Natriy tetraboratning fizik va kimyoviy xossalari


Download 52.56 Kb.
bet2/9
Sana09.05.2023
Hajmi52.56 Kb.
#1447844
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Natriy tetra borak

Kursishining maqsadi. Mazkur kursishida ko‘zda tutilgan asosiy maqsad natriy tetraboratning kimyoviy va fizik xossalari, olinish usullari va sanoatda qullanilishi. Moddalar xossalari va ishlatilishi mavzusi yuzasidan ilmiy asoslangan bilimlarni o‘rganish va o‘quvchilar va kimyo fanini o‘rganuvchilar uchun ularning qo‘llanilish sohalari haqida bilim, ko‘nikma va malakalarini shakillantirishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari. Kurs ishining maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni bajarish uchun belgilab oldik:
- natriy va bor elementining kashf qilinishi, atama etimologiyasi.
- natri tetraboratning fizik, kimyoviy xossalari, olinishi va ishlatilishi haqida malumotlar .
Kurs ishning tarkibi va hajmi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, amaliy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan iborat bolib, umumiy hajmi 20-betni tashkil qiladi. Mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati. “Hayotning asosi kimyo, Darhaqiqat hozirgi vaqtda, rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘z tashlaydigan bo‘lsak, ijtimoiyiqtisodiy hayoti, ishlab chiqarish sohalari bevosita kimyo fani bilan chambarchas bog‘liq.
Hozirgi kunda jamiyat hayotida kimyoning roli beqiyosdir. Xalq xo‘jaligining barcha sohalarini rivojlanishi kimyoning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Sanoatimizda kimyoning yutuqlaridan foydalanib, yuqori sifatli maxsus po‘latlar, qattiq va o‘ta qattiq qotishmalar, sintetik kauchuk, plastmassalar, sun’iy va sintetik tolalar, mineral o‘g‘itlar, motor yoqilg‘isi, dori-darmonlar, bo‘yoqlar, portlovchi moddalar va boshqalar ishlab chiqarilmoqda. Shu sababli ham biz kimyogarlar oldida kimyo fanining nazariy bilimlarini o‘zlashtiribgina qolmay balki uni amaliyot va ishlab chiqarish jarayonlariga tadbiq etish kabi muhim masalalar turibdi.
I. ASOSIY QISM.
I.1. Natriy tetraborat tarkibidagi elementlar haqida ma’lumot.
Natriy (arab, natrun, yun. nitron — tabiiy soda; lot. natrium), Na — Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Ishkr-riy metall. Tartib rakami 11, atom massasi 22,9898. Bitta tabiiy izotopi 23Na bor. Sunʼiy radioaktiv izotoplaridan 23Na va 24Na muhim. Natriyning tabiiy birikmalari — osh tuzi NaCl, soda Na2CO3 qadimdan maʼlum. Metall holidagi Natriyni 1807-yilda ingliz olimi Natriy Devi oʻyuvchi natriyni elektrolizlab ajratib olgan. Massa jihatdan Yer poʻstining 2,64% ini tashkil qiladi. Quyosh atmosferasi va yulduzlararo fazoda Natriy borligi aniqlangan. Dengiz suvida 1,5·1016 t natriy bor. Natriy tabiatda faqat bi-rikma (tuzlar) holida uchraydi. Ulardan eng muhimlari: natriy xlorid, yaʼni osh tuzi (tosh tuz, galit) NaCl, natriy sulfat (mirabilit, glauber tuzi) Na2SO10H2O, natriy nitrat (chili selitrasi) NaNO3, natriy sulfat (tenardit) Na2SO4, trona NaH(CO3)2, natriy alyuminiy geksaftorid (kriolit) 3NaF-AlF3, natriy tetraborat (bura — tinkal). Bundan tashqari, Natriy Sa, Sr, Ba, Mg, A1 va nodirer elementlari bilan birgalikda koʻpgina tabiiy silikatlar tarkibiga kiradi. Natriy oʻsimliklar (boʻyimodaron, dengiz oʻti) tarkibida ham bor. Odam va hayvonlar organizmida birikmalar holida boʻladi. Natriy ionlari odam qoni plazmasida 0,320%, suyakda 0,6%, muskul toʻqimasida 0,6—1,5% ni tashkil kiladi. Organizmda sarf qilingan Natriy oʻrnini toʻldirish uchun kishi sutkasiga 4—5 g osh tuzi isteʼmol qilishi lozim. Natriy konlari yer yuzida keng tarqalgan. Oʻzbekistonda Surxondaryo viloyatida va Qoraqalpogʻistonda katta osh tuzi konlari bor.
Natriy — kumush kabi oq, yumshoq metall; pichoq bilan oson kesiladi. Zichligi 0,968 g/sm³ (20° da), suyuqlanish temperaturasi 97,83°, qaynash temperaturasi 882,9°. Kimyoviy jihatdan juda faol. Havoda oson oksidlanadi. Suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib (reaksiya baʼzan portlash bilan boradi), natriy gidroksid NaOH va H2 hosil qiladi. Vodorod, kislorod, galogenlar, oltingugurt, uglerod va boshqa bilan reaksiyaga kirisha oladi. Natriy suyuq ammiakda yaxshi eriydi. Koʻpgina metallar bilan qotishmalar beradi.
Natriy osh tuzi NaCl ni elektrolizlab olinadi. Natriy juda faol metall boʻlgani uchun kerosinda saqlanishi kerak. Uni kavsharlab bekitilgan idish yoki maxsus sisternada tashish mumkin. Natriyni ishlatishda maxsus korjoma, qoʻlqop kiyib, koʻzoynak taqish lozim. Ish joyi yongʻinga qarshi vositalar bilan jihozlanishi zarur. Natriy bor joyda yongʻinni suv bilan oʻchirish mumkin emas, aks holda portlash yuz beradi.
Natriy (oʻzi yoki qotishmasi) aviatsiya dvigatellarida, yadro reaktorlarida, maxsus yoritkichlarda, metallurgiyada (qay-taruvchi sifatida va qotishmalar olishda) va tetraetilqoʻrgʻoshin olishda, birikmalari tibbiyotda kasalliklarni davolashda, qishloq xoʻjaligida oʻgʻit sifatida ishlatiladi.

Download 52.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling