National researches of uzbekistan: conferences
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
15728 1 E3151522D1438C31001399791FE5CDBEDF5429A0
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya.
Фойдаланилган адабиётлар :
1. Интернет материаллари. 37 Август 2022 10-қисм Тошкент ‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’ BOSHLANG`ICH TA’LIM JARAYONIDA KO`RGAZMALILIKNING O`RNI Umirova Mavjuda Tojiqulovna Sirdaryo viloyati Xovos tumani 22-umumta’lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi +99899 345 0831 Annotatsiya. Mazkur maqolada ta’lim sifatini oshirishda ko`rgazmalik asosida darslar tshkil etish ahamiyati, undan foydalanishning o`ziga xos qoidalariga amal qilgan holda tashkil etishhaqida ma’lumotlar berib o`tilgan. Kalit so`zlar: boshlangich ta’lim, ko`rgazma qurol, tamoyillar, axborot texnologiyalari, texnik vositalar. Boshlang`ich ta`lim jarayoni davlatimizning ta`lim - tarbiya tizimida umumiy o`rta ta`limning dastlabki bosqichidir. Uning asosiy maqsadi bolalarda elmentar taszdagi o`qish, yozish, hisoblash ko`nikmalarini hosil qilishdan, obyektiv olam haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish hamda boshlang`ich talim jarayonining samaradorligini oshirish uchun uni takomillashtirish va yangi yondashuvlar bilan boyitishdan iborat. Har qanday ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadi tegishli fanlardan o`quvchilarda bilim, ko`nikma va malakalarni hosil qilish, ularni xotirada yaxshi eslab qolishini ta’minlash va o`quvchilarni ulardan hayotda to`g`ri foydalana olishga o`rgatishdan iborat. Shu nuqtai nazardan didaktikaning asosiy tamoyillaridan biri ko`razmalilik tamoyildan unumli foydalanishdir. Dars jarayonini ko`rgazmalili tashkil etish ham eshitish, ham ko`rish orqali o`quv materiallarini idrok qilish, ularni ongli va puxta o`zlashtirish, bilimlarning turmushdagi zaruriyatini anglab etishga asos soladi. ”Sinfga surat olib kirishing bilan soqov ham tilga kiradi” degan edi chex pedagogi Yan Amos Komenskiy. Mavzuga oid bilimni og`zaki tushuntirishda bir necha o`quvchiga yetib borishi mumkin. Yangi pedtexnologiya asoslari orqali esa yanada samaraliroq natijaga erishish ko`zda tutiladi. Masalan: turli ko`rgazmaliliklar yoki mavzuga oid turli multfilm, hujjatli filmlardan foydalanib, o`quvchida aqliy hujum tashkil etish bilan o`z uztida ishlashga undaydi. O`qituvchi dars davomida mavzuni mustahkamlash bilan o`quvchida yangi olgan bilimini oshiradi. Aqliy hujum orqali nafaqat o`quvchining bilimining oshishiga balki o`qituvchi ham o`quvchining fikri orqali ruhiyatiga moslab darslarga har-xil pedtexnologiya usullaridan qo`llashi mumkin. Darsda muallimning og`irini yengil qiluvchi narsa bu shubhasiz ko`rgazmali qurollardir. O`quvchining intelektual salohiyatini oshirish, mavzuni fanlararo bog`lagan holda yangi bilimlarni shakllantirish interaktiv jarayonda o`quvchilarning tabiatga nisbatan mas`ulligini oshirish deb o`ylayman. Mavzuga oid rang – barang ko`rgazmali qurollar o`qituvchiga yengillik yaratib qolmay, o`quvchilarning murakkab fan olamiga osonlik bilan kirib borishida ham asqotadi. Qisqa ailib aytganda ko`rgazmali qurol va darslik pedagog uchun juda zarur. Ko`rgazmali qurollardan foydalanish metodi qadim zamonardan beri ishlatilibkelinayotgan eng qulay, samarali va tushunarli metod hisoblanadi. Zero, ko`rish orqali eshitishga nisbatan 5 marta ko`proq va 13 marta ko`proq taktik organlarga nisbatan ko`proq ma’lumotni miyaga yetkazadi. Bu ma’lumotlar tez, oson va mustakam o`rhashib qoladi. Ko`rgazmalilik metodi o`ziga xos tamoyillarga asoslanadi. Ko`rgazmali qurollardan foydalanish qoidalari juda ko`p bo`lib, ayrimlarini ko`rsatib o`tamiz: 1. So`z bilan emas, namoyish bilan ko`proq, tez va oson tushunib olish mumkin. 2. Shuni unutmangki bola rang, shakl, tovush(ohang) orqali tezroq tushunadi. 3. Ko`rgazmalilik maqsad emas, vosita ekanligi unutmang. 4. Tushuncha, bilim aniq dalil va ko`rgazma bilan samarali ekanligi unutmang. 5. Ko`rgazmalilik faqat tomosha emas, balki bilim olishning manbai, izlanuvchanlik, ijodkorlikka o`rgatuvchi omildir. 6. Ko`rgazmali qurollardan foydalaning, ammo juda ko`p emas, chunki bu o`quvchi diqqatini bo`lib, charchatib, asosiysidan chalg`itadi. 7. Ko`rgazmali qurollarni o`quvchilar bilan birga tayyorlash samarali natija beradi. 8. O`zingiz bilmagan ko`rgazmali qurolini ishlataman deb ovora bo`lmang, uyalib qolasiz. Oldin o`zingiz yaxshilapb o`rganing. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling