Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
ijtimoiy sohani rivojlantirishga
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real
daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog’lig’ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy- joylar barpo etish, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo’yicha maqsadli 14 dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish; xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo’naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash. Bu tartib va qoidalar korxona iqtisodiyotida o’z ifodalarini topadi va korxonaning faoliyatini yo’naltiradi. Sakkizinchidan, raqobat, jur’at, xavfsizlik, tijorat sirlarining shakl va usullari. Korxonaning xo’jalik mexanizmi murakkab va ko’p qirrali tushunchadir. Хo’jalik mexnizmini o’rganish orqali korxona faoliyatida ro’y berayotgan iqtisodiy hodisalar va jarayonlarga baho berish, ularni rejalashtirish yo’llarini aniqlash imkoniyatiga ega bo’lamiz. Barcha iqtisodiy fanlarning usullarini falsafiy asosi va umumiy bilish quroli sifatida dialektika usuli ishlatiladi. Shu bilan birga bilish jarayonining rivojlanishi asosida ilmiy fikr yuritishning umumiy usullari ham topilgan. Ular qatoriga induksiya, deduksiya, analiz va sintez kabilar kiradi. Dialektika grekcha «dialektike» so’zidan kelib chiqib tabiat, jamiyat va tafakkurning umumiy qonunlarini o’rganish usuli sifatida vujudga kelgan, ya’ni falsafaning tabiat, jamiyat va tafakkurni o’rganish usuliga dialektika deb tushuniladi. Induksiya lotincha «inductio» so’zidan olingan bo’lib xabar olish mazmunini bildiradi. U fikr yuritishning bir tipi va tadqiq qilish usulidir. Umuman induksiya tadqiqot qilishda, xulosalarni asoslashda xususiylikdan, ayrim voqelikdan umumiylikka o’tish usulidir. Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda umumiy nazariy bilimga ega bo’lish uchun uning alohida tomonlari, emperik asoslari o’rganilib, xulosa qilinadi. Deduksiya lotincha «deductio» so’zidan olinib so’zma-so’z «chiqarish» ma’nosini bildiradi. Deduksiya ham induksiya kabi fikr yuritishni bir xili va tadqiq qilish usuli bo’lib, induksiya usulining teskarisini ishlatadi. Deduksiya usuli 15 ishlatilganda umumiylikdan xususiylikka qarab fikr yuritiladi va tadqiqot olib boriladi. Analiz va sintez grekcha «analisys» va «sinthesis» so’zlaridan olingan bo’lib, analiz - bo’lish, ajratish va sintez - muvofiqlik, munosiblik ma’nosini bildiradi. Analiz va sintez tadqiqot usuli bo’lib, umumiy mazmunni yaxlitlikni alohida tarkibiy bo’limlarga (xususiylikga) ajratish va yaxlitlikni alohida tarkibiy bo’limlardan yaratish jarayoniga tushuniladi. Bular ham tadqiqotni logik uslublaridandir. Iqtisodiy amaliyotda bu usullardan keng foydalaniladi. Bunga asos bo’lib «Iqtisodiy tahlil nazariyasi», «Хo’jalik faoliyatining iqtisodiy tahlili» degan fanlarning mavjudligi hisoblanadi. Korxona iqtisodiyoti ilmiy fan sifatida yuqorida keltirilgan falsafaning usullaridan va boshqa fanlarda ishlatiladigan ko’p arsenalli usul va uslublarni o’z predmetini o’rganishda ishlatadi. Тabiiy yo’naltirilishi bo’yicha bu usul va uslublar iqtisodiy jarayon va hodisalarni tahlil qilish, ilmiy tadqiqot o’tkazish, prognozlash, rejalashtirish qurollari sifatida ishlatiladi. Bir qator alomatlari bo’yicha bu usullar son va sifat tahlili, solishtirish, kuzatish, eksperiment o’tkazish, tizimli tahlil, modellashtirish, estropolyatsiya, interpolyatsiya kabilarga bo’linadi. Bular bilan bir qatorda statistik, matematik bashorat (gipoteza) usullari keng ishlatiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling