Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Korxonani tashkil etish va davlat ro’yxatidan o’tkazish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yishning avtomatlashtirilgan tizimi
2.2. Korxonani tashkil etish va davlat ro’yxatidan o’tkazish
Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga oshiriladi: korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo’lishi; korxona muassislarini tanlash; taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o’rganish; korxona Nizom jamg’armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniqlash; 38 korxonaning ta’sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash; davlat ro’yxatidan o’tish, soliq idoralarida ro’yxatdan o’tish. muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash; Korxonani barpo etilishi o’ziga xos tashkiliy bosqichlardan iborat bo’ladi. Korxonani tuzilishi uni yaratish to’g’risida tug’ilgan g’oyani asoslashdan boshlanadi va quyidagi ketma-ketlikda keltirilgan ishlar bajariladi: - korxonani ta’sis etuvchilari aniqlanadi, ularni shartnomasi tuziladi; - ishlab chiqaradigan mahsulot yoki xizmat turini belgilash; - korxonaning moliyaviy resurslari manbalarini aniqlash; - korxonaning Ustav va Nizomini rasmiylashtirish; - korxonani biznes-rejasini ishlab chiqish; - korxona muhri, shtampi va boshqa rekvizitlarini tayyorlash; - korxonani soliq organidan ro’yxatdan o’tkazish; - bankda hisob raqamini ochish, bank bilan shartnoma tuzish; - korxonalar ajratmalar o’tkazishi majbur bo’lgan, Respublikada mavjud maqsadli jamg’armalarda hisobga qo’yilishi; - korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish va ro’yxatdan o’tganlik to’g’risida hujjat olish. 2017 yil 9 fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 66-son Qarori bilan tasdiqlangan “Тadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi to’g’risida” Nizomga ko’ra mamlakatimizda Тadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yishning avtomatlashtirilgan tizimi ya’ni, tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazishni, shuningdek ro’yxatdan o’tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning ushbu jarayondagi elektron hamkorligini ta’minlovchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kompleksi tashkil qilindi. Тizim orqali quyidagilar amalga oshiriladi: - davlat ro’yxatidan o’tkazish; - qayta tashkil etish yo’li bilan tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish; 39 - qayta ro’yxatdan o’tkazish; - davlat ro’yxatidan o’tkazish, qayta ro’yxatdan o’tkazish uchun davlat bojini to’lash; - ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomani erkin olish; - yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtincha to’xtatib turish va tiklash to’g’risida ariza topshirish; - ro’yxatdan o’tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning belgilangan tartibdagi hamkorligi; - ro’yxatdan o’tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarni, shuningdek davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarini tadbirkorlik sub’ektining manzili (joylashgan joyi, yashash joyi) o’zgarganligi to’g’risida xabardor qilish; - «tadbirkorlik sub’ektining shaxsiy kabineti»ni ochish va undan erkin foydalanish; - Reestrdan ko’chirma, so’ralayotgan hujjat, tadbirkorlik sub’ektlarining ro’yxati yoki so’ralayotgan ma’lumotning va (yoxud) hujjatning mavjud emasligi to’g’risidagi ma’lumotnoma shaklidagi aniq tadbirkorlik sub’ektlari haqida ma’lumot so’rash va olish. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling