Natriy tetraboratning fizik va kimyoviy xossalari


Download 52.56 Kb.
bet5/9
Sana09.05.2023
Hajmi52.56 Kb.
#1447844
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Natriy tetra borak

Izotoplari


Borning tabiiy izotoplari 2 xil bo‘lib, 10B izotopi tabiiy borning 19,8 % ulushini tashkil qiladi. Qolgan, 80,2 % bor izotopi esa 11B dan iborat.
Bundan tashqari, Borning yana 13 xil radioaktiv izotopi olingan bo‘lib, ularning barchasi juda qisqa yarim yemirilish davriga ega. Eng barqaror radioaktiv bor izotopi bo‘lmish 8B ning yarim yemirilish davri atigi 770 msek ni tashkil qiladi.

Fizik xossalari


Bor – qattiqlik ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori darajali moddalardan biridir. U qattiqlik borasida faqat olmosdan keyin turadi. Shuningdek, yarimo‘tkazgich xossalari ham mavjud. Eng katta yorilishga chidamlilik ko‘rsatkichi aynan borga tegishli bo‘lib, u 5,7 GPa ni tashkil qiladi.

Olinishi va asosiy konlari


Nisbatan sof borni borovodorodlarni piroliz qilish usuli bilan olinadi. Bunday sof bor yarimo‘tkazgich materiallar tayyorlashda qo‘llaniladi. Tijorat maqsadlarida ishlab chiqariladigan borning 90% qismi kolemanit, kernit, ulkesit va tanakor minerallaridan olinadi. Jahon bo‘ylab eng katta bor konlari Turkiya davlati hududida, xususan, Eskishahar va Balikesir mintaqasidan aniqlangan. Yillik bor ishlab chiqarish hajmi dunyo bo‘yicha 4 million tonnani tashkil qiladi; tasdiqlangan bor konlari esa, 1 milliard tonna atrofida deb baholangan.
B2H6 → 2B + 3H2
Metallotermiya usuli (ko’pincha magniy yoki natriy bilan qaytarib):
B2O3 + 3Mg → 3MgO + 2B
KBF+ 3Na → 3NaF + KF + B
Bor bromid bug’ini (1000-1200 ° C) volfram simida vodorod ishtirokida termik parchalanishi (Van Arkel usuli):
2BBr3 + 3H→ 2B + 6HBr
Eng ko‘p bor ishlab chiqaruvchi mamlakatlar ham Turkiya va AQSh sanaladi. Jahon bor ishlab chiqarish miqdorining deyarli yarimini Turkiya ta’minlaydi. Yana taxminan 23% yillik ishlab chiqarish miqdori AQSH hissasiga to‘g‘ri kelsa, qolgan 27% borni boshqa mamlakatlar ishlab chiqaradi.

Download 52.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling