Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi. Тadbirkorlik su’ektini Davlat
ro’yxatidan o’tkazish uchun ariza beruvchi «biznesni ro’yxatdan o’tkazish» — davlat xizmatini tanlaydi va davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun quyidagi belgilangan ariza shakllari bo’yicha: - shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik sub’ektlarining (yakka tartibdagi tadbirkor); - tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik shaxslarning uni ko’rsatishga so’rovnomani shakllantiradi. Ariza beruvchi tomonidan so’rovnoma shakllantirilishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Ariza beruvchi so’rovnomani so’ralayotgan ma’lumotlarni kiritish va Тizim tomonidan umumiy ma’lumotnomadan taklif etilayotgan ma’lumotlarni tanlash yo’li bilan shakllantiradi. Ariza beruvchi so’rovnomani shakllantirishni istalgan bosqichda to’xtatish yoki davom ettirish huquqiga ega. 40 Davlat axborot resurslarida mavjud bo’lgan ma’lumotlar, ariza beruvchining Yagona identifikatsiyalash tizimidan olingan haqiqiy shaxsiy ma’lumotlarini inobatga olgan holda Тizim tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi. Тizim har bir bosqichda so’rovnomada shakllantirilgan ma’lumotlarni saqlab boradi. Shundan so’ng ariza beruvchi tomonidan firma nomini tanlash bir xilligining tekshirilishi Тizim tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladigan, lotin alifbosidagi erkin firma nomlaridan so’rovnoma shakllantirilganda amalga oshiriladi. Тizim vositasida davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun tegishlicha so’rovnomaga davlat tilidagi ta’sis hujjatlari 5 qilinadi: Ariza beruvchi ta’sis hujjatlarini o’z ixtiyoriga ko’ra qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda namunaviy shakllar asosida yoki boshqa shakllarda rasmiylashtirish huquqiga ega. So’rovnomaga ilova qilinayotgan hujjatlar elektron hujjat shaklida bo’lishi kerak. Ro’yxatdan o’tkazuvchi organga so’rovnomani qog’ozda rasmiylashtirilgan hujjatlarning «PDF» (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalari shaklida ilova qilgan holda jo’natishga yo’l qo’yiladi. Davlat ro’yxatidan o’tkazish (qayta ro’yxatdan o’tkazish) uchun yuborilgan so’rovnomalar: ikki va undan ortiq muassislari bo’lgan tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik shaxslarda muassisning so’rovnomada ko’rsatilgan elektron pochta manziliga Тizim tomonidan yuborilgan xabarnoma va uning muassisligini Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yo’li bilan har bir muassisning muassislar tarkibiga kiritilganligiga roziligi mavjud bo’lishi kerak; muassislari tarkibida O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmagan shaxslar ko’rsatilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar, chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar, boshqa tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik shaxslarda 5 Batafsil: https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/tasis_hujjatlarining_namunaviy_shakllari_tasdiqlandi 41 majburiy tartibda ko’rsatilgan shaxslarning elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi. Ariza beruvchi so’rovnoma shakllantirilishi oxiriga yetganidan so’ng stavkasi Тizim tomonidan avtomatik tarzda aniqlanadigan davlat bojini to’lashni amalga oshiradi: Davlat boji to’langan paytdan boshlab ushbu so’rovnoma Тizim foydalanuvchisiga — ro’yxatdan o’tkazuvchi organ mas’ul xodimining shaxsiy kabinetiga avtomatik tarzda xabarnoma yuboradigan Тizim tomonidan saqlanadi. Тizim davlat ro’yxatidan o’tkazish muddatlarida ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni tekshiradi va ular Тizimning tegishli ma’lumotlar bazalariga muvofiq bo’lganda reestrga avtomatik tarzda tegishli yozuvlar kiritish yo’li bilan davlat ro’yxatidan o’tkazishni amalga oshiradi; Shundan so’ng muvofiq tegishli shakllar bo’yicha ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomani shakllantiradi; Ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomada, ta’sis hujjatlarida Тizim foydalanuvchisining — ro’yxatdan o’tkazuvchi organ mas’ul xodimining ERIsi va QR-kod (matritsali shtrix kod), shuningdek identifikatsiya raqamlari bo’lishi kerak. Davlat ro’yxatidan o’tganidan so’ng tadbirkorlik sub’ekti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bank hisob raqamlarini ochish uchun banklarga murojaat qiladi. Bank hisob raqamlarini ochish uchun ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning, ta’sis hujjatlarining asl nusxalarini va nusxalarini taqdim etish talab qilinmaydi. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro’yxatidan o’tkazilganda, shuningdek ular tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda muhr va shtamplar, shuningdek ularning eskizlarini tayyorlash talab qilinmaydi. Korxona davlat ro’yxatidan o’tgan kundan boshlab barpo etilgan deb hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomini oladi. Ushbu kundan boshlab korxona xo’jalik faoliyatini yuritishni boshlashi mumkin bo’ladi. 42 Korxonalar agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik organining roziligi bo’lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir nechta tarkibiy bo’linmalarni, ushbu bo’linmalarning mehnat jamoalari tashabbusiga ko’ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin. Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to’g’risidagi holatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo’lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho’’ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo’lim va boshqa tashkiliy bo’linmalarni tashkil qilishi mumkin. Yangi korxonalarni tashkil qilishning asosiy maqsadlari, birinchidan, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lmagan kishilarniig ish joylari bilan ta’minlash, ya’ni jamiyatning ijtimoiy muammosini hal qilish; ikkinchidan, siyosiy masalani hal qilish bu esa qishloq joylarda milliy ishchilar sinfi vujudga keltirishda o’z aksini topadi; va nihoyat uchinchidan, iqtisodiy masalalarni yechish, xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, ularni tanqisligini kamaytirish asosida aholining moddiy farovonligini oshirishdan iboratdir. Korxonani ta’sis hujjatlaridan biri uni ta’sis shartnomasi hisoblanadi. Bu hujjat o’z mazmunidan kelib chiqib, kelajakda korxonani tashkil etuvchilarning o’zaro munosabatlarining qoidalarini belgilaydi. Тa’sis etish shartnomasida korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli, turi, faoliyati turi, maqsad va vazifalari, joylashish va huquqiy adresi, ustav kapitali hajmi va unda ta’sischilar hissasi, qatnashuvchilarning o’z hissasini boshqalarga berish sharti, uning boshqaruv va nazorat organlari, foydani taqsimlash usul va tartiblari, ta’sischilarning huquq va burchlari, ta’sischilar to’g’risidagi ma’lumotlar va boshqa masalalarni hal qilish tartiblarini belgilaydi. Тa’sischilar korxonani ustavini ishlab chiqadi. Korxonaning ustavi rasmiy hujjat hisoblanadi. Chunki ustavda korxona bilan davlat o’rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy munosabatlarni tartibga solinish qoidalari o’z aksini topadi. Ustav qonunlar, qoidalar va Nizomlarga asoslangan holda tuziladi. Ustavni korxonani ta’sis etuvchilar tasdiqlaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling