National University of Uzbekistan Volume 4
National University of Uzbekistan
Download 124.31 Kb. Pdf ko'rish
|
nafosat-falsafasining-tadqiqot-doirasi-va-estetik-me-zonlari
National University of Uzbekistan
Volume 4 | NUU Conference 2 | 2023 Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-49-60 Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 50 April, 2023 https://nuu.uz/ International Scientific and Practical Conference Baumgartenning bu boradagi hizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma‘nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos – «oyestetikos» so‗zidan «estetika» (olmoncha «estetik» – «eshtetik») iborasini olib, ana shu bo‗shliqni to‗ldirdi 1 . Nafosat falsafasining predmeti xususida ko‗plar qarashlar mavjud. Psixolog va faylasuf E.Meyman estetik tadqiqotning to‗rtta yo‗nalishini aniqladi: 1) estetik zavqni psixologik tahlili; 2) badiiy ijod nazariyasi; 3) alohida olingan san‘at va badiiy asarlar tizimi; 4) umuman keng tushuniladigan estetik madaniyat sohasi. B.Husanovning ta‘kidlashicha: ―Estetika predmeti, obekti va tadqiqot doirasiga ega fan. Ma‘lumki, barcha fanlar o‗z predmetiga ega bo‗lib, olamning mohiyatini bilish, borliqning mazmunini tushunish, voqelikni tasavvur qilishga qarab har bir fan o‗z predmetini belgilaydi. Mohiyatan insonni paydo bo‗lishi va voqelikni idrok qilish bilan bog‗liq bo‗lgan barcha qadriyatlar estetikaning predmeti bo‗la oladi. Jumladan, tabiat va uning estetik xususiyatlari, san‘at va uning badiiy obrazlardagi ifodasi, ijod jarayoni va uning qonuniyatlari, jamiyat va uning rivojlanish printsiplari estetikaning predmeti bo‗lib xizmat qiladi‖ 2 . Shuningdek, estetika fanining predmetiga: 1)Tabiatdagi go‗zallik. 2) San‘atda go‗zallik. 3) Ijtimoiy hayotdagi go‗zallik, (kundalik hayot, mehnat va estetik faoliyatlar) kiradi. Demak, estetikaning tadqiqot doirasi miqyosiy va ko‗pyoqlamalik ekan, estetika predmetini aniqlashda turli yondashuvlar mavjud. Estetika – ilm sifatida, shakllarda ifodalangan, mavjudlikning strukturaviy va semantik qonunlarini, ularni tushunish usullarini, hissiy anglashning xususiyatlari va uning inson, uning qobiliyati va maqsadlari bilan o‗zaro munosabatini o‗rganadi. Estetik gnesologiyaga: hissiy bilish dunyoni anglashning birinchi bosqichi ekanligi, hissiy tajribasining o‗ziga xos xususiyatlariga esa, ma‘noni estetik intuitsiya va shaklni mohiyat orqali anglash kiradi. Estetik aksiologiyaga: dunyoni qadriyatlar ko‗rinishida o‗zlashtirish kiradi. Estetika bilan etikaning farqli tomonlari madaniyatdagi bilish usullari va funktsiyalarida ifodalanadi. 1 Qarang. A.Sher. ―Estetika‖ Darslik. Toshkent. «O‗zbekiston‖. 2014. 6-bet. 2 Falsafa. O‗quv qo‘llanma. Toshkent. ―Mumtoz so‘z‖. 2019. 519 b. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling