiya elementi sezilarsiz bo‘lsa va
bozor uni tan olmagan bo‘lsa, firma uni ommalashtirish uchun
signallarni vujudga keltirishi kerak.
Xaridorlami doimiy mijozlarga aylantiruvchi va ularning narxga
sezgirligini kamaytiruvchi differensiatsiya firmaning bozordagi
mavqeyini ma’lum darajada kuchaytiradi. Ayni paytda, mijozning
savdolashish imkoniyati ham qisman bartaraf qilinadi. Shu-
ningdek, differensiatsiya firmani raqiblarning hujumlaridan ham
himoyalaydi, chunki differensiatsiya elementining mavjudligi to-
varlaming almashuvchanligini kamaytiradi. Monopolist firma ra-
qiblaming xatti-harakatlariga bog'liq bo‘lmaydi, balki mustaqil
ish tutadi. Bundan tashqari, differensiatsiya firmaning yetkazib
beruvchilar va o ‘rinbosar tovarlarga nisbatan mavqeyini mus-
tahkamlaydi. Strategik marketing aynan mana shunday raqobatli
Do'stlaringiz bilan baham: |