National researches of uzbekistan: conferences
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
15728 1 E3151522D1438C31001399791FE5CDBEDF5429A0
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya.
Август 2022 10-қисм
Тошкент ‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’ BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING MANTIQIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA REBUSLARNING O`RNI Uralova Umida Sirdaryo viloyati Xovos tumani 22- umumta’lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi Telefon: +998993450831 Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang`ich sinf darslar va darsdan tashqari jarayonlarda rebuslar yechish orqali o`quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari namunalar asosida ko`rsatib o`tilgan. Kalit so`zlar: rebus, mantiqiy fikrlash, ijodiy ish, rasmli, shaklli va rasmli rebuslar. O`quv chilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllanti rish jarayo ni - ma’naviy manbaalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlari nazarda tutilgan holda, o`qituvchilarning o`quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o`zaro amaliy va nazariy muloqatidir. Bugungi kunda milliy ta’lim tarbiya tizimini har tomonlama rivojlantirishga mustaqil O`zbekiston taraqqiyotining asosiy, hal qiluvchi sohalaridan biri sifatida qaralmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalash to`g`risidagi g`oyalari kadrlar tayyorlash milliy modeli asosini tashkil etadi. Bu model yuksak darajada ongli, barkamol shaxslar tarbiyasini ko`zlaydi. Davlat ta’lim standartlarining yangi talablarini bajarish uchun kurashni faqatgina ilm- fanda emas, balki maktablarda o`quvchilarni bilimlarini kengaytirishda fanlararo bog`liklikni ta’minlash, darslarni qiziqarli qilib o`tish, ularda o`yin faoliyatini kengaytirish, darslarda fanlarga bog`liq krossvorlar, rebuslar va boshqotirmalardan foydalanish yanada samara beradi. Buni biz ona tili va o`qish savodxonligi va tabiiy fanlar darslari va darsdan tashqari jarayonlarda, ya’ni sinfdan tashqari tadbirlar, to`garak, intelektual o`yinlar kabilarga qo`shimcha sifatida bolani fanga qiziqishini ortirish maqsadida foydalansak maqsadga muvofiq bo`ladi. Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarni fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda rebuslar yechish muhim o`rin belgilaydi. Bunda o`quvchining fikrlash qobilyati ortadi, tafakkur tushunchasi kengayadi, keng mulohazali bo`ladi, diqqat- e’tibori oshadi. O`quvchilarni mantiqiy fikrlash doirasini kengaytiruvchi yo`naltirilgan rebuslar bolalarni yosh va psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tuzilishi ham talablardan biridir. Shunga ko`ra so`zlar hosil qiluvchi, so`ngra gaplar hosil qiluvchi rebuslardan foydalanish orqali o`quvchilarni fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirib boramiz. Rebuslar asosan harflar va sonlar qo`shilmasi asosida so`zlar hosil qilish, keyin murakkabbroq harf o`rniga boshqa harflar qo`yish, rasmlar bilan mujassamlashtirish orqali gaplar hosil qilish, alifbodagi harflarni sonlar ketma- ketligida, turli shakllar va rasmlar asosida belgilagan holda turli rebuslar hosil qilish asosida ham tuzilishi mumkin. Quyida rebuslardan namunalar keltiramiz. So`z hosil qiluvchi rebus namunalari: Maqollar va hikmatli so`zlarga oid rebuslar: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling