Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti kursining mazmuni va vazifalari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
1.3. Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti kursining mazmuni va vazifalari
«Korxona iqtisodiyoti va menejmenti» korxonalar faoliyati va butun xalq xo’jaligi rivojlanishining miqdor ko’rsatkichlarini sifat ko’rsatkichlaridan ajralmagan holda o’rganuvchi «Iqtisodiy statistika» bilan, shuningdek, joriy va istiqboldagi ishlab chiqarishni hamda ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirish uchun zarur bo’lgan «Korxonalar xo’jalik faoliyatining tahlili» bilan ham bog’liq. Gap shundaki, korxonalar hayotida ro’y berayotgan iqtisodiy jarayonlarni texnika va texnologiyalarni bilmasdan o’rganishning iloji yo’q. Fan- texnika taraqqiyoti sharoitlarida texnika va texnologiyada jadal sur’at bilan yuz berayotgan o’zgarishlar nafaqat ishlab chiqarish xususiyatlarida, balki ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish hamda ishlab chiqarishning iqtisodiy natijalarida ham 16 aks etadi va shu sababli mazkur fanni o’rganishda hisobga olinmasligi mumkin emas. Mazkur fanning “Korxonalar xo’jalik faoliyatining tahlili” fani bilan o’zaro aloqasini alohida ko’rsatib o’tish kerak. Bunda ishlab chiqarishning moliyaviy va boshqa jihatlariga baho berish, zahiralarni aniqlashdan tashqari, bashoratlash yordamida korxona rivojlanishining istiqbollari aniqlanadi. Xorijiy mamlakatlar amaliyotining guvohlik berishicha, korxona, firma va kompaniyalarning ko’pchiligi ishlab chiqarish menedjerlari va iqtisodchilarning yuqori kasb malakasi va o’z sohasidagi chuqur bilimlari evaziga muvaffaqiyatlarga erishib, yuqori daromadga va ishlab chiqarish imidjiga ega bo’lmoqda. Shu sababli korxona iqtisodiyotini yaxshi bilishning o’zi kamlik qilib, bo’lajak mutaxassisning iqtisodiy fikrlash doirasini kengaytirish va uning xalq xo’jaligida o’z o’rnini topishini shakllantiruvchi boshqa iqtisodiy, texnikaviy hamda texnologik fanlar majmuasini ham bilish talab qilinadi. Menejmentning mazmunini iqtisodiyotni boshqarishning, boshqarish tizimlari va uni tuzishning tashkiliy shakllari, xo’jalik mexanizmi va boshqaruv uslublari, boshqaruv texnika va texnologiyasining nazariy va usulologik asoslarini o’rganish tashkil etadi. Menejment boshqaruv faoliyatining umumiy qonuniyatlari va tamoyillari, boshqaruv tizimiga ta’sir usullarini shakllantiradi, boshqaruv apparatining aniq vaziyatlardagi harakatlari va o’zini tutish hollarini umumlashtiradi. Iqtisodiyotni boshqarishning nazariy va amaliy tomonlarini o’rganadi. Boshqaruv nazariyasi boshqaruv faoliyatining qirralarini butun bir majmua ko’rinishida, nazariy tahlil va mantiqiy uslub asosida boshqarishning asosiy qonuniyatlari va usullarini ajratib o’rganadi. Menejmentning amaliy tomonlari quyidagi aniq vazifalarni xal etishga: iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o’tishiga, foyda olishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga, kishilar ma’naviy darajalarini o’stirish va boshqalarga qaratilgandir. Menejmentning bu amaliy qismi boshqaruv tamoyillarini o’zini emas, balki ularni boshqaruv amaliyotida qo’llash qobiliyati, ya’ni ulardan aniq ko’rinishlaridan aniq vaziyatda, foydalana olish qobiliyatini o’rganadi. Uning boshqarish 17 nazariyasidan farqi u iqtisodiyotni boshqarish amaliyotida qonuniyatlar, tamoyillari va uslublaridan foydalanish namunalarini ishlab chiqarishdadir. “Funksiya”-bu lotincha so’z bo’lib biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma’noni bildiradi. “Vazifa”-bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo’lgan masala, erishilishi lozim bo’lgan, ko’zda tutilgan maqsad. Yoki birior bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal. Boshqaruv funksiyasi- deganda u yoki bu ob’ektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmuasi tushuniladi. Boshqaruv funsiyalarining mazmuni Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi. Masalan, ishlab chiqarishni olaylik. Uning dastlabki bosqichida: Loyihalash; Konstruktorlik; Rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funksiyalar paydo bo’ladi. Keyingi funksiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, ya’ni: Mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish; Mehnat me’yorlari, materiallari sarfini belgilash; Asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq. Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun: Ishlab chiqarish vositalari, texnika; Xom ashyo; Elektr quvvati kabilarni hal etib olish kerak bo’ladi Menejment funksiyalari Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling