National University of Uzbekistan Volume 4


National University of Uzbekistan


Download 124.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana16.11.2023
Hajmi124.31 Kb.
#1777501
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
nafosat-falsafasining-tadqiqot-doirasi-va-estetik-me-zonlari

National University of Uzbekistan 
Volume 4 | NUU Conference 2 | 2023
Google Scholar indexed 
Current Issues of Social Sciences and Humanities
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-49-60 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 
 
 
 
 
 
 
58
 
April, 2023 
https://nuu.uz/ International Scientific and Practical Conference 
5) San‘at nazariy tarixi kategorilari (badiiy jarayon, yo‗nalishlar, davrlar, 
an‘analar, badiiy taraqqiyot va b.). 
6) San‘at antropologiyasi kategoriyalari (ijodkor, muallif, badiiy jarayon, badiiy 
muhit va b.) 
7) San‘atning ijodiy genetikasi kategoriyalari (fikr, eskiz, qoralama, variant). 
8) San‘at psixologiyasi kategoriyalari (qobiliyat, iste‘dod,daho, ilhom, ijodiy 
fantaziya, badiiy tasavvur). 
9) San‘atni idrok etish kategoriyalari (retsipient, badiiy idrok, zavq, katarsis).
10) San‘at morfologiyasi kategoriyalari (san‘at turlari, janrlari, epos, lirika, 
drama).
11) San‘at strukturasi kategoriyalari (badiiy matn, kontekst, badiiy matnning 
elementlari). 
12) San‘at semiotikasi kategoriyalari (belgi, kod, badiiy mazmun). 
13) San‘at ritorikasi kategoriyalari (metafora, metonimiya). 
14) Badiiy asarni, badiiy ifodalarni tahlil qilish kategoriyalari.
15) San‘at poetikasi kategoriyalari (badiiy olam, badiiy vaqt, makon, rang).
16) San‘at germenevtikasi kategoriyalari (interpretatsiya, tushunish, empatiya). 
17) Badiiy tanqidning nazariyasi va metodologiyasi kategoriyalari (baho, 
asarning badiiy darajasi, sotsiologik, tarixiy, taqqoslochi, biografik, genetik, 
strukturaviy tahlil, mikroanaliz, diqqat bilan o‗qish)
4

Estetika atamasiga uning tarixi mobaynida qarashlar turlicha bo‗lgan. Uni 
goh,"go‗zallik falsafasi" goh, "san‘at falsafasi" deb atashgan. Estetikani bir necha 
marta mustaqil fanlarga ajratmoqchi bo‗lishgan. Masalan; estetik qadriyatlar 
nazariyasi, estetik idrok nazariyasi, san‘at nazariyasi, lekin tajriba shuni ko‗rsatdiki, 
ushbu nazariyalar o‗zaro shunchalik chambarchas bog‗liq ekanki, ularni ajratib 
tashlash, deyarli mumkin emas ekan. Hozirgi kunda estetika ko‗proq sohaviy 
ko‗rinishga ega. Masalan: musiqa estetikasi, dizayn estetikasi, landshaft estetikasi va 
h.k.
Estetik bilimlar o‗ziga xos va universaldir. Estetika san‘atning paydo bo‗lishi 
shartlarini, uning strukturaviy va farmal xususiyatlarini o‗rganadi. Estetika 
go‗zallikni va boshqa estetik kategoriyalar va ularning go‗zallikka nisbatini, estetik 
hissiyot va uning o‗ziga xos xususiyatlarini, san‘at, dizayn, badiiy asar tuzilishi
janrlari, usullari, ifoda vositalari, badiiy ijod va idrok jarayonlarini, nosan‘at ob‘ektlar 
estetikasini (sport, moda, tabiat va b.), estetik tarbiya masalalarini, 
estetik madaniyat va uning o‗rnini tadqiq etadi. Shuningdek, 
4
Qarang. Борев.Эстетика. Учебник.Москва. 2002.С.481-482.



Download 124.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling