Nazariy ma’lumot
Tasmali uzatmalarning eng oddiysi yetaklovchi, yetaklanuvchi shkivlardan va ularga taranglik bilan kiydirilgan tasmadan tuzilgan bo’ladi. Etaklovchi shkivdan harakat va energiya yetaklanuvchi shkivga tasma orqali tasma bilan shkiv orasida hosil bo’adigan ishqalanish kuchi hisobiga uzatiladi. Tasmaning tarangligi, qamrov burchagi hamda ishqalanish koeffisiyenti qancha katta bo’lsa, tasmali uzatmaga shuncha katta nagruzka qo’ysa b’ladi. Odatda, taranglik tasmaning elastik deformasiyasi hisobiga hosil qilinadi. Biroq vaqt o’tishi bilan tasma cho’zilib qolganidan uning tarangligi kamayadi. Bunday hollarda, talab qilingan taranglikka erishish uchun uzatmalar maxsus qurilmalar bilan ta’minlanadi. Tasmaning shkiv bilan ilashuvini yaxshilash uchun qamrov burchagining qiymatini oshirish kerak. Bu maqsadda taranglovchi roliklardan foydalaniladi.
Odatda, tasmali uzatmalar quvvati 50 kVt gacha bo’lgan vallarning biridan ikkinchisiga harakat uzatishda ishlatiladi.
Bunday uzatmalar, ba’zan uzatmalar 1500 kVt gacha bo’lgan mexanizmlarda ishlatilsada, bunday hollarda ularning o’lchamlari juda katta, foydali ish koeffisiyenti esa ancha kichik bo’adi.
Tasmali uzatmalardan avtomobilsozlikda, stanoksozlikda va qishloq xo’jalik mashinalarida keng ko’lamda foydalaniladi. Hozirgi vaqtda ko’ndalang kesimi yassi, ponasimon va doira shaklida bo’lgan tasmalar ishlatiladi (4.1 – rasm).
a) yassi, b) ponasimon, v) doiraviy
Tasmaning tarangligini ta’minlash usuliga ko’ra, uzatmalar oddiy va taranglikni ta’minlovchi qurilmali bo’ladi. Tasmali uzatmalar asosiy turlari va ularning ishlatilishi haqida ayrim ma’lumotlar 18-jadvalda ko’rsatilgan.
Tasmali uzatmalarni hisoblash uchun misollar
Misol 4.1. Ochiq yassi tasmali uzatmani nasos n1 = 1440 ayl/min bo’lganda quvvati N = 10 kVt asinxron dvigateldan hisoblab aniqlang. n2 = 720 ayl/min. Ish bir smenali. Uzatmaning gorizontga nisbatan qiyalik burchagi 30°. Standartsiz shkiv elektrodvigatel tasma tarangligini muntazam boshqarish uchun burilma platformada o’rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |