Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Korxona insoniyatni ehtiyojlarini qondirish uchun vujudga kelgan
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Korxona insoniyatni ehtiyojlarini qondirish uchun vujudga kelgan
jamiyatning birlamchi va asosiy bo’g’inidir. Korxonaning, mohiyati ham yuqoridagilardan kelib chiqadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish ishlatiladigan resurslarni turlari, ishlab chiqariladigan mahsulotlar, tovarlar va xizmatlar jihatlariga qarab tarmoqlarga bo’linadi. Masalan: og’ir sanoat, yengil sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, aloqa, savdo, har xil xizmat ko’rsatish tarmoqlari kabilar. Тarmoqlar esa korxonalar va ularni birlashmalarini o’z ichiga oladi. Korxonaning asosiy maqsadini ikki yo’nalishdan iborat ekanligini ta’kidlash zarur. Birinchisi foyda yoki daromad olish uchun faoliyat yuritishligi bo’lsa, ikkinchisi talabni (ehtiyojni) qondirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Chunki bu maqsadlarni har biriga erishish ikkinchisisiz amalga oshmaydi. 27 2.1-chizma. Korxonaning maqsadi Ushbu maqsadlarga erishish korxonadan bir qator boshqa maqsadlarni amalga oshirishini talab qiladi. Ular qatoriga texnik, ijtimoiy va ekologik maqsadlarni kiritish mumkin. Тalabga va standartga javob beradigan mahsulot yaratish hamda ishlab chiqarish va texnik rivojlanish programmalarini amalga oshirish uchun texnik maqsadlar qo’yiladi. Ularga eng avvalo tovar yoki mahsulotni yaratish va tayyorlash, ularning sifat ko’rsatkichlarini standartga moslash, ishlab chiqarish salohiyatini saqlash va rivojlantirish va hokazolar kiradi. Ishchi-xodimlar, ularning oilasi va jamiyat tamoyillaridan kelib chiqib, korxonaning oldiga ijtimoiy maqsadlar qo’yiladi. Тabiat va jamiyatni muhofazasini ta’minlash har xil ko’rinishdagi ofatlarni (yonilg’i, suv toshqini, yer qimirlashi va h.k.) oldini olish uchun tegishli ekologik maqsadlar amalga oshiriladi. Korxona yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish uchun bir qator vazifalarni bajarishi kerak. Bular qatorida quyidagi asosiylarini ko’rsatib o’tamiz. Boshqaruv vazifasi, texnik-texnologik, ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqotlar, xo’jalik aloqalair, davlat bilan munosabatlar, informatsion ta’minot, moddiy-texnik ta’minot, ishchi kuchi ta’minoti, ijtimoiy, ekologik va hokazo vazifalar. Sanoat korxonalari xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarini ilg’or, zamonaviy texnika bilan qurollantiradi. Qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa va boshqa sohalarning texnik-iqtisodiy darajasi aynan sanoatning rivojlanish darajasiga bog’liqdir. Sanoat tarmog’ining yanada rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotining kuchayishida muhim omil hisoblanadi. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish vositalari bilan bir qatorda xalq iste’moli buyumlarini ham ishlab chiqaradi va aholi turmush darajasining oshishiga xizmat qiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling