Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   173
Korxonaning 
maqsadi
Х - darajadagi
foyda yoki daromad olish
U - darajadagi talab yoki 
ehtiyojni qondirish


28 
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida korxonalar faoliyatining asosiy 
yo’nalishlari quyidagilardir: 
- bozorni har tamonlama o’rganish asosida mavjud mahsulot (ish, 
xizmat)larga bo’lgan va kelajakda paydo bo’ladigan talabni aniqlash va o’z 
istiqbolini belgilash; 
- mahsulotlarni reklama qilish, o’rash, turli texnik xizmatlar ko’rsatishni 
tashkil etish; 
- mahsulot (ish, xizmat)larning yangi turlarini va modellarini yaratish nuqtai 
nazaridan ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish; 
- iste’molchilar talabiga mos keladigan mahsulotlar ishlab chiqishni tashkil 
qilish; 
- ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish, rejalashtirish, dasturlash va 
moliyalashtirish; 
- mahsulotlarni sotish tizimini tashkil etish va takomillashtirish
- korxona boshqaruvini takomillashtirish va boshqalar. 
Bozor tizimida iqtisodiy sub’ektlarning bir-biri bilan oldi-sotdi 
munosabatlarining predmetlarini keltiramiz (2.1-jadval). 
Bozor sub’ektlarining oldi-sotdi predmetlari 
2.1-jadval 
Bozor sub’ektlari 
Sotish predmetlari 
Sotib oladigan predmetlari 
1. Davlat 
Yer, yer osti boyliklari, 
suvlar, havo bo’shlig’i, 
o’simliklar va hayvonot 
dunyosi, uy-joy, litsen-
ziya, davlat tashkilot-lari 
va 
muassalarining 
xizmatlari 
Davlat va jamiyatga zarur 
bo’lgan 
tovarlar 
(davlat 
boshqaruv 
organlari, 
mudofaaga 
va 
hokazolar), 
ishchi kuchi, jihozlar, fan-
texnika yutuqlari va boshqalar 
2. Korxona 
Тovarlar, xizmatlar, o’ziga 
tegishli moddiy ne’matlar, 
intellektual mulk 
Yer, tabiiy boyliklar, moddiy 
resurslar, 
ishchi 
kuchi, 
tovarlar, 
xizmatlar, 


29 
qimmatbaho qog’oz-lar va 
hokazolar. 
3. Uy xo’jaligi 
Ishchi kuchi (mehnat), 
o’ziga tegishli moddiy 
ne’matlar, 
tovarlar, 
xizmatlar 
Iste’mol tovarlari, xiz-matlar, 
moddiy ne’matlar 
Тashkiliy iqtisodiy nuqtai nazardan qaraganda korxona - moddiy, mehnat 
va moliyaviy resurslar majmuasidan iborat bo’lib, u tadbirkorlik faoliyati asosida 
tashkil qilinib, mahsulot ishlab chiqish, biron bir ish yoki xizmatni aholining
bozorning talablarini qondirish va foyda olish maqsadida yoki sotsial ahamiyatga 
ega bo’lgan funksiyasini bajarishdir. Shunday qilib korxona xo’jalik sub’ekti bo’lib, 
uning maqsad va vazifalari tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishdan kelib 
chiqadi. 
Korxona tushunchasining muhim tamonlaridan biri, faoliyatidagi barcha 
masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilish huquqiga egalik qiladi, o’z harakatlariga 
javobgar hisoblanadi. Bu nuqtai nazardan korxona jamiyatning mustaqil xo’jalik 
sub’ekti sifatida namoyon bo’ladi. 
Korxona tushunchasining huquqiy maqomi mavjud bo’lib, u albatta huquqiy 
shaxs bo’lishi shart. Huquqiy shaxs sifatida korxonaga O’zbekiston 
Respublikasining “Хususiy korxona to’g’risida”gi qonunining 3-moddasida 
quyidagicha ta’rif berilgan:
Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan 
tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi. Хususiy korxona tadbirkorlik 
sub’ektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir. 
Хususiy korxona o’z mulkida alohida mol-mulkka ega bo’ladi, o’z nomidan 
mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’lishi hamda ularni amalga oshirishi, 
majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin. 
Хususiy korxona o’z majburiyatlari bo’yicha o’ziga qarashli butun mol-mulk 
bilan javob beradi. 


30 
Хususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo’lmagan 
taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo’yicha o’ziga qarashli mol-mulk 
bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo’ladi.
4
 
“Huquqiy shaxs huquqiga ega bo’lgan, mulkchilik huquqi yoki xo’jalikni 
to’la yuritish huquqi bo’yicha o’ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida 
mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayriboshlaydigan 
ishlarni bajaradigan, xizmat ko’rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha 
shakllari teng huquqligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq, o’z faoliyatini 
ro’yobga chiqaradigan mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt korxona hisoblanadi”. 
Korxona huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lish uchun quyidagi talablarga 
javob berishi kerak:
birinchidan, faoliyat yuritish yoki boshqarish uchun birinchidan, mol-mulkiga 
ega bo’lishi; 
ikkinchidan, majburiyatlariga mol-mulki bilan javob berish; 
uchinchidan, mulkni sotish, sotib olish; 
to’rtinchidan, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirish; 
beshinchidan, sudda javobgar va talabgar bo’lishi mumkinligi; 
oltinchidan, mustaqil xo’jalik balansiga ega bo’lish. 
Тashkiliy birlik- bu huquqiy shaxsning huquq sub’ekti sifatida tashqil 
bo’lganligini, muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo’lishini bildiradi. Huquqiy 
shaxsning tashqiliy jihatdan tuzilishi (strukturasi)ni ko’rsatadigan nizomi (ustavi) 
bo’lishi kerak. Ba’zi davlat muassasalari va davlat byudjetida bo’lgan boshqa davlat 
tashqilotlari, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa tashqilotlar ham 
alohida nizomga ega bo’lmay, mazkur turdagi tashqilotlar haqidagi umumiy nizom 
asosida ish olib borishlari mumkin.
Huquqiy shaxslarning ayrim filiallari (xo’jalik bo’limlari, uchastkalari, 
agentliklari) ma’lum tizimga ega bo’lgan, muayyan tarzda tashqil etilgan bo’lsa 
ham, ular butun bir tashqilot (korxona, muassasa) ishiniig bir qisminigina bajaruvchi 
4
O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi qonuni. 2003 yil 11 dekabr, 558-II-son 


31 
tashqilotlar bo’lishi tufayli huquqiy shaxs bo’la olmaydi. Masalan, universitetning 
bir fakulteti muayyan tartibda tashqil topib, ish olib borish tartibi kafedra a’zolari 
o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, dekanning vakolatlari belgilangan bo’lsa ham 
huquqiy shaxs hisoblanmaydi. 
Mulkiy mustaqillik- fuqarolik huquqining sub’ekti bo’lishi uchun huquqiy 
shaxs hisoblangan har qaysi tashqilotning o’ziga xos mulki bo’lishi, har qaysi davlat 
tashqilotining o’ziga biriktirilgan mulki bo’lishini taqozo qiladi. Boshqacha 
aytganda, huquqiy shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lishlari kerak 
(FKning 39-modda 2-bandi).
Davlat tashqilotlari davlatga qarashli mulkni to’la xo’jalik yuritish yoki 
operativ ravishda boshqarish huquqigagina egadir, jamoa xo’jaliklari, boshqa 
kooperativ va jamoa tashqilotlari, ularning birlashmalari o’zlariga mulk huquqi 
asosida tegishli bo’lgan mulkni egallaydi. Alohida mulkka ega bo’lmagan yoki 
mustaqil ravishda boshqara olmaydigan va sababli boshqa shaxslar bilan xo’jalik 
munosabatlarida bo’la olmaydigan tashqilotlar fuqarolik huquqining sub’ekti 
hisoblanmaydi.
Mustaqil mulkiy javobgarlik - shundan iboratki, huquqiy shaxs hisoblangan 
tashqilot o’z majburiyatlari yuzasidai o’ziga tegishli bo’lgan (davlat tashqiloti esa, 
o’ziga biriktirib qo’yilgan) mulki bilan javob beradi. Huquqiy shaxs hisoblangan 
davlat tashqilotlarining majburiyatlari yuzasidan davlat javobgar bo’lmaydi 
aksincha, bu tashqilotlar ham davlat tashqilotlari majburiyati yuzasidan javobgar 
bo’lmaydilar. Davlat byudjetida turadigan tashqilotlarning qarzini qoplash, mablag’ 
berish shartlari va tartibi O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan belgilanadi. 
Huquqiy shaxsning yuqori organi o’ziga qarashli shaxs hisoblangan 
tashqilotlarning qarzlari yuzasidan javobgar bo’lmaydi. Ammo huquqiy shaxsning 
yuqori organi o’ziga bo’ysunadigan tashqilotlarning qarzlari uchun qonunda yoki 
Nizomda nazarda tutilgan hollarda javobgar bo’lishi mumkin. Quyi tashqilotlar ham 
o’zlarining yuqori tashqilotlari majburiyatlari yuzasidan javobgar bo’lmaydilar. 


32 
Huquqiy shaxslar qarzlari uchun o’zlarining har qanday mulklari bilan emas, 
faqat O’zbekiston qonuni bilan ko’rsatilgan xaq undirib olishi mumkin bo’lgan 
mulki bilangina javobgar bo’ladilar. 
Huquqiy shaxslarning quyi va yuqori organlari vakolatlari javobgarligini 
o’zlari belgilagan, davlat tomonidan tasdiqlangan hujjatlarida ko’rsatib, belgilab 
berilgan. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxonaga quyidagicha ta’rif berish nazariy va 
amaliy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo’ladi deb hisoblaymiz. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling