National library of Egypt – Misr milliy kutubxonasi
Download 99.23 Kb.
|
1-seminar Hasanov Shohrux Abdumajid o\'g\'li (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- (MOXT va E) Fors-ingliz 1 guruhi talabasi: Hasanov Shohrux
National library of Egypt – Misr milliy kutubxonasi. Dunyodagi eng yirik milliy kutubxonalardan biri bu Misr poytaxti Qohira shahrida joylashgan “Dar al-Kutub” deb nomlanadi. Ushbu kutubxona Misrning odil vazirlaridan biri bo‘lmish Ali Posho Muborak taklifi va tashabbusi orqali bunyod etilgan bo‘lib, 1870-yilda Ismoil Hadivga topshirilgandir. Dastlabki davrlarda ya’ni, ismoil Hadiv boshqargan payt kutubxona binosi Shahzoda hazratlari Mustafo Fadel qasrining pastki qavatlarida joylashgan edi. Keyingi davrlarda esa 1889-yilda yangi to‘plam olib kelinishi sharofati bilan Tavfiq Hadiv yangi bino qurdirish uchun farmon tayyorlaydi. Qurilish ishlari Abbos Hadiv Halami II davri kelguniga qadar bir necha marotaba to‘xtatilgan afsuski. Ammo shunga qaramasdan, 1904-yilga kelib muhtasham va shohona bino bo‘lmish Bob al-Xalqqa ko‘chiriladi. Va bir qancha Islom san’ati sohasiga oid noyob topilmalarni o‘z nufuzi ila mashhur qiladi. Keyinchalik esa, 1970-yilda maxsus yangi bino Kornishda qad ko‘tardi ammo kutubxonani ko‘chirish milliy madaniyat uchun xavfli edi, shu sababli, yangi binoda yangi arxiv o‘z faoliyatini boshladi. Ming afsuslar bo‘lsinki, 2014-yil 14-yanvar sanasida baxtsiz hodisa ( Avtomobil to‘qnashuvi natijasidagi portlash ) tufayli milliy kutubxona yirik zarar ko‘rdi. Ma’lumotlarga qaraganda miqdor 2,81 mln dollar atrofida deya keltiriladi. Kutubxonaning milliy xazinasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu yirik markazda qog‘oz, pergament toshbosmalar, va boshqa turdagi qo‘lyozmalar mavjuddir. Ularning eng yiriklari sifatida ilk kufiy yozuv turiga mansub bo‘lgan Qur’on nusxasi va uch chiziqli, rayxoniy uslubidagi mamluk qo‘lyozma matnlarini keltirishimiz mumkin.bulardan tashqari, VII asrga oid deya keltirilgan Misr ijtimoiy va madaniy hayotiga oid dastlabki islom ma’lumotlari tushirilgan qo‘lyozmalar ham mavjud. Qiziqarlisi ushbu markazdagi eng yirik to‘plam Usmonli turklar va Forslarning siyosiy va iqtisodiy hujjatlari hisoblanadi. Eng qadimgi hujjat Qadimgi Misrga oid bo‘lgan papiruslardir. Qo‘shimcha qilib shuni aytishimiz mumkinki, Mashxur tadqiqotchilar Rifat al-nabavi, Norman Nikol va Stenli Leyn-Pul tomonidan maxsus brashura holida ma’lumotlari keltyiriladigan Milodiy 696-yilga tegishli bo‘lgan o‘rta asr Arab tangalarining kolleksiyasi hisoblanadi. Ushbu kolleksiya yuqori arxeologik qiymatga ega ekanligi bilan qadrlidir. (MOXT va E) Fors-ingliz 1 guruhi talabasi: Hasanov Shohrux Download 99.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling