National University of Uzbekistan Volume 4
National University of Uzbekistan
Download 124.31 Kb. Pdf ko'rish
|
nafosat-falsafasining-tadqiqot-doirasi-va-estetik-me-zonlari
National University of Uzbekistan
Volume 4 | NUU Conference 2 | 2023 Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-49-60 Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 51 April, 2023 https://nuu.uz/ International Scientific and Practical Conference Estetika va din xususiga to‗xtalsak, ular; estetik va mistik tajriba; qadriyatlar ierarxiyasi; ramzlar va belgilar; hamda, diniy badiiy asarlarni yaratilishida ifodalanadi. Estetik bilimlar o‗ziga xos va universaldir. Estetika san‘atning paydo bo‗lishi shartlarini, uning strukturaviy va farmal xususiyatlarini o‗rganadi. Estetika go‗zallikni va boshqa estetik kategoriyalar va ularning go‗zallikka nisbatini, estetik hissiyot va uning o‗ziga xos xususiyatlarini, san‘at, dizayn, badiiy asar tuzilishi, janrlari, usullari, ifoda vositalari, badiiy ijod va idrok jarayonlarini, nosan‘at ob‘ektlar estetikasini (sport, moda, tabiat va b.), estetik tarbiya masalalarini, estetik madaniyat va uning o‗rnini tadqiq etadi. Shuningdek, ushbu atamani kundalik hayotimizni barcha jabhalarida juda keng ma‘noda ishlatilishini kuzatishimiz mumkin(masalan: interer estetikasi, spektakl estetikasi), ushbu tushuncha san‘at asarlarining ham, kun- dalik buyumlarning ham, tabiat hodisalarining ham hissiy ifodali sifatini umumlashtiruvchi yagona printsipni bildiradi. Demak, "Estetika" fanining maqsadi tabiat va san‘atdagi go‗zallikning o‗ziga xos xususiyatlarini ochib berish va go‗zallikni idrok etish xususiyatlarini tavsiflashdan iborat. Estetika atamasiga uning tarixi mobaynida qarashlar turlicha bo‗lgan. Uni goh,"go‗zallik falsafasi" goh, "san‘at falsafasi" deb atashgan. Estetikani bir necha marta mustaqil fanlarga ajratmoqchi bo‗lishgan. Masalan; estetik qadriyat- lar nazariyasi, estetik idrok nazariyasi, san‘at nazariyasi, lekin tajriba shuni ko‗rsatdiki, ushbu nazariyalar o‗zaro shunchalik chambarchas bog‗liq ekanki, ularni ajratib tashlash, deyarli mumkin emas ekan. Hozirgi kunda estetika ko‗proq sohaviy ko‗rinishga ega. Masalan: musiqa estetikasi, dizayn estetikasi, landshaft estetikasi va h.k. Estetikaning qo‗llanilnish sohalarini quyidagicha tasniflash mumkin: Download 124.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling