National University of Uzbekistan Volume 4
Download 124.31 Kb. Pdf ko'rish
|
nafosat-falsafasining-tadqiqot-doirasi-va-estetik-me-zonlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- National University of Uzbekistan Volume 4 | NUU Conference 2 | 2023 Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities
1) Fan, ilm sohasi. Estetika mustaqil fan sifatida mavjud, lekin ushbu atama
boshqa fan sohalarida ham keng qo‗llaniladi. 2) Faoliyatlar sohasi. Estetik faoliyatlar bilan amaliy shug‗ullanayotgan inson, estetik qonuniyatlari bilmog‗i, ularga layoqati, didi, bo‗lmoqg‗i lozim. Faoliyatlar sohalari estetikasi ikkiga bo‗linadi: badiiy faoliyatlarda. Badiiylik bilan bog‗liq sohalarning barchasi estetik qonuniyatlar amal qiladi. San‘at, dizayn, go‗zallik industriyasi, kosmetalariya va b; badiiy bo‘lmagan faoliyatlarda. Mehnat estetikasi, iqtisod. marketing va b. 3) Estetik qiymat yoki baho ma’nosida (masalan hozirgi kunda landshaftlarning estetik bahosi, qiymati belgilanadi). National University of Uzbekistan Volume 4 | NUU Conference 2 | 2023 Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-49-60 Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 52 April, 2023 https://nuu.uz/ International Scientific and Practical Conference 4) Barcha sohalarda sifat darajasini belgilovchi omil sifatida (turli faoliyat nomlari, brend va logotiplarda). 5) Tarbiya sohasida. Bu tasnifni yana davom ettirish mumkin, lekin, shuni alohida ta‘kidlashimiz joizki, jamiyat rivojlangan sari estetikaga, go‗zallikka bo‗lgan talab oshib boraveradi. Misol uchun iqtisodiyotda: tovarning asosiy ko‗rsatkichi bu uning sifatidir. U inson faktori bilan bog‗langan quyidagi ko‗rsatkichlar bilan xarakterlanadi: – ishonchlilik ko‗rsatkichi (uzoq vaqt xizmat qilishi, yaroqlilik) – ergonomik ko‗rsatkichlar (gigienik, antropometrik, fiziologik va b. faktorlar), havfsizlik ko‗rsatkichlari (ximoya vositalari), hamda, bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatli muhitning mavjudligi ularning estetik ko‗rsatkichlari (aniq ko‗zga tashlanuvchi informatsion, shaklining samaraliligi, kompozitsiyasining yaxlitligi va boshqalar)ga alohida e‘tibor berishni taqazo qiladi (inson avvalambor shakliga qarab tovarni tanlaydi, sotib oladi). Shuningdek, san‘at ham estetika fanining predmeti bo‗lib xizmat qiladi. San‘at nafaqat qator fanlar predmeti, balki inson dunyosi ontologiyasini, inson faoliyatining turli shakllarini qamrab olgan hodisadir. Keyinchalik, san‘at muammolari ijtimoiy-madaniy hodisalar yig‗indisida o‗rganildi va uning fundamental ilmiy tadqiqotlar kompleksining predmeti ekanligi ijtimoiy - falsafiy tahlil etildi. Bu esa maxsus fan ya‘ni - san‘at falsafasi fanini vujudga keltirdi. Estetika predmetining ko‗p qirraliligi hatto qiyinchiligi, tadqiqotchidan fundamental bilimlarni (hech bo‗lmaganda san‘atshunoslik va barcha gumanitar fanlar sohasida) va yuksak badiiy tuyg‗uni talab qilishi bilan uzviy bog‗liqdir. Estetika hanuzgacha, har taraflama, eng murakkab, bahsli, ko‗p mehnat talab qiladigan gumanitar fanlardandir. Bugungi kunda, u paydo bo‗lgan paytdagidek, estetikaning diqqat markazida ikkita asosiy muammo bor: estetiklik va san‘at va uning asosiy mohiyati. Ular bilan bog‗liq terminlar deyarlik estetikaning kategoriyalari va metakategoriyalarini tashkil qiladi. Klassik estetikaning fenomenal muammolar sohasi va ularni anglatadigan atamalar va kategoriyalarning eng muhimlari quyidagilarda belgilanadi: estetik ong (shu jumladan estetik idrok, tasavvur, ilhom va boshqalar), estetik tajriba, estetik madaniyat (shu jumladan badiiy madaniyatning asosiy qonuniyatlari va tamoyillari, badiiy matn, badiiy til, san‘at tipologiyalari), estetik tarbiya, o‗yin, go‗zallik, xunuklik, ulug‗vorlik, fojiviylik, kulgililik, ideal, katarsis, zavq, mimesis, obraz, ramz, belgi, ifoda, ijodiy usul, uslub, shakl va mazmun, daholik, ijodkorlik va boshqalar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling