Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


• tovar bozorida global talab kengaymasligi sababli, narxlar-


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

• tovar bozorida global talab kengaymasligi sababli, narxlar- 
ning pasayishi bozor umumiy hajmining o'sishiga olib kelmaydi.
Raqobat xulq-atvori variantlari. Raqobat xulq-atvori tushun- 
chasi ostida firma qaror qabul qilish jarayonida o ‘z raqobatchila- 
riga nisbatan egallaydigan vaziyat tushuniladi. Ularni qoyidagicha 
guruhlash mumkin:
• mustaqil atvor;
kooperativ atvor;
• moslashuvchanlik atvori;
ilgarilovchi atvor;
• agressiv atvor.
Kurashuvchi marketing. Rivojlangan iqtisodiy davlatlarda oli- 
gopoliya ko‘p uchraydi va sanoatning ko‘pgina sektorlarida firma­
lar to ‘yingan bozorlarda bir-biriga qarshilik ko'rsatadilar. Bunday 
vaziyatlarda muvaffaqiyatning muhim omili bo‘lib, raqobatchilar 
faolligini bostirish hisoblanadi. „Kurashuvchi" marketing raqobat 
kuchlarining tahlilini tizimli tarzda o ‘tkazishni va raqobatchilarga 
qarshilik ko'rsatish strategiyasini ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Raqiblarga nisbatan munosabat har qanday strategiyaning 
markazini tashkil qiladi. Bunday pozitsiya batafsil tahlilga asoslan­
gan bo‘lishi kerak.
Porter raqobatni tahlil qilish vazifalarini quyidagicha tavsif- 
laydi: „Raqiblami tahlil qilishdan maqsad har bir raqobatchi olib 
borishi mumkin bo‘lgan strategiyadagi o'zgarishlarning xarakte- 
rini va muvaffaqiyat qozonish ehtimolini bilishdan iboratdir...“
Raqobatni kuzatib borish tizimi quyidagi to'rtta asosiy savolga 
javob topishga asoslanadi:
— Raqobatchining asosiy maqsadlari nimadan iborat?
— Ushbu maqsadlarga erishish uchun ayni paytdagi joriy 
strategiya qanday?
— Raqiblar o ‘z strategiyasini amalga oshirish uchun qanday 
vositalarga egalar?

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling